O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
#183
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57

qoMi 

ostida 


boMgan. 

Sohibi  Xoras 

Amiming  farmonlari  bajarilishini  nazorat  qilgan.  Saroyda  Sharbatdoriar, 

Dasturxonchilar,  Tashtadorlar,  Otboqarlar,  xo'jalik  beklari  kabi  turli 

xizmatchilar  boMgan.  Saroydagi  hamma  xo'jalik  ishlarini  “vakil” 

boshqargan.  Vakil  saroydagi  e’tiborli  kishilardan  biri  hisoblangan. 

Narshaxiyning  yozishicha,  Nasr  II  Somoniy  hukmronligi  davrida  о'и 

devonga Buxoro registonida o'nta maxsus bino qurilgan.

Devonlar orasida  vazir  yoki  “xo'ja  buzurg”  devoni  alohida o‘rm 

tutgan.  Bu  devonga  boshqa  hamma  devonlar  bo'ysungan.  U  to n n a  

ma’muriy, siyosiy va xo'jalik mahkamalarini nazorat qilgan.

Davlatni  idora etishda “ mustaufiy devon” ham muhim ahamiyatga 

ega  boMgan.  Bu  devon  daviatning  butun  moliya  ishlarini  boshqaigan  va 

nazorat qilgan.  Devon xazinador tomonidan boshqarilgan.

“ Devon  Amir-al-mulk” yoki “al-rasayi”  davlat ahamiyatiga molik 

bo'lgan  rasmiy huj|atlarni tuzish bilan shug‘ullangan.  Bundan tashqari bu 

devon chet davlatiar bilan boMadigan munosabatlami ham boshqargan.

“Sohib  ash-sharat”   devoni  daviatning  butun  harbiy  ishlarini,  shu 

iumladan amimine shaxsiv qo'shinini  boshqargan. “Sohib ash~shurat”nmg

139


maxsus  yordamchisi-Aris  boMgan. 



mahkama  va  uning  boshligM  amir 



qo'shini  xazinasi  bilan  shug‘ullangan.  Qo‘shimcha  bir  yilda  to ‘rt  marta 

maosh  to1 lagan.  Davlatni  idora  etishda  “sohib  al-borid”  devonining 

ahamiyati  ham  juda  katta  boMgan.  Bu  devon  davlat  ahamiyatiga  molik 

boMgan 

hujjatlarni 

va 

xabarlarni 

yetkazish 

bilan 

shug‘ ullangan. 

Devonning hamma shahar  va  viloyatlarda mahalliy  mahkamalari  boMgan.

“ Muxtasiba” 

devoni  bozorlarni,  sotuvchilarni,  qadoqboshlarning 

ogMrligi,  bozordagi  mollarning narxini,  sifatini  nazorat qilgan.

Davlat  xazinasining  daromadlarini  va  xarajatlarini 

“raushrif’ 

devoni  nazorat  qilgan.  Bundan  tashqari 

“qozi  az-ziya” 

va 

“vaqf* 

devonlari  boMgan.  “Q ozi  az  xiva’’  devoni  davlat  yerlarini,  “vaqf”  devoni 

hadya  etilgan  yerlarni  va  musulmon  ruhoniylarining  boshqa  mol- 

mulklarini  nazorat qilishgan.

Devonlarning aytarli  hammasini  viloyatlarda boshqarmalari  boMgan. 

Devonlarning  viloyatlardagi  boshqarmalari  bir tomondan  o‘z devonlariga, 

ikkinchi  tomondan  viloyat  hokim iga bo‘ysunishgan.  Bundan  faqat  "Sohib 

al-borid” devonining amaldorlari  mustasno  boMgan.

Viloyat  va  tumanlar  amir  tomonidan  tayiniangan  hokimlar 

tomonidan  idora  qilingan.  Odatda  bunday  lavozimga  mahalliy  boy 

zodagonlar 

tavsiya 

etilgan. 

Somoniylar 

davlatida 

musulmon 

ruhoniylarning  ta’siri  nihoyatda kuchli  boMgan.  Ular  markaziy  hokimiyat 

ishlarida  ham  faol  ishtirok  etganlar.  Somoniylar  davlatining  diniy 

hayotida"  hanifiylar  m azhabligiga  mansub  ruhoniylar  hamma  diniy 

lavozimlami  o ‘z  qoMlariga  olishgan.  Ruhoniylarning  boshligM 

“ustod”, 

keyinchalik 

“Shayx  ul-islom” 

deb  atalgan.  “Ustod”  dan  so ‘ng  o ‘z 

lavozimi 

bo‘yicha  ruhoniylar 

orasida 

“xatib” 

turgan. 

U  jom e' 

masjidlarida  jam a  nam ozida  xutba  o'qish  haquqiga  ega  boMgan.  Bu 

davrda  Buxoro  Sharqdagi  islom   olamining  eng  nufuzli  markazlaridan 

biriga  aylanadi.  Movarounnahrdagi  dastlabki  madrasalarning  bu  yerda 

barpo etilishi ham bejiz emas.

Yer egal igining quyidagi shakllari  mavj ud bo‘ lgan:

Mulki  sultoniy 

-  shaxsan  amirga  tegishli  yer-suv,  tegirmon, 

do‘konlar.  Bu  mulkni  qishloq  chorikorlari  ijaraga  olganlar.  Yana  yer 

egaligining toma (umrbod berilgan yer),  iqto  (inerosiy) turlari boMgan.

Xususiy  shaxslarga  tegishli  mulk: 

hukmdor  tabaqa  xonadoni, 

dehqon-zodagonlarga,  sayyidlar,  sipohsolor,  badavlat  savdogarlarga 

tegishli  mulklar hisoblangan.  Shartli  yer egaligi  ham boMgan.

Vaqf  mulklari: 

diniy  muassasalar  va  madrasalarga  tegishli  mulk. 

Bu mulkni  muassasa m utavallisi  boshqargan.

140


Jam oa  mulki; 

y a y l o v ,   t o g '   y o n b a g 'i r l a r i d a g i   lalmi  yerlar.

X ir o j  h a jm i  s h a r ia t  v a   d a v l a t   q o n u n la r i  a s o s id a   b elg ilan g an . 

S o m o n i y l a r n i n g   b i r g in a   B u x o r o   va  K a r m a n a   viloyatlari  x ir o ji d a n   tu s h g a n  

d a r o m a d i  

116866  d i r x a m n i   ta s h k il  qilgan.



Somoniylar  davrida  yerlar  qaytadan  taqsim  qilindi.  Yer egalarining 

yangi  guruhi  tashkil  topdi.  Ularning  ko‘pi  sipohiylardan  chiqqan  edi. 

Masalan,  Alpteginning  Xurosonda  va  Movarounnahrda  500  qishlogM 

boMib,  biror  shahar  yo‘q  ediki,  unda  uning  qasri  yo  bog‘i,  yoxud 

karvonsaroyi  boMmasa.  lining tasaruffida  minglab  otlar va chorva  mollari 

boMgan.

Somoniylar  davrida  qudratli  markazlashgan  davlatning  vujudga 

kelishi  natijasida  Movaraunnahr  va  Xurosonda  ma’lum  barqarorlik  qaror 

topdi.  Bu  holal  mamlakat  iqtisodiy  hayotiga  katta  ta’sir  ko‘rsatdi. 

Dehqonchilik,  hunarmandchilik  va  savdo  tez  suratlar  bilan  rivojlana 

boshladi.  Movaraunnahr  va  Xuroson  bu  vaqtda  Sharqning  iqtisodiy 

jihatdan  eng  rivojlangan  o ‘lkalaridan  hisoblangan.  Tarixchilar  va 

geograflar  bu  borada  juda  yaxshi  ta’riflar  yo/.ib  qoldirganlar.  Ular,  bu 

yerlar  juda  serhosil,  tabiiy  boyliklarga  boy,  unda  ko'plab  qishloq  va 

shaharlar  borligini,  aholi  uchun  kerakli  hamma  narsalar mavjudligini  zo'r 

ehtiros  bilan  bitganlar.

Xuroson  va  ayniqsa,  Movaraunnahr  dehqonchilik  oMkalari  qatoriga 

kirgan.  Bu  ycrlarda  dehqonchilik  asosan  sun’iy  sug'orishga  asoslangan. 

K o‘plab  soy  va  daryolardan  chiqarilgan  katta-kichik  kanallar  mavjud 

bo‘lgan.  Buxoro  vohasida  Shopurkon,  Shohrud,  Karmana,  Poykand, 

Samarqand  vohasida  Barj  (Darg‘om),  Barmsish,  Buzmadisoy,  Ishtixon 

kabi  kanallar  shahar  va  qishloqlarni  suv  bilan  ta’minlagan.  Bundan 

tashqari  bunday  kanallar  Xorazm,  Qashqadaryo.  Farg‘ona  va  Shoshda 

ham  boMgan.  Manbalarga  qaraganda  Shosh  aholisi  xalifa  Mutasimga 

(833-842)  murojaat  qilib  vohada  suv  yetishmasligi  tufayli  kanal 

qurilishiga 

yordam 

so‘ragan. 

Sun’iy 

sug‘orishga 

asoslangan 

dehqonchilikdan  tashqari  lalmikor  dehqonchilik  ham  yaxshi  yoMga 

qo‘yilgan.

Dalalarda  bug‘doyning  turli  navlari,  arpa,  sholi  va  boshqa  boshoqli 

ekinlar ekilgan.  Qishloq  xo'jaligida  paxta  yetishtirishga  alohida ahamiyat 

berilgan.  Paxta,  ayniqsa,  Zarafshon.  Qashqadaryo  va  Marv  vohasida  ko‘p 

ekilgan.  Bog'dorchilik  ham  yaxshi  rivojlangan.  BogMarda  olma,  shaftoli, 

nok,  behi,  anor,  anjir,  yong‘oq  kabi  turli  mevalar  yetishtirilgan.  Uzum 

yetishtirish  yaxshi  yoMga q o ‘yilgan.  Ayniqsa,  Samarqand,  Marv,  Hirotda 

yetishtirilgan 

uzumlar  juda 

qadriangan. 

Uinuman 

Xuroson 

va

141


Movaraunnahming  mevalari  o'zining  turli  navlari  va  yuqori  sifatiiligi 

bilan butun  Sharqda dong taratgan. Juda ko'p quruq mevalar Yevropaning 

turli shaharlarigajo'natilgan.

Umuman,  Somoniylar  davrida  Xuroson  va  Movaraunnahr  qishloq 

xo'jaligining  turli  tarmoqlari  xususan,  dehqonchilik  yaxshi  rivojlangan. 

Somoniylar davrida dehqonchilik  bilan  bir qatorda  hunarmandchilik  ham 

keng  sur’atlar  bilan  tarqaigan. 

Shahar  aholisining  ko‘p  qismi 

hunarmandchilikning turli sohalari  bilan mashhur boiishgan. Manbalarda 

qayd qilinishicha,  Movaraunnahrda, ayniqsa to'qimachilik yaxshi taraqqiy 

qilgan.  Bu  yerlarda  ipak  va jundan  tayyorlangan  turli-tuman  gazlamalar 

o'zining yuqori  sifatiiligi,  bejirim  va  uafis  naqshlari  bilan  ajralib turgan. 

Buxoroning  Zandana,  Samarqanddagi  Vcdar  va  Surxondaryodagi 

Darzangi  to'qimachilarining  mahsulotlari  faqatgina  Movaraunnahr  va 

Xurosondagina  emas,  balki  Iroq,  Eron  va  Hindistonda  ham  mallum 

bo'lgan.  Xususan,  Narsbahiyning  yozishicha,  Zandanada  tayyorlangan 

gazlamalarga  Sharq  bozorida  ehtiyoj  juda  katta  bo'lgan.  Ibn  Xavqal  va 

Muqaddasiyning  qayd  etishicha,  Vedarda  tayyorlangan  yuqori  sifatli 

gazlamalar  aholining  yuqori  tabaqalari  orasida  juda  qadrlangan.  Bu 

gazlamalardan asosan  amirlar,  vazirlar,  turli  amaldorlar,  qozilar o'zlariga 

liboslar  tiktirganlar.  Vedar  gazlamasi  hatto  Xuroson  parchasi  ham  deb 

atalgan.  Gazlamalarning  turli  navlari  bundan  tashqari  Kesh da,  Nasafda, 

Oabusiyada va ko'pgina boshqa shaharlarda ham tayyorlangan.

Kulolchilik ham Somoniylar davrida o 'z taraqqiyotining eng yuqori 

bosqichlariga ko'tarilgan.  Kulolchilik  charxini  yanada  mukammallanishi 

natijasida  idishlarni  bezashda  sirlardan  foydalanishni  kashf  etilishi  bu 

borada  katta  yutuq  bo'ldi.  Natijada  idishlarni  turlari  ham,  shakllari  ham 

ko'paydi.  Ularning  sifati  keskin  darajada  oshdi.  fdishlar  turli  rangdagi 

sirlar  bilan  bezatila  boshlandi.  Manbalarda  qayd  qilinishicha,  ayniqsa, 

Samarqand, Binket va Marv kulollari tayyorlagan idishlar o'zining bejirim 

shakli,  yuqori  sifati,  ajoyib  va  nafls  naqshlari  bilan  ajralib  turgan. 

Epigrafik  naqsh  bilan  bezatilgan  turli-tuman  idishlar  ayniqsa,  diqqatga 

molikdir.  Shu  davrga  oid  shaharlarda  olib  borilgan  arxeologik 

izianishlarga  qaraganda,  kuiollar  shaharlarda  mahalla-mahalla  bo'lib 

yashaganlar. Мала shunday mahaltalar Samarqandda, Marvda, Axsikatda, 

Termizda ochib o'rganilgan.

Bu  davrda  shishasozlik  ham  keng  rivojlangan.  O 'rta  Osiyo 

shishasozlari  turli  shakldagi  katta-kichik shisha  idishlarni tayyorlagantar. 

Idishlar  asosan  ko'kimtir va shaffof rangdagi  shishalardan  tayyorlangan. 

Ulaming  ma’lum  qismi  naqshlar  bilan  bezatilgan.  Shishasozlaming



142

ustaxonaiari  N iso,  Marv.  Termiz,  Poykant  kabi  shaharlarda  ochib 

o'rgani lagan. 

O'rta 

O siyo 

shishasozlarining 

mahsulotiga 

boshqa 

oMkalardan  chtiyoj  katta bo'lgan.

Som oniylar davrida metalturgiya sohasida ham  katta yutuqiar qo'lga 

kiritilgan.  Yozm a  manbalar  va  olib  borilgan  arxeologik  qazish  ishlarga 

qaraganda  bu  davrda  kon  sanoati  taraqqiyotida  katta  o'zgarishlar  ro‘y 

•bergan.  Bu  davrda  Badaxshonda  kumush,  oltin, ■

  billur,  lojuvard  kabi 

qimmatbaho  metall  va  toshlar  qazib  olish  davom  etgan.  Ustrushonaning 

M ink  tumanida katta  miqdorda temir  rudasi,  Buttamda oltin,  kumush,  mis 

va  boshqa  metal lar,  Tuzkon  ko'lida  tuz,  Farg'onadagi  Nokad  degan 

joydan  oltin,  kumush,  Isfara  yaqinida  toshko‘mir  qazib  olingan. 

Farg'onada neft  ham  borligi yozm a manbalarda qayd qilingan.

0 ‘rta  O siyoda  som oniylar  davrida  qog‘o z   ishlab  chiqarish  ham 

yaxshi  rivojlangan.  Q og'oz  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  eng  yirik  markaz 

Samarqand  bo'lib,  undagi  qog'ozlarriing mahsuloti  faqat O ’rta Osiyo  yoki 

Sharqda  em as,  balki  Yevropada  ham  mashhur  bo‘lgan.  Samarqand 

qog'ozin in g olti navi  manbalarda qayd qilingan.

Yuqorida  qayd  qilingan 

hunarmandchilik  turlaridan  tashqari 

som oniylar  davrida  O'rta  Osiyoda  toshtaroshlik,  zargarlik,  duradgorlik 

kabi  sohalar ancha rivoj  topgan. 

Somoniylar davrida  kuchli  va mustaqil 

davlatnig  paydo  bo'lishi  dehqonchilik,  hunarmandchilikning  rivojlanishi, 

shaharlarning  taraqqiyoti  o ‘z  navbatida  ichki  va  tashqi  savdoni  yanada 

uzviylashuviga  va  taraqqiyotiga  olib  keldi.  Avvalo,  shahar  va  qishloqlar 

o'rtasidagi  savdo  kengaydi.  Ikkinchi  tomondan  shahar  va  qishloqlami 

q o ‘shni  ko'chm anchi  xalqlar va boshqa davlatlar bilan aloqasi  rivojlandi.

Y ozm a 

manbalarda  qayd 

qilinishicha, 

bozorlar  katta-kichik 

shaharlarda  va  hatto  qishloqlarda  boMgan.  Ayniqsa,  karvon  yoMlari 

b o‘ylab joylashgan,  shaharlarda  bir  nechtadan  bozorlar  bo'lgan.  Buxoro, 

X o ‘jand,  Nasaf,  Kesh,  Termiz,  Hirot,  Marv,  Nishopur  shaharlaridagi 

bozorlar  katta  va  juda  gavjum  bo'lgan.  Istahriyning  yozishicha, 

Samarqandda  Movarounnahming  bosh  bozorlari  joylashgan.  Bu  yerga 

hamma  yerdan  savdogarlar  kelgan.  Movarounnahrda  tayyorlangan 

mahsulotlarning  katta  qismi  Samarqandga  keltirilgan  va  undan  keyin 

boshqa  o'lkalarga  tarqalgan.  Ichki  va  tashqi  savdoda  ayrim  kichik 

shaharlarning  ham  o ‘m i  katta  bo'lgan.  Bu  borada  Poykand  shahri  muhim 

ahamiyat 

kasb 

etadi. 

Manbalarda 

yozishlishicha 

bu 

shaharda 

somoniylardan  oldin  ham  savdogarlar  Xorazm,  Kaspiy  bo'yidagi  o'lkalar 

va  X itoy  bilan  oldi-sotti  ishlari  olib  borishgan.  Shahar  hokimlari 

savdogarlar  uchun  hamma  shart-sharoitlami  tug'dirib  berishga  harakat

143


qilganlar.  Shaharda o‘nlab  karvon  saroylar  mavjud  boMgan*  ular bozorga 

yaqin joylarda joylashgan.  Savdo  rastalari  karvonsaroyning  o‘zida  ham 

boMgan.  Karvon saroylar yoMlarda ham qurilgan.

Bozorlarda  sotiladigan  mollar avvalo  mahalliy  aholining  ehtiyojini 

qondirishga  qaratilgan.  Hunarmandlar  o 'z  mollarini  sotib  oziq-ovqat 

mollarini  xarid  qilishgan,  o‘z  navbatida  dehqonlar  hunarmandchilik 

moHarini  xarid  qilishgan.IX-X  asrlarda  O 'rta  Osiyoning  iqtisodiy 

hayotida savdo-sotiq  katta ahamiyatga ega edi. Bu borada ko‘chmancbilar 

bilan  chegaradosh  boMgan  shaharlarning  ahamiyati  katta  boMgan. 

Ko‘chmanchilar  shaharlarga  kelib,  dehqonchilik  va  hunarmandchilik 

mahsulotlarini  xarid qilganlar,  teri  va boshqa chorvachilik  mahsulotlarini 

sotganlar.

0 ‘rta  Osiyolik  savdogarlar  o 'z  mollarini  arab  xalifaligi  tarkibiga 

kirgan  davlatlarga,  Kavkazga,  Xazar  va  Bulg'oriyaga,  Xitoy.  va 

Hindistonga olib  borib  sotganlar.  0 ‘rta  Osiyodan  Xitoy  bilan  0 ‘rta  Yer 

dengizini  biriashtiruvchi  va  Janubi-Sharqiy  Yevropaga  olib  boruvchi 

karvon  yoMlari  o'tgan.  Ayniqsa,  O'rta  Yer  dengizi  bilan  bog'lovchi 

karvon  yo'li  ancha  gavjum  boMgan.  Bu  yo'l  Bag'dod,  Hamadon, 

Nishopur,  Marv,  Amul,  Buxoro,  Nasaf,  Kesh,  Samarqand,  Ustrushona, 

Choch,  Botasog'un  orqali  Xitoyga olib borgan.  Xitoyga  O'rta Osiyodan 

otlar  va  shisha  buyumlar  olib  borilgan.  Xitoydan  esa  turii-tuman  ipak 

gazlamaiar  keltirilgan.  Xazar,  Bulg'Or  va  Rus  yerlariga  O'rta  Osiyodan 

quruq  mevatar,  turli-tuman  gazlamaiar,  guruch  va  kumush  chiqarilgan. 

O 'z   navbatida janubi-sharqiy  Yevropadan  O'rta  Osiyoga  mo'yna,  mis, 

teri,  qoramol,  qullar  keltirilgan.  Janubi-sharqiy  Yevropa  bilan  boMgan 

savdo aloqalarida xorazmlik savdogarlarning o ‘mi katta boMgan.

Somoniylar va Qoraxoniylar o‘rtasidagi kurash

"Qoraxoniylar davlati Yettisuv  hududidagi Qarluq (756-940) davlati 

o'm ida  tashkil  topdi.  Uning  asoschisi  Sotuq  Bug'roxon  (915-955) 

hisoblanadi.  U  942 yili  Bolasog'un  hokimini  mag'lub etib, o'rniga o'zini 

hoqon  deb  atadi.  Qoraxoniylar  davlatiga  ikki  qabila-yag'mo  va  jikil 

qabilalari  birhishdilar.  Sotuq  zamonida  Qoraxoniylar  daviati  ikkiga 

boMinib ketadi.  Binning poytaxti Bolasog'un boMib, oliy hokimiyat yoshi 

katta boMgan hoqon tomonidan boshqarilgan; ikkinchi daviatning poytaxti 

Taroz, 

keyinchalik 



Qoshg'ar 

bo'lib, 


kichik  hoqon  tomonidan 

boshqarilgan.  Qoraxoniylar  Somoniylar  davlatidagi. milliy  nizolardan 

ustalik  bilan  foydalandilar.  Hasan  Bug'roxonning 992-yili  Somoniylarga

144


qarshi  yurishi  oldidan  somoniylar  lashkarboshchisi  Xuroson  hokimi  Abu 

ali  Simjuriy  it  bilan  muzokara 

o lib  


borgan.  Sornoniylarning  boshqa 

lashkarboshchisi, 

Balx 

hokimi 

F o y iq  



Raboti 

Malik 

vaqinidagi 

Bug'roxonga  qarshi  jangda,  har  tomonlama  ustunlikka  cua  boMishiga 

qaramay  taslim  boMadi.  lloq  hokimi  Mansur  ibn  Ahmad  esa.  hoqonga 

lobelik  bildirib.  lining  nomiga  pul 

z a r b  



cradi.  Buxorodan  Qoshg'arga 

ketayotganda  Bug'roxon  kasallanib 

v a fo t 



etadi.  Bundan  foydalangan  Nuh 

ibn  Mansur taxtni  qayta  egallaydi.

9% -yili  Qoraxoniylar  xoni  Nasr  Buxoroni  yana  bosib  oladi. 

Somoniylar  lashkarboshisi  Abui  Ibrohim  Ismoilning  (Muntasir)  Buxoroni 

ozod  etish  yoMidagi  urinishlari  1005-yilda  muvaffaqiyatsizlikka  uchradi. 

Sornoniylarning  G'a/nadagi  noibi  Sabuqtegin  997-yilda  vafot  etdi. 

O'rniga  lining  o ‘gMi  Mahmud  G'azna  hokimi  boMdi.  Somoniylar  amiri 

Mansur ibn  Nuh (997-999) uning ta’sirida  edi.

10 0 1-yilda. 

Sulton 

Mahmud  Qoraxoniylar  xoni  Nasr  bilan 

shartnoma  tuzib,  Amudaryoni  ikki  o'rtadagi  chegara  qilib  belgiladi. 

Somoniylar davlati  o'mida  ikki  ulkan davlat  tashkil  topdi:

Birinchisi-Qoshg'ardan 

Amudaryogacha 

cho‘zilgan 

Sharqiy 

Turkistonning  bir  qismida,  Yettisuv,  Shosh,  Farg'onaning  qadimgi 

hududlarini  o 'z  ichiga olgan Qoraxoniylar davlati.

Ikkinchisi-Shimoliy  Hindiston  sarhadlaridan  Kaspiy  dengizining 

janubiy  qirg‘oqlarigacha  cho'zilgan  hamda  hozirgi  Afg'oniston  va 

shim oliy- sharqiy  Eronni  o‘z  ichiga olgan G'aznaviylar davlati edi.

Iloq  hokimlari  nomigagina  qoraxoniylarga  qaram  boMib,  o'z 

yurtlarini 

mustaqil 

ravishda 

boshqarganlar. 

Iloqdagi 

dehqonlar 

sulolasining  asoschisi  Mansur  ibn  Ahmadning  o ‘gMi  Muhammad  ibn 

Mansur  (1004-1008)  boMgan.  lining  o'gMi 

Abushujo  Solor  ibn 

Muhammad  (1008-1009)  qoraxoniylar  xoni  Ahmad  ibn  Aliga  qaram 

boMdi.  Uoqda  Nasr  ibn  Alining  uchinchi  ukasi  Muhammad  ibn  Ali  (1010- 

1015)  Inoltegin  laqabi  bilan  pul  zarb  qilgan.  Unga  lloq,  Xo'jand,  Taroz 

mulklari  tobe  bo'lgan.  Chug‘rotegin  Husayn  ibn  Mansur  (1016-1030), 

Muhammad  Yusuf  Bug'roxon  (1032-1057)ning  poytaxti  Shosh  edi. 

1’o ‘g ‘rultegin  Qoraxon  Yusuf  (1068-1075)  zamonida  lloq  Sharqiy 

Qoraxoniylar davlatiga qaram boMgan.

XI  asr  o'rtalarida  tamg'ochxon  unvonini  olgan  qoraxoniy  Ibrohim 

ibn  Nasr  g'arbiy  Qoraxoniylar  davlatining  poytaxtini  0 ‘zgandan 

Samarqandga ko'chirdi.

1068-yilda.  Movarounnahrda  qoraxoniy  Ibrohim  ibn  Nasr  o'gMHari 

o'rtasida  taxt  uchun  kurash  boshlandi.  Kurashda  Shamsulmulk  g'alaba

145


qopodL Sham^uhnulk Abulhasan Nasr ibn  lbrohim (1068-1080) davrida 

fijugcoroda katta quri I ish ishlar olib borilgan.

lOSO-yilda 

Shamsulmulk 

vafotidan 

keyin 


Movaraunnahrda 

holdmiyat  ucbun  kurash  avj  oladi.  Bundan  foydalangan  saljuqiy  sulton 

Malikshoh 

1089-yili 

Movaraunnarga  bostirib  kirdi.  Buxoro  va 

Samarqandni zabt etib, xon Ahmadni asir oldi.  Ammo  Ahmad bilan sulh 

tuzpb  uni  o‘z   taxtida  qoldiradl.  Qoraxoniy  Ahmadning  saljuqlarga 

ita^tkorligi  amirlar  va  ruhoniylar  noroziiigiga  sabab  boMdi.  Natijada  u 

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling