O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)
N A Z O R A T SA V O L L A R l
1. T o'qim a deb nim aga aytiladi? 2. T o'qim alarnin g tasnifi. 3. Meristemalar va ularning o'ziga xos xususiyatlari haqida gapirib bering. 4. H o sil q ilu v c h i, q o p lo v c h i, m exan ik to 'q im a la r n ech a xil bo'ladi? 5. O 'tkazuvchi to'qim aning vazifalari nimalardan iborat? 6. Ajratuvchi to'qim an in g o'sim lik hayotidagi roli. 15 O'SIMLIKLARNING VEGETATIV A’ZOLARI VA ULARDA UCHRAYDIGAN SHAKL O'ZGARISHLAR (METAMORFOZ) Vegetativ organ lotincha «vegetation» so'zidan olingan bo‘lib, o ‘sish, rivojlanish degan m a’noni bildiradi. U o'simlikning ildiz poyasi bargi vegetativ organ hisoblanadi. O'simliklaming ildizlarida zaxira moddalar to'planadi, shuningdek, ildiz vegetativ organi bo'lib ham xizmat qiladi, ildiz qand lavlagi, sabzi, sholg'om, rediska kabi o'simliklarda oziq moddalar jamg'aradigan organ hisoblanadi. Siren, zirk yerqalam pir o'sim liklari ildiz vositasida ko'payish xususiyatiga ega, ko'pchilik gulli o'sim liklar ildizlarida, tuproqda yashovchi mikroorganizmlar, bakteriyalar, zamburug'lar birga hayot kechirib, modda almashuvida qatnashadi. Mikoriza deb, yuksak o'simlik o'z ildizi vositasida zamburug'lar bilan birga hayot kechirishi tuchuniladi. Zam burug' mitselliy ildizni tashqi tomondan o'rab turib, o'ziga xos qoplamani hosil qiladi, tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni o'simlikka olib beradi. Yuksak o'simlik esa zamburug'ga organik m oddalarni berib turadi. Tuganaklar dukkakdoshlar oilasi vakillarining «Rhizobium» bakteriyasi bilan simbioz yashashi asosida vujudga keladi. Ildiz hujayralaridagi bu bakteriyalar atmosfera azotini o'zlashtiradi. N atijada bu hujayralar yiriklashib tuganaklami hosil qiladi. Ildizning tuproqda tarqalishiga qarab yuzada joylashgan, chuqurda joylashgan g u ru h larg a ajratish m um kin. A .P. M odestav fikricha, m akk ajo 'x o ri, b u g 'd o y , suli kabi o 'sim lik lar ildizlari 200-250 sm, kungaboqar va lavlagi ildizlari 270-280 sm, beda 10-15 m yantoqda undan chuqurroqda joylashgan. Bir tup kuzgi bug'doy ildizi uzunligi 600 km, yon va ildiz tukchalari bilan birgalikda 10000 km uzunlikni, 200 m2 yuzani tashkil qiladi. Ildizning chuqurlikda joylashish xususiyatini o 'sim lik k a agrotexnik ishlov berishda n azard a tu tish lozim. Ildiz sistemasini klassifikatsiya qilishda uning kelib chiqishi, shoxlanish va morfologik tuzilishi nazarda tutiladi. Kelib chiqishiga k o 'ra ildizlar 3 guruhga bo'linadi: 1. Asosiy ildiz. 2. Yon ildiz. 3. Qo'shimcha ildiz. Asosiy ildiz gulli o'simliklar urug'idagi murtak ildizchasining rivojlanishidan hosil bo'ladi va vertikal holda yo'nalib tuproqqa chuqur kirib boradi. Bir pallali o'simliklarda asosiy ildiz yaxshi o'smaydi va tez nobud bo'ladi. Yon ildizlar asosiy va qo'shimcha ildizlardan ko'payadi. Tuproqning yuqori q a tla m id a nam garchilikning kam ayishi bilan yon ildizlar 16 tuproqning ostki qismiga kirib boradi. Yon ildizlar o ‘z navbatida shoxlanib birinchi tartib ildizni chiqaradi, bu ildiz esa ikkilamchi ildizni chiqaradi va hokazo. Asosiy, yon va qo'shimcha ildizlar o'simlikning ildiz sistemasini hosil qiladi. Tuzilishiga k o 'ra o 'q va popuk ildizlar bo'ladi, o'q ildiz ikki pallali o'simliklar uchun xos bo'lib, bunda asosiy ildiz yaxshi rivojlangan b o'lad i. Popuk ildizda asosiy ildiz yaxshi rivojlanmaydi, uning o'm iga yon ildizlar taraqqiy etgan. Ildiz tiplarini aniqlashda uning suv va unda erigan mineral moddalami qayerdan olishi nazarda tutiladi. Shuning uchun quyidagi tiplari mavjud: 1) yerosti ildizlar; 2) suv ildizlar; 3) havo ildizlar; 4) gaustoriya so'ruvchi ildizlar. 70 foizdan ortiq o'simliklar yerosti ildizlami hosil qiladi. Bunday ildizlar asosan tuproqda joylashgan bo'ladi. Suv ildizlari suv qatlamida joylashib, hech qachon suv tagiga yetib bormaydi. Masalan, reyaska, lyagushatnik va hokazo. Havo ildizlari havoda joylashgan bo'lib, atmosferadagi namlikni o'zlashtiradi. Bunday ildizlar nam tropik o'rm onlarda yashovchi epefit o'simliklarda kuzatiladi. Gaustoriya so'rg'ich ildizlar parazit o'simliklar zarpechak va shumg'iya o'simliklari uchun xosdir. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling