O„zbekiston respublikasi oliy


Download 1.7 Mb.
bet106/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

topshiriq. Hosil bo‗lgan so‗zlar ishtirokida o‗zingiz bilgan maqol, topishmoq, tez aytish yoki she‘riy misralarni eslang.

Yaxshidan bog‗ qoladi, yomondan dog‗. (Maqol)
Pak-pakana bo‗yi bor, yetti qavat to‗ni bor. (karam) (Topishmoq) Daryodan oqib keladi shoda-shoda marvarid... (Qo„shiqdan) Qoziq ustida qor turmas. (tuxum) (Topishmoq)
Bor boricha, yo‗q holicha. (Maqol)
Intilganga tole yor. (Maqol)

219
3-topshiriq. ”So‗zdan so‗z yasaymizo‗yin-topshirig‗i asosida yangi so‗zlar hosil qiling.


Gultojixo‗roz, yaxmalak, qo‗ni-qo‗shnichilik
Bunda o„quvchilarga (kichik guruhlarga) ikki yoki uchta so„z taqdim etiladi. So„zdan so„z chiqarish topshiriladi. Eng ko„p so„z hosil qila olganlar g„olib sanaladi. O„uvchilar birgina gultojixo„roz so„zining tarkibidan kamida ellikta so„z hosil qiladilar. Masalan,
gultojixo„roz –gul, gil, guli, go‗r, gol, goj, ul, ur, uz, lot, lox, lor, toj, tol, tul, tug, tor, tozi, tur, to‗r, tuz, to‗l, ol, ot, or, oro, oz, jiz, jol, jo‗r, il, it, iz, xol, xoj, xor, o‗l, o‗t, o‗r, o‗z, rux, roz, rol, olu, xo‗roz, zor, zot, zol, zo‗r, toji, gultoj, tojigul, tojli...
O„qituvchi ayrim so„zlarni o„quvchilar diqqatiga havola etib, bu so„zlardagi tovushlarning talaffuzini qiyoslash, unlilar va undoshlarning xususiyatlarini aniqlash, ularning talaffuzida ishtirok etadigan nutq a‟zolarini bеlgilashni topshirishi mumkin. Kuzatishlar asosida o„quvchilar nutq tovushlarini hosil qilishda o„pka, tovush paychalari, bo„g„iz, og„iz bo„shlig„i, til, lablar, tishlar, pastki va yuqori jag„lar, burun ishtirok etishini aniqlaydilar. Shu o„rinda tovushlarning hosil bo„lish o„rinlari aks ettirilgan rasmlar yordamida yuqorida tilga olingan nutq uzvlarining qayеrda joylashganligi va tovushlarning qayеrda hosil bo„layotganligi aniqlanadi.
O„quvchilar nutq tovushlari xususida zaruriy bilim, malaka, ko„nikmalar bilan qurollantirilgach, tovushning yozuvdagi aksi – harf haqida ma‟lumotga ega bo„ladilar va “Alifbo” mavzusiga o„tiladi. Bu mavzuni o„rganishda boshlang„ich sinflarda egallangan bilimlar takrorlanadi; alifboni yoddan bilishning ahamiyati xususida savol- javob o„tkaziladi va bеrilgan so„zlarni alifbo tartibida tеz joylashtirish bo„yicha musobaqalar tashkil etiladi. Mazkur mavzuni o„rganishda, ayniqsa, lug„atlar bilan ishlashga alohida e‟tibor bеrish zarur bo„ladi. Zеro, “Imlo lug„ati” 5-sinf o„quvchisining tez-tez murojaat etib turadigan ta‟limiy manbasi bo„lishi lozim.
Dars mashg„ulotini “Alifboni yoddan bilish shart(mi?)” mavzusida ijodiy matn yaratish bilan yakunlash ham foydali.
Nutq a‘zolarining tuzilishi” mavzusi ta‟limida o„quvchilar har bir nutq organining nutq tovushlarini hosil qilish bilan bog„liq jihatlarini bilishi zarur. “Nutq tovushlari nutq a‘zolari orqali hosil bo‗ladi” degan ma‟lumotning o„ziyoq o„quvchidan “Anatomiya” yoki “Inson fiziologiyasi” o„quv predmetlaridan xabardorlikni talab etadi.
220
O„quvchi, avvalo, qaysi nutq a‟zosi o„z tanasining qaysi o„rnida joylashganligini, u nutq jarayonida qay darajada ishtirok etishi-yu, qanday vazifani bajarishini bilishi muhim. Chunki insonga nutq jarayonining qaysi o„rinlarida, qanday sharoitda ovozi tekis chiqishi yoki bo„g„ilib qolishini, ba‟zan ovoz xirillab tomoq qirilishi sabablarini bilish umrining oxirigacha kerak bo„ladigan ma‟lumotlardir.
Telefon ixtirochisi bo„lgan fizik olim Bell tovush tezligi-yu, uning ko„tarilish darajasini aniqlagan, shuning uchun tovush tezligining o„lchov birligi uning nomi (detsibell) bilan bog„liq. Ammo muhimi bu emas. Asosiysi, shu mashhur fizik olim tomonidan taklif etigan tovush balandligi me‟yorini inson yoshligidanoq bilishi va unga amal qilishi lozim. Ya‟ni–
suhbat jarayoni (me‘yor)–40 db (detsibell) =madaniyatlilik belgisi;
shovqinli holat (me‘yordan oshish) – 80 db (detsibell)= madaniyatlilikdan chekinish belgisi;
og‗riqli holat (me‘yorning buzilishi) – 130 db (detsibell)= madaniyatsizlik belgisi.
Bil‟aks, boshqalar bilan muloqot, suhbat jarayonida tomoq pardasini yirtgudek holatda qichqirib gapirish kommunikantlar(ham so„zlovchi, ham tinglovchi)ning eshitish a‟zolariga og„riq yetkazadi va bu so„zlovchining un paychalarini tiklanmas holatda zararlaydi yoki “o„ldiradi”.
Demak, bola ona tili mashg„ulotida o„tiladigan shu birgina mavzuni chuqur o„zlashtirishi uchun ona tili~anatomiya~fiziologiya~fizika~ axloqshunoslikdan xabardor bo„lmog„i talab etilar ekan. Fanlararo aloqadorlik zanjiri shu o„rinda to„xtab qolmaydi.
Istalgan nutq tovushi axborot yetkazish uchun mo„ljallangan. Xo„sh, nutq tovushlari bajarishi lozim bo„lgan vazifani yana nima “eplashi” mumkin. Albatta, telefon, internet, telegram, istagram va h. Demak, yuqoridagi fanlararo bog„liqlik zanjiriga “Informatika” o„quv predmeti ham qo„shiladi. Vaholanki, bu zanjirni yana davom ettirish mumkin.
Maktabda o„quvchi ayni “yoshlikda olgan bilimini toshga o„yilgan nash kabi” bezashga fiziologik, psixologik, pedagogik jihatdan tayyor bo„lgan davrda ularga singdirilayotgan har bir bilim-
221
malaka-ko„nikmani fanlararo bog„lash, o„quv predmetlari mohiyatini ijtimoiy hayotning yoki tabiatni, uning bir bo„lagi bo„lgan inson zotini o„rganishning turli qirralari deb tushuntirish kelajak avlod ongida olamni bir butun holatda “hazm qilinishi”ni ta‟minlaydi. Shuningdek, maktabda o„qitiladigan o„quv predmetlarini bir-biriga yaqinlashtiradi, ularning bir-birini to„ldirishiga keng yo„l ochadi.
Talaffuz me‘yorlari va imlo me‘yorlari haqida” mavzusi ta‟limida quyidagi kabi topshiriqlardan foydalanish o„rinli:


  1. Download 1.7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling