O„zbekiston respublikasi oliy
”Oraliq so„z turkumlari”ni o„qitish metodikasi
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
”Oraliq so„z turkumlari”ni o„qitish metodikasiMaktab dastur va darsliklarida taqlidlar, undovlar va modal so„zlar (o„zida goh mustaqil, goh yordamchi so„zlarga xos xususiyatlarni namoyon etgani uchun) oraliq so„z turkumlari sifatida berilgan. Taqlidiy so„zlar146 tovushga va holatga taqlidni bildiradi. 146 Taqlid o„zbek tilida (substansial tilshunoslikda) bir guruhni tashkil etadi va mustaqil so„z sirasidan o„rin olgan. Buning bir nechta ilmiy asosi bor. Birinchidan, turkiy tillarda taqlid miqdoran ko„p va ma‟no jihatdan rang-barang. Ikkinchidan, ulardagi tovushlar tizmasi ma‟lum obyektiv voqelikdan xabar berib turadi. Uchinchidan, taqlid gap tarkibida ma‟lum bir sintaktik pozitsiya egallaydi. Taqliddagi ma‟noviy g„ayrioddiylik uni boshqa mustaqil so„z turkumidan ajratib turadi. (Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o„zbek tili. –T., 2013.–209-b.) 308 Taqlid – o„zbek tilining muhim ifoda vositasi. Ularning ifoda tomoni mazmun tomoni bilan tabiiy bog„lanishga ega. Bu quyidagi so„z qatorini qiyoslash asosida hosil bo„ladi: tiq-tiq/tuq-tuq/to‗q-to‗q/taq-taq; liq-liq/luq-luq/lo‗q-lo‗q/laq-laq; tirs-tirs/tars-tars/tars-turs. Taqlid jamiyatning har bir a‟zosi tushunadigan turli ma‟noga ega. Masalan, tiq-tiq/tuq-tuq/to‗q-to‗q/taq-taq taqlidi orqasida nimadir yotgani va ma‟lum bir borliq hodisasini ifodalayotgani shu til jamiyatining barcha a‟zolari uchun tushunarli. Taqliddagi ma‟noviy g„ayrioddiylik uni boshqa so„z turkumlaridan ajratib turadi. Taqlid so„zlar quyidagi xususiyatlarga ega: Taqlidlar fikrni ravshan va obrazli qilib ifodalashda muhim o„rin tutadi. Taqlidlar yasalish sistemasiga ega emas. Biroq taqlid so„zlar fe‟l (gurkira(moq), yarqira(moq), g‗ijirla(moq), jarangla(moq), hurpay(moq), ot (taqa, qahqaha, xurrak, chapak, g‗urrak) va sifat (jizzaki, jirtaki, bijildoq)larni yasashdа asos vazifasini bajaradi. Taqlid so„zlar gapda ega, to„ldiruvchi, kesim, hol, aniqlovchi vazifasida keladi. Masalan, ega vazifasida: Ko‗chada odamlarning g‗ovur-g‗uvuri bosildi; kesim vazifasida: Bozorda odamlar g‗uj-g‗uj: kimdir sotadi, kimdir sotib oladi... to„ldiruvchi vazifasida: Karimjon bolalarning shov-shuvini bostirish uchun gapga aralashdi; aniqlovchi vazifasida: Yo‗lakka quloq solib, g‗o‗ng‗ir-g‗o‗ng‗ir tovushni eshitdi. (A.Qod.); hol vazifasida: Qizcha pish-pish uxlar edi. Taqlidlarga ma‟no torayishi xos. Quyida taqlid so„zlar ta‟limi bilan bog„liq dars ishlanmasini havola etamiz: Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling