O„zbekiston respublikasi oliy


Download 1.7 Mb.
bet81/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

Til–dil kаliti




Til so„zi bilаn bоg„liq ibоrаlаr

mа‟nоsi tеng kеlgаn
so„z

1

til biriktirmоq

kеlishmоq

2

tili bоrmаdi

аytоlmаdi

3

tilgа kеlmоq, tilgа kirmоq, tili chiqmоq

gаpirmоq

4

tilgа оlmоq

аytmоq

5

til dеgаn bir qаrich, tili bir qulоch, tili uzun

mаqtаnchоq

6

tili bоrаdi

аytаdi

7

tilgа tushmоq

tаnilmоq

8

tilini tishlаmоq

аfsuslаnmоq

9

tilini qisiq qilmоq

gаpirtirmаslik

10

tilini qismоq

gаpirmаslik

11

tili qichimоq

аytgisi kеlmоq

12

tilini qichitmоq

аytishgа mаjbur etmоq

13

tili qisiq

muttаhаm

14

til tеkizmоq

(u hаqidа) gаpirmоq

15

tiligа erk bеrmоq

(bеmаlоl) gаpirmоq

163

Yurak yonmog„i kerak




Yurak so„zi bilаn bоg„liq ibоrаlаr

mа‟nоsi tеng kеlgаn
so„z

1

yurаgi аchishmоq

kuyinmоq

2

yurаgi bеtlаmоq, yurаgi dоv bеrmоq

kirishmоq

3

yurаgi bеtlаmаslik, yurаgi dоv
bеrmаslik

kirishа оlmаslik

4

yurаgi bo‗shаmоq, yurаgini bo‗shаtmоq

(ruhаn) еngillаshmоq

5

yurаgigа vаhimа sоlmоq

qo„rqitmоq

6

yurаgigа qil sig‗mаslik

hеch nаrsа yoqmаslik

7

yurаgigа o‗tirmаslik

yoqtirmаslik

8

yurаgigа sig‗ish

(nimа bilаndir)
shug„ullаnish

9

yurаgigа tugmоq

mo„ljаllаmоq

10

yurаgigа qo‗l sоlmоq

bilmоqchi bo„lmоq

11

yurаgigа g‗ulg‗ulа sоlmоq

хаvоtirlаntirmоq

12

yurаgigа g‗ulg‗ulа tushmоq

хаvоtirlаnmоq

13

yurаgigа tеgmоq

rаnjimоq

14

yurаgigа tеgmоq

zеrikmоq

15

yurаgini ko‗tаrmоq

ruhlаntirmоq



Yer elni bоqаr




Yer so„zi bilаn bоg„liq ibоrаlаr

mа‟nоsi tеng kеlgаn
so„z

1

yеrgа qаrаmоq

uyalmоq

2

yеr bilаn bittа bo‗lmоq, yеr bilаn yaksоn bo‗lmоq, yеrgа kirgudеk
bo‗lmоq

shаrmаndа bo„lmоq

3

yеr bilаn оsmоnchа, оsmоn-u yеrchа

(kаttа) fаrqli

4

yеrgа kirgizib yubоrmоq, yеr yorilib
yеrgа kirgizgudеk

(qаttiq) uyaltirmоq

5

yеrgа kirsа, qulоg‗idаn, ko‗kkа chiqsа,оyog‗idаn tоrtmоq

(bаribir)tоpmоq

6

yеrgа ursа, ko‗kkа sаpchiydigаn

(o„tа) sho„х

7

yеrgа ursа, ko‗kkа sаchrаmоq

sho„хlik qilmоq

164

8

yеrgа qаrаtmоq

uyaltirmоq

9

yеr-u ko‗kkа ishоnmаslik

(judа) аsrаsh

10

yеr-u ko‗kdаn tоpmаslik

tоpоlmаslik

11

yеr tаgidа ilоn qimirlаsа, bilаdigаn

(judа) sеzgir

12

yеr оstidаn (qаrаmоq)

sеzdirmаy (yashiriqchа)

13

yеr tishlаmоq

o„ldirilmоq

14

yеr tishlаtmоq

o„ldirtirmоq

15

yеr bo‗lmоq

uyaltirilmоq



Pеshоnаgа tаqdirni insоnning o„zi bitаdi





Peshona so„zi bilаn bоg„liq ibоrаlаr

mа‟nоsi tеng kеlgаn
so„z

1

pеshоnаgа yozilgаn, pеshоnаdа bоri

tаqdir

2

pеshоnаsi sho‗r

bахtsiz

3

pеshоnаsi qоrа

bеbахt

4

pеshоnаsi yarqirаgаn

bахtli

5

pеshоnа tеri

Hаlоl mеhnаt

6

pеshоnа tеri to‗kmоq

(hаlоl) ishlаmоq

7

pеshоnаsi tоr

ziqnа

8

pеshоnаsidаn ko‗rmоq

ko„nikmоq

9

pеshоnаsigа yozilgаn

(kimligi, qаndаy-ligi) mа‟lum

10

pеshоnаsi yo‗nilgаn, pеshоnаsi qirib
оlingаn

оmаdsiz

11

pеshоnаgа tushgаni

tаqdir

12

pеshоnаsi tirishgаn

nоrоzi

13

pеshоnаsini tоshgа urmоq

(tаqdiridаn) nоrоzi bo„lmоq

14

pеshоnаsi chirigаn

(аzаldаn) bахtsiz

15

pеshоnаsigа chiziq tоrtilmоq

qаrimоq

Bu vositalar til hodisalarini tushunishga, ona tilidan egallangan nazariy bilimlarni mustahkamlashga, uni amaliy ko„nikmaga aylantirishga yaqindan yordam beradi. Ayniqsa, tasviriy san‟at namunalari, o„quv filmlari, diafilmlar va diapozitivlar o„quvchilarning o„g„zaki va yozma nutqini rivojlantirishda muhim vosita sanaladi. Ha,


165
Konfutsiy aytganidek: “Aytsang, unutaman, ko„rsatsang, eslab qolaman, anglab yetib o„zim bajaraman.”
Ko„rsatmali vositalardan barcha turdagi darslarda va darsning barcha bosqichlarida unumli foydalansa bo„ladi. O„quv materialini mustahkamlash va takrorlash jarayonida ko„proq reproduktiv xarakterdagi ko„rsatmali qurollardan foydalansak, yangi bilimlar berishda izlanuvchanlikni talab qiladigan ko„rsatmali vositalar ishga solinadi. Demak, ko„rsatmalilik tamoyilini amalga oshirish orqali o„quvchilarning qayta xotiralashga asoslangan faoliyatini ham, qisman izlanuvchanlik faoliyatini ham, ijodiy faoliyatini ham uyushtirish mumkin.
Biroq, ko„rsatmali vositalardan me‟yorida va o„rinli foydalanish lozim.
Ona tili o„qitishda bolalarning yosh hamda o„quv imkoniyatlarini hisobga olish tamoyili. Ta‟lim jarayonida o„quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o„quv imkoniyatlarini hisobga olish didaktikaning eng muhim tamoyillaridan biri bo„lib, u ona tili o„qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tamoyilga amal qilmay turib, til hodisalarini puxta va ongli o„zlashtirishga erishib bo„lmaydi.
Ma‟lumki, ona tilining izchil kursini o„rganish, asosan, o„rta maktab yoshi – o„smirlik davriga to„g„ri keladi. Bu yoshda o„quvchilarda topshiriqni o„z vaqtida aniq va yaxshi bajarishga harakat rivojlanadi. O„smirlik davrida qayta xotirlashga oid topshiriqlar bilan bir qatorda ijodiy topshiriqlarni bajarishga ishtiyoq kuchayadi. Agar boshlang„ich sinfda o„quvchilar ko„proq ko„rgan yoki kuzatgan narsalari haqida fikr yuritsalar, keyinchalik ularda shaxsan kuzatmagan, ko„rmagan, ammo boshqalardan eshitgan voqea- hodisalarni o„zlaridan qo„shib uni bayon qilishga urinadilar. O„quvchilar bu yoshda rasmda aks ettirilgan voqealar haqida fikr yuritish bilan cheklanmay, rasmda ko„zga tashlanmayotgan, ammo mavzuga bevosita aloqador bo„lgan fikrlarni ham qo„shib, uni bayon eta oladilar. Kichik yoshdagi o„quvchilarda ijodiy fikr ko„proq aniq voqea-hodisalar natijasida hosil bo„lsa, o„smirlik davriga o„tgan sari bu xususiyat o„z ko„lami jihatidan kengayadi; bola idrok qilgan narsalarni tushunib, anglab olishga intiladi; u narsa va hodisalarni tahlil qiladi; o„zaro taqqoslaydi, ularning muhim o„xshash va farqli belgilarini izlaydi hamda hukm chiqaradi.
166
Ona tili darslarida o„smirlarning real o„quv imkoniyati hisobga olingan taqdirdagina ta‟lim jarayoni samarali kechadi. Til materiali o„quvchi layoqatiga muvofiq kelgan taqdirda u faollik ko„rsatishi mumkin. Shuning uchun o„qituvchi har bir o„quvchining shaxsiy qobiliyati(uquvi, kompetentligi)ni aniqlash va ta‟lim jarayonida uni hisobga olishi zarur. Chunki “Tafakkurni rivojlantirish uchun yodlashdan ko„ra ko„proq mulohaza yuritish zarur.” (R.Dekart)
Ma‟lumki, o„quvchilarning o„zlashtirish darajasi, bilim saviyasi, qiziqish va layoqati, mustaqil ishlay olishi bir-biridan farq qiladi. O„zlashtirish darajasi yuqori bo„lgan, ijodiy fikrlay oladigan o„quvchi rasm asosida insho yozishi kerak bo„lganda nafaqat rasmda ko„rayotgan narsalarini, balki o„zining hayotiy taassurotlarini qo„shib insho yoza oladi. O„zlashtirish darajasi va fikrlash qobiliyati bo„sh bo„lgan, til sezgirligi talab darajasida bo„lmagan o„quvchi xuddi shu inshoda hatto rasmda ko„rayotganlarini ham to„laligicha bayon qilib bera olmaydi. Demak, o„quvchilarda o„quv imkoniyati har xil bo„lib, bu ularning bilish faoliyatiga ta‟sir etmay iloji yo„q.
O„quvchilarning o„quv imkoniyati bir qator ichki va tashqi asoslarga ega.
O„quv imkoniyatining ichki asoslariga o„quvchilarda nutq malakalarining shakllanganlik darajasi, fikrlash va esda saqlab qolish qobiliyati, tafakkur usullarini bilishi va uni zarur o„rinlarda to„g„ri ishga sola olishi, tez o„qish va yozish malakalarining mavjudligi, til materiallarini o„rganishga munosabati kabilarni kiritish mumkin.
Tashqi omillarga ona tili ta‟limining mazmuni, o„quvchilarning til muhiti (uyda ham, maktabda ham o„zbek tilida so„zlashadigan o„quvchilarning o„quv imkoniyati turli tilda so„zlasha oladigan o„quvchilarning o„quv imkoniyatidan farq qiladi), ularga qo„yilgan yagona imloviy va nutqiy talab, o„qituvchining nutqi, maktabning moddiy texnikaviy ta‟minoti kabilar kiradi.
Ona tili darslarida o„quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlari hamda real o„quv imkoniyatlarini hisobga olish tamoyiliga qat‟iy amal qilish quyidagi afzalliklarga ega:
1.O„qituvchi tomonidan tanlanadigan o„quv topshiriqlarini o„quvchilarning o„zlashtirish darajasiga muvofiqlashtirish imkoniyati vujudga keladi. O„qituvchi o„quv imkoniyatidan kelib chiqqan holda darslik va qo„shimcha o„quv materiallaridan foydalanadi.

167


  1. O„quv imkoniyatini aniqlash ona tili o„qitishning shakl, metod va usullarini to„g„ri belgilashga, maqsadga muvofiq keladigan dars turini tanlashga imkon beradi.

  2. O„quv imkoniyatini bilish tabaqalashtirilgan ta‟lim(“har kim kuchiga yarasha, har kim layoqati darajasida”)dan foydalanish imkoniyatini beradi. Chunki har bir o„quvchining o„quv imkoniyatini bilmasdan turib, o„quv topshiriqlarini tabaqalashtirish mumkin emas. Bolaning o„quv imkoniyatiga mos tushadigan topshiriq esa uni bajarishga bo„lgan qiziqishini kuchaytiradi; bilishga bo„lgan ishonchni orttiradi; sinfdagi barcha o„quvchilarning deyarli bir vaqtda topshiriqni bajarishlariga shart-sharoit yaratadi.

  3. O„quv imkoniyatini hisobga olish ona tili darslarida bolani tarbiyalash va rivojlantirishga shart-sharoit yaratadi. Imkoniyatga muvofiq keladigan topshiriq shaxsiy-ruhiy xususiyatlar: iroda, qobiliyat, xotira, ijodiy xayol kabilarni tarbiyalaydi. Ona tili darslarini o„quvchilarning imkoniyatlari doirasida tashkil etish ularning o„z kuchlaridan unumli foydalanishlarini ta‟minlaydi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling