O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/138
Sana02.12.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1779362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)

Meyoz (reduksion) bo'linish ham hujayraning murakkab bo'linishi 
b o 'lib 4 fazada o 'ta d i. U ning m ito zd an farqi meyoz faqat jinsiy 
hujayralarda sodir bo'ladi. Shuning uchun ham gulli o'simliklarda meyoz 
bo'linish har yili gullash fazasida o'tadi.
F e rm en tlar hu jay rad a nafas olish, fo to sin tez, oqsil, lipid va 
uglevodlarning sintezi va parchalanishida kimyoviy jarayonlarning 
hammasida ishtirok etadi. Hozirgacha fan 2000 ga yaqin ferment borligini 
aniqladi. Hujayraning nafas olishi preksitaza va katalaza fermentlar 
ta ’sirida o 'ta d i. O 'sim lik va hayvonlarning o'sishi va rivojlanishi 
ferm entlar ishtirokida b o 'lad i. D iastaza fermenti kraxm alni qand 
moddasiga (maltozaga) aylantiradi, lekin yog' va oqsillarga ta’siretmaydi. 
Invertaza ferm enti sh ak arqam ish d ag i qand ni parchalaydi, biroq 
kraxmalga ta ’sir eta olmaydi. Oqsilga ta ’sir etuvchi fermentlar - proteaza, 
lipidlarga ta ’sir etuvchi fermentlar lipaza deyiladi. Fermentlardan sanoatda 
vino va tam ak i tay y o rlash d a, q an d , choy, к акао , pivo olishda 
foydalaniladi.
Vitaminlar yunoncha «vita» so'zidan olingan bo'lib, «hayot» degan 
nia’noni bildiradi. Ularni 1880-yilda rus olimi N .Lunin hamda 1912- 
yilda K.Funk kashf etgan. Tarkibida turli-tuman organik moddalarni 
saqlovchi vitaminlar, fermentlar komponentlari bo'lib, ular hujayrada 
katalizator rolini o'ynaydi. Organizmda vitaminlar yetishmasa moddalar 
almashinuvi buziladi. Agarda ular m utlaqo bo'lmasa hayotiy funksiyalari 
buziladi. Hozirgacha 40 ga yaqin vitaminlar aniqlangan bo'lib, ularning
7


ham m asi toza holda sanoatda ishlab chiqarilm oqda va oziq-ovqat 
ratsionida ishlatilmoqda. Vitaminlarning nomlari yunon alfavitining bosh 
harflari bilan belgilanadi. А, В, C, D vitaminlar o'simlikning m a’lum bir 
qism ida joylashadi. M asalan, В (B ,B 2va boshqa) guruh vitam inlar 
ko'pincha urug' m urtagida va p o 'stid a yoki 
javdar, bug'doy kabi 
o'simliklaming yosh maysalarida bo'ladi. С vitamini n a ’matak, limon, 
smorodina mevalarida, piyoz va sarimsoq o'simligining piyozboshlarida, 
E vitamini o'simlik yog'larida bug'doy, makkajo'xori maysalarida, sitris 
va pomidor mevasida, К vitamini chayon o'ti bargida, sabzi ildiz mevasida 
ko'p bo'ladi.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling