O„zbekiston respublikasi oliy


Download 1.7 Mb.
bet187/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

O„z-o„zigа diktantdа o„quvchining хоtirа tipi, izlаnishi, muаyyan mаtndаgi аsоsiy fikrni аjrаtа оlishi kаbilаrgа e‟tibоr qаrаtilаdi. Buning uchun dаrslikdаn tаnlаngаn yoki o„qituvchi tоmоnidаn mахsus tоpilgаn kichik hаjmli mаtn оlinаdi. Mаtn hаr bir o„quvchining o„zigа o„qittirilаdi, shundаn kеyin o„quvchi mаtnni ichidа tаkrоrlаb (ya‟ni o„z-o„zigа diktоvkа qilib) yozа оlishi zаrur. Bа‟zаn o„z-o„zigа diktant uchun o„quvchigа uning “Аdаbiyot” yoki “Vаtаn tuyg„usi” dаrslаridа yod оlgаn shе‟riy mаtnlаrini hаm tаnlаsh mumkin. Аgаr o„quvchi “Аdаbiyot” yoki “Vаtаn tuyg„usi” dаrslаridа yod оlgаn shе‟riy mаtnlаrining mаzmunigа, pаfоsigа e‟tibоr qаrаtgаn bo„lsаlаr, оnа tili dаrslаridа diktant yozish jаrаyonidа shundаy mаtnlаrning imlоsigа diqqаt qilаdilаr.
Ona tili ta‟limidagi istalgan amaliy foliyat o„quvchini ijodkorlikka, bunyodkorlikka unday olishi lozim. O„quvchining egallagan bilimi, ko„nikma-yu malakasi uni qay darajada ijodkorlikka, bunyodkorlikka unday olishini ko„rsatuvchi ta‟limiy me‟yorlardan biri bayon yozdirishdir.
Bayon arabcha so„z bo„lib, 1) voqea, hodisa, fikr, mulohaza va shu kabilarning og‗zaki yoki yozma ifodasi; 2) matnni o‗qib yoki aytib berganlar asosida yozib chiqilgan ish ma‟nolarini beradi. O„zbekiston umumta‟lim maktablarida (asosan, 2-9-sinflarda) o„quvchilarning fikrlashini rivojlantirish bo„yicha sinf o„quv (yozma) ishining asosiy turlaridan biri sifatida foydalaniladi.
Maktablarda o„quvchilarning nutq madaniyatini o„stirish maqsadida V-IX sinf ona tili va adabiy o„qish darslarida muntazam suratda bayon yozdirib borish orqali o„quvchilarning ushbu fanlarni

382
chuqur, puxta o„zlashtirib olishlariga erishiladi. Bu esa ta‟limda muhim ahamiyatga ega.


Bayon matnlarini tanlashda ijtimoiy-siyosiy hayot, axloq-odob, mehnat, nafosat, shukrona, do„stlik, salomatlik, tabiat, Navro„z, non kabi mavzularga oid bo„lishiga va hozirgi davr pedagogik talablariga javob berishiga alohida e‟tibor qilinadi, o„quvchilarning madaniy, adabiy boyliklarimiz haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish niyatida o„zbek xalq og„zaki ijodi, mumtoz o„zbek va hozirgi davr adabiyoti asarlaridan namunalar va parchalar kiritiladi, o„quvchilarda baynalmilallik fazilatini o„stirish maqsadida qardosh xalqlar og„zaki ijodi va adabiyotidan ham namuna va parchalar beriladi. Shuningdek, bayon matnlarini tanlashda o„quvchilarning ular matn mazmunini puxta anglab olishlariga, ularda o„zlashtirilgan mazmunni o„z so„zlari bilan mustaqil bayon qilish malakasini o„stirishga ham e‟tibor beriladi.
O„qituvchilarga matnlarni erkin tanlash imkoniyatini yaratish niyatida ularni ijodiy fikrlashga undaydigan materiallardan ijodiy foydalanish o„rinlidir. Demak, bayon o„rta maktab ta‟lim-tarbiya tizimida nutq o„stirish vositasi sifatida g„oyat muhim o„rin tutadi. U yozma ishning asosiy turlaridan biri bo„lib, asar yoki undan olingan parcha mazmunini o„quvchi tomonidan “o„z so„zi”– o„ziga xos uslubi asosida izchil, savodli qayta bayon etishni taqozo etadi.
Bayonning ta‟limiy-tarbiyaviy ahamiyati katta. U ona tili va adabiyotdan o„quvchining qanchalik bilim, malaka va ko„nikmalarga ega bo„layotganini, nutq madaniyati taraqqiyoti darajasini ko„rsatsa, ikkinchi tomondan, matn mazmuni orqali o„quvchini axloq-odob– estetik kamolotga yetaklaydi, mehnat va tabiatga muhabbat ruhini singdiradi, chinakam insoniy fazilatlarni shakllantiradi.
Bayon o„z xususiyatiga ko„ra diktant va inshodan farq qiladi. Bu uch tur yozma ishlardagi o„zaro umumiy o„xshashlik shundaki, ularni o„tkazishdan oldin o„qituvchi yozilishi lozim bo„lgan mavzuni, matnni aniqlaydi, o„qiydi, o„quvchilar esa o„qituvchi rahbarligida topshiriqni savodli yozish uchun harakat qiladilar.
Diktant matni o„qituvchi tomonidan aytib turib yozdirilsa, bayonda matn o„qib berilganidan so„ng o„quvchilar o„zlashtirganlarini xotirasida saqlab qolganlari asosida yozishga kirishadilar. Diktant o„quvchilarning grammatikadan qanchalik ongli bilim olganligini namoyish etadi, savodxonligini oshiradi, yozuv malakasini puxta
383
egallashga undaydi. Bayon va insho yozishda esa o„quvchilar yozma nutq malakalarini namoyish etadilar, o„zlarining tafakkur kuchi va nutq boyliklariga suyanadilar. Bu bayon bilan inshoning o„xshash tomonlaridir. Ular o„rtasidagi farq shundaki, agar bayon ta‟limiy xarakterda bo„lsa, matn o„qib berilgach, o„quvchilar uning mazmunini og„zaki gapirib beradilar, Shundan keyingina yozishga kirishadilar. (Inshoda esa o„quvchilarga matn o„qib berilmaydi, balki faqat mavzu tavsiya etiladi. Mavzu bo„yicha reja tuziladi va o„quvchilar shu reja bo„yicha o„z fikrlarini mustaqil ravishda ifodalaydilar.)
Bayon o„qituvchining nazorati nuqtayi nazaridan ikki turga bo„linadi:

  1. ta‟limiy bayon,

  2. tekshiruv bayon.

Ta‟limiy bayonni og„zaki shaklda ham, yozma shaklda ham o„tkazish mumkin. Tekshiruv bayon esa (bayon matni o„qituvchi tomonidan o„qib berilgach, mazmun o„quvchilar tomonidan o„zlashtirilib og„zaki so„zlab berilsa-da) yozma shaklda o„tkaziladi. Tabiiyki, bayon matnini tanlashda o„quvchilarning yosh xususiyatlari va bilim saviyalari hisobga olinadi, ayniqsa, matnning tarbiyaviy jihatiga, davr talablariga qay darajada mosligiga alohida e‟tibor beriladi.
Bayonlar o„tkazilish maqsadi va tartibiga qarab bir necha turlarga bo„linadi:

      1. matnga yaqinlashtirilgan bayon;

      2. qo„shimcha topshiriqli bayon;

      3. saylanma bayon;

      4. ijodiy bayon;

      5. ixcham bayon.


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling