O„zbekiston respublikasi oliy
Ona tili dasturlarida faoliyatni amalga
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
Ona tili dasturlarida faoliyatni amalga oshirish yo`li
Daslik, ”Axborot banklari” (lug`atlar, qomuslar, tarqatma, ma‟lumotnoma, slayd, testlar,. ) 101
Ta‟lim mazmunining tarkibiy qismlari haqida yuqoridagi bayondan ham ko„rinib turganidek, didakt olimlarda bu borada yakdillik yo„q. Hatto ayni bir didakt-olimning turli davrda yozilgan asarlarida ta‟lim mazmuni tarkibi turlicha talqin qilinishi hollarini ham ko„rishimiz mumkin. Chunonchi, I.Y.Lerner: “Ta‟lim mazmuni tushunchasi ostida, odatda, bilim va malaka tushuniladi. Ba‟zan esa ta‟lim mazmuni deb … faqat beriladigan bilimlar tushuniladi, xolos. Uzoq yillar davomida o„quv dasturlari berilishi lozim bo„lgan bilimlar ro„yxatidangina iborat edi”, deb yozadi va bunday tor tushunishni qoralab, ta‟lim mazmuni chegarasini ancha kengaytiradi va uning tarkibiy qismlari sifatida: beriladigan bilimlar; bilimlar asosida hosil qilinadigan malakalar (умение) va ko„nikmalar (новыки); ijodiy faoliyat; 104Лернер И.Я. Дидактическая система методов обучения. – М.: Педагогика, 1976.; Лернер И.Я., Скаткин М.Н. О методах обучения. – М.: Педагогика, 1979. – стр.15-121.; Лернер И.Я. Развитие мышления учащихся (в процессе оучения истории). – М.: Просвещение, 1982. – 192 стр. 105Розиқов О., Оғаев С., Маҳмудовa М., Адизов Б. Дидактика. – Т.: Фан, 1997. – 85-б. 102 emotsional munosabat kabilarni ko„rsatdi.106 Keyingi asarlarida esa I.Y.Lerner o„qituvchi va o„quvchi orasidagi munosabat va ta‟lim usulini ham ta‟lim mazmuni tarkibiga kiritadi.107 Ba‟zi didakt-olimlar (M.Mahmudova, S.Og„ayev, O.Roziqov, B.Adizovlar) ma‟lumot mazmuni va ta‟lim mazmuni tushunchalarini farqlab, ta‟lim mazmunini “ma‟lumot mazmunining dinamikasi – harakati” shaklida tushunadilar va ta‟lim mazmuni tushunchasini quyidagicha sharhlaydilar: “Ta‟lim mazmuni – yoshlarni ma‟lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalash maqsadida ma‟lumot mazmunidan tanlanib, ta‟lim jarayoniga olib kirilgan bilim, ko„nikma, malaka, faoliyat usullari hamda tabiat, jamiyat, tafakkur hodisalarini emotsional baholashga doir munosabatlardir”.108 Mazkur tavsifdan ko„rinib turibdiki, bu olimlar ta‟lim mazmunining tarkibiy qismlarini aniq va ravshan sanab bermasalar- da, ta‟lim mazmunining tashkil etuvchilari sifatida quyidagilarni ajratadilar: berilishi lozim bo„lgan bilimlar; bu bilimlar asosida hosil bo„ladigan malaka, ko„nikmalar; faoliyat usullari; emotsional baholash. Mualliflar “faoliyat usullari” tushunchasini ochib bermaydilar. Lekin ko„rinib turibdiki, unga “ijodiy” aniqlovchisi berilsa, ular I.Y.Lernerning izidan borganlar. A.G„ulomov, H.Ne‟matovlar “Ona tili ta‟limi mazmuni” metodik qo„llanmalarida ta‟lim mazmuni masalasi xususida to„xtalib, uning to„rt tarkibiy qismini alohida sanab o„tadilar: o„quvchilar egallashi zarur bo„lgan bilimlar tizimi; ilmiy-nazariy bilimlarga muvofiq keladigan malaka va ko„nikmalar tizimi; ijodiy faoliyat usullari; o„quvchi ~ o„qituvchi o„rtasidagi munosabatlar tizimi.109 Demak, ta‟lim mazmuni tushunchasini tor va keng ko„lamda talqin etish mumkin. Tor ma‟noda ta‟lim mazmuni deganda ta‟lim 106 Лернер И.Я. Развитие мышления учащихся (в процессе оучения истории). – М.: Просвещение, 1980. – 34-37-стр. 107 Лернер И.Я. Дидактические основы методов обучения. – М.: Педагогика, 1981. 108 Розиқов О., Оғаев С., Маҳмудова М., Адизов Б. Дидактика. – Т.: Фан, 1997. –85-б. 109 Ғуломов А., Неъматов Ҳ. Она тили таълими мазмуни. – Т.: Ўқитувчи, 1995. – 5-8- б. 103 oluvchiga berilishi, o„zlashtirilishi talab etiladigan bilimlar tushuniladi. Keng ma‟noda ta‟lim mazmuni deganda ta‟lim oluvchilarga qanday bilimlar berish, bu bilimlarni qanday usul bilan berish lozimligi, o„qituvchi o„quvchiga, o„quvchi o„qituvchiga qanday yondashishi, ta‟lim natijasida tarbiyalanuvchi nimalarni qila olishi va hatto o„z faoliyatiga ichki baho bera olishi tushuniladi. Boshqacha so„zlar bilan aytganda, keng ma‟noda ta‟lim mazmuni ta‟lim maqsadidan boshqa uning barcha asosiy tarkibiy qismlarini, jumladan, ta‟lim usuli, ta‟lim vositalari, ta‟lim natijasini o„z ichiga oladi va ayni zamonda ta‟lim maqsadining yoyilmasi, uning voqelantirishninig material, usul va vositalarining, ta‟lim jarayoni ishtirokchilari o„zaro munosabatlarining oldindan loyihalashtirilgan modeli maqeyini kashf etadi. Shuning uchun ta‟lim jarayonida ta‟lim maqsadidan keyin ikkinchi ahamiyatli tomoni keng tushunilgan ta‟lim mazmuni – ta‟lim maqsadining yoyilmasidir. Demak, ona tili ta‟limi mazmuni ona tili ta‟limi usuli, vositalari, ta‟lim natijasini o„z ichiga oladi. U–ona tili ta‟limi maqsadining yoyilmasi; ona tili ta‟limi materiali, usuli va vositalari, ta‟lim jarayoni ishtirokchilari o„zaro munosabatlarining oldindan loyihalashtirilgan modeli hisoblanadi.Ta‟lim mazmuni tushunchasi haqida gapirilganda bu tushunchaning “ta‟limning umumiy mazmuni”, “ta‟lim turi (bosqichi) mazmuni” va “ma‟lum bir o„quv predmeti ta‟limi mazmuni” kabi voqelanishini farqlash lozim. Ta‟limning umumiy mazmuni ta‟limning umumiy maqsadi bilan kesishadi. Ta‟lim turi (bosqichi) mazmuni deganda ta‟limning ma‟lum bir turi (bosqichi)da o„rganiladigan “o„quv predmetlari, ularning o„zaro aloqadorligi va o„rganilish tartibi”110 tushuniladi. “O„quv predmetining ta‟lim mazmuni” tushunchasi bulardan ancha farq qiladi. U, albatta, ta‟limning umumiy maqsadi va mazmuniga mutanosib holda – uning bilan umumiylik-xususiylik, butun-bo„laklik munosabatida belgilanadi, lekin har bir o„quv predmeti uchun – bu o„quv predmetini o„qitish maqsadi bilan bog„liq ravishda o„z xususiyatlariga ega. Ona tili o„quv predmeti ham shunday. Ta‟lim tizimida ona tilining o„qitish maqsadlariga mos ravishda uning ham 110 Леднев В.С. Содержание общего среднего образования (Проблемы структуры). – М.: Педагогика, 1980. – 7-стр. 104 o„ziga xos ta‟lim mazmuni bor va u ta‟limning tur hamda bosqichlari uchun davlat tomonidan tasdiqlanadigan ta‟lim dasturlarida o„z aksini topadi. Ta‟lim mazmunining asosiy tarkibiy qismi bilimlar, amaliy ko„nikmalar tizimidir. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling