O„zbekiston respublikasi oliy
Ona tili o„qitish orqali o„quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirish tamoyili
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
Ona tili o„qitish orqali o„quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirish tamoyili. Ijodiy tafakkur bilishning eng oliy va yuqori darajadagi shaklidir. Maktab ta‟limi ona tilini ta‟lim oluvchiga o„ r g a t m a y d i, ta‟lim oluvchi ona tilini ta‟lim dargohiga kelgunga qadar biladi va undan o„z kundalik amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun bemalol foydalana olish malaka va ko„nikmalariga ega bo„ladi. Nega zamonaviy ta‟limning barcha tur, bo„g„in va bosqichlari uchun ona tili ta‟limi umumiy va zaruriy o„quv fani sifatida majburiy kiritilgan, u nimaga xizmat qilishi kerak: ilmiy grammatika, tilshunoslik fani asoslarini o„rganish uchunmi yoki jamiyat a‟zolarining barchasi tilshunos bo„lishi kerakmi? Jamiyatda hamma madaniyatli kishilarning tilshunos bo„lishi shart emas. Demak, ta‟limning barcha tur, bo„g„in, bosqich va ko„rinishlarida ona tili ta‟limining o„ziga xos maqsadi va zarurati mavjudki, ular DTSlarida maxsus belgilab qo„yilgan.
Ona tili ta‟limi mazmuni tarkibiga kiritilgan bilimlar silsilasi umumiy bilim/ilmning ta‟lim maqsadi nuqtayi nazaridan tanlangan, ta‟lim oluvchininig yoshi, aqliy, jismoniy, kasbiy (faoliyat) xususiyatlari va ijtimoiy (jumladan, kasbiy) ehtiyojlariga muvofiqlashtirilgan bo„lagi, parchasidir. U, albatta, pragmatik 173 ahamiyatli – tatbiq etiladigan va uning asosida ijod qilish mumkin bo„lgan xususiyatlarga ega bo„lmog„i zarur. Vaholanki, bilim tatbiq, i j o d bilan ahamiyatli. Biz bilimdon ijrochi shaxs tarbiyasidan ijodkor, bunyodkor shaxsni yetishtirishga o„tdik.136 Xalqimiz hamma vaqt ijodiy tafakkur sohibini, tadbirkor shaxsni bilimdon shaxsdan ustun qo„ygan. Ma‟lumki, XXI asr – axborot asri. Bu asrda faol hayot kechirayotgan shaxs uchun zarur bilimlarning barchasini egallay olmaydi. Barcha zarur bilimlar xazinasiga kalit esa axborot bankini bilish va ulardan foydalanish ko„nikmalariga ega bo„lishdir. Bunda, xususan, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash, unga, uning ongiga ijodiylik urug„larini sepish va undirish uchun Yan Amos Kaminskiyning muallimlar kamroq gapirib, o„quvchilar ko„proq bilim olish yo„llarini izlashlari zarurligi haqidagi fikri hozirgi kunda ham xuddi XVII asrdagidek dolzarbdir. Bugun – axborot asri uchun kishi har bir muayyan sharoitda kerak bo„ladigan bilmlar majmuasini dars, darslik, umuman ta‟lim bilan to„la berish mutlaqo mumkin emas – bilim doirasi behad kengaygan, axborot esa bir kishi bir zamonda o„zlashtira olish chegarasidan behad uzoqlashgan. Demak bugun uchun zaruri bilim hajmi va miqdorining o„zi emas, balki muayyan sharoitda zarur bo„lgan bilimlarni topa bilish va ulardan amaliy foydalana olish malakalariga ega bo„lishdir. O„quvchilar ona tili mashg„ulotlarida filologiya (tilshunoslik fani) asoslari-yu tushunchalarini o„zlashtirish bilan emas, balki ona tilining juda boy imkoniyatlari asosida mustaqil fikrlash va ijodiy fikr mahsulini turli-tuman shakllarda go„zal nutq sifatida bayon etish ustida ishlashlari lozim. Ona tilidan ta‟lim mazmuni ham, ta‟lim usuli, o„quvchilar bajarishlari lozim bo„lgan o„quv topshiriqlari ham ta‟lim maqsadida belgilangan mana shu jihatga xizmat qilmog„i zarur. Ijodiy tafakkur sohibini shakllantirish maqsadini ko„zlagan kognitiv-pragmatik ta‟lim usuli o„qituvchi ta‟lim jarayonida mumkin qadar darslikdan ko„proq uzilishi hamda darslik o„quv materiali, dasturda rejalashtirilgan mavzularga monand, yondosh mavzular va o„quv topshiriqlari tizimidan foydalanishi zarurligini taqozo etadi. Demak, ona tili o„qitish orqali o„quvchilar ijodiy tafakkurini 136Неъматов Ҳ., Ғуломов А. Мактабда тил сатҳларини ўзаро боғлаб ўргатиш. – Т.: РТМ, 1992. – 30 б. 174 rivojlantirish eng asosiy masala. Bu o„rinda o„quvchilarning ijodiy tafakkuriga ta‟sir etuvchi quyidagi kabilardan foydalanish mumkin: Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling