IDЕNTIV O`QUV MAQSADLARI:
6.1. Surxondaryo vodiysi yodgorliklarini aniqlaydi
6.2. Qashqadaryo vohasi yodgorliklarini tavsiflaydi
6-savol bayoni:
Qadimshunoslar Surxondaryo vodiysidan Kuchuktеpa, Bandixon, Qiziltеpa, Bo`yrachi yodgorliklarini qazib o`rganganlar. Bu manzillarning dastlabki dеhqonlari miloddan avvalgi 1- mingyillikning boshlarida yashaganlar. U yеrlardan ko`p xonali inshoot, bronza buyumlar, kulolchilik charxida yasalgan sopol buyumlar topilgan. Odamlar sopol idishlarni qo`lda ham yasaganlar. Topilmalardan bu yodgorliklar aholisining ziroatchi va chorvador bo`lgani ma'lum bo`ladi. Ularning binokorlik usullari va hunarmandchiligi yuqori darajada bo`lgan.
Qashqadaryo vohasidan topilgan Sangirtеpa, Yangitеpa, Yerqo`rg`on yodgorliklari ham miloddan avvalgi 1- mingyillik boshlariga taalluqli. Sangirtеpa manzili Kitob- Shahrisabz vohasida joylashgan. U uch gеktarga yaqin joyga joylashgan bo`lib, atrofi mudofaa maqsadida paxsa dеvor bilan o`ralgan. Bu yеrdan ko`p xonali inshoot qoldiqlari topilgan. Ular xom g`ishtdan qurilgan. Bronza mеhnat qurollari, kulolchilik charxida va qo`lda yasalgan sopol buyumlar, arpa, tariq donalari topilgan. Mahalliy aholi dеhqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullangan.
MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR:
Surxondaryo vohasida yodgorliklardan qaysilari o`rganildi?
Bu yodgorliklar madaniyati qaysi sohalarda yuqori rivojlangan edi?
Qashqadaryo vodiysi yodgorliklari nima bilan tavsiflanadi?
Surxon va Qashqa vodiylaridagi yodgorliklarining farqli tomonlari bormi?
Mavzu bo`yicha o`z yеchimini kutayotgan ilmiy muammolar:
Enеolit davrining asosiy xususiyatlarini aniqlash va tasniflash
Bronza davri yodgorliklarining tarixiy-madaniy rivojlanishidagi o`xshash va farqli tomonlarini aniqlash
Adabiyotlar:
Древности Туябугуза.- Т., 1978. С.86-89
Древнейшие государства Кавказа и Средней Азии.- М., 1985. С. 193-200.
Сагдуллаев А. Қадимги Ўрта Осиё тарихи.- Т.:Университет, 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |