O„zbekiston respublikasi oliy


topshiriq. Sinonimlar (ma‟nodosh so„zlar) deganda nimani tushundingiz? Misollar ayting. topshiriq


Download 1.7 Mb.
bet66/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

topshiriq. Sinonimlar (ma‟nodosh so„zlar) deganda nimani tushundingiz? Misollar ayting.

  • topshiriq. Quyidagi qatorlarni davom ettiring:

    bosh (masala) – asosiy, muhim, birinchi; bosh (farzand) – to‗ng‗ich, katta, birinchi; bosh (g„oya) – markaziy, yetakchi, asosiy; bosh (bino) – ……………………….………
    bosh (shifokor) – ……………………….…..
    bosh (harf) –………………………….……..
    bosh (sabab) –………………………………
    bosh (gap) –…………………………………
    bosh (tomon) – ……………………………..
    (hikoyaning) boshi –………………………..
    (tog„ning) boshi –…………………………...
    (jon) boshi –………………………………...
    “Nega bosh so„zi bilan bog„liq qatorlarning barchasida bir xil sinonim so„zlarni qo„llab bo„lmaydi?” va h.
    O„quvchi algoritmik darslikda berilgan izchil ketma-ketlikdagi topshiriqlarni turli o„quv vositalaridan foydalangan holda bajarish bilan dasturda mo„ljallangan xulosaga olib kelinadi. Bu esa o„quvchining qo„lida tegishli ma‟lumotlarni bera oladigan o„quv materiali – ta‟lim vositalari (“Axborot banki”) bo„lishini taqozo etadi. Ko„rinadiki, ona tili ta‟limining yangi maqsadi yangi tipdagi algoritmik darsliklar vositasidagina amalga oshirilishi mumkin. Bunday darslik yordamida tadbirkor, axborot manbayidan to„g„ri, oqilona, unumli, samarali va tez foydalana oladigan, o„z sharoitida ularni ongli va maqsadli qo„llay biladigan barkamol shaxs voyaga yetadi.
    Ta‟lim vositalari haqida gap borar ekan, zamonaviy ta‟limni kompyutersiz tasavvur etish mumkin emas. To„g„ri, hali har bir dars- mashg„ulotni kompyuter ishtirokida o„tkazishimizga ancha vaqt bor, lekin yaqin yillarda kompyuter –bamisoli elektr chiroqlar-u, televizor-
    136
    u, sovutgich-u gaz kabilar har bir xonadonda bo„lgani kabi – o„quvchilar qo„lida serob bo„ladi. Ta‟lim vositalari taraqqiyoti mana shunga harab borishi kerak. Jumladan, yuqorida sanab o„tilgan qomus va lug„atlarning barchasining elektron variantlari har bir viloyatdagi pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarida, Respublika ta‟lim markazida, uning viloyat bo„linmalarida mavjud. Ijodkor-izlanuvchan o„qituvchi ularni olish va dars jarayonida samarali foydalanish imkoniyatiga ega. Ta‟lim vositalari sirasida kompyuter ishtiroki va kelajakda uning yetakchiligi ta‟lim usuliga ham katta o„zgartirishlar kiritishni talab etadi, albatta.

    Download 1.7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   210




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling