O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


qabilalarining  vakili  boMgan  Shiroq  ismli  cho‘pon  hiyla  yo‘li  bilan


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
#183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57

qabilalarining  vakili  boMgan  Shiroq  ismli  cho‘pon  hiyla  yo‘li  bilan 

forslarning  katta  qo'shinlarini  suvsiz  sahro  ichkarisiga adashtirib qo'yadi. 

Shiroq ham,  fors  qo'shinlari ham  ochlik  va tashnalikdan halok  bo'ladilar.

Mil.  avv.  522-yilda  ahmoniylai'  taxtiga  Doro  I  o'tiradi.  U  taxtga 

o'tirishi  bilanoq  Parfiya,  Marg'iyona  va  "saklar  o‘lkasi’'da  forslarga 

qarshi  qo'zg'olonlar  ko'tariladi.  Behistun  yozuviariga  qaraganda,  522- 

yilning  oxirida  Marg'iyonada  ko'tarilgan  qo‘zg‘olonga  Frada  ismli  kishi 

boshchilik  qiladi.  Doro  1  Baqtriya  satrapi  Dadarshish  boshchiligidagi 

qo‘shinlami 

qo‘zg ;olonchilarga 

qarshi 

jo'natadi. 

Qo‘zg‘olon 

shavqatsizlarcha  bostirilib  55  ming  marg'iyonalik  halok  bo'ladi.  Frada 

ham qo‘lga olinib qatl ettiriladi.

“Saklar  o'lkasr’dagi  forslarga  qarshi  kurashga  Skunha  boshchilik 

qiladi.  519-518-yillarda  bo'lib  o'tgan  bu  kurashda  saklar  forslar 

tomonidan  magMubiyatga  uchraydi.  Saklarning  ko‘pchiiigi  o'ldirilib, 

ko'pchiligi  asir olinadi.  Ularning yo'lboshchisi  Skunha asir olinib,  o'rniga 

boshqa  yo'iboshchi  tayinlanadi.  Xullas,  forslar  0 ‘rta  Osiyodagi  mahalliy 

aholining  qaliramonona  qarshiligini  qiyinchilik  bilan  sindirganidan 

keyingina  bu  hududlami  batamom  o'zlariga bo‘ysundirdilar.

M arkaziy  boshqaruv  organlari.  Ahmoniylar  davrida  davlat 

boshqaruvi  shohlar  shohiga  (shahanshohga)  tegishli  edi.  Shahanshohning 

cheklanmagan  hokimiyati  nalaqat  fors  zodagonlariga,  balki,  ma’lum 

darajada  soliqlardan  ozod  qilingan  va  ahmoniylar  davlatida  ko'pgina 

imtiyozlarga  ega  bo'lgan  ozod  fors  jamoalariga  ham  tayangan. 

Shuningdek,  bosib  olingan  viloyatlarning  mahalliy  zodagonlari  ham 

hokimiyatning tayanchi hisoblangan.

Hokimiyat  iyerarxiyasida shahanshohdan keyin  boy  fors  oilalarining 

boshliqlari  turgan.  Shahanshoh  saroyida  kengash  mavjud  bo'lib  uning 

tarkibiga  boy  oila  boshliqlari,  saroy  ayonlari,  yuqori  lavozimdagi 

amaldorlar  va  noiblar  kirgan.  Davlat  ahamiyatiga  molik muhim  masalalar 

ushbu  kengashda  ko‘rib  chiqilsa-da,  hal  qiluvchi  qaromi  shahanshoh 

chiqargan.

Boshqaruvda  shahanshohdan  keyingi  shaxs  «xazarpat»  -  mingboshi 

deb  atalgan.  Xazarpat  shahanshoh  gvardiyasining  boshlig'i  va  davlat 

boshqaruvida shahanshohning bosh yordamchisi hisoblangan.  Ahmoniylar 

saltanatining  bosh  ma’muriy  markazi  Suza  shahri  edi.  Bu  yerda 

shahanshoh  devonxonasi  joylashgan  boMib,  barcha  hujjatlar  shu  yerda 

saqlangan.  Shahanshoh  devonxonasi  boshlig'i  «иар1фаЪ>  -  mirzaboshi 

deb  atalgan.  Devonxonada  bosh  xazmachilar,  hisobchilar,  qozilar, 

mirzalar va boshqa amaldorlar ishlaganlar.

69


Hududiy  bo'Iinish.  Qoyatosn  DiuKiar  va  uerocioi  ma  lumouariga 

ko'ra,  ahmoniylar  davlati  hududi  20  ta  qaram-ma’muriy  qtsmlarga  -  

satraplarga  boMingan.  Tadqiqotchilaming  fikricha,  forslar  davlat 

boshqaruvining bu an’analarini midiyaliklardan o‘zlashtirganlar.  Satraplar 

yirik hududlarga ega boMib,  ko'pincha bir necha viloyat va o‘lkalami  o'z 

tarkibiga birlashtirgan.  Masalan, Parfiya, Girkaniya, Areya, Xorasmiya va 

So'g'diyona bitta satrap tarkibiga kirgan.  Satraplarning chegaralari  ayrim 

hollarda o'zgarib turgan.

E ’tibor  berish  lozimki,  ahmoniylar  davlatida  satraplar  etnik  kelib 

chiqishiga  qarab emas,  balki  iqtisodiy  salohiyatiga  qarab tashkil  etilgan. 

Satraplar  shahanshohning  noibi  sifatida  asosan  forslardan  tayinlangan. 

Satrapning  ma’muriyati  va  boshqaruvi  shahanshoh  ma’muriyati  va 

markaziy  boshqaruv  apparatini  qisqartirilgan  holda  takrorlagan.  Ya’ni, 

satrapda- ikkita yordamchi,  devonxona  va mirzalar  bo'lgan.  Bir  vaqtning 

o'zida satrap  o'zi  noiblik qilib turgan  hududda bosh  qozi  vazifasini  ham 

bajargan.  Ayrim  hollami  istisno  qilganda  satrap  harbiy  boshliqlik 

vazifasini  bajarmagan.  Misol  uchun,  Doro 

I  barcha 

satraplarning  harbiy 

vazifalarini  bekor  qilgan  va  ularga  faqat  o'ziga  bo'ysinuvchi  harbiy 

boshliqlami  jo'natgan.  Satraplarning  faoliyati  markazdan  qattiq  nazorat 

ostiga  olingan.  Hattoki  shahanshoh  huzuridagi  amaldorlar  tez-tez  kelib 

satraplar faoliyatini tekshirib turganlar.

Q o'shinlar.  Ahmoniylar  davlatida  muntazam  qo'shin  mavjud 

bo'lib, uning asosini  tarkibida o 'n   ming jangchi boMgan «abadiy o'lmas» 

polk  tashkil  etgan.  Qo'shinlaming  bosh  qo'mondoni  shahanshoh  edi. 

Harbiy  tuzilmada  keyingi 

o'rinda  «xazarpat»-mingboshi  turgan. 

Ahmoniylar qo'shinlari  quyidagi  qismlardan  iborat boMgan:  1. -  «abadiy 

o'lmas»  polk;  2-piyoda  qo'shinlar,  3-otliq  qo'shinlar  (suvoriylar);  4- 

satraplar 

qo'shinlari; 

5-yunon 


yollanmalari;  6-ko‘ngilli 

qo'shin. 

Qo'shinmng  qismlari  10,100,1000,  10000  kiishilik  harbiylardan  iborat 

boMib, h ar bir qismning tayinlab qo'yilgan boshligM boMgan.

Yilda bir marta shahanshohmng shaxsan o'zi qo'shinlarni ko'rikdan 

o'tkazib,  yaxshi  xizmat  qilganlami  taqdirlagan,  harbiy  qoidalarni 

bugganlarni  jazolagan.  Butun  davlat  hududi  to'rtta  harbiy  okrugga 

boMingan.  Har  bir  okrug  harbiy  boshligM  markazdan  tayinlanib  bevosita 

shahanshohga bo'ysungan.  Bosib olingan hududlar va chegara rayonlarda 

harbiy  gomizonlar  joylashtirilgan.  Ahmoniylar  qo'shinlarining  harbiy 

tartibi  haqida  Gerodot  va  Kursiy  R uf batafsil  ma’lumotlar  beradilar.  Bu 

ma’lumotlarga  ko'ra,  ularning  asosiy  harbiy  qurollari  qilich,  gurzi,  o'q- 

vov. oalaon. xaniar, harbiv bolta va navzalardan iborat bo'lgan.

70


Yuqorida  la'kidlanganidek.  Ahmoniylar  bosib  olgan  barcha 

hududlar  satrapiya  hokimliklarga  boMingan  bo'lib  ularni  fors  podsholari 

tomonidan  tayinlab  qo‘yilgan  satrap-hokimlar  boshqarganlar.  Gerodot 

ma’lumotlariga  ko'ra.  Baqtriya  XII  satrapiya  bo'lib  300  talant  (talant- 

Bobil  pul  birligi  bo'lib,  I  talant  30  kg  dan  ziyodroq  kumushga  teng), 

saklar  va  kaspiylar  XV  satrapiya  boMib  200  talant  Xorazm,  So'g‘d, 

Parfiya  va  Ariya  XVI  satrapiya  boMib  300  talant  miqdorda  yillik  soliq 

to1 lar  edilar.  Shuningdek,  0 ‘rta  Osiyoliklar  soliq  sifatida  qimmatbaho 

toshlar, 

chorvachilik 

va 

dehqonchilik 

mahsulotlarini 

ham 

fors 

podsholariga berib turganlar.

Mil.  avv.  V l-iV   asrlar  0 ‘rta  Osiyo  viloyatlarida  ijtimoiy-iqtisodiy 

va  madaniy  hayot  ancha  rivojlanadi.  Bu  davrda  Baqtriya  yirik  davlat 

bo‘lib,  fors  podsholarinmg  Sharqdagi  yirik  markazlaridan  biri  edi. 

So'nggi  yillarda  0 ‘rta  Osiyoning  janubida  olib  borilgan  arxeologik 

qazishmalar  natijasida  Qadimgi  Baqtriya  hududidan  o'ttizdan  ziyod 

ahmoniylar  davriga  oid  manzilgohlar  ochiigan.  Ularning  har  birida 

o ‘zlashtirilgan  maydonlar  va  sug'orish  tartibidan  tashqari  turar joylar  va 

xo'jalik  xonalari,  mehnat  va  harbiy  qurollar,  kulolchilik  buyumlarining 

qoldiqlari mavjuddir.

Bu  davr  Baqtriya  aholisining  asosiy  mashg'uloti  dehqonchilik  edi. 

Qalayimir,  Kuchuktepa,  Qizilcha,  Bandixon  kabi  ко'plab yodgorliklardan 

dehqonchilik  bilan  bogMiq  bo'lgan  mehnat  qurollari-o'roqlar,  ketmonlar, 

yorg‘uchoq 

va  dehqonchilik  mahsulotlari 

qoldiqlarining  topilishi 

dehqonchilikdan  dalolat  berib,  dehqonchilik  asosan  sun’iy  sug'orishga 

asoslanganligini  ko‘rsatadi.

Baqtriyaning  poytaxti  qadimgi  Baqtra  (Hozirgi  Balx)  shahrida 

qazish  ishlari  olib borilib,  u yerdan topilgan  kulolchilik  buyumlari ko'hna 

shaharning  eng  qadimgi  qatlamlari  mil.  avv.  I  ming  yillikning  o‘rtalariga 

oid ekanligidan dalolat beradi.

Bu  davrda  Baqtriyada badiiy  hunarmandchilik  ham  yuqori  darajada 

bo'lgan.  1877  yilda  Kobadiyon  bekligi  (Tojikiston)  dan  oltin  va 

kumushdan  iborat katta  xazina topilgan.  “Amudaryo  xazinasi” nomi  bilan 

mashhur  bo'lgan  bu  xazinada oltin  va kumushdan  quyilgan jang aravalari, 

jangchilar  qiyofasi,  hayvonlar  tasvirlarini  uchratish  mumkin.  Bu  xazina 

mahalliy ustalar ijodi  boMib, mil. avv.  V-IV asrlarga oiddir.

M il  a w .  VI-IV  asrlarda So'g'diyona hududlarida ko'plab shahar va 

qishloqlar  bo'lib,  ular  fors  podsholariga  katta-katta  soliqlar  to'lab  turar 

edilar.  Arxeologik  tadqiqotlar  natijasida  Zarafshon  va  Qashqadaryo 

vohalaridan  bu  davrga  oid  Uzunqir,  Yerqo'rg'on,  Daratepa,  Sangirtepa,

71


Loiazor,  Afrosiyob,  X o'ja  Bo‘ston  kabi  SO  dan  ziyod  ko'hna  shahar  va 

manzilgohlar ochib o‘rganilgan.

So'g'diyonaning poytaxti  bo'lgan  Afrosiyob  (Samarqand)da shahar 

hayotining  rivojlanishi  So‘g‘diyona  va butun  O 'rta Osiyodagi  siyosiy  va 

iqtisodiy  hayotning  yuksalishi  hamda  inqirozi  bilan  muvofiq  tarzda 

kechgan.  So'g'diyonaning  “ikkinchi  poytaxti”  bo‘lgan  Yerqo'rg'oraii 

(Qashqadaryo) tadqiqotchilar yunon-rim  tarixchilari  tomonidan eslatilgan 

Ksenippa viloyatining markaziy shahri deb hisoblaydilar.

So'g'diyona  hayotida  dehqonchilik  katta  ahamiyatga  ega  edi. 

Shunisi  muhimki,  dehqonchilik sun’iy  sug'orishga asoslangan bo'lib,  bu 

haqda yozma manbalar ma’lumot beradi. Xususan,  Straboning yozashicha, 

Politimet  (Zarafchon)  daryosi  vohadagi  eng  katta  suv  manbayi  bo'lib, 

sug'oriladigan  yerlarga  kanallar  orqali  suv  chiqarilgan.  Qo‘hna 

shaharlarda esa hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanib borgan.

Mil.  avv  I  ming  yillikning  o‘rtalarida  Xorazm  ham  rivojlanish 

jarayonini  boshdan kechiradi.  Xorazm  tadqiqotlari  natijalariga qaraganda 

Vl-IV  asrlarda  bu  hududda  yirik-yirik  manzilgohlar  mavjud  edi.  Bu 

davrda  Xorazmda  inshootlar  qurilishida  xom  g'isht,  paxsa  ishlatilgan. 

Manzilgohlar  va  turar  joylardan  topilgan  topilmalaming  boy  va 

qashshoqligi  bu  yerda mavjud  bo'lgan  ijtimoiy  va  mulkiy  tengsizUkdan 

dalolat beradi.  Shaharlar aholisining asosiy mashg'uloti hunarmandchilik 

bo'lgan.  Ko'plab topilgan sopol, bronza, temir buyumlar fikrimiz dalilidir. 

Xorazmda  bu  davrda  mahalliy  o'troq  abolidan  tashqari  ko'chmancfai 

chorvadorlar  ham  yashagan  bo'lib,  ular  o'rtasida  doimiy  harbiy 

to'qnashuvlar,  iqtisodiy va madaniy munosabatlar bo'lib turgan.

O 'rta Osiyo  xalqlari  ahmoniylar  madaniyat  yodgorliklari  bunyod 

etilishida katta hissa qo'shdilar.  Bu davrda O’rta osiyo xalqlari ilk marta 

zarb  qilingan  tanga  pullar  bilan  tanishdilar.  O 'rta  Osiyo  hududidan 

ahmoniylar  pul  tartibiga  oid  oltin  dariklar  va  boshqa  tangalar  topilgan. 

Ahmoniylar  davrida  ko'pgina  Sharq  xalqlarining  siyosiy  Urligi  -  butun 

jahon  tarixida,  iqtisodiy  va  madaniy  rivojlanishida  muhim  davr  bo'Bb 

qoldi.  Bu  o'rinda  O 'rta  Osiyo  hududidagi  xalqlar  va  qabilalarning ham 

hissasi nihoyatda katta bo'ldi.

Ma’lumki,  ahmoniylar  davlati  turli  xalqlar  va  elatlami  bosib o£b 

birlashtirish  yo'li  bilan tashkil  topgan edi.  Bu  davlat tarkibidagi xalqi» 

doimiy ravishda o 'z  ozodligi  va mustaqilligi  uchun kurash olib bordilar. 

Undan  tashqari  ahmoniy  hukmdorlarining  taxt  uchun  kurashlari  ham 

davlatni  zaiflashtirib bordi.  Mil. a w .  IV asming o'rtalaridan boshlab esa, 

Bolaon  yarim  orolidagi  shahar-davlatlar  kucjhaya  boshlaydi.  Bu  davrda

72


Makedoniya  podshosi  Fillip  II  Boiaon  yarim  orolida  o‘z  mavqeini 

mustahkamlab  oldi  va  ahmoniylarga  qarshi  kurashga  tavyorgarlik  ko‘ra 

boshladi.

Fillip  II  o ‘z  davriga mos  harbiy  islohotlar  o'tkazib  tartibli  va yaxshi 

qurollangan  qo'shin  tuzishga  muvaffaq  boMdi.  Mil.  avv.  336  yilda 

ahmoniylar  davlatiga  qarshi  kurash  boshlandi.  Ammo,  Fillip  II  ning 

o4dirilishi  tufayli  bu  kurash  to'xtab  qoldi.  0 ‘sha  yili  taxtga  Fillip  II  ning 

o ‘g ‘li  20  yoshli  Iskandar  (Aleksandr)  o £tirdi.  Bu  paytga  kelib,  yunon 

shahar-davlatlarida  Iskanaarga  qarshi  harakatlar  boshlangan  boMib,  yosh 

podsho  bu  harakatlarning  barchasini  shafqatsizlik  bilan  bostirdi.  Iskandar 

ahmoniylarga  qarshi  urushga jiddiy  kirishib  Kichik  Osiyodan  Parmenion 

boshliq qo‘shinlarni  chaqirtirdi.  Harbiy kengash tuzib quruqiikda va suvda 

harakat qilayotgan qo‘shinlar oldiga aniq  vazifalar qo‘ydi.

Mil.  avv.  334-yilning  bahorida  makedon  qo‘shinlari  “urush  olovini 

Osiyoga,  Osiyo  baxtini  esa  o ‘zimizga  qarataraiz”  shiori  ostida  forslarga 

qarshi  yurish  boshladi.  Mil.  avv  334-yil  may  (Granik  daryosi  yonida), 

333-yil  noyabr  (Issa  shahri,  Suriva  cbegarasida),  331-yil  oktyabr 

(Gavgamela,  Shimoli-sharqiy  Mesopotamiyada)  bo'lgan  hal  qiluvchi 

janglarda  fors  qo‘shinlari  t o la   mag'lubiyatga  uchradi.  Arrianning 

ma’lumot  berishicha  ahmoniytaming  so‘nggi  hukmdori  Doro  III 

Baqtriyaga  qochib  ketadi  va  Baqtriya  satrapi  Bess  tomonidan  fitna 

uyushtirilib o ‘ldiriIadi.

Mil.  a w .  330-329-yillar qishida Makedoniyalik  Iskandar qo'shinlari 

Hinduqush  dovonidan  o'tib  Shimoliy  Baqtriya  yerlariga  chiqib  keladilar. 

Bess  o ‘z  qobshinlari  bilan  Iskandarga  qarshi  chiqdi.  Ammo,,  tajribali 

yunon-makedon 

qo‘shinlaridan 

magMubiyatga 

uchradi. 

Iskandar 

Baqtriyaning  poytaxti  Baqtra  shahri,  Aorn,  Drapsak  kabi  mustahkain 

qal’alarni egalladi.

Mil.  avv.  329-yiIning  bahorida  Makedoniyalik  Iskandar qo'shinlari 

Oks  (Ainudaryo)  bo'ylariga  yetib  kelib  katta  qiyinchilik  bilan  daryoni 

kechib  o ‘tdilar.  Daryodan  o ‘tgati  qo‘shinlaming  dastlab  Ptoiemey  Lag 

boshchiligidagi  ilg‘or  qismi  keyin  esa  asosiy  qo‘shinlar  Navtaka 

viloyatiga  (Sharqiy  Qashqadaryo)  kirib  boradilar.  Bu yerdan  esa  Iskandar 

qo‘shinlari  So‘g !diyonaning  poytaxti  Marokandaga  (Samarqand)  yo‘l 

oldilar. 

Kursiy 

R uf 

ma’ lumotlariga 

qaraganda, 

yunon-makedon 

qo'shinlari  Maroqandani  egallashda  unchalik qarshilikka uchramadilar  va 

■‘shaharda  o ‘z  gamizonlarini  qoldirib,  yaqin  atrofdagi  qishloqlami 

yondirib  va vayron etib”,  shimoli-sharqqa tomon harakatlana boshladilar.

*73


Maroqandadan  so'ng  yunon-makedon  qo'shinlarining  yurishi 

nihoyatda  og'ir  kechdi.  MabaUiy  so'g'diy  aholi  dushmanni  o‘ta  norozi 

kayfiyatda kutib oidi  hamda bir tan- bir jon bo'lib unga qarshi chiqdi. Ular 

o‘z  yerlarining  ozodligi  va  raustaqilligini  mardonavor  turib  chet  el 

bosqinchlaridan himoya qildilar. Iskandar Ustrushonaning (Samarqand va 

Jizzax  oralig'ida)  tog'li  hudud  aholisini  qiyinchilik  bilan yenggach dasht 

ko‘chmanchilari  (saklar)  va  o‘troq  aholi  (so'g'diylar)  o'rtasida  chegara 

hisoblangan  Yaksart  (Sirdaryo)  tomonga  harakat  qila  boshladi.  Yunon- 

makedonlar  daryo  bo'yida  to‘xtab  bu  yerdagi  shaharlarga  o‘z  harbiy 

qismlarini  joylashtira  boshladilar.  Ko'p  o'tmay  bu  shaharlar  aholisi 

Iskandarga  qarshi  qo'zg'olon  ko'taradilar.  Daryoning  o'ng  qirg'og'idagi 

saklar  ham  o 'z  qo'shinlarini  bir  yerga  to'play  boshlaydilar.  Xuddi  shu 

paytda  Baqtriya  va  So'g'diyona  hududlarida  ham  Iskandarga  qarshi 

qo'zg'olonlar boshlanib ketadi.

Iskandar  dastalab  Yaksart  bo'yida  o‘z  mavqeini  mustahkaqtlashga 

qaror  qilib,  bu  yerdagi  qo'zg'olonlami  bostirdi.  So'g'diyonada  mil.  avv. 

329  yil  kuzida  Spitaman  boshchiligidagi  qo'zg'olonni  (Maroqandada) 

bostirish  uchun  sarkarda  Famux  boshchiligidagi  qo'shinlami  jo'natdi. 

O'zi  asosiy  kuchlar  bilan  saklar  ustiga  yurish  qildi.  Ammo  bu  yurish 

muvaffaqiyatsiz tugadi.

Famux  boshchiligida Maroqandaga jo'natilgan qo'shinlar Spitaman 

tomonidan  mag'lubiyatga uchradi.  Iskandarning o'zi  asosiy kuchlar bilan 

So'g'diyonaga  qaytishga  majbur  bo'ldi.  O 'rta  Osiyo  hududlarida 

ko'tarilgan  qo'zg'olonlar  yunon-makedon  zulmidan  ozod  bo'lishga 

qaratilgan  bo'lib,  Iskandarning  “varvar”lami  osonlikcha  bosib  olmoqchi 

bo'lgan rejalarini puchga chiqardi.

So'g'diyonaning tog'U hududlaridagi bosqinchilar qadami yetmagae 

joylarda qo'zg'olonchilar yashirinib olgan edilar.  So'g'diyonaning deyarii 

barcha  aholisi  Spitaman  tomonida bo'lib,  uning  g'alabalariga katta umid 

bog'lagan  edilar.  Iskandar  esa,  mil.  a w .  329-28  yillar  qishlovini 

Baqtriyada  (ba’zi  manbalarda  Navtakada  deyiladi)  o'tkazar  ekan  vaqtni 

behuda  ketkazmadi.  U  bu  yerda  Xorazm  hukmdori  Farasman  bilafi 

muzokaralar  olib  bordi.  Natijada  Iskandarning  Xorazmga  yurish  rejasi 

to'xtatildi.

Mil  avv.  328-yilning bahoridan yunon-makedonlarga qarshi  kurash 

yana  avj  oidi.  Mahalliy  aholi  yirik  shaharlar,  qal’alar,  tog'li  hududlarda 

kurashni  davom  ettirdilar.  Ahvol  jiddiylashganidan  xavotirga  tushgan 

Iskandar  30  ming  qo'shmini  5  guruhga  bo'lib,  bu  guruhlarga  ishonchli



74

sarkardalar-Cielestion,  Ptoiemey  Lag,  I’erdikka,  Ken  va  Artabozlarni 

boshliq etib tayinladi.

Yunon-makcdonlarning  shafqatsiz  urushlari  natijasida  ko'pgina 

mahalliy  aholi  qirilib  ketdi.  Qoiganlari  ham  tog'li  hududlarda  kurashni 

davom  ettirdilar.  Bu  o'rinda  Spitamanning  jasorati  haqida  to‘xtaiish 

joizdir.  Li  doimo  raqiblarining  za y if joylarini  izlar  va  ularga  aynan  o'sha 

joylardan zarbalar  berar edi.  Spitaman  so'g'diy  va  baqtriyalik  zodagonlar, 

hamda  saklar  bilan  itlifoqiikda  dushmanga  qarshi  kurashishga  harakat 

qildi.  Manbalarning  ma:lumot  berishicha  mil.  avv.  328-yilning  oxirida 

Spitaman  o 'z   vatandoshlari  xiyonatining  qurboni  bo‘iadi.  Spitaman 

tajribali  davlat  arbobi  va  sarkarda  bo‘lib,  u  bosqinchilami  Ona-vurtidan 

haydab  ehiqarishi  uchun  imkoniyati  bo'lgan  barcha  tadbirni  ko'rdi, 

choralardan  unumli  foydalanishga  harakat  qildi.  U  mohir  sarkarda  boMib 

dushmanning  kichik  xatosidan  ham  unumli  foydalanar  va  uning  zayif 

tomonlarini  topishga harakat qilardi.  Ammo,  Iskandar harbiy kuch-qudrati 

jihatdan  Spitamandan  ustun edi.

Spitaman  halok  boMganidan  so'ng  asosan  tog1  qal’alari  qo'zg'olon 

o ‘choqlariga  aylanadi.  Yozma  manbalarda  eslatilgan  "So'g'd  qoyasi” 

(yoki  "Arimaz qoyasi'1), “Xoriyen qoyasi” shular jumlasidandir.

Makedoniyalik  Iskandar  mahalliy  aholini  kuch  bilan  yengish 

nihoyatda  og‘ir  ekanligini  anglab  yctganidan  so'ng  turli  yo‘llir  bilan 

ulaiga  yaqinlashishga  qaror  qildi.  Mahalliy  xalq  vakillariga  nisbatan 

siyosatini  tubdan  o'zgartirdi.  Xususan,  zardo‘shtiy  kohinlariga  birmuncha 

;rkinliklar  berib  o ‘zi  ham  bu  dinni  qabul  qildi.  Q o'zg'olon  boshliqlari 

Oksiart,  Sisimitr,  Xoriyen  kabilarni  avf  etib,  mol-mulklarini  qaytarib 

berdi.  Hatto,  qo'zg'olonga  qatnashganlarga  mukofotlar  larqata  boshladi. 

Mahalliy  aholi  bilan  qarindoshlik  munosabatlarini  o !rnatib  Oksiartning 

Ljizi 

go'zal 

Roksanaga  (Rohshanak) 

uylandi. 

Natijada  mahalliy 

rodagonlaminng  deyarli  barchasi  Iskandar  hokimiyatini  tan  olib  uning 

 

qo'zg'olonning so‘nggi  o'choqlari  ham  bostirildi.

Yunon-makedon  bosqinchilariga  qarshi  uch  yil  davomida  kurash 

Dlib  borar  ekan,  0 ‘rta  O siyo  xalqlari  mislsiz  jasorat  namunalarini 

co'rsatdilar.  Ular  yunonlar  o ‘ylaganidek,  “varvarlar”  va  madaniyatdan 

)rqada  qolgan  emas,  balki  o ‘z  davrining  yuksak  harbiy  san’ati  va 

nadaniyatiga  ega  ekanliklarini  namoyish  etdilar.  Iskandar  qo'shinlari 

julun  Sharq  davlatlarini  o'zlariga  bo‘ysundirganlarida  So'g'diyona  va 

3aqtriyadagi  kabi  qattiq qarshilikka uchramagan edilar.  Bu  holni  Iskandar 

arixini yozgan ko'pgina qadimei  davr tarixchilari  ham e ’tirof etadilar.

75


0 ‘zbekiston 

hududlarida  yashagan  mahalliy  aholi  qadimgi 

davrlardan  boshlab  bosqinchilarga  qarshi  ayovsiz  kurash  olib  borib  o'z 

ozodligi  va  mustaqilligi  yoMida  bir  tan-bir jon  bo‘lib  harakat  qilganlar. 

Ammo  kuchlar nisbati  va  harbiy texnikaning teng  emasligi  ko‘p hollarda 

bosqinchilar ustunligini ta’minlagan.

“Avesto”.  Madaniy hayot

Olib  borilgan  tadqiqotlar  natijalariga  qaraganda,  ilk  temir  davri 

0 ‘rta  Osiyoda  yashagan  xalqlar  va  qabilalar  orasida  keng  tarqaigan  va 

asosiy  din  zardo'shtiylik edi.  Bu diniy  ta’limotning asoschisi  7-aratushtra 

va  bu  dinning  muqaddas  kitobi  “Avesto”  haqidagi  bahs  va  munozaralar 

tadqiqotchilar orasida hozirgacha davom etmoqda.

Zaratushtra  (o‘rta  fors  tilida  “oltin  tuyali”  “oltin  tuya  yetaklagan 

odam”)  tarixiy  shaxs  boMib,  Spitama  avlodidan  kelib  chiqqan. 

Zaratushtraning otasi  Pourushasp  qohinlar avlodidan boMgan.  Zaratushtra 

tugMlgan  joy  haqida  aniq  ma’lumotlar  yo‘q.  Uning  tug'ilgan  yilini 

tadqiqotchilar keng  sanalar  bilan (mil.  aw .  1500-1000  yillardan boshlab, 

mil.  avv.  VU-V1  asrlargacha)  bogMaydilar.  Sosoniylar davri  (III-VII  asr) 

zardo'shtiylar  an’analariga  e’tibor  beradigan  boMsak,  Zaratushtraning 

hayoti  mil.  aw .  VII-VI  asming  boshlariga  to‘g‘ri  keladi.  Ko'pchilik 

tadqiqotchilar bu sanani to'g 'ri deb hisoblaydilar.

Zaratushtra  tugMlgan  joy  hamda  “Avesto”  paydo  boMgan  hudud 

haqida  ham  olimlar  orasida  yagona  fikr  yo‘q.  Bir  guruh  olimlar 

Zaratushtrani  hozirgi  Ozarbayjon,  yana  bir  guruh  qadimgi  Baqtriyada, 

boshqa guruh olimlar Xorazmda va Eronda tugMlib faoliyat ko'rsatgan va 

“Avesto” ham shu hududlarda paydo boMgan deb hisoblaydilar.

Zaratushtraning  yangi  taMimoti 

o‘z  vatanida  tarafdorlarini 

topmaganligi  sababli  u  o‘z yurtidan ketishga majbur  boMgan.  Zaratushtra 

diniy ta’limotini  birinchi  boMib qabul  qilgan tarafdorlar qadimgi Baqtriya 

podshosi 

Kavi 


Vishtasp, 

malika  Xutaosa 

va 

ulaming  yaqin 



qarindoshlaridir.  Zaratushtra  o 'z   g'oyalarida  qonli  qurbonlik  qiiishni 

qat’iyan  qoralaydi.  U  yana shuni  ta’kidlaydiki, odamzod yashashga haqli 

bo'lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo'q.

Zaratushtra o 'z g'oyalarini  targ'ib qila boshlagan  davr  O'rta Osiyo 

va  Eron  xalqlari  tarixida  eng  muhim  davr  edi.  lblidoiy  jamoa 

munosabatlari o'zgarib, davlatchilik tizimi munosabatlari qaror topmoqda 

edi. Yangi din esa bu o'zgarishlarni o'zida aks ettirib, tugMlayotgan sinfiy 

jamiyatga  xizmat  qilar  edi.  U  birlashishga  va  kuchli  markazlashgan



76

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling