Shabdar (E ron sebargasi)
Ahamiyati.
Shabdardan tayyorlangan ozuqalarni qishloq xo‘jalik
hayvonlari xush ko‘rib yeydi. Pichanning tarkibida 15,2 foiz oqsil, 6,49
foiz moy 30,3, azotsiz ekstraktiv m o ddalar b o 'lib , b ir kilogram m
pichanida 0,50 ozuqa birligi bor.
Tarixi.
Y ovvoyi holda u Osiyo, Y evropa, Shimoliy A m erikada
uchraydi. Bir yilda 60-70 s ga pichan, 1-8 s urug olish mumkin.
B iologiyasi.
Shabdar namsevar, yorug‘sevar va sovuqqa chidamli
o'simlik, kuzda va bahorda ekilishi mumkin. U rug'i 5-6°C haroratda
yaxshi unib chiqadi, maysalari 5-6 °C sovuqqa chidaydi. Qishlov paytida
25°C sov uq qa ham chidaydi. Y er ta n lam a y d i, b o tq o q la n g a n va
sho'rlangan yerga ekilmaydi. Shabdar hasharotlar yordamida chetdan
changlanadi.
Bir yilda 2-4 marta o'riladi, urug' yetilganda o'rilsa, o'sib chiqmaydi.
O'sish davri 80-130 kun, fitonomus bilan zararlanmaydi.
Yetishtirish texnologiyasi.
Shabdar don ekinlari, texnika ekinlari, sholi, makkajo'xori, sabzavot
ekinlaridan bo'shagan yerlarga ekiladi. Shabdar uchun yer bedaga
o'x sh atib tayyorlanadi. Ekish sof holda yoki beda, arpa, suli bilan
birgalikda ekiladi.
Shabdar kuzda yoki erta bahorda don-o't ekadigan SZT-47 seyalka
yordamida ekiladi. Gektariga 15-20 kg urug' ekiladi, ekish chuqurligi 1-
2 sm ni tashkil etadi. Kuzda ekilganda ketma-ket suv beriladi. Sug'orish
uchun oralig'i 60-70 sm bo'lgan egatlar olinadi. Boshqa ekinlarga qo'shib
ekilsa gektariga 8-10 kg urug' ekiladi. Ko'pincha bedaga qo'shib ekish
tavsiya qilinadi. Shunday qilinsa birinchi o'rimining 85 foizini, ikkinchi
o'rimining 15 foizini shabdar tashkil qiladi. Uchinchi o'rim da shabdar
deyarli qolmaydi.
Bahorda ekilganda shabdar donli ekinlarga qo'shib ekiladi. Bunda
shabdar 15 kg, don ekinlari 50-70 kg gektarga ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |