O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)
Qo'shimcha ildizlar.
Ko'pchilik o'simliklarda asosiy ildizdan tashqari qo'shimcha ildizlar ham bo'ladi. Qo'shimcha ildizlar tuzilish va vazifasi jihatdan asosiy va yon ildizlarga o'xshash bo'ladi. Deyarli barcha o'simliklarda qo'shimcha ildizlar endogen yo'l bilan, perisikldan qariroq poyularda esa ikkilamchi floemadan rivojlanadi. Bu ildizlar asosiy va yon ildizlardan cmas, balki poyadan, hattoki bargdan hosil bo'ladi. M a’lumki, nam tuproqqa tegib turgan novdasi yoki poyasi darhol qo'shimcha ildizlar chiqaradi. Bcgoniya, binafsha, briofillium o'simliklari esa hatto bargidan ham ildiz chiqaradi. Ularni bargidan ham ko'paytirish mumkin. Bir pallali o'simliklarda asosiy ildizlar taraqqiy etmaydi, chunki urug'dan unib chiqqan, ingichka 1-4 gacha o'simlikni to'liq qondira olmaydi. Shuning uchun poyada ko'plab qo'shimcha ildiz hosil qiladi. G'ullusimon o'simliklar tuplanish oldidan yer yuziga yaqin joylashgan. Poyusining bo 'g'inidan qo'shim cha ildizlar chiqara boshlaydi. Bu qo'shimcha ildizlar yaxshi taraqqiy etgandan so'ng asosiy ildiz nobud bo'ladi. Ba’zi bir k o 'p yillik o'sim liklar yon ildizlarda qo'shimcha kurtaklar hosil qilish qobiliyatiga ega bo'lib, keyinchalik bu kurtaklardan ildiz bachkilari deb ataladigan yangi yer ustki poyalar o'sib chiqishi mumkin. Bunday bachki chiaaruvchi ildizlar olma. gilos, akatsiya, terak NAM ANG AN D A V U T i hamda buta o'simliklarida bo'ladi. Shuningdek, kakra, qizilmiya, pechak kabi o'simliklar ham ildizidan bachkilaydi. Shunday o'simliklar bor yerni diskalab qirqib haydalsa, qirqilgan ildizlarning bir bo'lagidan kurtak hosil b o 'la d i. Q ishloq x o 'ja lig id a ayrim m ad aniy o 'sim lik larn i ko'paytirishda shunday usullardan foydalaniladi. Ildiz metamorfoziga ildizmevalar kiradi (sabzi, turp, sholg'om, lavlagi). Ildizmevalar uch qismdan - bosh, bo'yin va haqiqiy ildiz qism idan iborat bo'ladi. Ildizmeva bosh qismi poyadan shakllangan bo'lib, ildizning eng yuqori qismini tashkil etadi. Unda to 'p barglar joylashgan, bu qismdan keyin boshlanuvchi ildizmeva bo'g'zida barglar ham yon ildizlar ham yo'q. Eng quyida ildizmevaning asl ildiz qismi rivojlangan bo'lib, unda yon ildizlar va tukchalar bor. Ba’zan ildiz tuganaklari ham uchrab turadi. Ular yon va qo'shimcha ildizlarda shoxlanib jam g'arm a oziq moddalarni saqlashga xizmat qiladi. M asalan, kartoshkagul, b atat, orxeidey va boshqalar. Ildiz tuganagidagi kurtaklardan foydalanib bu o'simliklarni vegetativ ko'paytirish mumkin. M akkajo'xori poyasining birinchi va ikkinchi bo'g'imlarida tayanch vazifasini bajaruvchi qo'shimcha ildizlar hosil bo'ladi. Bunday ildizlar tropik mamlakatlar dengiz qirg'oqlarida o'suvchi o'simliklarda ham rivojlanadi va o'simliklarni dengiz to'lqinlari t a ’siridan qulab tushmasligini ta ’minlaydi. Ayrim liana o'sim liklar poyasidan maxsus qo'shimcha so'rg'ich ildizlar hosil bo'ladi, so'rg'ich ildizlar vositasida bunday o'simliklar tik (vertikal) yuzalarga yopishib o'sish imkoniyatiga ega. Tropik o'rm onlarda eplifit o'simliklarda havo ildizlari hosil b o'lib, ular yog'in yoki suv, havodagi suv bug'larni o'zlashtiradi. Havo ildizlari botqoq o'sim liklarga xos. U tuproqdan yuqoriga o'sib, o'sim likni kislorod bilan t a ’minlashga xizmat qiladi (botqoq sarvisi). Novda odatda, havo orqali oziqlanishni amalga oshiruvchi asosiy organ - vegetativ novdada quyidagi qismlarni ajratishi mumkin: poya, barglar, bo'g'imlar, bo'g'im oraliqlari va kurtaklar. Kurtaklar - murtak holdagi novdalar hisoblanib ular uzoq vaqt o'sish va shoxlanishi natijasida novdalar tizimini hosil qiladi. Novdadagi barglar muhim vazifani, ya’ni fotosintezni amalga oshiradi. Organlarni biriktirib turuvchi poya m exanik o'tkazishi va b a ’zan g'am lovchi vazifasini bajaradi. Novdani ildizdan ajratib turuvchi m uhim xususiyat uning barglar bilan qoplanishi hamda bo'g'im larga ega bo'lishidir. Poyaning uchki qismidagi kurtak uchki kurtak, barg qo'ltiqlarida yon kurtaklar 18 joylashadi. Poya va barg boshlang'ichiga ega bo'lgan kurtaklar vegetativ, boshlang'ich holdagi gul yoki to'pgulga ega bo'lsa generativ kurtak deyiladi. B a’zan ara la sh k u rta k la r ham uchraydi. U chki va yon kurtaklarning yozilishi natijasida novdaning bo'yiga o'sishi va yon novdalaming hosil bo'lishi kuzatiladi. Qo'shimcha kurtaklar ham muhim biologik ahamiyatga ega bo'lib, ular ildiz, poya va barglarda hosil bo'ladi. Qo'shimcha kurtaklar yordamida o'simliklaming vegetativ ko'payishi amalga oshadi. Novdalar tik, yotiq, chirmashib, yer bag‘irlab va boshqa yo'nalishlarda o'sishi mumkin. Shoxlanishning 4 ta turi ajratilib, ularning ayrisimon turi qadim gi va sporali yuksak o'sim liklarda uchraydi. Monopodial shoxlanish turi uchki kurtakning doimo faol bo'lishi tufayli kelib ch iq q an , sim podial shoxlanishi uchki k u rtak n in g yaxshi rivojlanmasligi tufayli novdalar yon kurtaklar hisobiga shakllanadi. Shoxlanishning soxta dixotomik turida uchki kurtak nobud bo'lishi yoki umuman rivojlanmasligi natijasida kelib chiqadi. Poya - o'simlikning shoxi, bargi va guli, mevalarini yuzada biriktirib turish uchun hamda ildizdan bargiga, bargdan ildizga boradigan oqimni boshqaradi. Shakliga ko'ra yumaloq, yassi, silindirsimon, 3-4 yoki ko'p qirrali bo'ladi. Barg - fotosintez gazlar almashuvi transpiratsiya (suv bug'lantirish), himoya, ko'payish, zaxira moddalar to'plash vazifalarini bajaradi. Barg bandida birgina yaproq joylashgan bo'lsa - oddiy barg, bir necha yaproq joylashsa - murakkab barg deyiladi. Barg yaprog'ining chetki qismi tishsimon, silliq, qo'sli tishsimon, qo'sh arrasimon, to'garaksimon, o'ymasimon bo'ladi. Novdaning mctamorfozlashgan turlariga piyozbosh, tuganak, tikanlar kiradi. Barg mctamorfoziga tikan, gajjak, jingalaklar, hashoratxo'r o'simliklarda hashorat tutuvchi moslamalar va tangachalar kiradi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling