O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/138
Sana02.12.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1779362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)

BOTANIKA FANIGA KIRISH
0 ‘SIMLIK HUJAYRALARINING TUZILISHI
A ngiliyalik fizik R obert G uk o ‘zi takom illashtirgan m ikroskop 
yordamida 1665-yilda o'simlik hujayradan iborat ekanligini kashf etdi.
XIX asrning birinchi yarmidagina hujayrada yadro, protoplazm a 
borligi aniqlandi. XIX asrning oxirida S.G.Navashin gulli o'simliklarda 
qo'shurug'lanish hodisasi borligini aniqladi.
Biz endi yuksak va tuban o'sim liklar organlarining hujayralardan 
iborat ekanligini, ya’ni ichi yarim suyuq modda bilan to'lgan, bir-biridan 
pishiq to 's iq bilan ajra lg an , k o 'p i o 'z to 's ig 'i orq ali suyuqlikni 
o'tkazadigan juda mayda alohida pufakchalar yoki hujayralardan iborat 
ekanligini bilamiz. Bu hujayralami ko'rishda mikroskopdan foydalaniladi. 
Yirik hujayralami, masalan, pishgan olma, tarvuz, ildiz tukchalari, paxta 
tolasi hujayralarini ko'z bilan ko'rsa bo'ladi. Ularni yorug'lik mikroskopi 
2000 m arta kattalashtirib ko'rsatsa, elektron mikroskopida 200000 marta 
kattalashtirib ko'rish mumkin.
Y orug'lik mikroskopida hujayraning qismlari sitoplazma, hujayra 
shirasi - vakuola, po'sti va yadro qismlari ko'rinadi.
Elektron mikroskopda esa membrana, teshikcha (porasi), yadrocha, 
mitoxondriya, endoplazmatik to'r, plastidalar, vakuola, Goldji apparati
ribosomalar ko'rinadi. O'simlik hujayrasi o'z ichidagi suyuqlikni o'rab 
olgan po'stiga ko'ra, m a’lum shaklda bo'ladi. Shakli jihatidan hujayra 
parenxima va prozenxima hujayralariga bo'linadi. Parenxima hujayra 
uzunligi, kengligi, balandligi taxminan bir xil. Prozenximali hujayralar ikki 
tomoni uchlangan, uzunasiga cho'zilgan bo'ladi.
Sitoplazm a va yadro hujayraning asosiy elementlaridir. O 'sim lik 
hujayrasida bundan tashqari plastidalar, mitoxondriya, ribosoma va 
boshqa elementlar bor. Bu organoidlaming yig'indisi protoplast deyiladi.
Yadrosiz ko‘k yashil suvo‘tlari va bakteriyalar. 
Yadro o'm ida uning 
vazifasini bajaruvchi D N K (dizeksiribonuklein kislota) uchraydi. Hujayra
4


organelalaridan tashqari sitoplazm ada hujayraning umumiy modda 
almashinuvida qatnashadigan turli qo'shim chalar - moy tomchilari, 
kraxm al, kristallar va boshqalar bor. Bular zaxira oziqlantiruvchi 
moddalar hisoblanadi.
Yorug'lik mikroskopi yordamida gioloplazma deb ataluvchi bir tarkibli 
suyuq modda unga yopishgan donachali zarrachalar granulalar ajratiladi. 
Demak, gioloplazma bu sitoplazmaning matriksidir. Sitoplazmada bir 
qancha organelalar mavjud bo‘lib, endoplazmatik to‘r, ribosoma, Goldji 
apparati, sferasoma shular jumlasidandir.
Sitoplazmaning kimyoviy tarkibida organik moddalar S 0 2, 0 2, H, N, 
Ca, К , P, Cu, rux, kobalt va boshqalar bor. Oddiy oqsillar sitoplazmada 
giston, protamin, albulin va globulinlar bor. Murakkab oqsillar oddiy 
oqsil birikm alar- lipidlar, uglevodlar hamda nuklein kislotalardan tashkil 
topgan. Hujayra 3 qavatdan tashkil topgan:
1. Tashqi qavat - plazmallema.
2. O 'rta qavat - mezoplazma.
3. Ichki qavat - tonoplast deb yurtiladi.
Plazmallema - hujayra po'sti bilan hujayraning ichki qismini bog'lab 
turadigan yupqa membrana bo'lib, u silliq tuzilgan bo‘lsa-da granula 
tuzilishiga ega, o'tkazuvchanlik jarayonida hujayra po'stini hosil qilishda 
ishtirok etadigan moddalaming shilimshiqlanishini tartibga solib turadi. 
Plazmallema tarkibi 2 ta oqsil va 1 ta lipid qavatdan iboratdir.
Tonoplast - lotincha «tonus» so'zidan olingan bo'lib, «taranglashish» 
degan m a’noni anglatadi. Hujayradagi vakuolani tashqi tomondan o'rab 
turadi.
Endoplazmatik to 'r yadro qobig'i endoplazmatik to'rning bir qismi 
qo'sh membrana hujayra ichidagi moddalar harakati taqsimoti bo'lib, u 
hujayradagi moddalar almashinuvida muhim rol o'ynaydi.
Goldji apparati suv balansini tartibga solishda, hujayradagi chiqindi 
va zaxira moddalarni chiqarishda, hujayra vakuolasi hosil qilishda 
alohida ahamiyatga ega.
Ribosoma 50 foiz oqsil, 50 foiz ribonuklein kislotadan (RNK)dan 
iborat. O qsillar biosintezida m uhim organella hisoblanadi, y a ’ni 
aminokislotalardan oqsillami sintezlaydi.
Sferasomalar foiz endoplazmatik to 'r tortmalaridan ajrab chiqib, bir 
qavat membrana bilan qoplangan. Sferasoma yog'larni sintezlashda 
ishtirok etadi.
5


M ito x o n d riy a («m itos» - ip, «xondrion» - g ra n u la ) q ato r 
am in o k islo talarn i y o g ‘, uch k a rb o n a t siklidagi k islo ta la rn in g
parchalanishi va nafas olish jarayonida ishtirok etadi ham da ATF ni 
sintezlaydi.
Plastidalar tarkibida protein va lipid bo'lgan strom alar, pigment 
mineral elementlaridan tashkil topgan fermentlar bor. Plastidalar o'simlik 
hujayrasida zaxira oziq moddalar hosil bo'lishi va almashinuvida asosiy 
rol o'ynaydi. Plastidalaming hujayradagi to'plami plastidoma deyiladi. 
Plastidalar hujayrada uch xil bo'ladi: leykoplast, xromoplast, xloroplast.
Leykoplastlar - hujayralarda, em brional to 'q im a hujayralarida, 
sporalar sitoplazmasida, urg'ochi gametofltlarda, urug'larda, tuganak va 
ildiz, piyozboshlarda hamda bir pallali o'simliklar epidermisida uchraydi. 
Shakli sharsimon bo'lib, kraxmal, oqsil, lipid kabi zaxira moddalami sintez 
qilishda ishtirok etadi. O'simliklarda kraxmal sintez qiluvchi leykoplastlar, 
ya’ni amiloplastlami uchratamiz. Bularda bargdan oqib keladigan qand 
moddasidan ikkilamchi kraxmal donachasi hosil bo'ladi. Oqsillami hosil 
qiluvchi leykoplastlarni proteinoplastlcir, lipidlarni hosil qiluvchi 
leykoplastlar esa aleyronoplastlar deyiladi.
Xloroplastlar o'simliklaming yer yuza qismlarida, asosan barg va poya, 
gul, meva va urug'larida uchraydi. Xloroplastlarda fotosintez jarayonini 
boshqaradigan modda - oqsil, yog' kislotasi va fosfolipidlarni sintez 
qiladigan fermenetlar bor. Xloroplast yumaloq, ovalsimon, ikki tomoni 
bo'rtgan linzaga o'xshash bittadan 30 tagacha bo'lishi mumkin. Tarkibida 
suv, oqsil, lipid, xlorofill, karotinoit, DNK, RN K uchraydi. Xlorofil 2 
komponentga - CJ5H 7, 0 5N 4Mg xlorofill va C55H 70O6N 4Mg xlorofillga 
ajraladi. Xlorofillaming boshqa komponentlari ham mavjud.
Y adro - irsiy belgilarni saqlashda va hujayrada oqsil sintezini 
boshqarishda, hujayraning nafas olishini ham nazorat qiladi. Hujayra 
butun organizmining o'sishi embrional to'qima hujayralarining bo'linishi 
natijasida sodir bo'ladi.
Hujayra bo'linishidan oldin yadro bo'linishi ro'y beradi. Hujayraning 
nisbatan tinch turgan holati, birinchidan ikkinchi bo'linishigacha bo'lgan 
davr interfaza deyiladi.
Hujayra tirik organizm bo'lgani uchun ham bo'linib ko'payadi.
Hujayra uch xil: amitoz, mitoz, meyoz yo'llari bilan ko'payadi.
Hujayraning amitoz yo'l bilan ko'payishi tuban o'sim liklarda?, 
bakteriya va zamburug'larda sodir bo'ladi.
6


Mitoz bo'linish hujayraning murakkab boiinishi bo‘lib, 4 xil fazada 
o ’tadi: profaza, metafaza, anafaza, telofaza. Mitoz bir soat davom etadi. 
M itotik sikl umuman, 10-20 soat cham asi bo'ladi. M itoz bo'linish 
o'simliklaming o'suvchi qismlarida ro'y beradi.
Endomitoz bo'linish bu hujayra ichida o'tadigan bo'linish bo'lib, 
undan ik k ita h u jay ra hosil b o 'lm a y d i, fa q a t xro m o so m alar 
red u p lik atsiy a si y a ’ni (uning ikki b a ro b a r o rtish i k u zatila d i), 
xromosomalar hujayra qutblari tomon ajralmaydi. Bunda xromosomalar 
spirallanadi va yo'g'onlashadi. H ujayra m arkaziga to'planadi. Ikki 
barobar ko'paygan xromosomalar bitta yadroda qoladi. Yadrocha va 
yadro po'sti saqlanadi, natijada hosil bo'lgan yadro tetroploid bo'ladi, 
ana shunday bo'linish hujayrada bir necha marta takrorlansa, undan hosil 
bo'lgan hujayra yiriklashib ko'p miqdordagi xromosomaga ega bo'ladi 
va poliploidga olib keladi.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling