“O’zbekiston respublikasi oliy talim,fan va innovatsiyalara”vazirligi
Download 1.5 Mb.
|
EGAMOV J . FALSAFA SLAYD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyoqarashning muhim elementi SHUBHA bo‘lib
- Dunyoqarashning tarixiy shakllari.
Nazariy dunyoqarash asrlar osha davom etgan individning ijtimoiylashuvi jarayoni mahsuli hisoblanadi. Bunda individ o‘zining voqelikka bo‘lgan munosabatida jamiyatdan olinadigan ne’matlarni bevosita o‘zlashtirishdan tarixiy bunyodkorlik va insoniy qadriyatlar mazmunini tushunishga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Dunyoqarashning nazariy darajasini voqelikning bevosita in’ikosi sifatida tasavvur qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Uning tarkibiga ideallar va konseptual modellar kiradi. Aynan ideallarning mavjudligi dunyoqarashni oddiy in’ikos sifatida emas, balki ildam in’ikos sifatida, hali mavjud bo‘lmagan hodisa – kelajakni shakllantiruvchi va belgilovchi ideal kuch sifatida tavsiflaydi.Dunyoqarashni shakllantirish muammosining mohiyati shu bilan belgilanadiki, nazariy darajaning izchil rivojlanishi serqirra mavjudot sanalgan insonda amalda mavjud bo‘lgan dunyoqarashning boshqa qatlamlarini, xususan mifologik dunyoqarash qoldiqlari yoki kundalik dunyoqarash unsurlarini bekor qilmaydi.Dunyoqarashni shakllantirish muammosining mohiyati shu bilan belgilanadiki, nazariy darajaning izchil rivojlanishi serqirra mavjudot sanalgan insonda amalda mavjud bo‘lgan dunyoqarashning boshqa qatlamlarini, xususan mifologik dunyoqarash qoldiqlari yoki kundalik dunyoqarash unsurlarini bekor qilmaydi.Shunday qilib, dunyoqarashning har bir darajasi inson hayot faoliyatida o‘z vazifalarini hal qiladi. Ularning ahamiyati va o‘ziga xosligi ham shundadir. Tanqid faqat u yoki bu (diniy, oddiy, pragmatik yoki ssientistik) dunyoqarash universallikni asossiz ravishda da’vo qilgan holda o‘rinli bo‘ladi. Dunyoqarashning muhim elementi SHUBHA bo‘lib, u insonni dogmatizm, ya’ni biryoqlama, notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-shubhasiz haqiqat deb qabul qilishdan asraydi. Dogmatizmning qarama-karshisi skeptitsizm bo‘lib, bunda shubha mutlaqlashadi, fikrlashning asosiy omiliga aylanadi, bilish va borliqni idrok etishning bosh tamoyili sifatida amal qiladi.Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Turli davrlar bilishni yanada teranlashtirdi va inson dunyoqarashini kengaytirdi. Shunga mos ravishda oddiy (empirik) dunyoqarash ham boyib bordi, uning negizida o‘zini o‘zi tashkil etish qonunlariga muvofiq yanada murakkabroq tuzilmalar asta-sekin shakllandi va bu pirovard natijada dunyoqarashning alohida shakllari yoki, tarixiy tiplari farqlanishiga olib keldi. Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo‘lib, bu hol insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir. Ko‘nikmalar, tajriba va oddiy bilimlar to‘planishiga qarab, nafaqat ularni avloddan avlodga o‘tkazish muammosi yuzaga kelgan, balki ibtidoiy odamlarning dunyoqarashi ham murakkablashib borgan. Bu dunyoqarash rivojlanishining muayyan bosqichida, to‘plangan bilimlarning «yuqori bosqichiga» etilgach, boshqa har qanday murakkab tizimda bo‘lganidek, dunyoqarashda ham o‘zini o‘zi tashkil etish qonunlari amal qila boshlagan.Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling