3. Cemikriptofitlar guruhi yerda novdalari deyarli
ostigacha qurib qoladigan
o'simliklar bo‘lib, ularning tiklanish organlari (kurtaklari) deyarli yer yuzasida
turadi. Ko‘pgina yaylov o'simliklari gemikriptofitlar guruhiga kiradi.
4. Kriptofltlar guruhi.
Bu guruh o'simliklaming yer usti organlari
batamom qurib qoladi. Tiklanish organlari
yilning noqulay davrlarida
yer ostida yoki suvda (suv o'simliklariniki) saqlanib qoladi. Bu guruhga
piyozli, tuganakli, ildizpoyali o'simliklar kiradi.
5.
Terofitlar guruhi. Bu o'simliklaming yer usti
va yer osti organlari
batamom quriydi. Yilning noqulay davrlarida ularning faqat urug'lari
saqlanib qoladi. Bu guruhga bir yillik o'simliklar kiradi.
K o'p yillik va bir yillik o'tlar vegetativ davrining turlicha davom
etishi bilan ham farqlanadi. Bularning b a’zilari bahordan kuzgacha,
boshqalari yoz o'rtasigacha o'sadi. Ko'pchiligi
esa bahor oxiri yoki yoz
b oshlarida ja ziram a issiqlar b o shlanib, yerning betidagi nam
tugagandayoq rivojlanib bo'ladi. O'simliklar o'sishining
yoz boshida
tugaydigan bunday turlari efimeriodlar (ko'p yillik o'tlar) yoki efimerlar
(bir yillik o'tlar) deb ataladi. O'zbekiston sharoitida rang, qo'ng'irbosh,
juda ko'p xil lolalar efimerlarga misol bo'ladi
Do'stlaringiz bilan baham: