O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/138
Sana02.12.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1779362
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138
Bog'liq
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)

Shabdar (E ron sebargasi)
Ahamiyati.
Shabdardan tayyorlangan ozuqalarni qishloq xo‘jalik 
hayvonlari xush ko‘rib yeydi. Pichanning tarkibida 15,2 foiz oqsil, 6,49 
foiz moy 30,3, azotsiz ekstraktiv m o ddalar b o 'lib , b ir kilogram m
pichanida 0,50 ozuqa birligi bor.
Tarixi.
Y ovvoyi holda u Osiyo, Y evropa, Shimoliy A m erikada 
uchraydi. Bir yilda 60-70 s ga pichan, 1-8 s urug olish mumkin.
B iologiyasi. 
Shabdar namsevar, yorug‘sevar va sovuqqa chidamli 
o'simlik, kuzda va bahorda ekilishi mumkin. U rug'i 5-6°C haroratda 
yaxshi unib chiqadi, maysalari 5-6 °C sovuqqa chidaydi. Qishlov paytida 
25°C sov uq qa ham chidaydi. Y er ta n lam a y d i, b o tq o q la n g a n va 
sho'rlangan yerga ekilmaydi. Shabdar hasharotlar yordamida chetdan 
changlanadi.
Bir yilda 2-4 marta o'riladi, urug' yetilganda o'rilsa, o'sib chiqmaydi. 
O'sish davri 80-130 kun, fitonomus bilan zararlanmaydi.
Yetishtirish texnologiyasi.
Shabdar don ekinlari, texnika ekinlari, sholi, makkajo'xori, sabzavot 
ekinlaridan bo'shagan yerlarga ekiladi. Shabdar uchun yer bedaga 
o'x sh atib tayyorlanadi. Ekish sof holda yoki beda, arpa, suli bilan 
birgalikda ekiladi.
Shabdar kuzda yoki erta bahorda don-o't ekadigan SZT-47 seyalka 
yordamida ekiladi. Gektariga 15-20 kg urug' ekiladi, ekish chuqurligi 1- 
2 sm ni tashkil etadi. Kuzda ekilganda ketma-ket suv beriladi. Sug'orish 
uchun oralig'i 60-70 sm bo'lgan egatlar olinadi. Boshqa ekinlarga qo'shib 
ekilsa gektariga 8-10 kg urug' ekiladi. Ko'pincha bedaga qo'shib ekish 
tavsiya qilinadi. Shunday qilinsa birinchi o'rimining 85 foizini, ikkinchi 
o'rimining 15 foizini shabdar tashkil qiladi. Uchinchi o'rim da shabdar 
deyarli qolmaydi.
Bahorda ekilganda shabdar donli ekinlarga qo'shib ekiladi. Bunda 
shabdar 15 kg, don ekinlari 50-70 kg gektarga ekiladi.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling