O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/138
Sana02.12.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1779362
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   138
Bog'liq
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)

NAZORAT SAVOLLARI
1. Edaflk om illarga umumiy tavsif bering.
2. Tuproqning suv va havo rejimi to'g'risida tushuncha bering.
3. O'simliklarga bilvosita ta’sir etuvchi omillarga tavsif bering.
4. Biotik om il haqida umumiy tushuncha bering.
5. D a n y a lik b o ta n ik R a u n k er ta k lif q ilg a n siste m a h a q id a
tushuncha bering.
O'ZBEKISTON O'SIMLIKLARINI MUHOFAZA QILISH
Marku/.iy Osiyo hududida O 'z b ek isto n R espublikasi m aydoni 
joylashgan b o 'lib , uning relyefi ju d a m urakk ab k o 'rin ish g a ega.
I (ududning asosiy qismini tekislik egallaydi. Bu tekislik g'arbda Orol va 
Kaspiy dengizlari sohillaridan boshlanib, sharqda va janubiy sharqda 
Tyan-Shan va Pomir Oloy tog'lari etaklarigacha cho'zilib boradi. Sirdaryo 
va Amudaryo kesib o'tg an hududi T uron pasttekisligi deb ataladi, 
shimoliy tomoni Qozog'iston cho'llariga borib qo'shiladi. Janubda esa 
Kopetdog' tizmasi va Paropomiz qirlariga yetib boradi.
41


O r t a O siyo cho‘llarining hozirgi holati va cho‘l o ‘simliklaridan 
x o ‘jalikda foydalanish
O 'rta Osiyo respublikalari va janubiy Qozog'iston hududining juda 
ko‘p qismini cho'llar tashkil etadi. Bunday cho ilar orasida maydonining 
kattaligi va xo'jalikdagi aham iyatiga k o ‘ra, qumli cho‘llar birinchi 
o'rinda turadi. Undan keyin shuvoqli (gipsli), sho'rxokli efimer cho‘llari 
turadi. Q o rak o ‘l q o 'y lari boqiladigan qumli ch o ‘llar (yaylovlar) 
T urkm aniston, Q oraqalpog‘iston avtonom respublikasi va janubiy 
Qozog‘istonda k o'p tarqalgan bo‘lib, O'zbekiston va Qozog'istonda 
shuvoqli hamda sho‘rxokli cho'llar ko'proq uchraydi. Efimer cho'li esa 
barcha O 'rta Osiyo respublikalari maydonida uchraydi. Shunday qilib, 
hozirgi vaqtda O 'rta Osiyodagi cho'llaming dehqonchilik uchun qulay 
b o 'lm ag an jo y larid a chorvachilikni rivojlantirish, rejalashtirilgan 
chorvachilikni rivojlantirishda muhim omillardan biri sifatida cho'l 
o'sim liklarining mahsuldorligini oshirish va b a ’zi xushxo'r to'yim li 
o'simliklarni ekib ko'kartirish muhim rol o'ynaydi. Bu sohada dastlabki 
yutuqlar qo'lga kiritilgan. M asalan, Turkm aniston va O 'zbekiston 
hududidagi cho'llarda shuvoq, erkaksupurgi, saksovul, singren, qandim, 
qizilcha, k arrak , keyrek kabi ju d a k o 'p turkum larining vakillari 
muvaffaqiyatli ravishda o'stirilm oqda. Tabiiy holda o'sayotgan iloq, 
qo'ng'irbosh, yaltirbosh, karrak, selen, tersken, shuvoq, qizilcha, qandim, 
izen kabi o'simliklar holatini yaxshilash ishiga e’tibor berilmoqda va 
shu maqsadda bu maydonlarda rejali ravishda mol boqilishi to 'g 'ri yo'lga 
qo'yilmoqda. Cho'l o'simliklari faqatgina chorva mollari uchun yem- 
xashak sifatidagina emas, balki xo'jalikning boshqa sohalari uchun ham 
muhim ahamiyatga ega. Ulardan oziq tayyorlanadi va ziravor sifatida 
foydalaniladi, bo'yoq oshlovcki moddalar, efir moylar olinadi va boshqa 
maqsadlarda ishlatiladi. Qum sabzi («Sehumannia karelinii») va kovrak 
(«Ferula dshaudshamyr») kabilaming ildizmevasi va kumarchiq hamda 
qumtarin («Sorisprum Ithmahnianum», «C.apterum») kabilaming urug'i 
oziq hisoblanadi, arnebiya («Arnebia orintalis») va nomneya («Nonnea 
picta») kabilam ing ildizidan b o 'y o q olish mumkin. C h o 'l chuhrasi 
(«Rheum turkestanicum») qandim, yulg'un, kermak kabilardan oshlovchi 
moddalar olinadi.
Psammogeton («Psammogeton satifolium») - efir moyli o'simliklardan 
biridir. Manzarali («Dekarativ») o'simliklardan lola («Tulipa»), shirach
42


(«Erem urus»), sm irnoviya («C im irnovea turkestanica»), astrag al 
(« A strag alus m axim oviczii»), b o y x alch a, yersovun («L eontice 
eversmannii») kabilarni ko'rsatish mumkin.
D orivorlik aham iyatiga ega b o 'lg a n o ‘sim liklardan ch o ‘g‘on 
(«Aellenia»), itsegak («Anabasis»), yersovun («Leontice»), lolaqizg'aldoq 
(«Papaver povonimum»), quyon suyak («Ammoderdron conollye»), isiriq 
(«Peganum hamiala») kabilarni ko'rsatish mumkin.
M ahalliy xalq ko'pincha gallofil o'sim liklardan ishqor va soda 
tayyorlashgan. Umuman, ch o 'l zonasining holatini har tom onlam a 
yaxshilash va undan xo'jaliklaming turli sohalarida foydalanishda alohida 
e’tibor berila boshlandi.
O 'rta Osiyo tog'lari o'simliklari, tog'oldi adir o'simliklari O 'rta Osiyo 
cho'l zonasi janub va janubiy-sharqiy tomondan Pomir-Oloy, Tyanshan 
tog' tizmalari bilan chegaralangan. O'simliklaming taqsimlanishidagi 
vertikal poyaslik hodisasi O 'rta Osiyo tog'larida juda yaqqol ifodalangan. 
O 'rta Osiyo tog'laridagi o'simliklar poyasini tasvirlashda har xil olimlar 
turlicha sxema taklif qilganlar. Biz akademik Q.Zokirov taklif etgan eng 
to'g'ri va sodda sxcmadan foydalanamiz. Bu sxemaga muvofiq, O 'rta 
Osiyo tog'larida o'simliklaming uchta vertikal poyasi bor. Bular adir 
(tog' oldi), tog' (tog'larning o 'rta poyasi) va yaylov (tog' tepalari) 
poyasidir. Bu poyalar turli balandlikda bo'lib, ularning tuproq-iqlim 
sharoiti o'simliklari turlichadir.
O 'rta Osiyo tog'lari keng adirlar poyasi bilan qurshalgan bo'lib, 
adirlarni ch o 'llar zonasi bilan to g 'la r o'rtasidagi bosqich deyish 
mumkin.
Adirlar dengiz sathidan 500-700 m dan 1200-1600 m gacha baland 
bo'lgan tog' oldi tepaliklaridir. A dirlar tuprog'i to 'q bo'z tuproq bo'lib, 
efimerli cho'llar tuprog'iga o'xshaydi. Lekin unga qaraganda tarkibida 
organik moddalar ko'p. Adirlarning ayrim joylarida tub tog' jinslari 
yoki ularning ycmirilish mahsulotlari qattiq tuproq, shag'al-tosh va 
qum slia g 'a lla r k o 'rin ib tu radi. A d irlar iqlimi c h o 'lla r iqlim idan 
birmuncha farq qiladi. Adirlarda jaziram a yoz kam bo'lib, yog'in ko'p 
kuzatiladi. Y og'ingarchilik davri ham tekisliklardagiga qaraganda 
birmuncha uzoq bo'ladi. Y og'in kech bahorda, b a ’zan yoz boshida 
yog'adi. Adir o'simliklari asosan rang o'simliklari formatsiyasidan tarkib 
topgan. Biroq cho'llar zonasidan farq qilib adirlarda odatdagi rang 
o'simliklari bilan birgalikda vegetatsiya davri uzoq bo'lgan b a’zi bir
43


yillik va k o ‘p yillik m u ra k k a b g u ld o s h la r. S o y ab o n g u ld o sh la r, 
dukkakdoshlar ham o ‘sadi. K arrak skaligeriya kovrak, oqquray va 
q o ‘ziquloqlar eng k o ‘p uchraydi. Y uqori adirlarni har-xil o 'tla r ( 
bug'doyiq, chalov) o'sadigan quruq dasht ishg'ol qilgan. Bahorda rang 
o'sim liklarining vegitatsiyasi adirlarda, 
cho'llardagiga qaraganda 
birmuncha kechroq tugallanadi. Bug'doyiq, chalov, qo'ziquloq kabilar 
esa yozning o'rtalarigacha o'sadi. Yuqori adirning tosh chag'aliyon 
bag'irlarida butalar o'sadi. B utalar orasida odatda pista, bodom, 
tuyasingren va qizilchaning b a ’zi tu rla ri, shuningdek, yurineya, 
kam pirchopon, b o 'ta k o 'z kabi k o 'p yillik yirik o 'tla r o'sadi. Adir 
poyasining ayrim joylarda dehqonchilik qilinib, u yerda, asosan bug'doy 
va arpa ekiladi. Adir poyasining yog'in k o 'p yog'adigan yuqori qismida 
don ekinlari yaxshi yetiladi.
Tog'lar o 'rta poyasi o'simliklari adirlar poyasining yuqorisini, dengiz 
sathidan 1200-1500 m dan 2800-3000 m gacha bo'lgan balandliklarni, 
tog'lar poyasini ishg'ol qiladi.
A dirlarga nisbatan to g ' poyasining relyefi birm uncha notekis. 
O'zbekiston tog' poyasi katta maydonni ishg'ol qilmaydi, Tyanshanning 
g'arbiy tarm oqlarida (Qurama va C hotqol tizmalarida), Pomir-Oloy 
tog'larida, Zarafshon tizmasida, Turkiston va Hisor tizmalarining bir 
qismida tipik tog' poyasini ko'rish mumkin.
Tog' poyasining o'simliklari juda xilma-xildir. Bu tog' poyasining 
dengiz sathidan har xil balandlikda ekanligiga, relyef sharoiti, yon 
bag'irlaming tikligi va tog'larning tomonlariga nisbatan ekspozisityasiga 
bog'liqdir.
Tog' poyasining bu barcha xususiyatlari ekologik sharoitni juda xilma- 
xil qilib yuboradi. Ana shu sharoitga ko'ra, o'simliklar ham turli joyda 
turlicha bo'ladi, biroq shunga qaramasdan tog' poyasidagi o'simliklarni 
ikki asosiy tipga: dasht o'simliklari va daraxt-buta o'simliklari tipiga 
bo'lish mumkin.
D asht o'sim liklari tog' poyasining aksari quyi qismida o'sad i va 
ular asosan bug'doyiq har xil o 'tla r ham da dasht form atsiyasidan 
iborat.
Bug'doyiq va har xil o'tlar g'arbiy Tyanshanda, Zarafshon tizmasida, 
Turkiston tizmasining shimoliy yon bag'irlarida va boshqa rayonlarida 
k o 'p uchraydi. Bu yerda ko'p yillik boshoqdosh o'simliklardan sanalgan 
bug'doyiq eng ko'p tarqalgan bo'lib, uning bo'yi 50-70 sm ga yetadi,
44


ikki pallali o ‘sim liklarning qu rg'oqchilikka chidam li b a ’zi turlari, 
masalan, qo'ziquloq, astragal, sentavriya, esparset, isparak va boshqalar 
bug‘doyiqqa aralashgan holatda o ‘sadi. Bu yerda n a ’matak, yovvoyi 
olcha, zirk, tuyasingren, butalar b a ’zan yon bag'irlarda archalar ham 
uchraydi. 0 ‘rmonsiz b o ig a n joylarda shuvoq-chalov, shuvoq-betaga 
singari har-xil o‘t dasht formatsiyalari vujudga keladi. Tog' poyasining 
o'ziga xos xususiyati shuki, ayrim joylarda birmuncha qalin o ‘rmonlar 
hosil qiladigan d arax. va butalardan iborat. Ko'pgina formatsiyatlar bor 
ba’zi tadqiqotchilar bu poyani o'rm on yoki daraxt butalar poyasi deb 
atagan.
Tog‘ poyasida tutash butazorlar - na’matakzorlar ko‘p. N a ’matak, 
zirk, tubulg‘i, shilvi, irg‘ay kabi butalar keng tarqalgan.
Tog‘larning 2000-2800 m balandligida daraxtlar ko‘p. Ular nina ’oargli 
o'rm onlarni hosil qiladi. 0 ‘rta Osiyo to g iarid a Sminov oq qarag‘ayi 
archalardan o'rik archa, savr archa, qizil archa, boshqalar uchraydi. 
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tum aniaagi O qtoshda, Samarqand 
vilo y atin in g (Z ara fsh o n tizm asin in g shim oliy yon b a g ‘irla rid a ) 
O m onqo'tonda daraxtsiz yonbag'irlarida o'rm on mavzalari vujudga 
keltirildi.
Yaylov baland tog'lar poyasi o'simliklari tog' poyasidan yuqori dengiz 
sath id an 2700-2800 m b alan d lik d an boshlanib, q or chizig'igacha 
bo'ladigan joylarni yaylovlar (baland tog'lar) ishg'ol qiladi. Baland tog'lar 
poyusi ikki kcnja poyaga ajratiladi. Pastki poyasi «Subalp poyasi», 
yuqorigi poyasi esa «alp poyasi» deb ataladi. Pastki kichik poyasining 
iqlimi sernam va sovuqroq bo'ladi. Bu poyasida doim har-xil o'tloqlarda 
mezofil formatsiyalar o'sadi, ularning vakillari toron, sherolg'in, ko'k 
sutlamalardir. Yaylovlar poyasining pastki qismida o 't formatsiyalardan 
tashqari yer bag'irlab o'sadigan Turkiston archasi va uchqatning ba’zi 
turlaridan iborat buta daraxtlar ham uchraydi. Poyasining yuqori qismida 
dengiz sathidan 2300-3500 balandda kichik-kichik o'tloqlar uchraydi. 
Uu o'tlo q lard a boshoqdoshlar, ayiqtovonlar, beshbarglardan hosil 
bo'lgan past bo'yli o 't chala butalar o'sadi. Baland tog'lar poyasining 
o'tloq va dasht o'simliklari yozda juda yaxshi yaylov hisoblanadi, lekin 
Tyanshanning betaga o 'sadigan bu dasht yerlarida mollar yil bo'yi 
boqiladi.
O 'rta Osiyoda bir qancha qo'riqxonalar tashkil yetilgan. Tyanshan 
tog' tizmasining janubiy g'arbida «Chotqol tog' o'rmon qo'riqxonasi»,
45


«Sari Chelak qo'riqxonasi» tashkil yetilgan. Turkiston tizma tog‘ining 
g'arbiy qismida «Zomin tog* o ‘rmon qo‘riqxonasi» Hisor tog‘ tizmasida 
ham, N urotovda ham o'rm on qo‘riqxonalari tashkil yetilgan. Bunday 
o‘rm onlarni tashkil qilishdan m aqsad tabiatni o'sim lik boyliklarini 
muhofaza qilishdir.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling