O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/138
Sana02.12.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1779362
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138
Bog'liq
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)

N AZORAT SAVOLLARI
1. G eobotanikaga umumiy tushuncha bering.
2. F itosen oz va agrofitoscnozni tavsiflang.
3. Yaruslilikni qanday tuchunasiz?
4. Turlar tarkibini o 'rgan ish d agi tak son om ik birliklar haqida
gapirib bering.
5. Flora tushunchasini qanday tushunasiz?
33


0 ‘SIMLIKLAR EKOLOGIYASINING ASOSLARI, EKOLOGIK 
OMILLAR HAQIDA TUSHUNCHA.
IQLIM OMILLARI
«Ekologiya» atamasini birinchi marta E. Gekkel 1866-yilda «Obshaya 
morfologiya organizmov» («Organizmlaming umumiy morfologiyasi») 
deb nomlangan asarida qo'llagan edi. U ekologiyani organizmlaming 
uni qurshab olgan tashqi muhitga bo'lgan munosabati to ‘g‘risidagi fan 
sifatida ta ’riflagan. Ekologiya fani grekcha «oikos», «oykos» so‘zidan 
olingan bo'lib, «yashash muhiti», «yashashjoyi» degan m a’noni bildiradi. 
Tirik organizmlaming atrof-muhitga munosabati qadim zamonlarda ham 
m a’lum bo'lgan. O'simliklaming yashash sharoitiga munosabati haqidagi 
m a’lumotlami eramizgacha bo'lgan 372-378-yillarda Teofrast va yangi 
eraning 23-79-yillarida Katta Pliniy keltirib o'tgan edi. Teofrast Aleksandr 
Makedonskiy bilan birgalikdagi yurishlarida yiqqan materiallarini ishlab 
chiqib, Osiyo, Afrika va Yevropa o'simliklarini o'zaro taqqosladi, keyin 
o'simliklaming shakli va o'sishi iqlim, tuproq sharoitiga hamda o'stirish 
usullariga bog'liqligini qayd qilib o'tdi. Keyinchalik Albert ekologik 
masalalarga to'xtalib, o'simliklar qishki tinim davrining sabablari, ular 
oziqlanishi, tuproq sharoitiga, quyosh issiqligiga bo'liq holda o'sishi va 
ko'payishi to'g'risidagi fikrlarni bayon qildi. XVI-XVIII asrlarda o'sha 
davrning ko'zga ko'ringan botaniklari hisoblangan Chezalpino, Turnefor, 
Djon Rey, K.Linney va boshqalarning ishlarida ekologiyaga doir ko'plab 
m a’lumotlarni uchratish mumkin. Akademik I.I.Lepexin (1740-1802) 
m o 'tad il iqlim zonalari, tropik va ch o 'llar landshafti o'sim liklarini 
ta ’riflagan, o'simliklaming tarqalishi iqlimga bog'liqligini va baland tog' 
hamda tundra o'simliklarining o'xshashligini ko'rsatib o'tgan. Agronom
A.G.Bolotov (1738-1833) mevali daraxtlam ing urug' ko'chatiga ta ’sir 
k o 'rsa tish usullarini ishlab chiqdi va o 'sim lik lar hayotida m ineral 
tuzlarning rolini ko'rsatdi.
XIX asrning boshlarida o'simliklaming tarqalishida iqlim omillariga 
(issiqlik, yog'ingarchilikka) asosiy e’tibor berilgan, lekin o'xshash bo'lgan 
alohida regionlarni o'rganishda edafik omil katta ahamiyatga ega bo'lgan. 
O 'tg a n asrning o 'rta la rid a o 'sim lik la r h ay o tid a tu p ro q n in g fizik 
xususuyatini yoki kimyoviy xususiyati ahamiyatga ega ekanligi haqida 
keng m unozara boshlangan. Shunda ekologlar asta-sekin tuproqning 
sho'rlanishiga qor qatlam ining qalinligi, doimiy m uzliklar, tuproq
34


aeratsiyasi, tuproq suvi kabi omillarga e’tibor bera boshladilar. 1910- 
yilda Bryusselda III Xalqaro botanika kongressida ekologiya botanikaning 
mustaqil sohasi deb rasmiy ravishda e’lon qilingan bo‘lsa-da, E. Varling 
o'simliklar ekologiyasining otasi hisoblanadi. U ayniqsa, o'simliklaming 
hayoti birgalikda (guruh-guruh bo'lib) o'tadi va ularning o'zi muhitga 
ta ’sir ko'rsatadi deb ta’kidlaydi.
Hozirgi sharoitda ekologiya tabiatdagi boyliklardan ongli ravishda 
foydalanish, uni muhofaza qilish va ko'paytirish to'g'risidagi nazariy 
tushunchalarni berib qolmasdan, balki kelajakda tabiat bilan inson 
o'rtasidagi munosabat masalasini, kelajagini ko'rsatib beradi. Shunday 
qilib, o'sim liklar muhit omillarining bir vaqtda ta ’sir ko'rsatadigan 
murakkab komplekslari tufayli o'sadi va rivojlanadi. Abiotik tabiatning 
tirik bo'lmagan omillari - (iqlim, yorug'lik, issiqlik, namlik, havo, tuproq) 
tu p ro q n in g m exanik va fizik x o ssa la ri, xim izm i va tu p ro q
mikrobiologiyasi, orografik (yonbag'iming dengizdan balandligi, qiyaligi 
ularning shakli va ekspozitsiyasi) omillarga bo'linadi.
Biotik omillar - tirik organizmlarning o'zaro ta’siri.
Fitogen - o'simliklaming o'zaro bir-biriga bevosita ta ’siri.
Zoogen - hayvonlarning, hasharotlarning, mikroorganizmlarning 
o'simliklarga ta ’siri.
A ntropogen om illar - insonlarning tab iatga t a ’siri bo'lib, unga 
kishilarning o'simliklarga, o'simliklar qoplamiga va ular yashab turgan 
muhit sharoitiga turli shakldagi ta ’sir omillari kiradi. O'simliklar bilan 
ularni qurshab olgan muhit o'rtasida doimiy ravishda m oddalar va 
energiya almashinuvi boradi. Bulardan tashqari o'simliklar tanasining 
o'zida ham doimiy ravishda hujayralararo va o'simlikning organlari 
hamda qismlari o'rtasida o'zaro moddalar almashinuvi ro'y beradi.
O'simliklaming o'zi (birga o'sadigan o'simliklar guruhida) fotosintez 
jarayonida kislorod ajratishi, nafas olishda karbonat angidrid chiqarishi 
transpiratsiya jarayonida suv bug'lantirishi mumkin. Hayot faoliyati 
natijasida cfir moylari va boshqa m oddalar chiqishi o'zi tomonidan 
ajratilgan va tuproqda bo'lgan o'simlik qoldiqlarining chirishi natijasida 
tuproqni boyitib, atrof muhitga katta ta ’sir ko'rsatadi.
Yer yuzidagi o'sim liklar qoplam ining bir butunli izdan chiqqan 
hollarda muhitga ta ’sir qilingan o'zaro munosabat ham buziladi. Birga 
o 'sa d ig an yashil o 'sim lik la r dunyosi jo y n in g suv rejim iga t a ’sir 
k o 'rsatadi, chunki, transpiratsiya jaray o n i va barglar sathidan suv
35


bug‘lanishi mazkur joydan sarflanayotgan suv miqdorini tartibga solish 
imkonini beradi, bunda bugiantirilgan suvning ko‘p qismi tezda sovub 
qoladi va kondensatlanadi. 0 ‘rm onda daraxtlarni yoppasiga kesish 
iqlimning va edafik sharoitning keskin o'zgarishiga sabab bo'ladi. Buloq 
va soylar yo'qolib ketadi. Daryolar sayozlashib havonng namligi pasayib 
ketadi. Cho'llarda chang -to'zon ko'tariladi va tuproq eroziyasi sodir 
bo'ladi.
Y o ru g 'lik y ash il a v to tro f o 'sim lik la r uchun eng m uhim omil 
hisoblanadi, chunki bu omil o 'sim lik lard a n boradigan fotosintez 
jarayonida, y a’ni o'sim liklam ing o'sishi va rivojlanishi uchun zarur 
bo'lgan organik moddalar hosil bo'lishida ishtirok etadi.
Qishloq xo'jalik yoki o'rm on xo'jaligi xodim larini o'sim liklarda 
boradigan fotosintez jarayonining mahsuldorligi qiziqtiradi.
Y orug'likka b o 'lg an talabiga q arab o'sim liklar uch guruhga: a) 
yorug'sevar o'sim liklar (gelofitlar), b) soyasevar yoki soyada o'suvchi 
o'simliklar (ssiofitlar), yorug'likka chidamli o'simliklar yoki yorug'lik 
kam tushadigan sharoitga moslasha oladigan o'simliklarga bo'linadi. 
Yorug'da o'sadigan o'simliklar bir gr bargi tarkibida 1,5 - 3 mg xlorofil 
bo'lgan.
Soyada o'sadigan o'simliklaming 1 gr bargi tarkibida 4-6 mg va hatto 
7-8 mg xlorofil borligi tajribada aniqlangan. Suv bilan ta ’minlanishiga 
yoki namlik sharoitiga moslashishiga ko 'ra quyidagi ekologik guruhlarga 
bo'linadi:
1. Gidatofitlar.
2. Gidrofitlar.
3. Gigrofitlar.
4. Mezofitlar.
5. Kserofitlar.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling