O„zbekiston respublikasi oliy
Ona tili o„qituvchisining darsga tayyorlanishi
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
Ona tili o„qituvchisining darsga tayyorlanishi, avvalo, uning yozgan dars mazmunnomasida, o„quvchilarining uning darsiga oshiqishida, tafakkur doirasi keng, ijodkor shaxslarning yetishib chiqishida ko„rinadi. Ona tili o„qituvchisiga qo„yiladigan asosiy talablar quyidagilar:
–bolalarni seva olishi va ularga hurmat nazari bilan qarashi; –o„z sohasining ustasi va sohasidagi yangilanishlardan doimiy xabardor bo„lishi; –zamonaviy metodlarni muntazam o„rganib, ulardan o„z darslarida samara bera oladiganlarinigina saralab qo„llash malakasiga ega bo„lishi; –innovatsion texnologiyalarni darsiga mos va o„rinli qo„llay olishi; –nutqan barkamol, huquqiy savodxon, ijodiy, ijtimoiy faol, ma‟nan-axloqan toza, til sezgirligi yuqori bo„lishi muhim. Ona tili o„qituvchisi oddiygina dars mazmunnomasini yozishi uchun ham quyidgi ma‟lumotlarga ega bo„lishi shart. Bular– Ona tilidan dars turlari. Ona tili darslarining maqsadi va tuzilishidan kеlib chiqib, uni ikki katta guruhga ajratish mumkin: ta‟limiy darslar; 2) nazorat darslari. Bir guruh didakt-olimlar ona tilidan ta‟limiy darslarni quyidagi guruhlarga ajratadilar: Yangi bilim hosil qilish darslari. Malaka va ko„nikmalarni shakllantirish darslari. O„rganilganlarni takrorlash darslari. 4.Xatolar ustida ishlash darslari. Ona tilidan nazorat darslarini esa quyidagi guruhlarga ajratadilar: Til hodisalarini o„zlashtirganlik darajasi ustidan nazorat. 137 O„quvchilarning imloviy va punktuatsion savodxonligi ustidan nazorat; Nutqiy malakalarni egallaganlik darajasi ustidan nazorat. O„rta umumta‟lim maktablarida, ma‟lumki, darsga ajratilgan vaqt 45 daqiqani tashkil etadi. Ona tili darslari oldiga DTS talablari doirasida muayyan umumiy talablar qo„yiladi. Bu talablar quyidagilar: –o„quvchilarda ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish orqali ularning og„zaki/yozma nutqlarini madaniy nutq darajasiga ko„tarish; –ta‟lim tamoyillariga qat‟iy amal qilish, dars mеtodlari, vositalari va usullarini to„g„ri bеlgilash; –ta‟lim, tarbiya va rivojlanishning uyg„unligini ta‟minlash. –har bir o„quv mashg„uloti davomida ona tili ta‟limi maqsadi~mazmuni~usuli~vositalari~o„qituvchi-o„quvchi munosabatlari o„rtasida mutanosiblikni ta‟minlashga erishish; ona tili mashg„ulotlari uchun zaruriy “Axborot banki”ni yaratishga hissa qo„shish; –ona tilidan o„quvchilarda zaruriy bilim, malaka va ko„nikma hosil qilishda ularning yosh, o„qish imkoniyatlari va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling