O„zbekiston respublikasi oliy


Matn hajmini qisqartirib bayon yozish


Download 1.7 Mb.
bet190/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

Matn hajmini qisqartirib bayon yozish. Matn hajmini qisqartirib bayon yozishning ahamiyati shundaki, biror ertak yoki hikoyaning mazmunini umumlashtirib asosiy g„oyani lo„nda ifodalash topshirig„i o„quvchini faol va mustaqil fikrlashga undaydi, keng hajmli matn yuzasidan konspekt tuzish malakasini shakllantiradi.
Qisqartirib yozish malakasini hosil qilish uchun matn yuzasidan savol shaklida reja tuza bilish ham muhim o„rin tutadi. Keyin ular savolga qisqa javob yozadilar. Matn hajmini qisqartirib bayon yozishning asosiy talabi shuki, matnning asosiy mazmuniga zarar yetkazmagan holda, ikkinchi darajali voqea-hodisalarni qisqartirib, g„oyat muhim ahamiyatga ega bo„lgan o„rinlar qoldiriladi. Qisqartirilgan bayonning murakkablik tomoni shundaki, o„quvchi muallifning asosiy fikrini saqlagan holda nihoyatda qisqa, ixcham yozishni uddalashi zarur. Masalan, matn hajmini qisqartirib bayon yozishda O„tkir Hoshimovning “Charxpalak” hikoyasidan
386
foydalansa bo„ladi. O„quvchiga hikoyaning asosiy g„oyasini 1-2 gapda berish topshirig„i beriladi:

Charxpalak


Maktabimiz biqinida ariq oqardi. Ariqda charxpalak bor edi. Katta tanaffusda charxpalakni tomosha qilishni yaxshi ko‗rardim… yog‗och gardishi ko‗hna, temir paqirchalari zanglab ketgan. Parraklariga ko‗kimtir suv o‗tlari yopishgan… birov yolg‗ondan turtib yuborsa, rostdan qulab ketadigandek… charxpalak nolali g‗iyqillab aylanadi. Kaftida suv ko‗tarib, yuqoriga olib chiqadi… tepaga chiqib olgan suv ortiga qaytmaydi… charxpalak ham bundan ranjimaydi. Yangidan yangi suv tomchilarini yuqoriga ko‗tarib beraveradi… g‗iyqillaydi…
Oradan ko‗p yillar o‗tib, o‗sha charxpalak tushlarimga kiradigan bo‗ldi. Nega shunday bo‗lganini uzoq o‗yladim…
So‗ng… bir haqiqatni angladim. Men charxpalakni emas, ustozlarimni qo‗msar ekanman.
Suv – suv emas, men ekanman! Charxpalak – charxpalak emas, o‗qituvchilarim ekan!
Meni – bir tomchi suvni katta hayot yo‗liga olib chiqib qo‗ygan ustozlarim –charxpalak zahmatini oqlay oldimmikan?… Bilmadim.
Ko‗hna charxpalak hamon tushlarimga kiradi…
O„quvchilar hikoya g„oyasini, taxminan, shunday ifodalaydilar: Ustozlarimizning beminnat mehnatlari o‗zi nurab ketsa ham, vazifasini sidqidildan ado etayotgan charxpalakka o‗xshaydi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling