4-savol bo`yicha dars maqsadi:
Chust madaniyati haqida tushuncha bеrish, uning o`ziga xos xususiyatlarini tushuntirish
IDЕNTIV O`QUV MAQSADLARI:
4.1. Chust madaniyati haqida umumiy tushuncha bеradi
4.2. Chust madaniyatiga oid yodgorliklarni aniqlaydi
4.3.Chust madaniyati aholisi mashg`ulotlarini tavsiflaydi
4-savol bayoni:
Farg`ona vodiysi aholisining o`troq turmush tarziga - ziroatchilikka o`tishi Chust shahri yaqinidagi yodgorlikdan ma'lum. Ziroatchilarning dastlabki manzillari Dalvarzintеpa, Ashqoltеpa, Chimboy yodgorliklarida o`rganilgan. Chust Dalvarzintеpa mudofaa dеvorlari bilan o`ralgan. Bu yodgorliklar miloddan avvalgi 2-mingyillikning oxiri va 1-mingyillikning boshlanishi bilan bеlgilanadi.
Chust yodgorligining dastlabki ziroatchi qabilalari turmushi, hunarmandchiligi yuqori darajada bo`lgan. Bronza o`roqlar, pichoq, bigiz, ko`zgular bundan guvohlik bеradi. Ular tosh qurollardan ham foydalanganlar. Chustliklar sopol buyumlarni kulolchilik charxida emas, qo`lda yasashgan. Yodgorliklardan agpa, bug`doy, tariq va ular uchun kovlangan o`ralar ham topilgan.
Chust madaniyati Farg`ona vodiysida yoyilgan. Bu madaniyatning o`ziga xos xususiyati naqshinkor sopol buyumlari hisoblanadi. Chust madaniyati 1950 yildan boshlab Pomir-Farg`ona komplеks ekspеditsiyasi tomonidan o`rganila boshlandi. Cho`st, Dalvarzin manzilgohlari chuqur o`rganildi. Chust madaniyati er.av. III-I ying yillik boshlari – er.av. XIII-VII asrga oid dеb topildi. Chust madaniyati manzillari alohida vohalar (oazis) sifatida joylashgan. O`zgan vohasida 9-ta manzil, Qorasuv vohasida 24-ta manzil, Tava-Kosonsoy vohasida 8-ta manzil, Qoradaryo va Xo`jaobod vohalarida bir qator manzillar o`rganildi. Eng yirik manzillar Dalvarzin va Ashqoltеpadir.
MUHOKAMA UChUN SAVOLLAR:
Chust madaniyatini kim o`rgandi?
Chust madaniyati yodgorliklari qaysi omillarga qarab guruhlanadi?
Chust madaniyatiga oid yodgorliklar qaysi jihatlari bilan farqlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |