O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/138
Sana02.12.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1779362
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138
Bog'liq
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)

Lishayniklar - («Lichenes»)
L ishayniklar jo y ta n lam ay d i, to sh lar, q u ru q y erlarda, darax t 
p o 'stlo g 'id a daraxt tan alarid a o'sad i. U lar shim olda k o 'p o'sadi, 
varaqalarning tashqi ko'rinishidan quyidagicha bo'lishi mumkin.
1. Butasimonlar, Islandiya moxi - «getraria islandica»;
- bug'i moxi - «gladonia rangiferina»;
- soqolli lishaynik - «usneabarbata».
2. Bargsimon, masalan parmeliya - «parmelia»;
devor lishaynigi - «xanthoria parietina».
3. Ko'piksimon yozuv lishayniklari «graphis scripta».
4. Shilimshiqsimon kollema - «collema».
NAZORAT SAVOLLARI
1. O'sim liklar sistem atikasiga tushuncha bering.
2. Taksonom ik birliklar nima?
3. K .L in n cyn in g o 'sim lik la r sistem atik asiga q o 'sh g a n hissasi
haqida gapirib bering.
4. Viruslar, bakteriyalarga ta v sif bering.
5. suvo'tlari haqida tushuncha bering.
6. Zamburug' va lishayniklarga umumiy tushuncha bering.
Geobotanikaga kirish (fitotsenoz, agrofitotsenoz)
G c o b o tan ik a fani d a stla b p rofessor B .A .Bikov tom onidan 
ta ’riflangan. Geobotanika o'simliklar jamoasi to'g'risidagi fan bo'lib, 
o'sim liklam ing tashqi m uhit bilan o'zaro m unosabatini, aloqasini, 
tarkibiy qismiga kirgan o'simlik turlarini, o'simliklar jamoasini o'rganadi. 
Dastlab geobotanik tushunchalar, o'rmon, o'tloq, botqoq o'simliklari, 
dasht o'simliklari, cho'l, sahro, yaylov o'simliklari shaklida bo'lgan. 
Geobotanika fan sifatida XIX asrda shakllangan. Bu atama birinchi marta
31


rus botanigi F.I.Ruprext (1866) va nemis botanigi A.Grizebox tomonidan 
taklif yetilgan.
O'simliklar geografiyasining yer yuzidagi o'simliklarni, ularning tashqi 
muhit sharoitiga qarab taqsimlanishini o'rganadigan bo'limi geobotanika 
deb ataladi. Geobotanikaning o ‘rganadigan obyekti ayrim o'simliklar 
bo'lmay, balki muayyan tuproq grunt sharoitida o'sadigan o'simliklar 
guruhi yoki fitosenozni tashkil etadigan guruhdir. O'simliklar guruhi atrof- 
muhit bilan bog'liq holda unga ham ta ’sir ko'rsatadi. O'simliklar yerdan 
oziq moddalar oladi. Tuproqdagi namlikni sarflaydi. Ularning qurib 
qolgan qoldiqlari tuproqda chirib, uni organik moddalarga boyitadi.
O 'sim liklar jam o alari kelib chiqishiga k o 'ra , tabiiy va insonlar 
tomonidan yaratilgan bo'ladi. Tabiiy o'simlik jamoalari m a’lum tabiiy 
tarixiy rivojlanish asosida hosil bo'ladi. Uning tarkibi asosan yovvoyi 
o'simlik turlaridan iborat bo'ladi. Insonlar tomonidan yaratilgan o'simlik 
jamoalarida asosan madaniy o'simliklar bo'lib, yovvoyi o'simliklar ham 
birga o'sadi. Bunday o'simliklar jamoasiga agrosenoz deyiladi. Ba’zi olimlar 
(V.N.Sukachev.Y.Aroshenko) fitosenozga bug'doy, arpa, g'o'za ekinlarini 
ham kiritadi, ularni agrosenoz deb ataydi. Fitosenoz kamdan-kam holda 
bir turdan tashkil topadi, ko'p hollarda bir necha turdan tashkil topgan 
bo'ladi va ular yer balandligiga qarab har xil yaruslami hosil qiladi. O'rta 
Osiyo tog'laridagi archazorlar o'sim liklam ing ana shunday yarusli 
guruhlariga misol bo'la oladi. Tog'laming yuqori yarusuni archazorlar
undan pastki yarusni o 't o'simliklar tashkil etadi. O'zbekiston cho'llarida 
buta o 't o'simliklar orasida yuqori yarusni, oq saksovul yoki juzg'un -
o'rta yarusni, shuvoq ba’zi bir astragallar, pastki yarusni efemerlar ishg'ol 
etadi. O'simliklaming bir necha turdan tashkil topgan guruhida individlar 
sonining ko'pligiga qarab bir tur o'simliklar ustun holati edifikatorlar deb 
ataladi. Individlar sonining kam bo'lganlari esa yo'ldosh o'simliklar deb 
ataladi. Masalan, Mirzacho'l tekisligidagi efimer o'simliklar orasida rang 
va qo'ng'irbosh edifikator tur bo'lsa, mayda butgullilar boychechak, 
yaltirboshlar va boshqalar yo'ldosh turlardir. Turlar tarkibi o'rganilganda 
har bir turning va hukm ron (dom inant) turning yer yuzini qoplash 
darajasiga alohida e’tibor beriladi. Bunda m a’lum kattalikdagi (1, 10 yoki 
100m2) maydonda uchraydigan o'sim liklar o 'rg an ilg an d a ular soni 
aniqlanadi va ro'yxatga olinadi. M a’lum maydondagi har bir tur soni va 
barcha turga mansub o'simliklaming biomassasi aniqlanadi. Eng ko'p 
biomassaga ega bo'lgan tur dominant (edifikator), qolgan tur subdominat
32


tur hisoblanadi. 0 ‘simliklarning bir xil dominatlarga ega va yo‘ldosh 
turlarning tarkibi bir-biriga yaqin bo'lgan o ‘xshash guruhlari o'simliklar 
assosiatsiyasiga birlashadi. Assosiatsiya yer yuzasidagi o'sim liklarni 
geobotanik jihatdan keng bayon qilishning asosiy birligi hisoblanadi.
Shuvoq barra o 't o 'rta cho'l o'simliklar formatsiyasida edifikator, 
shuvoq bo'lsa qo 'ng'irbosh va yaltirboshlar subedifikatorlar sifatida 
ko'rinadi. Bir xil dominantga ega bo'lgan subedifikatorlar ham bir-biriga 
yaqin o'xshash o'simliklar jamoasi assosiatsiyaga birlashadi. Masalan, 
shuvoq barra o'tli cho'llarda shuvoq qo'ng'irbosh yoki shuvoq qorabosh 
asso siatsiyalarni u ch ratish m um kin. A ssosiatsiya bu o 'sim lik lar 
fitosenozining asosiy taksonomik birligi hisoblanadi.
O'simliklaming ustun turuvchi bir xil lekin, yo'ldosh tur o'simliklar 
tarkibi jihatidan farq qiladigan hamda turli tuproq sharoitida o'sadigan 
assosiatsiyasi ikkinchi geobotanik birlikka o'sim liklar formatsiyasiga 
birlashadi. Bir-biriga o'xshash assosiatsiyalar yig'indisi formatsiyani hosil 
qiladi. M asalan, O 'zbekistonning tog' etaklarida shag'al tosh, soz 
tuproqli ycrlarida ko'pincha shuvoqli assosiatsiyalar uchrab, u yerda 
shuvoq edifikator, har xil efimeroidlar esa yo'ldosh tur hisoblanadi. Shu 
bclgisiga qarab, bu yerdagi o'simliklar guruhini shuvoq qo'ng'irbosh, 
shuvoq rang va hokazo assosiatsiyalarga ajratish mumkin. Biroq bulaming 
hammasini bitta shuvoq efimerlar formatsiyasiga birlashtirish mumkin. 
Muayyan hududda yashaydigan o'simliklar guruhining hammasi shu 
hududning o'simliklari deb ataladi. «O'zbekiston o'simliklari», «O 'rta 
Osiyo o'simliklari» «Qumli cho'llar o'simliklari» va shunga o'xshash 
nomlar qo'llaniladi. O'simlik degan tushinchadan tashqari flora degan 
atam a ham bor. U lar bu nom bilan atalganda muayyan hududdagi 
mavjud o 'sim lik lar tu rin in g ham m asi tushiniladi. Shuning uchun 
«O'zbekiston florasi» «O 'rta Osiyo florasi» deb ataladi va bunda shu 
mamlakatlarda o'sadigan o'simlik turlarining hammasi tushiniladi.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling