O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/138
Sana02.12.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1779362
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   138
Bog'liq
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)

Quruq po‘stloq. 
K o‘p yillik daraxt o'simliklarining poyalari po‘kak 
o ‘rnini quruq po'stloq egallaydi. Shu sababli ular uchlamchi qoplovchi 
to'qima ham deyiladi. O iik to'qim alar yig'indisiga quruq po'stloq 
deyiladi. Q uruq p o 's tlo q tashqi m uhitning noqulay t a ’sirlaridan 
o'sim likni asraydi. O 'rm on zonasida o'suvchi daraxtlarning quruq 
po'stlog'ida lishayniklar, zamburug'lar, moxlar hayot kechiradi. Vaqt 
o'tishi bilan ba’zi daraxtlarda (tok, chinorda) to'kilib ketadi.
Asosiy to‘qima. 
Asosiy to'qim a deb hosil qiluvchi to'qim adan vujudga 
kelib, dumaloq parenxima hujayralaridan iborat bo'lgan to'qimalarga 
aytiladi. Bu hujayralar bir-biridan hujayralararo bo'shliq bilan ajralib 
turadi. Asosiy to 'qim a vazifasi o'zida ozuqa to'plash, o'simliklarni 
oziqlantirishdan iborat. Bajaradigan vazifasiga ko'ra, asosiy to'qimalar 
bir necha xil bo'ladi.
1. So'ruvchi parenxima. Ildizning so'rish zonasida bo'lib, ildiz tuklari 
hamda birlamchi po'stloqning yosh parenxima hujayralaridan iborat. Suv 
va unda erigan mineral m oddalarni so'rib olib, markaziy silindrdagi 
o'tkazuvchi to'qimaga yetkazib beradi.
2. Assimilyatsion parenxima yoki xlorenxima - xloroplastlari bo'lgan 
asosiy to'qim a assimilyatsion parenxima deb ataladi. Bu parenxima 
o'simlik barglarida, o 't o'simlik poyalarida daraxt o'simliklar poyalarining 
birlamchi parenximasida, havo ildizlarida, yashil mevalaming hujayralari 
fotosintezida ishtirok etadi.
3. G'amlovchi parenxima bu - parenxima hujayralarida kraxmal, 
yog', oqsil va vitaminlar kabi zaxira oziq moddalaming to'planishidir. 
Bunday to'qim a urug'li o'simliklaming hamma organlarida bor. Har 
xil qimmatli qo'shimcha oziq moddalar mevalar tarkibida bo'ladi.
4. Suv g'amlovchi parenxima hujayralarida suv g'amlanadi. Bunday 
to 'q im ala r q urg 'oqchilik sharoitida o'sadigan kaktus, agava, aloe, 
qizilsho'ra, qora saksovul kabi o'simliklarda uchraydi.
5. Aerenxima. H ujayralararo bo'shliqlari k o 'p va keng bo'lgan 
parenximaga aerenxima deyiladi. Aerenxima suv va botqoqliklarda 
yashovchi o'simliklar poya barg va ildizlarida yaxshi rivojlangan. Bu 
to 'q im a hujayralari orasida havo k o 'p to 'p la n a d i. U ning vazifasi 
assimilyatsion to'qim ani kislorod bilan ta ’minlashdan iboratdir.
Mexanik to 'q im alar o'sim liklarni tik tutib turishga moslashgan
shamol, yomg'ir kabi tabiat hodisalariga bardosh bera oladigan skelet
14


sistemasi yo‘q, biroq o'simlik organlarida mexanik to ‘qima tufayli tashqi 
t a ’sirlarga javob beradi. M exanik to ‘qim aning vazifasi o'sim likka 
mustahkamlik berishdan iborat. Mexanik to'qim alar uch xil bo'ladi:
1. 
Kollenxima.
2. 
Sklerenxima.
3. 
Sklereid (toshsimon hujayralar).
Kollenxima mexanik to 'qimasi parenximali tirik hujayralardan tashkil 
topgan ikki pallali o'simliklar uchun xos bo'ladi.
Sklerenxima mexanik to'qimasi esa proizenximali o'lik hujayralardan 
tashkil topgan bo'lib, bir pallali o'simliklarga xos bo'ladi.
Sklereid mexanik to ‘qimasi qattiq, toshsimon hujayralardan tashkil 
topgan bo'lib, ularning hujayrasi po'sti qumtuproq moddasi singdirilgan 
bo'ladi. Masalan, shaftoli, gilos, yong'oq danaklari, qamish bargining 
chetki qismida uchraydi.
O'tkazuvchi to'qim a vazifasi o'zidan suv va ozuqani o'tkazishdan 
iborat, ya’ni suvda erigan mineral moddalarni ko'tariluvchi oqim bargda 
hosil bo'lgan fotosintez mahsulotlarini ildizgacha tushuvchi oqim o'tkazib 
beradi. Bu vazifani o'tkazuvchi naylar, traxeidlar, traxeyalar, elaksimon 
to 'rsim o n n ay lar va uning y o 'ld o sh h u ja y ra la ri bajarad i. Bular 
o 'sim lik lard a b itta b o 'lm a sd a n bir nechta b o 'la d i va o'tkazuvchi 
bog'lamni hosil qiladi. O'tkazuvchi bog'lam kelib chiqishiga ko'ra, ochiq 
tugallanmagan va yopiq tugallangan bog'lamlarga ajraladi.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling