O„zbekiston respublikasi oliy


Ma‟lum bir guruhdagi so„zlar ro„yxatini mustaqil ravishda tuzish


Download 1.7 Mb.
bet87/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

Ma‟lum bir guruhdagi so„zlar ro„yxatini mustaqil ravishda tuzish. O„quvchilarning so„z boyligini oshirish maqsadida ularga

176
ma‟lum bir guruhdagi so„zlar lug„atini tuzishni ham topshirish mumkin. Shubhasiz, bunday lug„atlarni dars jarayonida tuzish ancha murakkab. Shuning uchun mustaqil ishning bu turini ma‟lum bir mavzu o„rganilgandan keyin uy vazifasi sifatida topshirish maqsadga muvofiq. Lug„at tuzish uchun o„quvchilar ma‟lum bir kasb egalari, ota-onalari, keksalar bilan suhbatda bo„ladilar, mavjud izohli lug„atlarga murojaat qiladilar.
Ona tili mashg„ulotlarida ma‟lum bir so„zning ma‟nosini sharhlash, so„zlar ro„yxatini tuzish kabi amaliy ishlarga tez-tez murojaat qilishga to„g„ri keladi. Masalan, o„quvchilar harakat fe‟llari (intilmoq– imillamoq – qimirlamoq –siljimoq – sudralmoq – yurmoq – yugurmoq – chopmoq – yelmoq kabi) yoki natijali faoliyat fe‟llari (tuzmoq – yasamoq – qurmoq – bunyod etmoq – paydo qilmoq –barpo etmoq– tartib bermoq –yuzaga keltirmoq – hosil qilmoq; buzmoq – sindirmoq– parchalamoq – titmoq – vayron qilmoq – xarob etmoq – g‗orat qilmoq – nes-nobud qilmoq va hokazo)ning qatorlarini tuzishlari mumkin. Bunday usullar sirasini yana davom ettirish mumkin.
Shunday qilib, ona tili o„qitish jarayonida bolalar nutqi(og„zaki/yozma)ni rivojlantirish uchun birinchi navbatda ularda ijodiy fikrlash malaka va ko„nikmalarini shakllantirish, rivojlantirishni, keyin esa shu asosda ularning so„z boyligini oshirishni taqozo etadi. O„quvchilarni doimiy ravishda ular birinchi marta duch kelayotgan so„zlar hamda fan-texnika, sanoat, madaniy, maishiy, siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot va aloqalar natijasida tilimizga kirib kelayotgan yangi so„zlar (chunonchi, monitoring, marketing, broker, bloger; xotdog, chizburger, gamburger, lavash, mayonez; Limuzin, Xunday, Kobilt, Spark, Matiz, Tiko; disk, disketa, fleshkart, xart; sauntrek va b.) bilan tanishtirib borish, so„zlarning yangi ma‟no qirralarini ochib berish, nutqdagi kamiste‟mol so„zlarni faol iste‟mol so„zlariga aylantirish, adabiy til uchun zid bo„lgan so„zlarni o„quvchilar nutqidan chiqarib tashlash faqat ona tili o„quv predmetining emas, balki maktabda o„qitiladigan barcha o„quv predmetlarining, shuningdek, oila va jamoatchilikning asosiy vazifasidir.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling