O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Ipak yo’li innovatsiyalar universiteti


Download 150.4 Kb.
bet6/8
Sana20.06.2023
Hajmi150.4 Kb.
#1633470
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Falsafa

Ibn Arabiy falsafasi Evropa falsafiy an’anasida foydalanilgan tilga juda yaqin bo‘lgan tilda yaratilgan filosofema. Uni ayni holda ratsionalistik filosofema deb nomlash mumkin (u birlik, ko‘plik, sabab, oqibat, birinchi asos, jism, makon, zamon kabi kategoriyalar va atamalardan foydalanadi); tilini badiiy til deb belgilash mumkin bo‘lgan, biroq nafaqat estetika jabhasini, balki ontologiya va naturfalsafaning ratsionalistik tili bilan bir borliqni tavsiflovchi filosofema (uning kategoriyalari – muhabbat, intilish, ehtiros, muhtojlik, go‘zallik va sh.k.); nihoyat, «mistik» tilda yaratilgan filosofema (kategoriyalari: zavq, hol, fano, baqo, jon, ro‘yo va h.k.).
Har bir filosofema, Ibn Arabiyda bilishning alohida usuliga tayanadi. SHu sababli echimlarning har biri bo‘yicha tegishli bilish usulining qisqacha tavsifini keltirish o‘rinli bo‘ladi deb o‘ylaymiz.
1. Bilishning birinchi usuli – oqilona-mantiqiy bilish. Uning vositasi – aql, amalga oshirish usuli – sillogizmlar yoki dalillar orqali chiqarilgan xulosalar tarzidagi mantiqiy mulohazalar. Ko‘rib turganimizdek, Ibn Arabiy Aristotel mantiqi bilan tanish: u to‘g‘ri sillogizmni tuzish uchun zarur shartlarni tavsiflaydi23, mantiqan to‘g‘ri mulohaza yuritish uchun dalillar va xulosalar zanjiri izchil bo‘lishi, biron-bir bo‘g‘inda uzilmasligi lozimligini ko‘rsatadi va o‘zi isbotlashning mantiqiy metodlarini ko‘p karra qo‘llaydi.
Mantiqiy bilish Ibn Arabiy uchun qimmatsiz emas, u dunyoni bilishga xizmat qiladi24. «Faylasufning barcha bilimi ham soxta emas, u nimadadir haq bo‘lishi mumkin, ayniqsa, payg‘ambar ham shu haqda so‘z yuritgan bo‘lsa... Sen faylasuf dinsiz yashaydi, deb aytishing mumkin, biroq unda dinning yo‘qligi faylasufning butun ta’limoti soxta ekanligini isbotlamaydi: buni aql asoslari bilan har qanday aql egasi anglab etadi»25. «Aql asoslari» (avval al aql) – bu keyinchalik Dekart qayd etuvchi intuitiv jihatdan aniq va shak-shubhasiz oqilona haqiqatlardir.
Ibn Arabiy fikriga ko‘ra, oqilona bilim inson tanasini boshqaruvchi inson joniga kerak: u jonning dunyo haqidagi bilimi muqarrar unsuridir26. Oqilona bilim (ilm)ning qimmati Ibn Arabiyda shubha uyg‘otmaydi: «Narsani bilish, hech shubhasiz, uni bilmaslikdan ma’qulroqdir»27. Sillogizmlar orqali oqilona bilish bizga dunyo haqida to‘g‘ri bilim beradi: u, masalan, rangli oyna orqali o‘tgan yorug‘lik oyna rangini kasb etsa-da, o‘z holicha rangsiz ekanligini, Quyosh ko‘zga kichkina bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida Erdan bir necha marta kattaligini aniqlash imkonini beradi. To‘g‘ri sillogizm tuzib, dunyoning borlig‘i zamirida sabab yotishini aniqlaymiz28.
Bilishning oqilona-mantiqiy metodidan faylasuf bizni qiziqtiruvchi muammoni echish uchun foydalanadi, biroq uning uchun mantiqiy mulohazalar zanjirida mutlaqo boqiy ilohiy mohiyat tushunchasi «boshlang‘ich nuqta», dunyoda bo‘lib turgan o‘tkinchi nomukammal mohiyat kategoriyasi esa – «pirovard nuqta» hisoblanadi yoki aksincha. Xudodan dunyoga yoki dunyodan Xudoga bunday mantiqiy harakat qilish natijasida muammoning ratsionalistik echimi topilishi lozim: dunyoga nisbatan transsendent ilohiy mohiyat ayni vaqtda unga ichdan xos bo‘lishi, uning borlig‘i substansional asosini tashkil etishi darkor. Bu biz yo dunyoni tavsiflovchi muhim kategoriyalarni transsendent ilohiy mohiyat tushunchasidan chiqarishimiz, yo dunyoda mavjud o‘tkinchi mohiyat kategoriyasini asos qilib olib, transsendent ilohiy mohiyat borlig‘ini keltirib chiqarishimiz lozimligini anglatadi. SHunday qilib, muammoning echimi oqilona-mantiqiy metodlar yordamida topilishi mumkin.
2. Bilishning ikkinchi usuli – muammoni mushohada yuritish yo‘li bilan echish: echimdan shartlar sari. Mushohada yuritishni bilish usuli sifatida o‘rganar ekanmiz, dunyo va ilohiy mohiyatning uzviy birligi va ayni vaqtda ilohiy mohiyatning transsendentligi uning uchun muqarrar holdir, deb aytishimiz mumkin. SHuni ta’kidlash lozimki, bu birlik ayniylik emas: boshqacha aytganda, bu dunyo va ilohiy mohiyatning farqlangan birligidir. Har qanday narsa va hodisada mushohada yuritish seziluvchi va idrok etiluvchi tashqi – zohir jihatlarni va sezgilarga ham, aqlga ham yashirin ichki (botin) ma’noni aniqlash imkonini beradi. Bu yashirin ma’no borliqning birinchi asosi, ilohiy mohiyatning dunyoga ichdan xosligining negizi va ayni vaqtda mushohada ob’ekti hisoblanadi. YAshirin ma’noni anglash - narsalarda, dunyoda Xudoni bevosita ko‘rish demakdir.
Mushohada yuritish jarayonida bilish sub’ekti o‘zining bilish ob’ektidan ontologik mustaqilligini saqlagan holda u bilan birikadi, uni butun vujudi bilan anglab etadi. Bunga bilish sub’ekti bo‘lgan insonda ham «yashirin ma’no» mavjudligi imkoniyat yaratadi. U yagona va uzviy bo‘lgani uchun bilish ob’ekti bilan «ichki mohiyat» jihatidan birikish imkoniyati yuzaga keladi, «tashqi mohiyat»da esa sub’ekt va ob’ektning alohidaligi saqlanib qoladi29.
Mushohada yuritish yo‘li bilan olingan bilim ratsionalistik tildan farq qiluvchi alohida tilda bayon etiladi. Mushohada yuritish, mohiyat e’tibori bilan, butundan qism sari harakatdan iborat bo‘lgani uchun bu tilni badiiy til deb atash mumkin. Bu tilda yozilgan matnda qismning mazmunini anglab etish uchun (har qanday badiiy asarda bo‘lganidek) avval butunning mazmunini anglab etish lozim. Vaholanki, fan tilida yozilgan matnda qismlarni tushunmasdan butunni tushunish mumkin emas. Ibn Arabiy filosofemasi «badiiy» tilda yozilgan bo‘lib, mushohada yuritishga asoslanadi va uni biz shu til nomi bilan estetik filosofema deb ataymiz.
3.Bilishning uchinchi usuli – muammoni mistik yo‘l bilan echish: shartlar va echim ayniydir. Bu erda bilish oqilona-mantiqiy va mushohada yuritish yo‘li bilan bilishdan mutlaqo boshqacha shartlardan kelib chiqadi. Bu bilish sub’ekti va ob’ektining ayniylik shartidir. Bilish sub’ekti bu ayniylikka erishgach, o‘zining sub’ektlik mohiyatini yo‘qotadi; sub’ekt va ob’ekt o‘rtasidagi tafovut yo‘qoladi, biluvchi bilinuvchiga aylanadi, biluvchi ham, bilinuvchi ham yo‘qolib, faqat yagona universal qoladi. Bu holat «fano» holati, sub’ektiv o‘zlikning «halok bo‘lish», yo‘qolish holati deb ataladi.
Mistik bilish jarayonini tavsiflar ekan, Ibn Arabiy girdob (xiro) obrazidan foydalanadi. «Xiro» so‘zi «sarosimalik» degan ma’noni ham anglatadi. Bu o‘ziga xos sarosimalik, hamma narsada Ollohni ko‘ruvchi, YAgonani ko‘plikda, ko‘plikni YAgonada, «aniqni yashirin, yashirinni aniq, shuningdek boshqa ziddiyatli narsalarni» ko‘ruvchi so‘fiyning sarosimaligidir. «Biroq bu yo‘qotgan yoki tushunmaydigan odamning sarosimaligi emas»30. Bu sarosimalik mistik bilish yo‘liga endigina kirayotgan odamni qamrab oladi; so‘ngra, mistik bilish jarayonida sarosimaga tushgan odam, Ibn Arabiy tavsifiga ko‘ra, «qutb atrofida aylana harakat qiladi va undan uzoqlashmaydi»31. Bu qutb – Xudo: girdob obrazining ma’nosi shundan iboratki, bu girdob harakatining boshi yo‘q, aniqrog‘i, qayd etilgan aniq bir boshlanish joyi mavjud emas: istalgan nuqtadan, dunyoning har qanday narsasidan boshlash mumkin, biroq oxiri bor, bu - qutb, borliq girdobining markazi: bilish doiralari muqarrar tarzda yagona Xudoga olib keladi. Girdob butun borliqni o‘z komiga tortadi. Uning ichida, markazda turib biz yo‘limiz mo‘ljaldan farq qilmasligini, yo‘lni qaerda boshlagan bo‘lsak, o‘sha erda – Xudoda tugatganimizni ko‘ramiz32.
Biz ilohiy mohiyatning dunyoga nisbatan transsendentligi va immanentligi muammosi echimining uch variantini ko‘rib chiqdik. Echimning birinchi yo‘lini qismdan butun sari yo‘l, mantiqiy mulohaza yuritishdan boshlanuvchi yo‘l deb belgilash mumkin. Bunda ilohiy mohiyat yoki dunyo «qism» deb, muammoning izlanayotgan echimi esa – «butun» deb olinishi mumkin. Ikkinchi yo‘l butundan qism sari harakatdan iborat: biz echim mavjudligini faraz qildik, u qanday bilishi lozimligini («butun»ni) ko‘rsatdik va so‘ng uni tahlil qildik, transsendent-immanent muammo echilgan sharoitda ilohiy mohiyat va dunyo qanday bo‘lishi lozimligini ko‘rishga harakat qildik. Nihoyat, echimning uchinchi varianti qismlar va butunning ayniyligini, mutlaqo va barcha yo‘nalishlarda ayniylikni: qismlarning bir-biri bilan, ularning har biri va ikkalasining butun bilan ayniyligini qayd etadi. Birinchi holda transsendentlik va immanentlik muammosining echimi topilmadi, ikkinchi holda u o‘z echimini topish uchun dualizmni qabul qilishni talab etdi, uchinchi holda esa u echilmaydi, balki o‘z asosini yo‘qotadi.

Download 150.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling