O’zbekiston respublikasi oliy


Download 121.48 Kb.
bet2/3
Sana16.09.2023
Hajmi121.48 Kb.
#1679208
1   2   3
Bog'liq
Fathulla

Iste’mol tanlov omillari almashtiriladigan tovarlar tizimida tovarning raqobatdoshligini aniqlab beradi. Tovar va mahsulotlarni sotib oluvchilar, ular bilan raqobat qiluvchilar, raqobat tovarlari bilan tovarning almashuvchanligi, almashtiriladigan yoki o’zaro almashtiriladigan tovarlarning taqqoslanishi ehtiyojning tarkibiy tuzilmasini belgilab beradi. Bu yerda shu tovarni yoki shu tovar bozorini ularni to’ldiradigan tovarlar yoki ularni to’ldiradigan tovarlar bozori bilan taqqoslash katta ahamiyatga ega. 

Taklif omillari mol etkazib beruvchi-sotuvchi tomonidan tovarning taklif bahosini o’rnatishga yordam beradi. Bu yerda bozorga taklif qilinayotgan tovarning umumiy soni va XYuS tomonidan bozorga etkazib beri-layotgan tovarning sonini (bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa mol etkazib beruvchilarda shu tovarning zaxiralarini va XYuSdagi zaxiralarni qo’shgan holda) bilish juda muhim. Undan so’ng tovarni bozorda sotishdagi ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga va shuningdek, tovarni ishlab chiqarishda foydalanilgan ishlab chiqarish omillari va ishchi kuchining bahosiga aniqlik kiritib olish kerak. Odatda tabiiy resurslar, kapital va mehnatning baholari cheklanadi. Davlat va ijtimoiy fondlarga soliqlar, aktsizlar va boshqa to’lovlar hamda ajratmalar, bojlar ajratiladi. Foyda va uning investitsiyalarga, rezerv va sug’urta fondlariga, dividendlar va boshqa maqsadlarga taqsimlanishi aniqlanadi. 

Muqobil ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan bog’liq bo’lgan omillar ham mavjud. Bu yerda gap XYuS ishlab chiqarish imkoniyatlaridan maksimal foydalanilganda mahsulotlarning maksimal almashuvchanligi, ya’ni mahsu-lotlarning ishlab chiqarish almashuvchanligi, shuningdek, muqobil texnologiyalarning ham maksimal almashuvchanligi xususida ketayapti. Qisqasi, bu yerda ish barcha ishlab chiqarish omillarining (tabiiy resurslar, kapital, mehnat-ning) maksimal almashuvchanligiga borib taqaladi. Ana shular asosida muqobil chiqimlar atroflicha to’liq aniq-lanadi va bu holat baholarni shakllantirishda hisobga olinadi.
Baholarni shakllantirishning XYuS tomonidan nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan omillari alohida ajratiladi. Birinchi guruhga kiruvchi omillarga XYuSning yuqori rahbarlik organlari va uning funktsional xizmatlari tomonidan boshqariladigan omillar kiradi. Ikkinchi guruh esa XYuSning o’ziga bog’liq bo’lmagan omillardan tashkil topadi. Iqtisodiyotning asosiy bo’g’inini bu omillarga moslashtirish o’z faoliyatida nazorat qilinmaydigan omillar talablarini hisobga olgan holda nazorat qilinadigan omillarni boshqarish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Amaliyotda baholarni shakllantirishning yuqorida ko’rib o’tilgan xususiyatlarini inobatga oluvchi yoki olmaydigan baholar strategiyasining butun bir tizimi mavjud. Quyida ularning eng muhimlarini bayon etamiz. 


Download 121.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling