O‘zbekiston respublikasi oliy
Mashg‘ulotlar shakli: Ma’ruza (M)
Download 50.11 Kb.
|
1-Matn va diskurs tahlili(sillabus)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulotlar shakli: Seminar (S) soat
- Mashg‘ulotlar shakli: Mustaqil ta’lim (MT) soat
- VII. Kreditlarni olish uchun talablar
- Topshiriq Maksimal ball
- Seminar mashg’ulotlar bo‘yicha 15 ball 3
- Mustaqil ish. 15 Mustaqil ta’lim bo‘yicha 15 ball
- Oraliq nazorat bo‘yicha maksimal ball 15
- Jami: 100 100 ball
- AKADEMIK VA ETIK TALABLAR
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan ilmiy loyihalar, tahlil namunalari keltirish, portfoliolar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. VII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni toʼla oʼzlashtira olish; fanga oid koʼrsatkichlarni qiyosiy tahlil qilishda ijodiy fikrlay olish; matn va diskur tahlilining fundamental masalalari haqida mustaqil mushohada yuritish; tahlil jarayonlariga oid natijalarini toʼgʼri aks ettira olish; oʼrganilayotgan jarayonga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash; tahlil natijalari asosida vaziyatga toʼgʼri va xolisona baho berish; oʼrganilayotgan qiyosiy hodisa va jarayon toʼgʼrisida tasavvurga ega boʼlish; oʼrganilayotgan jarayonlarni analitik jadvallar orqali tahlil etish va tegishli qarorlar qabul qilish, hamda fan bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish va muvaffaqiyatli topshirish. Baholash Magistrant talabalar bilimini baholash semestr va yakuniy nazorat davomida o‘qitish materiallarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (topshiriqlar, mustaqil ish, test va yozma ish natijasi)ga asoslangan. O‘quv mashg‘uloti davomida talabalar 100 ballik tizimda baholanadi. Shundan davomat, joriy va oraliq natijasiga 50 ball, yakuniy nazorat natijasiga 50 ball ajratiladi. Joriy va oraliq ballarning umumiy natijasi 30 balldan past bo‘lgan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Yakuniy nazoratda 30 va undan ko‘p ball to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi. Nazorat turlari bo‘yicha ballar quyidagicha taqsimlanadi:
Baholashda quyidagilar hisobga olinadi: - mashg‘ulotlardagi ishtiroki (davomat); - mashg‘ulotlardagi faollik va ijodkorlik; - asosiy va qo‘shimcha o‘quv materiallarini o‘zlashtirish; - mustaqil ta’lim bo‘yicha topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish; - nazoratning barcha turlarini o‘z vaqtida bajarish. AKADEMIK VA ETIK TALABLAR Nazorat topshiriqlarini bajarishda ko‘chirmakashlikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaydi. Test, o‘quv loyihalari, mustaqil ishlar, joriy, oraliq, yakuniy nazorat topshiriqlarini boshqa shaxslardan ko‘chirib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, boshqa talabaning o‘rniga imtihon topshirish ta’qiqlanadi. Kurs bo‘yicha har qanday nazorat topshirig‘ini soxtalashtirgan talaba “fanni o‘zlashtirmagan” hisoblanadi. Mashg‘ulotlar paytida mobil aloqa va boshqa electron qurilmalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mashg‘ulotlar paytida auditoriyada (virtual auditoriyada) belgilangan talablarga zid harakatlar qilish mumkin еmas. Boshqalar va turli fikrlarga tolerant munosabatda bo‘lish talab еtiladi. ASOSIY ADABIYOTLAR 1..Ashurova D.U., Galieva M.R. Text Lirnmistics. - Tashkent Turon-Iqbol, 2016 2.Ashurova D.U., Galieva M.R. Stylistics of Literary Text. - Tashkent: Turon- Iqbol, 2016 3. Gee J.P. An Introduction to Discourse Analysis. Theory and Method . London 4.Fairclough N . Analysing Discourse. Textual analysis for social research. London - New-York: Routledge, 2003 5.Mey J.L. Pragmatics. An Introduction. 2nd edition. --Oxford., Blackwell Publishing LTD, 2004 6.Tep-Минасова С.Г. язык и межкулътурная коммуникация М., Слово 2008. - 264 c. QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR Коменская О.П.Текст и коммуникация. - М..1990 Филипов К.А Лингвистика теста. Курс лекций. -Петербург.,2003 Чернявская В.Е. Лингвистика текста: поликодовостъ, интертесктуалъностъ интердискурсивностъ. - М. ЛИБРОКОМ, 2009 Download 50.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling