O’zbekiston respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiylar vazirligi


Download 159.73 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi159.73 Kb.
#1555157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hujjat

XULOSA

Ta’lim maqsadi bir yoki bir necha mashq vositasida emas, aksincha, ilmiy asoslangan mashqlar tizimini o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mashqlar to‘plami ochiq tizim bo‘lib, o‘zidan oldin o‘tkazilganmashqlarning tabiiy davomi, bundan keyin bajariladigan mashqlarning poydevori sanaladi. Binobarin, o‘tkaziladigan mashqlar o‘rtasida vorislikni ta’minlash mаntiqiy mаshqlаr tizimini tuzishda rioya qilinadigan yetakchi prinsip hisoblanadi. Vorislik prinsipiga tayanib, mashqlar tizimini shakllantirishda qator talablar nazarda tutiladi. Mashqlarni tizim shakliga olib kelishda uch hil faoliyat xususiyatlari va ularga oid uch hil jarayon hisobga olinadi: mashqlarni tizimga keltirish faoliyati-bu darslik mualliflari yoki o‘qituvchining mashqlar tizimini tuzishga oid faoliyati. Bunday faoliyat o‘qitish jarayoni bo‘lib, unda mashqdan ta’limning qaysi bosqichlarida foydalanish zarurligi o‘z aksini topadi. Mashqlar tizimini shakllantirishda o‘qitish faoliyati xususiyatlari ham inobatga olinadi; mashq qilish jarayoni-bu o‘quvchining aqliy va amaliy faoliyati bo‘lib, uning amal qilishi natijasidabilimlar takomillashadi, ko‘nikma va malakalar rivojlanib, tilga munosabatlar, ijodiy faoliyatlar taraqqiy etadi. Ta’lim sharoitida bolalarning o‘quvbiluv faoliyati o‘rganilgan bilimlarni qayta esga tushirish, ijod qilish shakllarida amal qiladi. O‘rganilgan bilimlarni qayta esga tushirish–u yoki bu mavzuda mashq qilish jarayonidazaruriy bilimlarni takrorlash, faollashtirish demakdir. Ona tilidan u yoki bu mavzuda mаntiqiy mаshqlаr tizimi davlat ta’lim standartlari talablari asosida tuziladi. Mashqlar tizimining o‘quv materiallari mazmuniga adekvatligi va ta’lim jarayoni bosqichlariga muvofiqligi mashqning o‘zlashtirish logikasiga mosligini ta’minlaydi. Mаntiqiy mаshqlаr tizimini ta’limga tatbiq etish o‘qituvchining pedagogik mahoratiga, ta’lim jarayoni tsikllariga, tanlangan dars tipi, uning bosqichlariga bog‘liq. O‘qituvchi ta’limjarayoni xususiyatlarini, dars tipi, uning bosqichlarini aniq tasavvur etsa, ta’lim jarayoniga, dars tipi va uning bosqichlariga mos mashqlar tizimidan foydalana oladi.



Download 159.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling