O„zbekiston respublikasi oliy


topshiriq. Yuqoridagi matn tarkibida ishlatilgan mulozim, sulton


Download 1.7 Mb.
bet104/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

topshiriq. Yuqoridagi matn tarkibida ishlatilgan mulozim, sulton so‗zlarining ma‘nosini lug‗at yordamida toping.

  • topshiriq. Berilgan talaffuzi bir-biriga yaqin so‗zlardan qaysi biri qavs ichidagi birliklar bilan aloqadorligini aniqlang.

    Abzal, afzal (egar, jabduq, uzangi, qayish, yugan); adib, adip (to‗n, chopon, yaktak, dasturxon, yoqa, etak); bolali, bolalik (farzandi bor, ota, ona); amir, amr (buyruq, farmon, qaror, farmoyish); asir, asr (davr, zamon, yuz yil); alo, a‟lo (ustiga, tepasiga, yuqorisiga)...
    Bu kabi topshiriqlar o„quvchining til sezgirligini oshirishga, lug„at boyligini kengaytirishga xizmat qiladi.
    Unli tovushlar va ularni ifodalovchi harflar sharhi” mavzusi muhokamasida o„quvchi o„zbek tilida unlilar qatnashmagan so„zning uchramasligini bilsa, ba‟zan shakli yaqin so„zlar tarkibida unlilarni almashtirish yangi ma‟noli so„zlarni hosil qilishini bilsa, ulardan amaliy foydalana olsa, mazkur mavzu ta‟limi mohiyatan ko„zlagan maqsadini ro„yobga chiqaradi. Bunda quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:
    217
    1-topshiriq. Berilgan so‗zlar tarkibidagi unlini qolgan 5ta unli o‗rtog‗i bilan almashtiring. Hosil bo‗lgan so‗z ma‘nolarini tushuntiring. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
    Al, as, on, bar, tor, chat, chal, soz...
    Topshiriq berilganda o„quvchining ko„z o„ngiga 6ta unli harfni ko„zrgazmada ildirib qo„yish yoki doskaga yozib qo„yish zarur. O„quvchilar tomonidan topshiriq bajarilganda qariyib ellikka yaqin quyidagi so„zlar topiladi:
    al, ol, ul, o‗l, il, el; as, os, us, o‗s, es, is; on, an, un, o‗n, in, en; bar, bor, bur, bo‗r, bil, bel; tor, tar, tur, to‗r, tir, ter; chat, chot, chut, cho‗t, chit, chet; chal, chol, chul, cho‗l, chil, chel; soz, saz(a), suz, so‗z, siz, sez...
    Agar bu so„zlarning ol, ul, un, en, bar, bor, bo‗r, bel, tor, tar, tur, ter, soz, suz, siz ko„rinishlari ikki yoki uch mazmunga ko„ra omonimik munosabat (ya‟ni har bir omonimik shakl alohida, masalan, un (ovoz), un(moq), un (bug„doy mahsuloti) kabi) hosil qilshini inobatga olsak, topilgan so„zlar miqdori yetmishdan oshadi. Tabiiyki, ular orasida 5- sinf o„quvchisi uchun lug„aviy ma‟nosi notanish bo„lgan qator so„zlar (masalan, al, as, us, an, bar, bor, tar, chut, chul* va h.) uchraydi. O„qituvchi imkoniyatga qarab bu so„zlarning ma‟nosini bolaga lug„atdan toptirishi ham yoki shu so„zlar ishtirok etgan badiiy matn parchalarini ularga taqdim etib, lug„aviy ma‟noni izohlatishi ham mumkin. (Albatta, bu o„qituvchi-muallimning mahorati, shijoatiga bog„liq.)
    Undosh tovushlar va ularning yozilishi” mavzusi ta‟limida ham o„quvchilarning so„z boyligini oshirish imkoniyatlari nihoyatda ko„p va rang-barang. Ulardan ba‟zilarini namuna siftida keltirib o„tamiz.

    Download 1.7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   210




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling