O„zbekiston respublikasi oliy


Mavzuni yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 1.7 Mb.
bet128/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

Mavzuni yuzasidan savol va topshiriqlar:


  1. Morfemika nimani o„rgatadi?

  2. Morfemika bo„yicha o„quvchi qanday bilim, malaka va ko„nikmalarga ega bo„lishi zarur?

  3. O„quvchi o„rganayotgan morfemik bilimlar malaka talablariga mosmi?

  4. O„quvchi o„rganayotgan morfemik bilimlardan hayotining qaysi o„rnida foydalana oladi?

  5. O„zbek tilida so„z yasash usullarini o„quvchi bilishi shartmi?

  6. O„zbek tilida so„z yasash usullari ta‟limida o„quvchi xabardor bo„lishi zarur bo„lgan qaysi bilimlarni sanay olasiz?

  7. O„zbek tilidagi hol/siz/lan/moq/lik, injiq/lan/mas/lik, jilov/la/mas/lik

kabi so„zlarning morfem tarkibi qanday izohlanadi? 8.Kompozitsiya usulida hozirda yasalayotgan qanday so„zlar bor?

  1. O‗zakni ajrata bilish, so‗z tarkibidagi tovush o‗zgarishlarini fahmlash so‗zni to‗g‗ri yozishga imkon beradi”mi? Javobingizni dalillang.

  2. O„quvchiga anglashilmovchilik (ong-la-sh-il-ma-vchilik), sanoqsiz (son-a-q-siz), atoqli (ot-a-q-li) kabi so„zlarning morfem tarkibini qanday izohlash zarur?

Foydalanish uchun adabiyotlar: [1;6;11;20;22;28;32;34;35]


269

“MORFOLOGIYA” BO„LIMINI O„QITISH METODIKASI




Reja:


1.”Morfologiya” o„qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari. 2.So„z turkumlarini o„qitish metodlari.
3. “Morfologiya” o„qitishning boshqa bo„limlar bilan bog„liqligi. 4.”Morfologiya” o„qitish asosida o„quvchilarda ijodiy tafakkurini rivojlantirish usullari.


Mavzuga oid tayanch tuhunchalar


So‗z turkumi, mustaqil so‗zlar, yordamchi so‗zlar, oraliq so‗zlar metodikasi

“Morfologiya” bo„limi ta‟limi uchun 5-sinf izchil kursida qisman, 6-,7-sinflarda esa to„liq vaqt ajratilgan. Demak, o„quvchi ham, o„qituvchi ham 5-sinfdan boshlab toki 8-sinfgacha (qariyb 500 soat davomida) so„z turkumlari bilan bog„liq mavzular ta‟limi bilan shug„ullanishadi.


Amaldagi “Ona tili” dasturida 5-sinfda, asosan, o„quvchilаr o„zlаshtirishi kеrаk bo„lgаn zаruriy morfologik bilimlаr sifatida quyidagilar qayd etiladi: “So„zlаrning turkumlаrgа bo„linish mеzоnlаri”, “Mustаqil so„z turkumlаri (fе‟l, оt, sifаt, sоn, оlmоsh, rаvish)”, “Yordаmchi so„z turkumlаri (bоg„lоvchi, ko„mаkchi, yuklаmа, undоvlаr, mоdаl so„zlаr, tаqlid so„zlаr)”, “Оt, uning lug„аviy mа‟nоsi”, mоrfоlоgik bеlgilаri vа sintаktik vаzifаsi”, “Оtning mа‟nо turlаri”, “Аtоqli оtlаrning uslubiy qo„llаnishi”, “Оtlаrdа sоn shаkllаri”, “Ko„plik qo„shimchаsi”, “Turlаnish”, “Kеlishiklаr”, “Egаlik qo„shimchаlаri”, “Оtlаrning tuzilish jihаtdаn turlаri (sоddа, juft, qo„shmа vа qisqаrtmа оtlаr)”, shuningdek, “Fе‟l, uning lug„аviy mа‟nоsi, mоrfоlоgik bеlgilаri vа sintаktik vаzifаsi”, “Bo„lishli vа bo„lishsiz fе‟l”, “Fе‟lning tuslаnishi”, “Fе‟l zаmоnlаri”, “O„tgаn zаmоn, hоzirgi zаmоn, hоzirgi-kеlаsi zаmоn, kеlаsi zаmоn fе‟llаri”, “Ko„mаkchi fе‟llаr” mavzulari.
“Morfologiya” sathi nuqtayi nazaaridan 5-sinf o„quvchilаri egаllаshi zаrur bo„lgаn mаlаkа vа ko„nikmаlаr dasturda shunday belgilangan: “so„zlаrning turlаnishi vа tuslаnishi bilаn bog„liq so„zlаrning egаlik hamda shaxs-son qo„shimchаlаrini оlib o„zgаrishini, so„zning lug„аviy vа grаmmаtik mа‟nоlаrini, tub so„zlаr
270
bilаn yasаmа so„zlаrni; sоddа, qo„shmа vа juft so„zlаrni; so„z turkumlаrini, mustаqil so„z bilаn yordаmchi so„zni” o„z nutqida farqlab bilishi va o„rinli ishlatib bilmog„i kerak.
So„zlаrning turlаnishi bilan bog„liq mavzular ta‟limida quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:


  1. Download 1.7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling