O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi
O'SIMLIKLAR SISTEMATIKASIGA KIRISH
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)
O'SIMLIKLAR SISTEMATIKASIGA KIRISH
O'simliklar sitematikasi o'simlik turlarining xilma-xilligini va buning sabablarini o'rganuvchi fan bo'lib, o'z oldiga bir qancha vazifalami qo 'y ad i. Shulardan o'sim liklarni klassifikatsiya qilish va ularning rivojlanish tarixini tiklash asosiy o'rinda turadi. Hozirgi zamon o'simliklar klassifikatsiyasi tub m a’nosi bilan filogenetik sistema asosida tuzilgan. Bu filogenetik sistema o'sim lik lam in g m orfogenezi, ichki tuzilishi, 24 individual taraqqiyoti, fizologik va bioximik xususiyatlari, geografik tarqalishi hamda tashqi muhit bilan o'zaro munosabatlariga asoslanadi. Klassifikatsiyaning amaliy ahamiyati shundaki, bunda o'simliklar biror turining xususiyatlari, sifatlari haqida fikr yuritilganda bu tumi bir-biriga m a’lum darajada o'xshash boshqa turlardan farq qila bilish imkoniyatiga ega bo'lish lozim. Hozirgi zamon sistematikasi o'sim liklarni puxta o'rganish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi. 1) o'simliklaming paydo bo'lishini solishtirish - solishtirma morfologik usul; 2) individual rivojlanishning o'rganish - ontogenetik usul; 3) o 'tg a n geologik d a v rla rd a o 's g a n o 'sim lik la r to 'g 'ris id a g i m a’lumotlarni yig'ish - paleobotanik usul; 4) o'simlik organizmlarining anatomik tuzilishini o'rganish; 5) har bir o'simlikning tarqalish hududini o'rganish - geografik usul. Bulardan tashqari sistematika fanida bir qancha boshqa usullardan foydalaniladi. B otanika va agronom iya fani bir umumiy obyektni o 'rg an ad i va ularning ish uslublari ham da rivojlanish tarixi o 'zaro bog'liqdir. Botanika hamma o'simliklaming turli-tumanligini, tuzilishini va rivojlanish qonuniyatlarini, agronomiya esa madaniy o'simliklarni yetishtirishni o'rganadi. Har ikkala fanning maqsadi bitta - u ham bo'lsa o'simliklardan foydalangan holda insonlarning ularga bo'lgan ehtiyojini to'laroq qondirishdir. Yuqoridagi usullarda o'rganilgan o'simliklar turli guruhlarga bo'linadi. Shu guruhlar taksonomik birliklar yoki sistematik birliklar deyiladi. Hozirgi zamon sistematikasida 6 taksonomik birlik keng qo'llaniladi. - Bo'lim - Divisio. - Sinf - Classis. - Tartib - Ordo. - Oila - Family. - Avlod - Genus. - Tur - Species. O 'sim liklar olamining xilma-xilligini klassifikatsiyalashga urinish allaqachon boshlangan. Teofrast (bizning eramizdan oldingi III asrda) o'sim liklarni daraxt, buta, butacha, o 'tla rg a ham da botqoq, k o ‘1 o'sim liklari va boshqalarga ajratgan. O 'rta asrlarda ham o'sim liklar sistematikasi yaratilgan. Bunda o'simliklar olamini guruhlarga ajratishda 25 ular mevasining shakli, urug'ining joylashishi, yoki gul bargi yo‘qligi kabi istalgan belgilarini asos qilib olgan edi. Bunday sistemalar sun’iy sistemalar deb atalgan. Chunki ular o'simliklaming tasodifiy belgilariga asoslanib, ularning qarindoshlik belgilarini yoki ayrim guruhlar orasidagi farqini amalda k o 'rsa tib bera olmagan. Shuning uchun o'sim liklar sistematikasi rivojlanishidagi muhim davr shved olimi K.Linneyning « 0 ‘simliklar sinfi» (1738) degan asari yaratilishi bilan boshlanadi. Linney bu asarida barcha o'sim liklar turini 24 sinfga bo'lgan. K. Linney o'simliklar olamini muayyan sinflarga bo'lishda guldagi changchilar sonini va ularning tutashib o'sish usullarini asos qilib oladi va bu bilan o'simliklar klassifikatsiyasining birmuncha sodda hamda qulay sistemasini yaratdi. O'simliklaming guruhlarini, o'simliklar olamini, sinf, tartib, turkum, tur, xilini ham Linney aniqladi va botanikaga o'simliklaming qisqa, aniq ta ’rifini va ularni nomlashning yagona sistemasini kiritdi. Biror o'sim likni aniqlash uchun albatta, Linneyning q o 'sh(binar) no m e n k latu ra sid an fo y d alan ila d i. Bu n o m e n k latu ra g a asosan o'simlikning har bir turi ikkita so'z bilan nomlanadi. Bunda birinchi so'z o'simlikning biror turkumga mansubligini ifodalaydi. Ikkala nom (turkum va tur) lotin tilida yoziladi, ulardan keyin shu o'simlikning t a ’riflagan m uallifning nomi qisqartirib yozib qo'yiladi. M asalan, «bug'doy» turkumiga bir qancha bug'doy turlari kiradi. Qattiq bug'doyni - «Triticum durum», yumshoq bug'doyni - «Triticum aestivum», Polskiy bug'doyni - «Triticum polonicum» deb atash kerak. O 'sim liklar olamining turli-tumanligini sistematikada ikkita katta bo'limga tuban yoki tallomli va yuksak barg poyali o'simliklarga bo'lish mumkin. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling