O„zbekiston respublikasi oliy


O„quvchilar o„zlariga lug„aviy ma‟nosi notanish bo„lgan so„z va iboralar bilan muntazam tanishib borishlarini ta‟minlash


Download 1.7 Mb.
bet85/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

O„quvchilar o„zlariga lug„aviy ma‟nosi notanish bo„lgan so„z va iboralar bilan muntazam tanishib borishlarini ta‟minlash. O„quvchi nutqi uchun faqat tilimizda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tufayli paydo bo„layotgan so„zlаr emas, balki ular ilk marta duch kelayotgan (aslida tilimizning lug„at boyligida mavjud bo„lgan) so„zlar ham yangidir. Masalan, 5-, 6-, 7-sinf o„quvchilariga adabiyot darsligidan muayyan matnlarni belgilab berish va badiiy matnlarda ularga ma‟nosi notanish bo„lgan so„zlarni aniqlash, shuningdek, so„zlar ifodalagan ma‟nolarni zaruriy lug„atlardan qidirib topish topshirig„i beriladi. O„quvchilar bo‗lma (xona), ishkom (tok so‗risi), omi (savodsiz, o‗qimagan), sinchalak (chittak), so‗ri (katta taxta karavot), hamiyatli (oriyatli) kabi bir qator so„z va iboralarga duch keladilarki, ularning ma‟nolarini lug„atlardan izlab topish, ba‟zan yoshi kattalardan bilib olish bolaning lug„at boyligini oshiradi.

  • So„z ma‟nolarini taqqoslash va ularni sharhlash usuli ham o„quvchi tafakkurining rivojiga samarali ta‟sir ko„rsatadi. Bu usul ma‟nosi va shakli bir-biriga yaqin yoki keskin farq qiladigan so„zlarni izohlashda qo„l keladi. Tilimizda bunday so„zlar anchagina qismni tashkil etadi. Masalan, 5-sinfda unlilar mavzusida tarkibida -i, -u tovush (harf)lari mavjud bo„lgan so„zlarning talaffuzi va imlosi o„rganilar ekan, urush-urish, tushum-tushim, tuzum-tizim-tuzim, ilashmoq-ulashmoq singari so„zlarni taqqoslash orqali ularning ma‟nosi, talaffuzi, imlosini, shuningdek, nutqdagi paronimlik holatini sharhlash mumkin. 6-sinfda qo„shma otlar va ularning imlosi haqida gap ketganda paxtagul, boshog‗riq, gulbozor, gulg‗uncha, oqsoqol singari qo„shma otlarni paxta guli, bosh og‗rig‗i, gul bozori, gulning g‗unchasi, oq soqol singari so„z birikmalari bilan taqqoslash orqali ularning ma‟no va imlo farqlarini bilib olish mumkin.

    Til hodisalarining mohiyatini anglash, ilmiy va badiiy uslubda qo„llaniladigan so„zlarni farqlash, bu so„zlarning ma‟no nozikligini sharhlash maqsadida matnlar taqqoslanishi mumkin. Masalan, maktab darsligida ilmiy matnlarni badiiy matnlar bilan taqqoslash, matnlardagi neytral va bo„yoqdor so„zlarni solishtirish, ularning o„xshash va farqli tomonlarini aniqlash kabi ishlar bolalarning so„z boyligini oshirish, so„zdan to„g„ri foydalanish malakalarini shakllantirishga hamda rivojlantirishga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
    175


    1. Download 1.7 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   210




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling