O„zbekiston respublikasi oliy


Til faktlarini analiz qilish metodi


Download 1.7 Mb.
bet50/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

3.Til faktlarini analiz qilish metodi. Mazkur metod o„z ichiga til faktlarini kuzatish metodi hamda grammatik tahlil metodlarini qamrab oladi.
Til faktlarini kuzatish metodi. O„quvchilar o„qituvchi rahbarligida muayyan matn tarkibidan til hodisalarini belgilangan mavzu yoki bo„lim mohiyati nuqtayu nazaridan kuzatadilar, o„z fikrlarini aytadilar, xulosa chiqaradilar. Chunonchi,

  1. Fonetika bo„yicha: lug„atdan ikki bo„ginli, ammo yozuvda satrga ko„chirilmaydigan so„zlarni topib yozish: aka, alik, adir, axir, anor, amir; ona, ota, opa, otar, ohor; ulov, uloq, unut, usul; o‗lim, o‗jar, o‗zak, o‗lik, o‗sha; elak, etak, eshak; imo, imon, ibo, izoh.

  2. Leksika bo„yicha: matnni diqqat bilan o„qish va ibodat so„zining lug„aviy ma‟nosini izohlash; she‟riy matn tarkibidagi so„zlarning ma‟nodoshlarini topish; shakldosh so„zlarni aniqlash; uyadosh so„zlarni ajratish va h.

Ibodat
Mirza Kenjabek she‟ri
Ibodat ne? Yaratganga itoat ham ibodatdir, Haqiqiy bandalik birlan sadoqat ham ibodatdir.


Ibodatdir tiriklikni etolsang ma‘rifat bog‗i, Mashaqqatli ilm, san‘at, qiroat ham ibodatdir.


Onang birlan otang qalbi o‗tar Ka‘ba tavofidan,
Alar ko‗nglini shod etsang, shu xizmat ham ibodatdir.


Xabar oldingmi bemordan, qarindosh, do‗st, musofirdan? Birovni yo‗qlasang dildan, ziyorat ham ibodatdir.


Umrni etmayin isrof, o‗zung ro‗za, vujuding sof, Agar pok holda uxlarsen, shu rohat ham ibodatdir.


Mudom Allohni zikr etsang, halol boriga shukr etsang, Qiyomat kunni fikr etsang, tijorat ham ibodatdir.

113
Butun borliq, nabotot ham yaratganga etar tasbih, Bobo dehqon ekib yursa, ziroat ham ibodatdir.




Ibodatdir biror zolim, jafokorga desang haq so‗z Va nodonga sukut etsang, sukunat ham ibodatdir.


Agar jufti halol birla ko‗ngilxushlik etar bo‗lsang, Falak shohid, malak hozir shu fursat ham ibodatdir.


Tamal iymon-u ixlosdir, bu qullik bandaga xosdir, Xudo deb qilganing har ish va niyat ham ibodatdir.


Bu islomdir hama xublik ibodat holiga kelgay
Ki ogohlik bilan o‗tgan bu fursat ham ibodatdur.

O„quvchilar tahlil natijasida: “Ibodat deganda kishi faqat besh vaqt namoz o„qish, hijobga kirish yoki salla o„rab yurishni emas (chunki bular shakl, xolos), balki toza qalb, sof vijdon, halol mehnat, boshqalarga mehr-oqibat bilan haqiqiy inson sifatida yashamoqni tushunmoq zarur”ligi to„g„risida xulosa chiqarmoqlari muhim.




  1. Download 1.7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling