O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/138
Sana02.12.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1779362
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Bog'liq
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)

0 ‘quv am aliyotin in g dasturi
0 ‘qishjarayonida o ‘quv amaliyoti ham o ‘tkaziladi. Amaliyot davrida 
olingan bilim mustahkamlanadi. Talaba texnologik tadbirlarni bajarish 
bo'yicha m a’lum ko'nikmalarga ega bo'ladi. Amaliyot davrida kundalik 
d a fta r tutilad i, oxirida hisobot yoziladi. H isobot tashkil qilingan 
komissiya oldida himoya qilinadi va baholanadi.
Y em -xash ak yetish tirish
1. Kuzgi don ckinlariniparvarishlash. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida 
kuzda ekilgan don ekinlarini parvarishlash ishlari bilan shug'ullanadi. 
Don ekinlari may oyida sug'oriladi. Sug'orish egatlar orqali o'tkaziladi, 
sug'orish me’yori 800-1000 kub m.
Hosil yig'ishga tayyorgarlik ko'rish uchun biologik hosil aniqlanadi. 
Buning uchun bir nechta hisobli maydonchalar ajratiladi, odatda 4-5 joydan 
1 kv m maydonchalar ajratiladi. H ar birida o'simlik soni, boshoq soni, 
boshoq vazni, don vazni, don chiqishi aniqlanadi va keyin gektar hisobiga 
aniqlanadi. Shu ma’lumotlarga qarab talab qilinadigan kombayn, mashina, 
ish kuchi tayyorlanadi. Kuzgi ekinlar ko'kat uchun ekilgan bo'lsa hosili 
aprelda o'riladi, o'rniga may oyida boshqa ekinlarni ekish mumkin.
2. Bahorgi ekinlarni parvarishlash.
M art oyida makkajo'xori, kungaboqar, ildizmevali ekinlar ekiladi. 
M ay oyida shu ekinlarni p arv a rish lash ish lari davom e ttirila d i.
184


M akkajo'xorining balandligi 50-60 sm bo'ladi, qator orasiga ishlov 
beriladi, sug'oriladi, o'g'itlanadi. Kungaboqarning ham bu davrda poyasi 
o'sishi, barg rivojlanishi davom etadi, qator oralariga ishlov beriladi, 
sug'oriladi, o 'g 'it solinadi. A grotaqvim bo'yicha ishlar bajariladi. 
Ildizmevali ekinlardan qand lavlagi ekinini o'z vaqtida yagana qilish, 
o 'tlard an tozalash, sug'orish, o 'g 'itla s h kabi tadbirlarga qatnashib 
talabalar ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak.
Erta ekilgan kartoshkaning tezpishar navlarining hosili yig'iladi. 
Tuganakmeva kavlab olinadi, saralanadi. Poya va barg chorvaga beriladi.
T alaba bu ishlarning bajarilishini va qo'llan ilad ig an texnikani 
mukammal o'zlashtirib olishi kerak.
Erta bahorda avvalgi yillar ekilgan yem-xashak o 'tlarn in g 1-2 
o'rimlarini o'rish, ekinni parvarishlash ishlari bajariladi. O'tlarning har 
o'rimi 1-3 marotaba sug'oriladi, mineral o 'g 'it solinadi (NPK), sug'oriladi, 
qo'shim cha ekiladi. O 'tlarni o 'rish texnologiyasini o'rganish lozim. 
Qo'llaniladigan texnikaga e’tibor berish ham maqsadga muvofiqdir.
3. Yem-xashak o ‘tlarini yetishtirish texnologiyasi.
Shu yili ekilgan bedaning birinchi o'rim i o'riladi. O'rish muddati 
shonalash davrining oxiri yoki gullash davrining boshlanishidir. Agar 
fitonomus bilan zararlangan bo'lsa erta o'riladi, bunda rivojlanish davriga 
qaramasdan tez o'rishga kirishiladi, o'rilgandan keyin sug'oriladi, shonalash 
bosh lang and a va sh on alashning ox irid a yoki gullash d avrining 
boshlanishida albatta, sug'oriladi. Sug'orish me’yori 600-800m3 ga bo'ladi.
O'zbekiston sharoitida eski bedapoyaning ikkinchi o'rimi urug' olish 
uchun qoldiriladi. Urug'chilik o'rim kam sug'oriladi. Dukkagi 70 foiz 
yetilganda o'roq mashinalarida o'riladi, xirmonda quritiladi, yanchiladi, 
tozalanadi. Beda urug'i maxsus mashinalarda tozalanadi.
4. Kech bahorda ekiladigan ekinlar agrotexnikasi.
May oyida soya kabi ekinlar ekiladi.
Soya keng qatorlab ekiladi, qator orasi 60-70 sm, o'simliklar orasi 2- 
5 sm. Gektarga 60-80 kg urug' ekiladi. O 'g'itlash me’yori o'suv davrida 
N )00R |50 K 50. K o'kat olish uchun birinchi mevasi yetilganda o'riladi. 
O 'sim lik to 'la yetilganda bargi to 'k ila d i, hosil don kom baynlarida 
yig'iladi.
5. Kuzgi don ekinlarining hosilini y ig ‘ishtirish.
Amaliyot boshlanish davrida kuzgi don ekinlari yetila boshlangan 
bo'ladi. Ekilgan ekin turlari va navlariga qarab hosil yetishishi bir vaqtda
185


kuzatilmaydi. Shuning uchun talabalar yig‘im-terimga tavyorgarlik ishlari 
bilan tanishadi, kombayn va o ‘radigan rnasbinalarning tayyorgarligi, 
ishni tashkil qilish usullari, dalalarni kombayn ishlashiga tayyorlash kabi 
tadbirlar shular jumlasidandir. Takroriy ekinlarni o‘z vaqtida ekish uchun 
kuzgi don ekinlari hosilini yig‘ishga bir hafta qolganda sug'orish lozim. 
Shu ishlarni bajarishda talaba ham bevosita ishtirok etadi.
Hosil yig‘ish davrida don kombaynlari - Keys, Don - 1500 ishlashini 
kuzatish va o ‘rganish lozim. Don toza chiqishi, hosilni nobud qilmasligi 
uchun kombaynlarni sozlashga e’tibor berish lozim.
T alab q ilin ad ig a n k o m b a y n lar sonini an iq lash d a e k in larn i 
hosildorligini bilish kerak. Buning uchun dalaning 4-5 joyidan lm 2 o‘tiladi 
va shu maydondagi hosil aniqlanadi, don tortiladi, so‘ngra gektardan 
olinadigan hosil chiqariladi. Talaba shu ishlarni bajarishi lozim.
6. Takroriy ekinlarni ekish.
0 ‘zbekistonda kuzgi don ekinlaridan bo'shagan dalalarga takroriy 
ekinlar ekiladi. Takroriy ekin sifatida makkajo'xori, jo'xori, don-dukkakli, 
moyli ekinlar va yem-xashak o ‘tlari ekiladi.
Kuzgi don ekinlarining hosili yig‘ib olingandan keyin dala haydaladi 
(agar oldin sug‘orilgan bo‘lsa), so'ngra chizellanadi, boronalanadi.
Don-dukkakli ekinlardan mosh, loviya va soya ekiladi. Bu ekinlar 
keng qatorlab, qator orasi 60-70 sm, qatorda o'simliklar orasi 5-15 sm 
qilib ekiladi. Ekin me’yori: mosh 40-50 kg, soya 60-80 kg, loviya 50-60 
kg/ga moslashtirilishi kerak. O 'rtacha o'g'itlash me’yori: N 50 R 100 K50 ni 
tashkil etadi. O'g'itlash me’yori tuproq unumdorligi, rejalashtirilgan hosil 
va nav xususiyatiga qarab o'zgaradi. N itragin ishlatilsa mineral azot 
qo'llanilmaydi.
Ekinlar 2-4 marotaba sug'oriladi. Sug'orish egatlari texnikada olinadi. 
O 'rtacha sug'orish me’yori 600-800 m 3 ga ni tashkil etadi. Hosil don 
kombaynlarida yig'ib olinadi. Loviya va mosh o'roqda o'riladi, xirmonda 
quritiladi va yanchib olinadi. M oshning dukkagi pishganda yoriladi
shuning uchun dukkakning 50 foizi yetilganda hosil yig'iladi.
Takroriy ekin sifatida makkajo'xori va jo'xorining erta va o'rtapishar 
navlari yoki duragaylari ham ekiladi. Bu ekinlar keng qatorlab, qator 
orasi 60-90 sm qilib ekiladi, qatorda o'simliklar orasi 5-20 sm bo'ladi. 
Don uchun gektaridan 50-60 ming tup, silos uchun 80-100 ming tup 
o'simlik bo'lishi kerak. Ekish me’yori: makkajo'xori - 25 kg, jo'xori -
10 kg/ga bo'lsa maqsadga muvofiqdir. Ekish chuqurligi makkajo'xorida
186


5-6 sm, jo ‘xorida 3-4 sm bo‘ladi. o ‘g‘itlash me’yori - o‘rtacha N 100 R IOO 
К зд, ekishdan oldin va o'sish davrida beriladi. 0 ‘sish davrida 2-3 marotaba 
sug'oriladi, qator orasiga ishlov beriladi. Silos uchun ekinlar sut, dumbul 
pishishi davrida maxsus kombaynlarda o'riladi, don uchun to'la pishgan 
davrda maxsus kombaynlarda yig'iladi.
Takroriy ekish sifatida kungaboqar ham ekiladi. Suvli yerlarda bu 
ekin ham keng qatorlab ekiladi, qator orasi 60 sm bo'ladi. Ekish me’yori 
maxsarda 5-7 kg, kungaboqarda 7-10 kg, kunjutda 3-4 kg bo'lib, ular 
yagana qilinmaydi. Ekish chuqurligi kunjutda 2-3 sm, maxsarda 3-4 sm, 
kungaboqarda 5-7 sm bo'ladi. O'sish davrida qator orasiga ishlov beriladi,
2-3 marotaba sug'oriladi (me’yori 600-800 m3 /ga).
Kuzgi ekinlardan bo'shagan yerlarga yem-xashak o'tlarini ham ekish 
mumkin. Bu ekinlar orasida sudan o ‘ti, shabdar, bersim ekiladi. O 'tlar 
yoppasiga qatorlab ekiladi, qator orasi 13-15 sm bo'ladi, ekish me’yori: 
sudan o'ti 20-25 kg, shabdar va bersim 8-10 kg ni tashkil etadi. Ekish 
chuqurligi: sudan o'ti 3-4 sm, mastak 1-3 sm. O'tlarga o'rtacha N M |00 
R 100 
m e’yorida o 'g 'it solinadi, o 'sish davrida 2-5 m arotaba 
sug'oriladi, ekinlarda gullash boshlanganda o'riladi. Talaba o'tlam i o'rish 
mashinalarini o'rganib, ularning ishlash texnologiyasini o'zlashtirishi 
lozim.
7. Silos va seitaj tayyorlash texnologiyasi.
Ishlab chiqarish amaliyotini o'tish davrida silosbop ekinlar yetilgan 
bo'lib silos bostirish ishlari bajariladi. Silos bostirish uchun mavjud 
in sh o o tla r ta y y o rla n a d i, hajm i a n iq la n a d i. S ilosbop ek in lard an
makkajo'xori va jo'xori sut-dumbul pishish davrida, kungaboqar savati 
g ullash, sudan o 'ti ro 'v a k la n is h yoki gullash d av rid a m axsus 
kombaynlarda o'riladi, o'rish balandligi 5-8 sm bo'lib, o'rilgan poyalar 
maydalanadi. Maydalangan qismlaming uzunligi o'simlikning namligiga 
bog'liq. Namligi 75 foizdan yuqori bo'lsa, poyalar 8-12 sm bo'linadi, 
namligi 70-75 foiz bo'lsa 4-5 sm ga bo'linadi va namligi 70 foizdan kam 
bo'lsa poyalar 2-3 sm ga bo'linadi. Bunday qilishdan maqsad ozuqa 
unsurlarini saqlab qolishdir.
Maydalangan silosbop ko'kat silos inshootlariga navbatma-navbat 
bostiriladi, ustidan traktor yurgiziladi. Siloslanadigan ko'kat havoda 
qolmasligi lozim. Silosning sifatini oshirish uchun tuz, azotli, fosforli 
moddalar, shirali ozuqalar qo'shiladi, namligi ortiqcha bo'lsa pichan 
yoki som on qo'shiladi. (15 foizgacha), nam lik kam bo'lsa sersuvli
187


ozuqalar (ildizmevali, tuganakmevali, poliz ekinlar) qo'shiladi silosning 
usti germetik usulda yopiladi. U lardan ikki oydan keyin foydalanish 
mumkin. Silosni havo, suv va past haroratdan saqlash lozim.
Senaj silosdan namligi va o'simliklaming turlari bo'yicha farq qiladi. 
Senaj yem-xashak o'tlardan va donli ekinlarning boshoqlanish davrigacha 
tayyorlanadi. Senajning namligi 45-50 foizni tashkil etadi. Talaba shu 
ozuqalarni tayyorlash texnologiyasini mukammal o'zlashtirishi lozim.
Pichan tayyorlash texnologiyasi. Chorvachilik ozuqalari orasida eng 
ko'p tarqalgan va eng ko'p ishlatiladigani pichandir. Pichanni tayyorlash 
qiyin emas, uni saqlash oson va uni faqat suvdan saqlash kerak. Pichan 
bir necha yil saqlanishi mumkin. Pichan har xil ekinlardan tayyorlanadi. 
Yem-xashak o 'tlari g'unchalash davridan boshlab gullash davrining 
oxirigacha o'rilishi mumkin. G 'unchalash davrida o 'tla r o'rilsa sifati 
yuqori bo'ladi, oqsil va vitaminlar ko'p bo'ladi. Gullash davrida o'rilsa 
sifati pasayadi, ammo hosil yuqori bo'ladi. O 'tlarni o'rish m uddati 
o'rim lar va yillar davomida o'zgarib turadi, bu o'simliklarning yaxshi 
rivojlanishini ta ’minlaydi.
Pichan oddiy usulda yoyiq holatda g'aram lanadi, namligi o'rtacha
17-20 foiz bo'ladi. Yangi texnologiya bo'yicha zichlashtirilgan pichan 
tayyorlanadi. Bunday pichanni transportirovka qilish ancha qulay.
T alaba pichan tayyorlashda qo'llaniladigan m ashinalarni yaxshi 
o'zlashtirishi lozim.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling