O„zbekiston respublikasi oliy


Download 1.7 Mb.
bet156/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

1-topshiriq. Berilgan matnni diqqat bilan o‗qing. Matn mazmunini bitta gapda ifodalashga harakat qiling.

SURAT


Dunyoning ishlari doim shoshilinch. Odatdagidek tik turgancha nonushta qilayotgan edim. Onam odatdagidek qistardi:
O‗tirsang-chi, bolam. Birpas o‗tirgin.
Bo‗ldi, ketdim.
Shoshma, bolam. – Onam ko‗zimga odatdagidan boshqacha, qandaydir mo‗ng bilan termildi. – Gap bor.
Tipirchilab soatga qaradim: hali yonilg‗i olish kerak, ishga borish kerak, keyin nashriyotga o‗tish...

  • Nima edi?

Onam ko‗zimga hamon ma‘yus termilib o‗tirardi.

  • Suratga tushaylik, –dedi to‗satdan. Ajablandim.

  • Nega?

Yaqinda men olaman.
Onam bu gapni xuddi: ―Qo‗shninikiga chiqib kelaman‖, degandek ohangda aytdi. Kulib yubordim.
Qo‗ysangiz-chi, oyi.–Shunday dedim-da, chiqdim-ketdim. Oradan ikki hafta o‗tdi-yu...
Kechalari uyg‗onib ketaman, o‗ylayman. O‗ylayman: sen nomard, sen ahmoq nimaga, nimaga o‗shanda kulding? Suratga tushishga vaqting yo‗qmidi? Kerak bo‗lsa, topasan-ku! Kitob uchun, jurnal uchun, ish ustida, bog‗da, ko‗chada... Nima, sen kino yulduzmisan? Jahonshumul shaxsmisan? Ana, bir dasta surating yotibdi. Har xil. Har yerda...
Faqat... Onang bilan tushgan surating yo‗q!
(O„tkir Hoshimovdan)

328
2-topshiriq. Matndagi gaplarning kesimini topib ular (morfologik jihatdan) qaysi so‗z turkumi bilan ifodalanganini aniqlang va kesimlarni berilgan jadvalga to‗g‗ri joylashtiring.



fe‟l kesim

ot kesim

O‗tirgin, ...

shoshilinch,…

Mazkur mavzuni o„zlashtirish davomida asosiy e‟tibor o„quvchining to„g„ri va xatosiz jumla tuza olishiga qaratiladi.


Kesim grammatik jihatdan shakllanishiga ko„ra ikki turga bo„linadi: mustaqi kesim va nomustaqil kesim. Ma‟nosini yordamchilarsiz voqelantiradigan, (kesimlik kategoriyasi* bilan to„la shakllangan) birlik mustaqil kesimlik shakli deyiladi. Masalan, Men bugundan maktabga bordim (Mazkur gapning grammatik mazmunida kesimlik shakllari (tasdiq/inkor, shaxs/son, zamon, mayl/modallik) bor. Jumladan, bordim–tasdiq ma‟nosida; -m I shaxs/birlikda; -di yaqin o„tgan zamonda; xabar maylida.)
Boshqa gaplarsiz, ya‟ni qurshovsiz o„z ma‟nosini voqelantira olmaydigan, voqelantirgan taqdirda esa mantig„idan butunlay boshqa ma‟no kelib chiqadigan (kesimlik kategoriyasi bilan to„la shakllanmagan) shakl nomustaqil kesimlik shakli deyiladi. Masalan, O‗qituvchi kelsa, dars boshlanadi gapida ikkita kesim bor (kelsa nomustaqil kesim; boshlanadi – mustaqil kesim. Ammo gapning bir qismi olinsa, gapdagi shartlik ma‟nosi yo„qoladi. O‗qituvchi kelsa– istak ma‟nosi yuzaga keladi.)
Nomustaqil kesimlik shakli -sa, -sa edi, -saydi, -sa ekan kabi shakllarda bo„ladi va hamisha o„zidan keyin alohida gapni talab etib turadi.
Ega va uning ifodalanishi‖ mavzusi ta‟limida gap kеsimining shaxs-son qo„shimchalariga qarab uning egasini tiklash, eganing qaysi so„z turkumi bilan ifodalanayotganligini aniqlash singari amaliy ishlar bajariladi.



  • Kesimlik kategoriyasining grammatik ma‟nosi kesimda mujassamlashgan tasdiq/inkor, zamon, modallik/mayl, shaxs/son ma‟nolarining yaxlitligidan iborat.

329
Ega –gap kesimini shakllantiruvchi, kesimlik kategoriyasi tarkibida turuvchi shaxs/son ma‟nosini muayyanlashtiruvchi bo„lak. Gapda ega ifodalanishi yoki ifodalanmasligiga ko„ra ikki turga bo„linadi. Bular–

  1. egali gaplar va 2) egasiz gaplar.


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling