O„zbekiston respublikasi oliy
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
bo„lgan tadbirkornitayyorlashga qaratilgan. Haqiqatan ham, o„quvchi~ustoz munosabati ta‟lim jarayonining m a r k a z i y muammosi – ham ibtidosi, ham intihosi. Ta‟lim maqsadi, ya‟ni jamiyatning tarbiya-ta‟lim natijasiga qo„ygan ijtimoiy talabi, birinchi navbatda o„quvchiga qanday yondashish va ustoz qanday bo„lishi kerakligini, kimni yetishtirishni belgilaydi. Undan keyingina o„quvchiga nimani singdirish (ta‟lim mazmuni), qanday singdirish (ta‟lim usuli), bu faoliyatni nimalar orqali amalga oshirish (ta‟lim vositalari) masalalari turadi. Zero, Konfutsiy ta‟kidlaganidek: “O„zini kаmоl tоptirа оlmаgаn insоn o„zgаlаr kаmоlоtini tа‟minlаy оlmаydi.” Davrimiz o„qituvchi zimmasiga har qachongidan ko„ra ko„proq mas‟uliyat yuklamoqda. Biz: “O„qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim berishini talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o„zi ana shunday bilimga ega bo„lishi kerak.” Bugun farzandlarimizni o„qitayotgan o„qituvchidan quyidagi jihatlarni kutamiz: *madaniyati yuqori darajada, bilimdonlik va aql-zakovat darajasi yuksak bo‗lishi; o‗z faniga doir bilimlarning mukammal sohibiga aylanishi; *kasbiga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilishi; *pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallagan holda ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi; o‗quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi; pedagogik qobiliyatga ega bo‗lishi; pedagogik texnika sirlarini puxta egallagan bo‗lishi; 142 *har bir harakati pedagogik insonparvarlik talablariga mos kelishi; * ta‘lim-tarbiya jarayonida o‗ziga xos muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyatiga ega bo‗lishi, tafakkur dunyosi o‗quvchi qalbini yorita olishi; *noqulay vaziyatlarda ham o‗z xulq-atvori va hissiyotni jilovlay olishi; *ta‘lim jarayonini boshqarish mahoratiga ega bo‗lishi; *o‗quv-tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so‗nggi zamonaviy metod va shakllar asosida tashkil etishni bilishi; *yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va internet tizimidan erkin foydalanish asosida o‗z kasbiy mahoratini oshirib borishi; * o‗quvchilarni о`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‗llarini izlab topish uchun muntazam amaliy faoliyat olib borishi. Xullas, pedagogik jarayonning mohiyatini to„g„ri anglashi; bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo„lmog„i; ta‟lim-tarbiya samaradorligi kelgusida insoniyat kamolotini ta‟minlovchi omil ekanligini butun vujudida his etib turmog„i zarur. Ha, o„qituvchi bo„laman degan kishining shaxsiy fazilatlari bo„yicha; ruhiy-psixologik holati; ijtimoiy-pedagogik, ilmiy-nazariy, maxsus va ixtisoslikka oid bilimlar bo„yicha alohida tayyorgarligi bo„lishi shart. Shuningdek, o„quvchi-ustoz munosabatlariga majburiy itoatkorlik yoki loqaydlik holati emas, joshqin faoliyatda ongli intizom bo„lishi lozim. Vaholanki, zamonaviy ta‟limda o„quvchi o„rganishga intiluvchan, bilimga tashna, o„rganishga ehtiyojmand, ustoz esa uni bu qiziqish va izlanishlari sari san‟atkorona olg„a yo„llovchi, o„quvchining izlab topish baxtidan quvonishi va g„ururi uchun ilhombaxsh tashabbuskor, homiy va yetakchi bo„lmog„i lozim. Shundagina zamonaviy ta‟lim o„z oldiga qo„ygan bosh maqsadini uddalashi mumkin. Bunday o„qituvchi va o„quvchini faylasuf shoir G„afur G„ulom mashhur “Yasha, deyman, o„g„lim!” she‟rida ota va o„qil timsolida shunday tasvirlagan edi: −Dada, men osmonga uchar bo„lsam, Cheki yo„q ko„kni quchar bo„lsam, Yulduzdan yulduzga ko„char bo„lsam, Sen tubanda qolib ne deysan? − Yasha, deyman, o„g„lim! −Dada, men tankka otlansam-da, Istagan o„lkaga yetsam damda, 143 Esizki hozircha yoshim kam-da, Ko„zing yo„lda tolib ne deysan? − Yasha, deyman, o„g„lim! −Dada, men jo„nadim Arktikaga, Bitta ortiqcha putyovka sanga, E‟tibor bermay sovuq osmonga, Sen tumanda qolib ne deysan? − Yasha, deyman, o„g„lim! −Dada, men so„rasam qalamingni, To„ldirsam she‟rda ko„p-kamingni, Yuvolsam xijolat-u g„amingni, Yozganimni o„qib ne deysan? − Yasha, deyman, o„g„lim!122 Mazkur she‟rda ulug„langan o„quvchining intiluvchanlik, bunyodkorlik, faollik pafosiga So„fi Olloyor tomonidan “ulug„langan” mo„min-qobillik, bo„ysinuvchanlik, tobelik tushunchalari qarama- qarshi turadi. Bu ruhiyatni muallif “Sabotul ojizin” didaktik asarida quyidagicha aks ettiradi: G‗ulome oldi Abdullohi Ansor, Dedi: –Ey qul, otingni ayla izhor. Dedi: –Ey xoja, sen qo‗ysang qayu ot, Mening otim o‗shaldur, ey neku zot. Dedi: –Ey qul, sevarsan qaysi xo‗rok? Dedi: –Sendin na teksa, behdur, ey pok. Dedi: –Qaysi kiyim ko‗nglingda marg‗ub? Dedi: –San qaysini bersang o‗shal xo‗b…123 Bu ikki badiiy asarda tasvirlangan ikki turli shaxs ham ta‟lim beruvchi~ta‟lim oluvchi munosabati mahsulidir. Shu o„rinda haqli bir savol tug„iladi: O„quvchidan qanday shaxs yetishib chiqishi faqat ta‟lim beruvchi~ta‟lim oluvchi munosabatiga bog„liqmi? Bu savolga “Ha” deb javob berib bo„lmaydi. Ta‟lim beruvchi~ta‟lim oluvchi munosabatlari mohiyatan o„ta murakkab jarayon, mexanizm bo„lgan ta‟lim tizimining–davr didaktikasining bir murvati, bir bo„lagi, xolos. Ta‟lim jarayoni o„ziga xos tizim bo„lib, uning tarkibiy qismlari sifatida ta‟lim maqsadi (o„quv predmeti maqsadi), ta‟lim mazmuni 122http://www.she‟rlar.uz. G„afur G„ulom. ”Yasha, deyman, o„g„lim!” she‟ri. 123Сўфи Оллоѐр. Саботул-ожизин. (Нашрга тайѐрловчилар: Ҳожи Пўлатқори Муҳаммад Аливаб.)− Т.: Меҳнат. − 1991.− 81-b. 144 (o„quv materiali), ta‟lim usuli, ta‟lim vositalari, shuningdek, ta‟lim beruvchi~ta‟lim oluvchi munosabatilarini o„z ichiga oladi, didaktik qonuniyatlarga bo„ysunadi. Didaktik qonuniyatlar esa, o„z navbatida, ijtimoiy qonunlarning bir ko„rinishi. “Ijtimoiy qonunlar tabiat qonunlari kabi haqqoniy va mutlaqdir. Ular inson ixtiyori va irodasiga bo„ysunmaydi, lekin ularni uqish, taraqqiyot yo„nalishida borib, ulardan amaliy foydalanish, ya‟ni qonuniyatlarga bo„ysunish orqaligina ularni inson manfaatlariga bo„ysundirish, boshqarish insoniyatga ulkan imkoniyatlar bersa, zid harakat, qarshi borish, odatda, katta zararlar, inkor etish esa, tasavvur qilib bo„lmas fojialar keltiradi. Ijtimoiy qonunlarning ham, tabiat qonunlarining ham pirovard natijasi ma‟lum turdagi samaradorlikdir. Chunonchi, ma‟lum bir turdagi hosil olish uchun saralangan urug„ tanlab, ishlov berilgach, yerga qadalsa, rivojlanish qonuniyatlariga uyg„un ravishda o„z vaqtida parvarish qilinsa, albatta, ko„p hosil–samara olinadi. Lekin bu jarayonning biror bosqichida tabiiy qonuniyatlardan atigi biri buzilsa, unga rioya qilinmasa, barcha mehnat barbod bo„ladi. Tabiat qonunlariga bo„ysunish hamma uchun tushunarli; lekin ijtimoiy qonunlarga bo„ysunish yoki bo„ysunmaslik oqibatlarini ko„rish ancha murakkab, buning uchun juda ko„p hollarda uzoq yillar kerak…”124 Haqqoniy va mutlaq tabiatli didaktik qonunlarga ko„ra, davr talablari (ijtimoiy talablar va ijtimoiy taraqqiyotning mutlaq qonunlari bilan uyg„un bo„lgan) ta‟lim maqsadi bilan ta‟lim mazmuni, usuli hamda vositalari uyg„un bo„lgan taqdirdagina ta‟lim beruvchi~ta‟lim oluvchi munosabatilari unga uyg„un bo„la oladi va tizim tugallikka ega bo„ladi, o„z maqsadiga erishishi mumkin. Aks holda, chunonchi, o„simlikni yetishtirish davrida istagan bir bo„g„inda uzilish butun mehnatni zoye ketkizganidek, ta‟lim mazmuni, usuli yoki vositalarida, ta‟lim beruvchi~ta‟lim oluvchi munosabatlarida ta‟lim maqsadiga nomuvofiqlik butun didaktik jarayonni barbod qilishi muqarrar. Shuning uchun maqsad mustaqil fikrlovchi ijodiy tafakkur sohibini tayyorlash bo„lgach, ta‟lim mazmuni (o„quv materiali, o„zlashtirilishi zarur sanalgan bilimlar tizimi) pragmatik ahamiyatli, tatbiqiy, o„quvchi kundalik faoliyatida amalda qo„llay oladigan, ta‟lim usuli o„quvchini fikrlash, izlash va topishga undaydigan, tа‟lim vositalari 124Неъматов Ҳ., Ширинова Н. Пурсамар қонун// газ. Бухоронома.–2010 йил, 20 октябрь. 81-сон. 145 darslik bilan cheklanib qolmay, o„quvchini axborot manbalari bilan ishlashga undaydigan, ustoz esa o„quvchining o„ta murakkab kuzatish, izlanish, topish, fikrlash va qo„llash jarayonini mohirona boshqara oladigan bo„lmog„i shart – didaktik tizimning barcha bo„g„inlari bir- biriga muvofiq bo„lib, biri ikkinchisini to„ldirib borishni taqozo etadi. Yuqorida ta‟kidlaganimizdek, bu juda murakkab va ancha vaqt-u mehnatni talab qilidigan jarayon. Xususan, Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling