O„zbekiston respublikasi oliy
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
1-topshiriq. Berilgan so‗zlarning o‗ziga xos lug‗aviy ma‘nolarini toping va ularni o‗zaro mos raqamlarda juftlang.
228
Mazkur shakldagi nostandart (o„quvchi uchun me‟yorlashmagan, odatiy topshiriqlar shaklini olmagan) topshiriqlar o„quvchi e‟tiborini tortishi, qiziqishini orttirishi tabiiy, fikrimizcha. Shuningdek, bu kabi topshiriqlar o„quvchidan til sezgirligini ham talab etadi. Ko„p javobli nostandart topshiriq javobi quyidagicha bo‗ladi:
229
―So‗zning o‗z va ko‗chma ma‘nosi‖ mavzusi ta‟limi o„quvchilar duch kеladigan dastlabki murakkabliklardan biri. Bеrilgan so„z birikmalarini (jumladan, kumush qoshiq–kumush qish–kumush to‗y; bulutli osmon–bulutli vaziyat–bulutli kayfiyat v.h.) o„z va ko„chma ma‟nosiga ko„ra guruhlarga ajratish, ularni o„zaro qiyoslash asosida so„zning o„z va ko„chma ma‟nolariga ta‟rif bеrish, bеrilgan so„zlarni o„z va ko„chma ma‟nolarda qo„llab gaplar tuzish, badiiy matnlarni tahlil qilish, so„zlarni ko„chma ma‟noda qo„llab matn yaratish singari ijodiy-amaliy ishlar o„quvchilarning so„z zahirasini oshirish va nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. topshiriq. Berilganlarni o‗z ma‘nosida va ko‗chma ma‘noda qo‗llanilgan birliklarga ajrating. Yorug‗ (kun, kelajak, yuz), aqlli (bola, smartfon, pobot, fikr), shirin (tush, hayot, qovun, va‘da), tikansiz (gul, gap, turmush), ravon (nutq, fikr, yo‗l), mehmon (tuyg‗u, odam, omad), g‗azalxon (bola, bulbul), og‗ir (turmush, tosh, xabar, mehnat)...
topshiriq. O‗z ma‘nosida va ko‗chma ma‘noda qo‗llanilgan birliklar asosida gaplar tuzing. 230
topshiriq. Berilgan matnni o‗qing va matnda qanday fikr ifodalanganligini ayting. Matn tarkibidagi ko‗chma ma‘noli so‗zlarni toping. Til haqidaKimki ko‗ngilni qattiq so„z bilan jarohatlar ekan, unga achchiq til zaharli nayzadek sanchiladi. Ko‗ngilda til nayzasining jarohati bitmas; u jarohatga hech narsa malhamlik qilmas. Agar bir ko‗ngilda til nayzasining jarohati bordir, faqat yaxshi so„z va shirin til unga malham va rohatdir. Muloyim so„z – vahshiylarni ulfatga aylantiradi; sehrgar ohang bilan afsun o‗qib, ilonni inidan chiqaradi. Tilga ixtiyorsiz –elga e‘tiborsiz. Ko‗p, bemaza so„zlaydigan ezma – kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o‗xshaydi. Tili yomon odam – xalq ko„nglini jarohatlaydi, o‗z boshiga ham ofat yetkazadi. Xushsuxan odam yumshoqlik bilan do„stona so„z aytadi; ko‗ngilga tushishi mumkin bo‗lgan yuz g‗am – uning so‗zi bilan daf bo‗ladi. So‗zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki; ―nafasning joni bor…‖ Mir Alisher Navoiy Bu kabi topshiriqlar o„quvchilarda so„z ma‟nolarini va ular orasidagi nozik farqlarni ajrata olish malakasini tarbiyalaydi. ―Shakldosh so‗zlar‖ mavzusi ta‟limini boshlashdan oldin o„quvchiga borliqdagi istalgan moddiylikning, odatda, 2 tomoni (shakli va mazmuni) bo„lishi haqida umumiy tushuncha berih ahamiyatli. Shundan keyin o„quvchilar so„zlarning ham shakl va mazmun jihati borligi to„g„risida xulosa chiqaradilar. Mazkur mavzu ta‟limi jarayonida o„quvchilar ikki mantiqni amaliy jihatdan aniq farqlab olishlari juda muhim: 1) shaklan bir xil bir necha so„zlarning mazmunan turlichaligi omonim(shakldosh)larni, 2) bir so„zning turli o„rinlarda turlicha qo„llanilsa-da, mazmunan bir-biriga yaqinligi polisemiya(ko„p ma‟nolilik)ni yuzaga keltiradi. (O„quvchi bu holatni tilning murakkabligi deb emas, balki til imkoniyatlarining rang- barangligi, nozikligi sifatida qabul qilmog„i va, tabiiyki, bu borada o„qituvchi-ustoz ularga yaqin maslahatchi, yo„l-yo„riq ko„rsatuvchi bo„lishi lozim.) “Shakldosh so„zlar” mavzusi ta‟limida quyidagi kabi topshiriqlardan foydalanish o„rinli: topshiriq. Berilganlar tarkibidan shakli bir xil so‗zlarni ajrating. Ular ifodalagan ma‘nolarni izohlang. 231
Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling