O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Muhammad Xorazmshoh o'zining yori-atrotdagi (G'ur, Xuroson
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Muhammad Xorazmshoh o'zining yori-atrotdagi (G'ur, Xuroson, Movarounnahr. Mozandaron, Ozarbayjon va boshqalar) uncha kuchli boMmagan yerlarni tezlik bilan o ‘z qo'l ostida birlashtirib, o'z g'alabalariga juda berilib ketgan edi! Qoraxitoylar ustidan qozonilgan g'alabadan ( 1210
) so'rig esa u o'zini mutloq ycngilmas (“Iskandari Soniy"’, "Sulton Sanjar’, “Ollohning yerdagi soyasi” va boshqa unvonlarga ega) deb hisoblab, islom olamiga egaligini ham da’vo qila boshladi. Uning armiyasi soni garchi son jihatdan ko'pchilikni tashkil etsada, bu qo'shin harbiy intizomi uncha mustahkam bo'lmagan, salohiyati ancha past, ko'proq janubliklardan olingan yollanma qo‘shin edi. O'z navbatida bu qo'shin vatan mudofaasi uchun emas, balki ko!proq istilo, talon-taroj, o'lja olish uchun mo'ljallangan qo'shin edi. Haqiqatda Xorazmshoh kuchli, o'ziga munosib keluvchi raqib bilan kurash olib borgani yo‘q hisobi, bu esa yuqorida qayd etilganidek, o'z harbiy mahoratiga ulkan ahamiyat berishiga olib kelgan edi. Joylarda noib va hokimlik lavozimidagi Xorazmdan bo'imish amaldorlar oddiy xalqqa nisbatan ko'pincha zo'ravonlik, tayziq ila munosabatda boMar, bu esa Xorazmshohlar davlatiga nisbatan aholining noroziligiga sabab b oiar edi. Soliqlar miqdori bir me’yorda turmas, mehnatkash ommaning ahvoli ancha og'ir edi. Masalan, 1219-yili Xorazmshoh xiroj solig'ini bir yo'la uch marotabagacha undirib olishga buyruq bergan edi. 1206, 1212-yillarda Buxoro va Samarqanddagi xalq g'alayonlar zo'ravonlik va soliqlar oshib ketishiga qarshi qaratilgan edi. Soliqlar va zo‘ravonlikdan ezilgan xalqning Sulton Muhammadga e’tiqodi va ishonchi mo‘g ‘ullar bosqini arafasida susayib ketdi. Shuningdek, sultonning Bag'dod xalifaligiga yurishi va o‘z holicha termizlik sayidlardan bo'imish Shayx Olamulk Termiziyning xalifa deb e’lon qilinishi Movarounnahr ulamolari ichida haqli norozilikka sabab bo'ldi. Taniqli movarounnahrlik din arbobi Shayx Majididdin Bag‘dodiyning ta’qib etilishi esa sulton bilan ruhoniylar orasida munosabatlami mutloq keskinlashtirib yubordi. Chingizxon o'zining yaxshi tizimga asoslangan ayg'oqchilar tarmog‘i orqali Xorazmshohlar davlatidagi ushbu ahvoldan boxabar edi. Shuningdek, u ushbu qadimiy madaniyat va yuqori salohiyatga ega Movarounnahr ahtini osonlikcha bo'ysundirib bo'lmasligini ham yaxshi 188
bilib, bo'Iajak mahorabaga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. 0 ‘tror voqeasidan avvalroq Chingizxon qo‘shinlarining Yettisuvga qilgan harbiy ynrishlari sulton M uhammadni tashvishga solib qo‘ygan edi. Garchi Xorazmshoh katta
qo'shinga ega
bo‘lsa-da, o'zaro
ixtiloflar, sarkardalarga ishonchsizlik, o‘z hokimiyatidan xavfsirash Xorazmshoh qo‘shinining zayiflashuvi, intizomning pasayishiga olib kelgan edi. Muhammad Xorazmshoh m o‘g ‘ullarga zarba berish xususida Urganchda harbiy kengash chaqiradi. Unda ko'zga ko‘ringan davlat arboblari, aslzodalar, harbiy sarkardalar ishtirok etadilar. Asli xivalik mashhur fikhshunos hamda davlat arbobi Shahobiddin «1-Xivaqiy bor qo'shinni Sirdaryo bo'yiga to‘plab, uzoq yoU bosib kelayotgan m o'g'ul qo'shiniga chegara bo‘yidayoq hal qiluvchi zarba berish to ‘g ‘risida yagona va harbiy jihatdan haq fikrni bildirdi. Shahzoda Jaloliddin ham aslida shu fikrga qo'shilgan edi. Lekin Xorazmshoh o'z sarkardalariga, ayniqsa qipchoq harbiylariga ishonchsizlik bilan qarar, katta qo'shinnl bir joyga to'plashdan, qo‘shin yig‘ilganda esa o ‘z.ini taxtdan ag‘darib tashlashlari mumkin ekanligidan cho‘chir edi. Shuning uchun sulton va uning onasi tazyiqi bilan Kengash mudofaa usuliga o vtishni m a’qul deb topdi. Jami 450 taga yaqin shahar (qal’a) va viloyatlardan iborat bo'lm ish davlatda qo'shin katta jangga kirib vatan sharafini himoya qilish o ‘miga shahar va qal’alarga bo'lib tashlandi. Ba’zi markaziy shaharlar, jumladan Buxoro va Samarqand mudofaasini mustahkam lash zarur degan fikrga kelindi, xolos. Ammo bu mudofaa ham yaxshi tashkil etilmadi. Chingizxon 1219-yili o‘z o‘g‘illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari bilan anchadan beri puxta tayyorlangan Xorazmshoh- Anushteginiylar davlati ustiga harbiy yurishni boshladi. Bu kuchlar yozni Irtish daryosi b o ‘yida o‘tkazib, sentabr oyida chegaradan o'tadi. Chingizxonga uyg‘ur ediquti (xoni) Baurchak, qarluqlar xoni Arslonxon va Olm aliq hukmdori Sig'noqteginlar ham o‘z qo‘shini bilan kelib qo'shildilar. Chegaradan o‘tgan Chingizxon o‘z qo‘shini bilan janubiy qozoq cho ilarin in g Sirdaryoga tutashgan joyidagi 0 ‘tror shahri yaqinida to‘plab uni 4 qismga bo'ladi. C hig'atoy va O 'qtoy qo'shinning bir qismi bilan O'trorni qamal etib, egallash uchun qoldirildi. Ikkinchi qism esa Jo‘chi boshchiligida Sirdaryoning yuqori oqimidagi Jand, Yangikent, Borchig'lig'kent, S ig'noq shaharlarni bosib olish udiun yuborildi. Uchinchi qismidagi besh ming chog'li qo'shinga Uloq no'yon va Suketu Cherbi bosh bo'lib O ‘trordan janubga, X o'jand va Banokatni egallash vazifasi topshirildi. 189
Chingizxon o'zi bosh bo'lgan to'rtinchi, asosiy qism (uning tarkibida taniqli sarkardalar Jebe va Subutoy ham bor edi) Zarafshon vohasi tomon- Buxoro hamda Samarqandni istilo etish uchun yo‘l oldi. Chegaradagi O'tror mustahkam shahar qal’a bo'lib, mo'g'ullarga olti oy davomida mardonavor qarshilik ko'rsatgan edi. O'tror hokimi lnalxon (G'oyirxon) qo'lida 20.000 chog'li suvoriy bo'lib, Xorazmshoh unga yordam tariqasida 50.000 kishilik “lashkari birun”ni ham yuborgan edi. Qamal davomida qo'shimcha tarzda yana Qoracha Hojib boshchiligidagi 10.000 kishilik qo'shin ham yuborilgan edi. O'tror hokimi jasur va mard sarkarda lnalxon unga mahorat bilan boshchilik qilar edi. Ammo ayrim zotlarning xiyonatkorligi tufayli besh oylik qamaldan so'ng lnalxon deyarli bir oy davomida o'z qo'shini bilan shahar qal’asida qarshilikni davom ettiradi. Oxir-oqibatda lnalxon deyarli bir o'zi qolib, qal’a tomiga chiqib, qo'liga tushgan narsasi bilan mo'g'ullarga hujum qilgan. Mard sarkardani mo'g'ullar tiriklayin qo'lga tushirib, Samarqandga Chingizxon huzuriga yuborganlar. Chingizxon esa manbalarning yozishiga ko'ra, “kumushni eritib o'z huzurida sarkardaning quloq va ko'ziga quyishni buyurgan”. lnalxon shu tariqa vahshiyona ravishda o'ldirilgan. O'tror shahri o'z jasorati evaziga mo'g'ullar tomonidan butkul buzib tashlandi. Buxoro yo'nalishida ketayotgan Chingizxonga esa Zarnuq (Zerinuh) va Nur qal’alari jangsiz taslim bo'ladilar. Chingizxon 1220-yilnrng fevral oyi boshlarida (ba’zi adabiyotlarda 7 fevralda deyiladi) Sharqning qadimiy go'zal shahri, Sharqdagi islom dini gumbazi, “butun musulmon shaharlari onasi” nomini olgan “Islomiy ilmlar markazi” Buxoro yaqinida paydo bo'ldi. Uch kunlik shahar qamali boshlandi. Buxoroda bu paytda 12.000 lik shahar gamizoni va 20.000 kishilik “lashkari birun” mavjud edi. Lashkarlarga nufuzli sarkardalar Ixtiyoriddin Qo‘shlu, Inanchxon Og'ulhojib, Hamid Pura Qoraxitoy, Suyunchxon, mo‘g‘ullardan qochib o'tgan uyg'ur sarkardasi Ko'kxon (Go'rxon) bosh edilar. Sarkardalardan Inanchxon bazo'r Amudaryodan o'tib qutulishga muvaffaq bo'ladi, Hamid Pura Qoraxitoy mardonavor jangda halok bo'ladi, qolgan-qutgan harbiylar Buxoroga qaytib chekinishga majbur bo'ladilar. Ahli Buxoro o'z himoyachilaridan ayrilgandan so'ng, shahar ahli jonini salomat saqlab qolish niyatida shaharliklar maslahatlashib, Buxoro qozisi Badriddin qozi boshchiligidagi bir guruh oqsoqollami Chingizxon huzuriga yuboradilar. 10 fevral kuni Buxoroga mo'g'ullar kirib keladilar. Buxoroga kirib kelgan Chingizxonning hatti-harakatlari 190
xususida Rasbididdin shunday deb yozgan edi: «Chingizxon otda masjidi jom e oldiga kelib to'xtadi va shahaming kazo-kazoiarini o'z huzuriga chaqirtirdi. M o‘g'ul!ar shahar omborxonalarini ochib, g'allalami tashib oldilar. Qur’on nusxalari saqlanadigan sandiqlami otlarga oxur qildilar. rnasjidlarga meshlarda sharob keltirib joylab qo'ydiiar, shahar hofizlari va o'yinchilarini chorlab, raqsga tushirdilar. M o'g'ullar dol-guliga keltirib o ‘z ashulalarini aytar edilar. Oqsuyaklar, uiamolar va shayxlar otboqarlar o'rnida otlami qo'riqlash uchun otxonalarda turar va o‘sha qabila kelishiarini, amr-famionlarini bajo keltirish balan mashg'ul edilar.» Buxoro talon-taroj xususida muarrix ibn Attor shunday yozgan edi: «Ul kun haqiqatda dahshatli kun bo'ldi. Bori manguga ketgan erlarining. xotinlarning, bolalarning lovushlarigina eshitilib turdi. Vahshiylar xotinlarni. qizlarni ham o‘zlarining birodarlari ko'z oldida tahqirladilar. Bu taxqirlarga ularda ko'z yoshlaridan o‘zga qurol topilmadi. Ko'plar dahshatli manzaralardan ko'ra o‘litnni ortiq ko'rdilar. Qozi Badriddin, Imom Rukniddin va uning o :g‘li bu nomussiziik manzaralariga chiday olrnay, g'azablanib, o'zlari teng bo'imagan dushmanga hujum qilib, halokat topdi lar.» Aksariyat shaharliklar o 'z qarshiiiklarini davom ettirdilar, tunda esa vashirincha askarlarga yordam berib, m o'g'ul askarlariga qarshi hujumlar uyushtirdilar. Chingizxon bunga javoban shaharni yoqib yuborishga buyruq berdi. Ko‘kxon boshchiligidagi 400 ta mudofaachilar Buxoro arkida yana 12 kun qattiq qarshilik ko'rsatdilar. Arkni egallash uchun qilingan mo‘g4illar hatti-harakatlari zoe ketdi. Qal'adagi chuqurliklar odam va havvon oMiklari bilan to1 lib ketdi. Ko'kxon va u boshchiligidagi mudofaachilar qahramonona hal ok boMganlaridan so'nggina ark egallandi. Buxoroliklar qarshiligi mo‘g‘ullarni qattiq g ‘azablantirdi. Bu jasorat evaziga m o'g'ullar shahar ahlidan 30000 chog'li kishini qirib tashladilar. Kelib chiqishidan qat’iy nazar qolgan aholi qullikka mahkum etildi. M a’rifatli, nozik ta’b, madaniyatli va ilmli Buxoro ahli sahroilar tomonidan zulm va tahqirlanish girdobiga tortildi. Buxorodan so‘ng Chingizxon Samarqand tomon yo'l oldi. 1220 yil mart oyi boshida u Samarqandga yetib kelib, yon-atrofdagi qishloqlarni yer bilan yakson qildi. Chingizxon Samarqandni egallashga alohida ahamiyat berdi. Samarqandning Movarounnahr uchun, Xorazmshohlar uchun ahamiyati beqiyos ekanligini Chingizxon yaxshi bilar edi. Shuning uchun uni egallashga katta e’tibor bilan qaradi. Shaharda 110.000 kishilik harbiy garnizon (tindan 60.000 tasi turkiy, 50.000 tojiklar edi.), 20 ta harb ilmiga o‘rgatilgan fil ham mavjud edi. Sulton Muhammadning tog'asi 191
T o'g 'ay x o n shahar noibi bo'lib, shahar mudofaaga birmuncha tayyor ham edi.
Shahar oziq-ovqat zahirasi, mudofaa istehkomlarining puxtaligi jihatidan bir necha yillik qamalga ham chidash mumkin edi. 0 ‘z qarorgohini m o 'g 'u llar bosqini boshlanishi bilanoq sarosimada Balxga k o ‘chirgan Sulton Muhammad ham Samarqand mudolaasiga umid ko‘zi bilan boqar edi. Chingi/xonning o‘zi shahar tashqarisidagi Ko'ksaroy qo‘rg‘onidan turib shahar qamaliga boshchilik qildi. 1220-yilning mart oyining boshlarida shahar qattiu qamal qilinib. to'xtovsiz hujum boshlandi. Qam alning 3-kunidan boshlab shahar qamaliga Chingizxonning shaxsan o ‘zi boshchilik qila boshlaydi. Qamalning beshinchi kuni ulamo, zodagon. shahar harbiy boshiiqiari keyingi qarshilik maqsadga muvofiq emas va om m aviy qirg‘in boMishini oldini olish kerak, degan maqsadda m o 'g 'u llarg a taslim bo'lishga qaror qiladilar. Shahar qozisi va shayxulislom boshchiligida Chingizxon huzuriga Samarqand ahli nomidan elchilar tashrif buyuradilar. M o'g'ullar Samarqand bosh suv inshooti - «Jo'yi arziz «Qo’rg'oshli novasi» ni buzib tashlab, shaharni tashnalik girdobiga giriftor qildilar. Shahar istehkomi buzib tashiandi. 20 000 chog'li shahar mudofaachilari suv toshqini bois taslim bo'lishga m ajbur bo'ldilar. Taxminan 1000 nafarli mudofaachilar esa, sulton tom onidan 1211-1214 yillarda qurilgan Jome masjidiga kirib, dushmanga zarba bera boshladilar. Mo‘g‘ullar masjidiga o ‘t qo‘vib, mudofaachilarni tirik o‘limga mahkum etdiiar. Shahar qozisi va shayxulislom vakolati bilan tashqariga olib chiqib ketilgan 50000 nafar kishidan boshqa barcha aholi qatlamlari bchad talon-taroj qilindi. 30000 nafar hunarmand ahli Chingizxon qarindosh-urugMariga taqsim qilib berildi. Tirik qolgan shahar ahliga 200000 dinor o'lpon majburiyati yuklatildi. Sajnarqandda jami aholining faqat % qismigina tirik qoldi. M o 'g 'u lla r tomoniga xiyonatkorona o 'tib ketgan sobiq shahar noibi T o ‘g‘ay xon tez orada o'zining 30000 kishisi bilan Chingizxon buyrug'iga k o 'ra qirib tashiandi. Taslim bo'lgan shaharda m o'g'ullar qilgan talon-tarojliklar tufayli “sayqali ro'yi zamin ast" deb ulug'langan. sharqning buyuk shaharlaridan biri hisoblangan, bir paytlar gullab-yashnab turgan Movarounnahr poytaxti huvillab qoladi va yer bilan yakson qilinadi. Hukmdorning subutsiz va m a’suliyatsizligi, harbiy boshliqlaming o 'z a ro ittifoq bo'lmaganligi xalq, mamlakat taqdirini o‘z holiga tashlab q o'yishi oqibatida bu dahshatli voqea sodir bo'lgan edi. Bu vaqtda Sulton 192
M uhamm ad Xorazmshoh janubda, Balxdagi o'7 qarorgohida turib, voqelikni befarq kuzaluvchi sifatida harakatsiz turar edi. M o'g'ullar kirib kelayotgan vaqtdayoq unga Iroqqa qarab chekinishni ba’zi amaldorlar maslahat berishgan edi. Ko!pgina sargardonliklardan so‘ng sulton Kaspiy dengizining janubidagi Ashuradi oroliga borib o'rnashadi. flam jismoniy, ham ruhiy, m a’naviy ezilgan sobiq hukmdor bu yerda plevrit (o‘pka qobigMga suv yigMlishi) kasaliga chalinib, o‘z o'g'iUarini yoniga chorlaydi. O 'z gunohlariga iqror boMgan holda ushbu orolda xorlik va azob-uqubat bilan 1220-yilning dekabr oyida vafot etadi. Oradan birmuncha vaqt oMgandan so'ng Jaloiiddin otasining murdasini togMiq Ardahi qal’asiga olib borib dafn etadi. Ardahi m o‘g‘ullar tomonidan zabt etilgaudan so'ng, o 'z vaqtida sultonni tiriklaym qoMga tushira olmagan alamzada m o 'g 'u llar uning murdasini kavlab olib, O'gedeyga (O'ktoy) yuborishgan. O 'gedey esa lining murdasini yoqib yuborishni hamda kulini ko'kka sovurishni buyurgan. Shuningdek, xorazmshohlarning o'z vaqtida sulton tomonidan Ardahiga yashirilgan eng qimmatbaho 10 ta Sandiqqa joylangan javohirlari ham m o'g’ullar qoMiga o'lja bo'lib lushgan edi. Chingizxonning katta o 'g 'li Jo'chi boshchiligidagi m o'g'ul bosqinchilari rcja bo'yicha Sirdarvoning yuqori qismidagi yeriarni egallashi lozim edi. Bosqinchilar maMum muddatdagi qamaldan so'ng S ig'noq va Borchilig'kenl shaharlarini egallaganidan so‘ng mustahkam qal’a hisoblangan X o'jandga hujum boshlaydilar. M o'g'ullar 20.000 nafar qo'shin va 50.000 ming chog'li asirga tushgan hasharchilami Xo'jand atrofiga yig‘adilar. Xo'jand hokimi
Temur Malik
asli turkiy
sarkardalardan bo'lib, Xorazmshohlar davlatida nom chiqargan, sulton va uning oilasiga tanish bo'lgan shaxs edi. M o'g'ullarga qarshi tura olish mumkin emasligini sezgan Temur Malik (malik-hokim ma’nosida) taxmman 1000 nafar askari bilan X o‘janddan bir kilomctr naridagi Sirdaryoning mo'jazgina orolida joy lash ib oladi. Qulav strategik ahamiyatga ega boMgan orolga m o'g'ullar o'qlari, palaxmon toshlari yetib bormas edi. Temur Malik buy rug" iga ko'ra 12 ta qayiq yasatilib, o'q o'tm asligi, yonib ketmasligi maqsadida bu qayiqlaming usti namat bilan qoplanib, sirka bilan shimdirilgan loy bilan suvab chiqiladi. Temur Malik uzoq vaqt m udofaa uchun endilikda orolchada turish maqsadga muvofiq emasligini tushunib, bor oziq-ovqat zahirasi va askarlarini 70 la kemaga joylab, tunda daryoning quyi oqimi bo'ylab suzib ketadi. M o'g'ullar ikki sohil bo'ylab Temur Malik kemalariga to'xtovsiz hujumni uyushtirar edilar. Hatto Banokat bo'yida daryoning u sohilidan bu sohiliga zanjir ham tortib qo'yadilar. Uzoq, uzluksiz jang bilan ular Jandga qadar yetib 193
keladilar. M o 'g'u l sarkardasi Ulus Idi Borchilig‘kent va Jand yaqinida m anjaniqlar (tosh otar zambaraklar) o'rnatib, qayiqlarni bir-biriga tutashtirib, jasu r sarkarda yo:lini to'sadi. Uzoq janglardan so‘ng Temur M alik Urganchga yetib keladi va Urganch himoyasida qatnashib, Jaloliddinning ozodlik kurashida faol ishtirok etadi. Keyinroq, uzoq sargardonliklardan so‘ng sarkarda Temur Malik o 'z yurtiga darvesh sifatida kelib. qahramonona ravishda mo!g‘ul harbiylari qoMida halok bo'ladi. Chingizxon 1220 yilning yozini Movarounnahr janubida o'tkazm oqchi bo'ldi. Chunki u janub shaharlarini egallashga shaxsan bosh qo'shgan edi. Zero, janubda hali bosqinchilar qadami yettnagan bir qator boy viloyat va shaharlar mavjud edi. Avval u Nahshabga bostirib bordi. Shaharliklar m o'g'ullam ing mislsiz zo'ravonlik va bosqinidan yaxshi xabardor edilar. Nahshab ahli dahshatga tushib, shahami m o'g'ullarga ixtiyoriy topshiradilar. Chingizxon yozni Nahshabda o'tkazib, 1220 yilning kuzida Tcrmizga yurishni boshlaydi. Termiz Hindiston va O 'rta Osiyo savdo yo'llari tutashgan bir qulay yerda joylashgan bo'lib, uning Amudaryo sohiliga tutashgan qal’asi o 'z vaqtida mustahkam ravishda barpo etilgan edi. Term iz hokimi Faxriddin habash m o'g'ullar bosqiniga mardonavor turib javob berishga qaror qildi. Mudofaaning o 'n birinchi kuni shahar egallandi. Shahar butkul talon-taroj qiiinib, xonavayron etildi. Shahar ahli esa dashtga haydab chiqiiib qirib tashiandi. Movaraunnahrning asosiy qismlari-Sirdaryo hav/.asi, Zarafshon, Qashqadaryo vodiylari, Buxoro vohasi, Shosh va Farg'ona vodiysi egallangach, Chingizxon endilikda o'zining asosiy e'tiborini Xorazmshohlar davlatining markazi Xorazm o'lkasiga qaratdi. Bu yurishga o'g'iilari Jo'chi, Chig'atoy, O'ktoy (Ugedey)lami mas’ul qildi. Ayniqsa, xon musulmon Sharqining eng katta shahri bo'lm ish, madaniyat, savdo gullab yashnagan boy-badavlat qadimgi Urganch (Gurganj) istilostga katta ahamiyat bilan qaradi. Ushbu yurish 1221 yilning boshida boshlandi. 1221 yilning boshida sulton deb e’lon qilingan Jaloliddin va shahzodalar Oqshoh, O'zloqshohlar bilan Urganchga keladi. Lekin Urganchdagi siyosiy vaziyat, sobiq Jand noibi Qutlug'xonning unga qarshi suiqasdi, qipchoq sarkardalarining xoinona o'zlarining tutishlari, Jaloliddinni shahar mudofaasiga bosh bo'Iish fikridan qaytaradi. Qipchoqlar uni hokimiyat tcpasiga kelishini xohlamas edilar. Bunday vaziyatda mudofaani tashkil etib bo'lmasligi aniq bo'lib qolgan edi. Ushbu voqealardan so'ng Jaloliddin Temur Malik bilan birgalikda 300 ta kishi bilan shahami tark etib Xurosonga yo'l oladi. Uning ortidan esa, tez 194
orada Oqshoh va O 'zloqshohlar ham yo‘l olishadi. Jaloliddinning faoliyatini alohida qayd etib oMish maqsadga muvofiq boMgani uchun keyinroq bu buyuk shaxs faoliyati to'g'risida batafsil to‘xtalinadi. Urganchda esa shanardagi qipchoq sarkardalari-O'g'ui Hojib, Erbuqa pahlavon. Ali DarugMyniy va boshqalar Turkon xotunning jiyani yosh Xumortegmni sulton deb e'lon qiladilar. Turkon xolunning o'zi Mozandarondagi Hoi qaPasiga kelib o’rnashib, o'z hayoti va boyliklarini saqlash taraddudiga tushadi. Q al'ada suvsizlikdan sillasi qurilgan sobiq malika m o‘g4illarga asirga tushib. xorazmshohlar xazinasini ular qoMiga topshirdi. Qoraqurumda cho‘ri bo'igan Turkon xotun 1233 yili xor-u- zorlikda vafot etadi. Xumortegin layoqatsiz. o‘z fikriga ega boMmagan, qo ‘rqoq shaxs edi. Urganchga Chmgizxonning o'gMllari Jo'chi, C hig'aloy, 0 ‘gcdcy. taniqli m o‘g‘ul sarkardaiari Tuiun cherbi, Ustun no‘yon. Qozon no'yon boshqalar o ‘z harbiy kuchlari bilan yetib kcladiiar. Xorazm Jo‘ehi boshqaruvi ilkiga tushganligi uchun ham, Jo'chi shaharni tinchlik bilan m o'rfullarga topshirishni talab etadi. Lekin nima boMganda ham jasur shahar himoyachilari mudofaaga qat'iy tayyorgarlik ко'rib jonajon shaharlarini mo‘g‘ullarga berishdan qat’iy bosh tortdilar. Poytaxt atrofini 100.000 dan ziyod m o‘g‘ullar qo‘shini bilan o'rab olish boshlandi. Shahar devoriarini buzish uchun manjaniqlar o'rnatiladi. Mo‘g‘ullar shaharni katta kuch bilan zabt ctishga kirishdilar. Yangi '"sulton” shahar mudofaasiga bosh boMa olmaydi. 1221 yili boshidan boshlangan Urganch qamali deyarli 7 oy davom etadi. Shahar ahli mo‘g‘ullar qurol-yarogM, paiahmon toshlarni otuvchi manjaniqlar zambaraklardan cho‘chimay mardonavor kurashga kiradilar. Nayza o'qiaridan qo'rqraay shahar devorlarining buzilgan yerlarini qayta tiklay boshlaydilar. Bir guruh urganchlik harbiy navkarlar shahardan deyarli 1 farsah uzoqlikdagi Bog‘i- Xurram degan joyda mo‘gMillarga zarba berishga harakat qilib, qahramonona jang qildilai'. Lekin Juvayniyning yozishiga ko‘ra, jangda qo'shin va qurol jihatidan ustun m o'g'ullar shu yerlik tinch ahoii jangchilar bilan birgalikda 100.000 dan ziyod aholini qirib tashlaydilar. Sulton zobitlarining boshligM Faridun G'uriy o'zining 500 kishilik harbiy otryadi bilan mardonavor shahar devorlari va darvozajari himovasiga bosh boMadi. Lekin qo'rqoq “sulton" Xumortegin shahar darvozasini ochib berib, o 'z hayotini saqlab qolish maqsadida xiyonatkorona ravishda m o‘g ‘ullarga taslim
boMadi. Istilochilar shaharga bostirib kira
boshlaydilar. Urganchda tarixchilardan an-Nasaviy, Juvayniylaming yozishlariga ko'ra, hai- bir ko‘cha, mavzeni jon-jahdlari bilan himoya 195
qilganlar. K o'prik ustidagi jangda shaharliklar 3000 nafardan ziyod m o'g'ul askarlarini qirib tashlashga ham muvaffaq boMadilar. Shahardagi janglarda Xorazmlik mashhur alloma, faylasuf va olim, ‘Kubroviya” tariqatining asoschisi Ahmad ibn Umar Abul Janob Najmiddin al-Kubro al-Xevaqiy (1145-1221 yy.) ham faol qatnashdi. O 'ziga “ Yo Vatan, yo sharofatli oMim” degan g‘oyani shior qilib olgan bu 76 yoshdagi buyuk shayx m o‘g ‘u!larning taslim boMish haqidagi takliflarini rad etib, o‘zining behisob shogird, do'st-yoron, muxlis- safdoshlar bilan shahar ichki mudofaasida ishtirok etadi. Uning jangovar chaqirig'iga muvofiq har bir qarich yemi shaharliklar qahramonona tarzda, bir tomchi qonlari qolguncha himoya qiladilar. Najmiddin Kubro qahramonona tarzda jan g qilib, o 'lim oldidan m o‘g‘ul navkariga tashlanib uni avval halok qilib, shahid bo‘ladi. Shahar mudofaasi cho‘zilib, hatto Chingiz o 'g 'illari Jo'chi va C hig'atoy o ‘rtasida ham ixtilof chiqib, shaharni egallash boshqa bir o 'g 'il - Ugedeyga topshirildi. Behisob qon daryo bo'lib oqib, bundan so'nggi himoya befoydaligini sezgan shaharliklar qolganlarni jonini saqlab qolish maqsadida taslim boMishdan o‘zga choralari qolmaydi. 100000 dan ko!proq hunarmandlar ajratib olinib, M o‘g‘ulistonga j o ;natiladi. Shahar ahli dashtga haydab chiqarilib, bolalar va ayollar b o 'lib olinadi. «Ortiqcha» asirlar haqoratli o'lim ga mubtalo etiladi. Juvayniyning yozishicha, har bir m o‘g‘ul askarga shaharliklardan 24 ta o ‘ldirilgan askar to 'g 'ri kelgan ekan. Qolgan barcha narsalar beayov talon-taroj qilindi. Shahar qo'lga olingandan uning asosiy qismi buzilgan, xonavayron boMgan edi. Shundan keyin ham m o'g'ullar Amudaryo to‘g‘onini buzib, shaharni suvga bostiradilar. Urganch qamali bilan bir vaqtda Chingizxon 1221 yilning bahorida o'zining e’tiborini Amudaryodan janubdagi yirik savdo yoMlari ustida joylashgan boy madaniyat markazlari boMmish Balx, Hirot, G‘azna. Qandahor, Nishopur va boshqalarga qaratdi. Chingizxon shaxsan Balx yurishiga boshchilik qilib, shaharni zabt etdi. Balx aholisini esa qirib tashladi. Ba’zi bir janublik Xorazmshoh noiblari, jumladan Amin-al muik ham m o‘g'ullar tom oniga xiyonatkorona o 'tib ketdilar. Jaloliddinga qarshi kurash vaqtida qator qal’a, shaharlar qattiq janglar ila ishg‘ol qilindi (Bamiyon, G 'azna, Qandahor, Gardiz, Valiyon va boshqalar.) Ularning janubdagi oxirgi egallagan shahri Hindistonning shimoliy g‘arbidagi MoMton boMib qoldi. Manbalarda “Jahon sultonlari poytaxti” va ’’Insoniyat buyuk farzandlari beshigi” nomini olgan Urganch, Sharqdagi “islom tayanchi” Buxoro, qadimiy Afrosiyob vatani Samarqand, masjidlarning soni (1200 196
taga yetgan) bilan mashhur “qubbat-ul islom” Balx, o‘z madrasalari bilan dong‘i ketgan Marv, o'zining nozikta’b ilmli kishilari bilan ma’lum Nishopur va ko‘plab m a’lum va mashhur shaharlar talon-taroj etilib vayron qilindi. M o‘g‘ullarning kuchli zarbasiga uchragan ba’zi shaharlar, masalan, 0 ‘tror. Sig‘noq, Borchilig‘kent va boshqalar umuman uzoq vaqtgacha dasht-biyobonlarga aylanib qoldi. Shu davrda yashagan arab tarixchisi Ibn al-A sir (1160-1244) mo‘g‘uI bosqini xususida shunday deb yozgan edi: ‘‘Ular (ya’ni mo‘g‘ullar) hech kimga shavqat qilmadilar, aksincha xotinlar, bolalar, erkaklarni ocIdirdilai, homilador ayollarning qorinlarini yorib, tug‘iimagan go‘daklarni nobud qildilar... Bu musibat to ‘!qinlari turii tomonlarga tarqaldi va uning fojeasi umumiy boMib qoldi hamda u shamol bulutlami turli tomonga haydagani kabi butun viloyatlarga yoyildi. Xitoy chegaralaridan bir xalq chiqib Turkistondagi Qashg‘ar va Bolasog‘un kabi viloyatlami, Movaraunnahrdagi Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarini vayron etib, qirg‘in qilib, talon-taroj qilib egalladi. Tatarlar hech qaysi shaharlarni omon qoldirmadilar ketayotib hamma yemi vayron etdilar. Ular nimaniki yonidan o‘tgan bo‘fsalar o ‘zlariga yoqm agan barcha narsalarga o‘t qo‘y d ilar\ Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling