O„zbekiston respublikasi oliy
Darsning didaktik ta‟minotini ta‟minlovchi materiallar
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`quv adabiyotlari Tarqatma materiallar Ko`rsatmali materiallar
- Darslik
Darsning didaktik ta‟minotini ta‟minlovchi materiallar: ko„rgazma, test, topshiriqli kartochka yoki tarqatma materiallari, o„quv adabiyotlari va namunaviy materiallar, slaydlar, rasmlar, audio, video va proektsion materiallar, televideo materiallari, elektron materiallar, animatsiyalar, multimedialar va h.(Qarang: 4-jadval)
130 jadvalO`quv adabiyotlari Tarqatma materiallar Ko`rsatmali materiallar Darsning didaktik ta‟minotini ta‟minlovchi vositalar: doska (oddiy doska, magnitli doska, ko„chma doska, elektron doska, smart doska), bo„r, qog„oz, ruchka, qalam, chizg„ich, turli markerlar, magnitafon, lingafon, televizor, kadaskop, videoproektor, kompyuter, monitor va b. Biz hali darslarning didaktik ta‟minotiga to„la erisha olmayapmiz. O„quvchilar ona tili mashg„ulotlarida axborot manbalaridan keng va samarali foydalanishlari uchun moddiy zamin yaratish, shu yo„l bilan ommaviy tafakkurni o„stirish davlat diqqat markazida bo„lmog„i va qat‟iy nazorat qilinishi shart. Darslik va dars davomida ta‟lim oluvchi bajarishi lozim bo„lgan topshiriqlar tizimi (algoritmi) xususida. Ta‟lim vositalari deganda ta‟lim jarayonida ishlatilatiladigan, foydalanadigan barcha vositalar – birinchi navbatda darslik, metodik tavsiyalar-u ishlanmalar, ko„rgazma va tarqatma materiallar, texnik asbob-uskunalar majmuyi tushuniladi. Bulardan, shubhasizki, hozircha deyarli barcha o„quv predmetlaridan darslik ta‟lim jarayonida muhim o„rin tutadi. Darslik. Dastur asosida tuzilgan darslik ta‟lim mazmunini aks ettiruvchi o„quv materialini ham, uning o„quvchi tomonidan o„zlashtirilish usullarini ham, ta‟lim oluvchi va ta‟lim beruvchi uchun zarur sanalgan tahlil (analiz), umumlashtirish (sintez) uchun materialni ham, o„quv materialidagi tarqoq hodisalarni bir-biriga bog„lovchi qonuniyatlarini ham o„z ichiga oladi. Bir so„z bilan aytganda, darslik – ta‟lim oluvchi uchun ma‟lum miqdordagi 131 bilimlarni, malaka, ko„nikma, odatlarni o„ziga singdirish uchun tayanch manba. Darslik ta‟lim maqsadi, mazmuni va usuli bilan uzviy bog„liqlikda har xil bo„ladi. Retroskopik-reproduktiv (ko„rgazmali bayon usuli) hukmronligi davrida darslik o„quvchi o„zlashtirishi zarur bo„lgan bilimlar va hosil qilinishi kerak bo„lgan malaka va ko„nikmalarni deyarli to„la qamrab oladi –o„quv materiali, asosan, darslik bilan cheklanadi – o„quvchi darslik materialini bilsa bas. Tabiiyki, bunday darslik bilan ishlash tom ma‟nodagi ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishga to„sqinlik qiladi. Darslik topshiriqlar tizimida o„quvchining mustaqil izlanishi uchun yo„llanmalar berib borganda, ta‟lim oluvchining axborot banklariga doimiy murojaatini talab qilganda, uni ijodiy faoliyatga undagandagina u o„z maqsadiga erishishi mumkin. Shuning uchun darslik bilan dars davomida ta‟lim oluvchi bajarishi lozim bo„lgan topshiriqlar tizimi (algoritmi)ni va zaruriy o„quv materialini aralashtirmaslik lozim. Biz hozir darslik deganda ham mavzu talqinini, ham o„quv materialini, ham ta‟lim oluvchi bajarishi lozim bo„lgan amaliyotlar va ularning tartibini ham, ta‟lim oluvchi kelishi kerak bo„lgan yechim (xulosa)ni ham o„z ichiga olgan majmuani tushunamiz. Haqiqiy ijodiy tafakkur sohibini shakllantirish va rivojlantirishga mo„ljallangan darslik yuqorida zikr etilgan darsliklardan farq qilmog„i lozim; yangi maqsadlar uchun yangi turdagi darsliklar zarur. Yangicha o„qitishda, ijodiy tafakkur sohibini yetishtirishda o„quv materiali darslik materiallaridan ancha keng bo„lmog„i shart. Jumladan, ona tilidan darsliklar o„quvchilarga xilma-xil lug„atlar(axborot banklari)dan, qomuslardan, ma‟lumotnomalar (spravochniklar)dan, maktabda o„qitiladigan boshqa o„quv predmetlari bo„yicha olgan bilimlari va ma‟lumotlaridan, tajribali kishilar (o„quvchilarning yaqinlari)dan qo„shimcha material olishga, bu – darslikda berilmagan material ustida ijodiy ishlar tizimini loyihalashtirgan taqdirdagina ko„zlagan maqsadiga erisha oladi. Aks holda, u o„quvchi oyoq-qo„liga kishan, tafakkuriga g„ov bo„ladi. Yangi maqsadga yangi turdagi darslik, yangicha mazmun, yangicha usul va vositalar olib kelishi va yangi shaxsni–tadbirkor, axborot manbalarini chuqur biladigan, undan o„ziga kerakli ma‟lumotlarni tez topa oladigan, bu ma‟lumotlar ichida o„zi yashab turgan muayyan sharoit uchun eng qulay va serunumidan foydalana oladigan tezkor 132 tadbirkor shaxsni yetishtirishni ta‟minlashi mumkin. Shuning uchun yangi darsliklar mashqlar majmuasidan emas, balki topshiriqlar tizimidan iborat bo„lmog„i kerak. Lekin bunday darslik bilan ishlash ta‟lim ishtirokchilari ona tilidan ta‟lim jarayoniga zarur bo„lgan axborot banklari bilan to„la ta‟minlangandagina mumkin. Sovet davrida o„zbek didaktikasining, xususan, ona tili ta‟limining fojeasi xuddi mana shunda edi: maktablarimiz ona tili darslarida o„quvchilar foydalanishi zarur bo„lgan qo„shimcha material – lug„at, ma‟lumotnoma, qomus, tavsiflash uchun qanday so„z va iboralardan foydalanish zarurligi ko„rsatilgan rasm-suratlar kabi ilg„or davlatlarda va, hatto, rus maktab va sinflarida o„tgan asrning 70-yillaridan beri keng qo„llanilib kelinayotgan vositalar bilan mutlaqo ta‟minlanmagan. Mana shuning uchun nafaqat o„quvchilarimizda, balki o„qituvchilarimizda ham (yana ham kengroq miqyosda umuman, ziyolilarimizda) lug„atlardan foydalanish, axborot manbayiga doimiy, har qadamda murojaat madaniyati shakllanmagan–TABIAT darajasigа ko„tarilmagan. Bu holatdan qutilishning allaqachon vaqti yetgan. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling