O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI 1. Osim liklar sistem atikasiga tushuncha bering. 2. Taksonom ik birliklar nima
- 5. suvotlari haqida tushuncha bering. 6. Zamburug va lishayniklarga umumiy tushuncha bering. Geobotanikaga kirish (fitotsenoz, agrofitotsenoz)
Lishayniklar - («Lichenes»)
L ishayniklar jo y ta n lam ay d i, to sh lar, q u ru q y erlarda, darax t p o 'stlo g 'id a daraxt tan alarid a o'sad i. U lar shim olda k o 'p o'sadi, varaqalarning tashqi ko'rinishidan quyidagicha bo'lishi mumkin. 1. Butasimonlar, Islandiya moxi - «getraria islandica»; - bug'i moxi - «gladonia rangiferina»; - soqolli lishaynik - «usneabarbata». 2. Bargsimon, masalan parmeliya - «parmelia»; devor lishaynigi - «xanthoria parietina». 3. Ko'piksimon yozuv lishayniklari «graphis scripta». 4. Shilimshiqsimon kollema - «collema». NAZORAT SAVOLLARI 1. O'sim liklar sistem atikasiga tushuncha bering. 2. Taksonom ik birliklar nima? 3. K .L in n cyn in g o 'sim lik la r sistem atik asiga q o 'sh g a n hissasi haqida gapirib bering. 4. Viruslar, bakteriyalarga ta v sif bering. 5. suvo'tlari haqida tushuncha bering. 6. Zamburug' va lishayniklarga umumiy tushuncha bering. Geobotanikaga kirish (fitotsenoz, agrofitotsenoz) G c o b o tan ik a fani d a stla b p rofessor B .A .Bikov tom onidan ta ’riflangan. Geobotanika o'simliklar jamoasi to'g'risidagi fan bo'lib, o'sim liklam ing tashqi m uhit bilan o'zaro m unosabatini, aloqasini, tarkibiy qismiga kirgan o'simlik turlarini, o'simliklar jamoasini o'rganadi. Dastlab geobotanik tushunchalar, o'rmon, o'tloq, botqoq o'simliklari, dasht o'simliklari, cho'l, sahro, yaylov o'simliklari shaklida bo'lgan. Geobotanika fan sifatida XIX asrda shakllangan. Bu atama birinchi marta 31 rus botanigi F.I.Ruprext (1866) va nemis botanigi A.Grizebox tomonidan taklif yetilgan. O'simliklar geografiyasining yer yuzidagi o'simliklarni, ularning tashqi muhit sharoitiga qarab taqsimlanishini o'rganadigan bo'limi geobotanika deb ataladi. Geobotanikaning o ‘rganadigan obyekti ayrim o'simliklar bo'lmay, balki muayyan tuproq grunt sharoitida o'sadigan o'simliklar guruhi yoki fitosenozni tashkil etadigan guruhdir. O'simliklar guruhi atrof- muhit bilan bog'liq holda unga ham ta ’sir ko'rsatadi. O'simliklar yerdan oziq moddalar oladi. Tuproqdagi namlikni sarflaydi. Ularning qurib qolgan qoldiqlari tuproqda chirib, uni organik moddalarga boyitadi. O 'sim liklar jam o alari kelib chiqishiga k o 'ra , tabiiy va insonlar tomonidan yaratilgan bo'ladi. Tabiiy o'simlik jamoalari m a’lum tabiiy tarixiy rivojlanish asosida hosil bo'ladi. Uning tarkibi asosan yovvoyi o'simlik turlaridan iborat bo'ladi. Insonlar tomonidan yaratilgan o'simlik jamoalarida asosan madaniy o'simliklar bo'lib, yovvoyi o'simliklar ham birga o'sadi. Bunday o'simliklar jamoasiga agrosenoz deyiladi. Ba’zi olimlar (V.N.Sukachev.Y.Aroshenko) fitosenozga bug'doy, arpa, g'o'za ekinlarini ham kiritadi, ularni agrosenoz deb ataydi. Fitosenoz kamdan-kam holda bir turdan tashkil topadi, ko'p hollarda bir necha turdan tashkil topgan bo'ladi va ular yer balandligiga qarab har xil yaruslami hosil qiladi. O'rta Osiyo tog'laridagi archazorlar o'sim liklam ing ana shunday yarusli guruhlariga misol bo'la oladi. Tog'laming yuqori yarusuni archazorlar, undan pastki yarusni o 't o'simliklar tashkil etadi. O'zbekiston cho'llarida buta o 't o'simliklar orasida yuqori yarusni, oq saksovul yoki juzg'un - o'rta yarusni, shuvoq ba’zi bir astragallar, pastki yarusni efemerlar ishg'ol etadi. O'simliklaming bir necha turdan tashkil topgan guruhida individlar sonining ko'pligiga qarab bir tur o'simliklar ustun holati edifikatorlar deb ataladi. Individlar sonining kam bo'lganlari esa yo'ldosh o'simliklar deb ataladi. Masalan, Mirzacho'l tekisligidagi efimer o'simliklar orasida rang va qo'ng'irbosh edifikator tur bo'lsa, mayda butgullilar boychechak, yaltirboshlar va boshqalar yo'ldosh turlardir. Turlar tarkibi o'rganilganda har bir turning va hukm ron (dom inant) turning yer yuzini qoplash darajasiga alohida e’tibor beriladi. Bunda m a’lum kattalikdagi (1, 10 yoki 100m2) maydonda uchraydigan o'sim liklar o 'rg an ilg an d a ular soni aniqlanadi va ro'yxatga olinadi. M a’lum maydondagi har bir tur soni va barcha turga mansub o'simliklaming biomassasi aniqlanadi. Eng ko'p biomassaga ega bo'lgan tur dominant (edifikator), qolgan tur subdominat 32 tur hisoblanadi. 0 ‘simliklarning bir xil dominatlarga ega va yo‘ldosh turlarning tarkibi bir-biriga yaqin bo'lgan o ‘xshash guruhlari o'simliklar assosiatsiyasiga birlashadi. Assosiatsiya yer yuzasidagi o'sim liklarni geobotanik jihatdan keng bayon qilishning asosiy birligi hisoblanadi. Shuvoq barra o 't o 'rta cho'l o'simliklar formatsiyasida edifikator, shuvoq bo'lsa qo 'ng'irbosh va yaltirboshlar subedifikatorlar sifatida ko'rinadi. Bir xil dominantga ega bo'lgan subedifikatorlar ham bir-biriga yaqin o'xshash o'simliklar jamoasi assosiatsiyaga birlashadi. Masalan, shuvoq barra o'tli cho'llarda shuvoq qo'ng'irbosh yoki shuvoq qorabosh asso siatsiyalarni u ch ratish m um kin. A ssosiatsiya bu o 'sim lik lar fitosenozining asosiy taksonomik birligi hisoblanadi. O'simliklaming ustun turuvchi bir xil lekin, yo'ldosh tur o'simliklar tarkibi jihatidan farq qiladigan hamda turli tuproq sharoitida o'sadigan assosiatsiyasi ikkinchi geobotanik birlikka o'sim liklar formatsiyasiga birlashadi. Bir-biriga o'xshash assosiatsiyalar yig'indisi formatsiyani hosil qiladi. M asalan, O 'zbekistonning tog' etaklarida shag'al tosh, soz tuproqli ycrlarida ko'pincha shuvoqli assosiatsiyalar uchrab, u yerda shuvoq edifikator, har xil efimeroidlar esa yo'ldosh tur hisoblanadi. Shu bclgisiga qarab, bu yerdagi o'simliklar guruhini shuvoq qo'ng'irbosh, shuvoq rang va hokazo assosiatsiyalarga ajratish mumkin. Biroq bulaming hammasini bitta shuvoq efimerlar formatsiyasiga birlashtirish mumkin. Muayyan hududda yashaydigan o'simliklar guruhining hammasi shu hududning o'simliklari deb ataladi. «O'zbekiston o'simliklari», «O 'rta Osiyo o'simliklari» «Qumli cho'llar o'simliklari» va shunga o'xshash nomlar qo'llaniladi. O'simlik degan tushinchadan tashqari flora degan atam a ham bor. U lar bu nom bilan atalganda muayyan hududdagi mavjud o 'sim lik lar tu rin in g ham m asi tushiniladi. Shuning uchun «O'zbekiston florasi» «O 'rta Osiyo florasi» deb ataladi va bunda shu mamlakatlarda o'sadigan o'simlik turlarining hammasi tushiniladi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling