O„zbekiston respublikasi oliy
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Azim–azm.
- Amir–amr.
- Ganj–ganch.
236
Topshiriqda berilgan ba‟zi so„zlar, masalan, g‗anim, muattar, betamiz, go‗l, uydirma kabilar o„quvchining so„z zahirasida faol bo„lmasligi mumkin. Bunday holatlarda o„quvchi, tabiiyki, yana lug„atlarga murojaat etadi. (Bilishimiz zarurki, o„rta maktab ona tili ta‟limining konseptual asoslarida uning zaruriy vositasi ikkita ekanligi ta‟kidlanadi: darslik va lug„atlar. O„quvchilarning ijodiy tafakkurini va nutqini o„stirishning zaruriy omillaridan biri lug„atlar ustida ishlashdir. Lug„atlar o„quvchilarning ijodiy tafakkuri, mustaqil fikrlash darajasi, ijodiy fikr mahsulini og„zaki va yozma shakllarda ravon bayon etishga olib keladigan behad qimmatli va boy so„z zahirasini vujudga keltiradi.) O„quvchilar jadvaldagi so„zlarni quyidagicha juftlay olishlari zarur:
237
Ona tili dasturida ―Paronimlar so‗zlar‖ mavzusi ham berilgan. ―Paronimlar so‗zlar‖, aslida, nazariy jihatdan so„zlarning shakl va ma‟no munosabatiga ko„ra turlari sirasida turmaydi. Og„zaki nutqda talaffuzi bilib, bilmay aralashtiriladigan so„zlar paronimlardir. Paronimlarning yuzaga kelish sabablari quyidagilar: Talaffuzi yaqin tovushlarni almashtirib qo„llash natijasida so„z shakli boshqa lug„aviy ma‟noni beruvchi so„z shakliga to„g„ri kelib qolishi (masalan, bob-bop, bud-but, qayd-qayt, alpoz-alfoz, bedona- bedana kabi); O„zlashma so„zlar urg„usini noto„g„ri qo„yish (masalan, kafel- kafil, artikl-artikul, kompaniya-kampaniya, diflyatsiya-defoliatsiya kabi); So„zning lug„aviy ma‟nosini aniq tushunmasdan ishlatish (masalan, abzal-afzal, angar-angor, valiy-voliy, yonilg‗i-yoqilg‗i, bal- ball kabi); Tutuq belgisining ishlatilishi bilan bog„liq chalkashish (masalan, alam-a‘lam, bad-ba‘d, davo-da‘vo, zafar-za‘far, matal- ma‘tal, ayon-a‘yon kabi); O„zbek tilidagi -li hamda -lik, shuningdek, -lik hamda -liq bilan yasalgan so„zlar ma‟nosini farqlay olmaslik (masalan, bolali (sifat)–bolalik (ot), bandli (ushlashga mo„ljallangan qismi bor yoki dastasi bor)–bandlik (biror narsa yoki yumush bilan mashg„ul), kiyimli (libosi bor yoki kiyim kiygan) – kiyimlik (libos yoki kiyim uchun mos (mato); otali (otasi bor) – otalik (ota vazifasini bajarish) – otaliq (homiylik) kabi); Talaffuzi jihatidan tilimizdagi biror so„zga yaqin kelib qolgan o„zlashma so„zni aralashtirib qo„llash (masalan, adib (a)-adip, burj (a)- burch, yod (f)-yot, jodu (f)-jodi kabi); Talaffuzda (bir tildan) o„zlashma (odatda, arabcha) so„z tarkibida qator kelgan ikki undosh orasiga unli qo„shib aytish (masalan, adl-adil, azm-azim, amr-amir, asr-asir, asl-asil, ahl-ahil, beamr-beamir kabi); 238
8. Talaffuzda so„z oxiridagi tovushni tushirib qoldirish natijasida (masalan, bast–bas, past–pas kabi) va h. 1-topshiriq. Berilgan paronimik juftliklarga diqqat qiling. Har bir so‗zning lug‗aviy ma‘nosini toping va shu asosda nuqtalar o‗rnini to‗ldiring. Azim–azm.Azim daryolar ham kamar bo„lolmas, Qo„shilib cho„lg„ansa sening belingga. (H.Olimjon) U (Yo„lchi) endi poytaxtga kelmoqqa azm qilgan. (Oybek) .....–g„oyat katta, ulkan. ....–qat‟iy qaror, jazm. Amir–amr.Amirning oshidan faqirning mushti yaxshi. (Maqol) Qalb amr etsa, aql unga bo„ysunar. (Maqol) .....–qadimgi xonlik, podsholik davrida lovozim nomi. ....–buyruq, farmon, farmoyish. Bal–ball.Bu binoda bal o„tkazilishi aytildi. ”Bilimlar bellashuvida” bilimim uchun yuz ball qo„yishdi. .....–katta bazm, raqs kechasi. ....–raqam bilan ko„rsatiladigan baho. Ganj–ganch.Halol topilgan non jahon ganjidan afzalroq. (A.Navoiy) Maktab binosi ta‟miri uchun ganch, sement, tuproq, ohak keltirildi. .....–xazina, boylik. ....–suvoq uchun ishlatiladigan unsimon qurilish materiali. O„quvchilar bilan borlik–borliq, bolali–bolalik, otalik–otaliq, da‘vo–davo, darz–dars, dafina–dafna, yod–yot, yolqin–yorqin, jazlik– jazliq, jayron–jiyron, juda–judo, ijobiy–ijodiy, tanbur–tambur, yo‗ymoq–yoymoq, kavsh–kovsh, kampaniya–kompaniya kabi paronimik juftliklar ustida ishlash ham ularda nutqiy sezgirlikni oshirishga xizmat qiladi. 239
Bu kabi misollarni o„quvchilarning o„zlari ham paynet, paynetchi, paynetli, paynet qilmoq, paynet bo‗lmoq kabi misollar orqali davom ettira oladilar. ‖Iboralar‖ mavzusi ta‟limi o„quvchiar uchun hamisha qiziqarli va e‟tibortalab mavzu bo„lib qolaveradi. Iboralar tilimizda so„zlar bilan teng baravar ishlatilaveradiki, bizlar ba‟zan iborani qo„shma so„zdan yoki so„z birikmasidan farqlamaymiz. O„qituvchi o„quvchilar nutqini iboralar bilan boyitish maqsadini ko„zlagan darsda quyidagi kabi topshiriqlardan foydalanishi mumkin: 1-topshiriq. Ibora ifodalagan ma‘no qatorini ‖Iboralar sandig‗idan‖dan mosini tanlab to‗ldiring. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling