O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Y em -xash ak yetish tirish 1. Kuzgi don ckinlariniparvarishlash
- Bahorgi ekinlarni parvarishlash.
- Takroriy ekinlarni ekish.
- Silos va seitaj tayyorlash texnologiyasi.
0 ‘quv am aliyotin in g dasturi
0 ‘qishjarayonida o ‘quv amaliyoti ham o ‘tkaziladi. Amaliyot davrida olingan bilim mustahkamlanadi. Talaba texnologik tadbirlarni bajarish bo'yicha m a’lum ko'nikmalarga ega bo'ladi. Amaliyot davrida kundalik d a fta r tutilad i, oxirida hisobot yoziladi. H isobot tashkil qilingan komissiya oldida himoya qilinadi va baholanadi. Y em -xash ak yetish tirish 1. Kuzgi don ckinlariniparvarishlash. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida kuzda ekilgan don ekinlarini parvarishlash ishlari bilan shug'ullanadi. Don ekinlari may oyida sug'oriladi. Sug'orish egatlar orqali o'tkaziladi, sug'orish me’yori 800-1000 kub m. Hosil yig'ishga tayyorgarlik ko'rish uchun biologik hosil aniqlanadi. Buning uchun bir nechta hisobli maydonchalar ajratiladi, odatda 4-5 joydan 1 kv m maydonchalar ajratiladi. H ar birida o'simlik soni, boshoq soni, boshoq vazni, don vazni, don chiqishi aniqlanadi va keyin gektar hisobiga aniqlanadi. Shu ma’lumotlarga qarab talab qilinadigan kombayn, mashina, ish kuchi tayyorlanadi. Kuzgi ekinlar ko'kat uchun ekilgan bo'lsa hosili aprelda o'riladi, o'rniga may oyida boshqa ekinlarni ekish mumkin. 2. Bahorgi ekinlarni parvarishlash. M art oyida makkajo'xori, kungaboqar, ildizmevali ekinlar ekiladi. M ay oyida shu ekinlarni p arv a rish lash ish lari davom e ttirila d i. 184 M akkajo'xorining balandligi 50-60 sm bo'ladi, qator orasiga ishlov beriladi, sug'oriladi, o'g'itlanadi. Kungaboqarning ham bu davrda poyasi o'sishi, barg rivojlanishi davom etadi, qator oralariga ishlov beriladi, sug'oriladi, o 'g 'it solinadi. A grotaqvim bo'yicha ishlar bajariladi. Ildizmevali ekinlardan qand lavlagi ekinini o'z vaqtida yagana qilish, o 'tlard an tozalash, sug'orish, o 'g 'itla s h kabi tadbirlarga qatnashib talabalar ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak. Erta ekilgan kartoshkaning tezpishar navlarining hosili yig'iladi. Tuganakmeva kavlab olinadi, saralanadi. Poya va barg chorvaga beriladi. T alaba bu ishlarning bajarilishini va qo'llan ilad ig an texnikani mukammal o'zlashtirib olishi kerak. Erta bahorda avvalgi yillar ekilgan yem-xashak o 'tlarn in g 1-2 o'rimlarini o'rish, ekinni parvarishlash ishlari bajariladi. O'tlarning har o'rimi 1-3 marotaba sug'oriladi, mineral o 'g 'it solinadi (NPK), sug'oriladi, qo'shim cha ekiladi. O 'tlarni o 'rish texnologiyasini o'rganish lozim. Qo'llaniladigan texnikaga e’tibor berish ham maqsadga muvofiqdir. 3. Yem-xashak o ‘tlarini yetishtirish texnologiyasi. Shu yili ekilgan bedaning birinchi o'rim i o'riladi. O'rish muddati shonalash davrining oxiri yoki gullash davrining boshlanishidir. Agar fitonomus bilan zararlangan bo'lsa erta o'riladi, bunda rivojlanish davriga qaramasdan tez o'rishga kirishiladi, o'rilgandan keyin sug'oriladi, shonalash bosh lang and a va sh on alashning ox irid a yoki gullash d avrining boshlanishida albatta, sug'oriladi. Sug'orish me’yori 600-800m3 ga bo'ladi. O'zbekiston sharoitida eski bedapoyaning ikkinchi o'rimi urug' olish uchun qoldiriladi. Urug'chilik o'rim kam sug'oriladi. Dukkagi 70 foiz yetilganda o'roq mashinalarida o'riladi, xirmonda quritiladi, yanchiladi, tozalanadi. Beda urug'i maxsus mashinalarda tozalanadi. 4. Kech bahorda ekiladigan ekinlar agrotexnikasi. May oyida soya kabi ekinlar ekiladi. Soya keng qatorlab ekiladi, qator orasi 60-70 sm, o'simliklar orasi 2- 5 sm. Gektarga 60-80 kg urug' ekiladi. O 'g'itlash me’yori o'suv davrida N )00R |50 K 50. K o'kat olish uchun birinchi mevasi yetilganda o'riladi. O 'sim lik to 'la yetilganda bargi to 'k ila d i, hosil don kom baynlarida yig'iladi. 5. Kuzgi don ekinlarining hosilini y ig ‘ishtirish. Amaliyot boshlanish davrida kuzgi don ekinlari yetila boshlangan bo'ladi. Ekilgan ekin turlari va navlariga qarab hosil yetishishi bir vaqtda 185 kuzatilmaydi. Shuning uchun talabalar yig‘im-terimga tavyorgarlik ishlari bilan tanishadi, kombayn va o ‘radigan rnasbinalarning tayyorgarligi, ishni tashkil qilish usullari, dalalarni kombayn ishlashiga tayyorlash kabi tadbirlar shular jumlasidandir. Takroriy ekinlarni o‘z vaqtida ekish uchun kuzgi don ekinlari hosilini yig‘ishga bir hafta qolganda sug'orish lozim. Shu ishlarni bajarishda talaba ham bevosita ishtirok etadi. Hosil yig‘ish davrida don kombaynlari - Keys, Don - 1500 ishlashini kuzatish va o ‘rganish lozim. Don toza chiqishi, hosilni nobud qilmasligi uchun kombaynlarni sozlashga e’tibor berish lozim. T alab q ilin ad ig a n k o m b a y n lar sonini an iq lash d a e k in larn i hosildorligini bilish kerak. Buning uchun dalaning 4-5 joyidan lm 2 o‘tiladi va shu maydondagi hosil aniqlanadi, don tortiladi, so‘ngra gektardan olinadigan hosil chiqariladi. Talaba shu ishlarni bajarishi lozim. 6. Takroriy ekinlarni ekish. 0 ‘zbekistonda kuzgi don ekinlaridan bo'shagan dalalarga takroriy ekinlar ekiladi. Takroriy ekin sifatida makkajo'xori, jo'xori, don-dukkakli, moyli ekinlar va yem-xashak o ‘tlari ekiladi. Kuzgi don ekinlarining hosili yig‘ib olingandan keyin dala haydaladi (agar oldin sug‘orilgan bo‘lsa), so'ngra chizellanadi, boronalanadi. Don-dukkakli ekinlardan mosh, loviya va soya ekiladi. Bu ekinlar keng qatorlab, qator orasi 60-70 sm, qatorda o'simliklar orasi 5-15 sm qilib ekiladi. Ekin me’yori: mosh 40-50 kg, soya 60-80 kg, loviya 50-60 kg/ga moslashtirilishi kerak. O 'rtacha o'g'itlash me’yori: N 50 R 100 K50 ni tashkil etadi. O'g'itlash me’yori tuproq unumdorligi, rejalashtirilgan hosil va nav xususiyatiga qarab o'zgaradi. N itragin ishlatilsa mineral azot qo'llanilmaydi. Ekinlar 2-4 marotaba sug'oriladi. Sug'orish egatlari texnikada olinadi. O 'rtacha sug'orish me’yori 600-800 m 3 ga ni tashkil etadi. Hosil don kombaynlarida yig'ib olinadi. Loviya va mosh o'roqda o'riladi, xirmonda quritiladi va yanchib olinadi. M oshning dukkagi pishganda yoriladi, shuning uchun dukkakning 50 foizi yetilganda hosil yig'iladi. Takroriy ekin sifatida makkajo'xori va jo'xorining erta va o'rtapishar navlari yoki duragaylari ham ekiladi. Bu ekinlar keng qatorlab, qator orasi 60-90 sm qilib ekiladi, qatorda o'simliklar orasi 5-20 sm bo'ladi. Don uchun gektaridan 50-60 ming tup, silos uchun 80-100 ming tup o'simlik bo'lishi kerak. Ekish me’yori: makkajo'xori - 25 kg, jo'xori - 10 kg/ga bo'lsa maqsadga muvofiqdir. Ekish chuqurligi makkajo'xorida 186 5-6 sm, jo ‘xorida 3-4 sm bo‘ladi. o ‘g‘itlash me’yori - o‘rtacha N 100 R IOO К зд, ekishdan oldin va o'sish davrida beriladi. 0 ‘sish davrida 2-3 marotaba sug'oriladi, qator orasiga ishlov beriladi. Silos uchun ekinlar sut, dumbul pishishi davrida maxsus kombaynlarda o'riladi, don uchun to'la pishgan davrda maxsus kombaynlarda yig'iladi. Takroriy ekish sifatida kungaboqar ham ekiladi. Suvli yerlarda bu ekin ham keng qatorlab ekiladi, qator orasi 60 sm bo'ladi. Ekish me’yori maxsarda 5-7 kg, kungaboqarda 7-10 kg, kunjutda 3-4 kg bo'lib, ular yagana qilinmaydi. Ekish chuqurligi kunjutda 2-3 sm, maxsarda 3-4 sm, kungaboqarda 5-7 sm bo'ladi. O'sish davrida qator orasiga ishlov beriladi, 2-3 marotaba sug'oriladi (me’yori 600-800 m3 /ga). Kuzgi ekinlardan bo'shagan yerlarga yem-xashak o'tlarini ham ekish mumkin. Bu ekinlar orasida sudan o ‘ti, shabdar, bersim ekiladi. O 'tlar yoppasiga qatorlab ekiladi, qator orasi 13-15 sm bo'ladi, ekish me’yori: sudan o'ti 20-25 kg, shabdar va bersim 8-10 kg ni tashkil etadi. Ekish chuqurligi: sudan o'ti 3-4 sm, mastak 1-3 sm. O'tlarga o'rtacha N M |00 R 100 m e’yorida o 'g 'it solinadi, o 'sish davrida 2-5 m arotaba sug'oriladi, ekinlarda gullash boshlanganda o'riladi. Talaba o'tlam i o'rish mashinalarini o'rganib, ularning ishlash texnologiyasini o'zlashtirishi lozim. 7. Silos va seitaj tayyorlash texnologiyasi. Ishlab chiqarish amaliyotini o'tish davrida silosbop ekinlar yetilgan bo'lib silos bostirish ishlari bajariladi. Silos bostirish uchun mavjud in sh o o tla r ta y y o rla n a d i, hajm i a n iq la n a d i. S ilosbop ek in lard an makkajo'xori va jo'xori sut-dumbul pishish davrida, kungaboqar savati g ullash, sudan o 'ti ro 'v a k la n is h yoki gullash d av rid a m axsus kombaynlarda o'riladi, o'rish balandligi 5-8 sm bo'lib, o'rilgan poyalar maydalanadi. Maydalangan qismlaming uzunligi o'simlikning namligiga bog'liq. Namligi 75 foizdan yuqori bo'lsa, poyalar 8-12 sm bo'linadi, namligi 70-75 foiz bo'lsa 4-5 sm ga bo'linadi va namligi 70 foizdan kam bo'lsa poyalar 2-3 sm ga bo'linadi. Bunday qilishdan maqsad ozuqa unsurlarini saqlab qolishdir. Maydalangan silosbop ko'kat silos inshootlariga navbatma-navbat bostiriladi, ustidan traktor yurgiziladi. Siloslanadigan ko'kat havoda qolmasligi lozim. Silosning sifatini oshirish uchun tuz, azotli, fosforli moddalar, shirali ozuqalar qo'shiladi, namligi ortiqcha bo'lsa pichan yoki som on qo'shiladi. (15 foizgacha), nam lik kam bo'lsa sersuvli 187 ozuqalar (ildizmevali, tuganakmevali, poliz ekinlar) qo'shiladi silosning usti germetik usulda yopiladi. U lardan ikki oydan keyin foydalanish mumkin. Silosni havo, suv va past haroratdan saqlash lozim. Senaj silosdan namligi va o'simliklaming turlari bo'yicha farq qiladi. Senaj yem-xashak o'tlardan va donli ekinlarning boshoqlanish davrigacha tayyorlanadi. Senajning namligi 45-50 foizni tashkil etadi. Talaba shu ozuqalarni tayyorlash texnologiyasini mukammal o'zlashtirishi lozim. Pichan tayyorlash texnologiyasi. Chorvachilik ozuqalari orasida eng ko'p tarqalgan va eng ko'p ishlatiladigani pichandir. Pichanni tayyorlash qiyin emas, uni saqlash oson va uni faqat suvdan saqlash kerak. Pichan bir necha yil saqlanishi mumkin. Pichan har xil ekinlardan tayyorlanadi. Yem-xashak o 'tlari g'unchalash davridan boshlab gullash davrining oxirigacha o'rilishi mumkin. G 'unchalash davrida o 'tla r o'rilsa sifati yuqori bo'ladi, oqsil va vitaminlar ko'p bo'ladi. Gullash davrida o'rilsa sifati pasayadi, ammo hosil yuqori bo'ladi. O 'tlarni o'rish m uddati o'rim lar va yillar davomida o'zgarib turadi, bu o'simliklarning yaxshi rivojlanishini ta ’minlaydi. Pichan oddiy usulda yoyiq holatda g'aram lanadi, namligi o'rtacha 17-20 foiz bo'ladi. Yangi texnologiya bo'yicha zichlashtirilgan pichan tayyorlanadi. Bunday pichanni transportirovka qilish ancha qulay. T alaba pichan tayyorlashda qo'llaniladigan m ashinalarni yaxshi o'zlashtirishi lozim. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling