O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
#183
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57

ch a n g ch i 

L o ‘ kariy 

kabi 

sozan d a  hamda 

h o fiz la r n in g   nom lari  sa q la n ib   q o lg a n .  R udakiy  rud  va  tanbur 

kabi  so z la r n i  y a x sh ig in a   ch a la d ig a n   so za n d a   va  x u sh o v o z   h o fiz  

boM gan.  U n in g  m ashhur  « B u y i  j o ‘yi  M oM iyon»  s h e ’ri  ushshoq 

k u y id a   a y tilib ,  n ih o y a td a   shuhrat  q o zo n g a n .  Ana  shu  davr 

k u y la ri,  q o ‘sh iq la ri  x a lq im iz n in g   k la ssik   k u yi  “Shoshm aqom ” 

va  b osh q alar  uchun  a so s  boM ib  x iz m a t  q ild i.

Bu  davrda  s h e ’ riyatni  g 'o y a td a   taraqqiy  e tg a n lig in i  qayd 

q ilg a n   ed ik .  S h e ’riyat  d o im o   m u siq a   b ila n ,  o ‘z  navbatida 

m u siq a   m u siq a sh u n o slik   fan i  b ilan   u z v iy   ravish d a  bogMiq  holda 

riv o jla n a d i.  0 ‘ sha  d avrn in g  b u yu k   a llom alarid an   A l-F orob iy, 

A b u   A li  ibn  S in o la r  m u siq a  va  m u siq a sh u n o slik k a   katta  e ’tibor 

b erd ilar  va  o ‘z la rin in g   n od ir  asarlarin i  yaratdilar.

B iz   a jd o d la rim iz  q o ld ir g a n   b u yu k   m erosn i  IX -X II  asrlarda 

m a m la k a tim iz   hududida  y u z   bergan  chuqur  ijo b iy   o'zgarish lar, 

ilm -fa n ,  m adaniyatni  r iv o jla n ish in i  o ‘rganar  ek an m iz,  ularning 

y a r a tilish id a   o 'z la r in in g   buyuk  h issa la r in i  q o 'sh g a n   buyuk 

a llo m a la r , 

o lim u -fu z a lo la r in in g  

jah on  

siv iliz a ts iy a s i 

r iv o jla n is h ig a   q o 'sh g a n   u lu sh la r in i  a lo h id a   ta’ k id la y m iz.  Jahon 

m a d a n iy a ti  r iv o jig a   u larn in g  o ‘ rinlarini  an iq lab   o lish im iz   va 

k o ‘r sa tish im iz  

vaqti 

k e ld i. 

U larn in g 

ham m asi 

m ustaqil

179


O 'z b e k is t o n d a   y o sh   a v lo d n i 

mi l l i y   g 'o y a ,  mi l l i y   m afkura, 

V a ta n g a   m u h ab b at,  sa d o q a t,  g 'u ru r  ru h id a  ta r b iy a la sh d a   katta 

rol  o 'y n a y d i.

9-m avzu .  M o 'g 'u lla r  istilosi v a zu lm ig a q a rs h i k u ra sh  

Ja lo lid d in  M a n g u b e rd i 

M o‘g‘ul davlatining tashkil topishi. Chingizxon va Xorazmshoh

m unosabatlari

M o'g'ullar  haqida  juda  ko'plab  ma’lumotlar  mavjud  bo'lib,  ular 

menu  (m enva)  nomi  ostida  Xitoyning Tan  sulolasi  (618-908)  solnomasida 

ilk  bora  tilga  olinadi.  M o'g'ul  atamasi  haligacha  o'zining  ilmiy  isbotiga 

ega  em as.  Ular  Oltoy  va  Janubiy  Sibirdagi  turkiy  qabilalarga  yaqin  va 

qondosh  bo'lganliklari  chtimoldan  xoli  emas.  Bu  xususda  olimlar,turli 

fikrlami  bildiradilar.  M o‘g'ul  etnogcnezi  ham  murakkab  masaia  bo'lib, 

har  holda  elat  sifatida  ular  XIII  asrda  yuzaga  kelgan  bo'lishlari  kerak.  X-

XI  asrlarda  esa  asli  Amur  daryosi  bo'ylarida  yashagan 

16 


ta 

u r u g ‘- 



aym oqlarga  bo'lingan  tatan  (tatar)larning  tarkibiy  qismi  sifatida  ularning 

bir  urug'idan  alohida,  m oxe  (m o'g'u l)  qabilasi  vujudga  kelgan  deyiladi. 

Bu  qabila  tezda  kuchayib,  1135-39  yillari  Xitoyga  qator  yurishlarni 

am alga  oshirishadi.  Hatto  X itoy  imperatorlari  1147  yili  m o'g'ullar  bilan 

ittifoq tuzishga ham  majbur  boMishadi.

X li  asr  o'rtalariga  kelib  Baykal  ko'li  atrofi,  hozirgi  M o'g'uliston 

hududlarida  yashovchi  turkiy  va  tungus-manjur  qabilalarining  ko‘pchiligi 

m o'g'ullar  rahnomasi  Yesugay  bahodir  ta’siriga  o ‘ta  boshlaydilar.  Lekin 

unga  qarshi  turgan  tatar,  markit  qabilalarni  bo‘ysundirish  osonlik  bilan 

kechm aydi. 

Yesugayni 

tatarlar 

ziyofat 

paytida 

xiyonatkorona 

o ‘ldirishgandan  so'ng,  uning  o ‘g ‘li  b o im is h   Temuchinning  ta’siri 

m o‘g‘ ullar 

ichida 

ko‘tarila 

boshlaydi. 

Temuchin 

(1155-1227) 

(m o ‘g ‘ulcha,  temir  uslasi)-kuchli  va  tadbirkor,  ayyor  sarkarda  bo'lib, 

parokanda  qabilalarni  turli  yoMlar  bilan  o 'z   q o ‘li  ostida  mustahkam 

birlashtirgan  shaxs  edi.  1186  yilda  u  boshqa  bir  m o‘g‘ul  sarkardasi 

Jamuxa  yordamida  o ‘zining  eski  raqibi  markitlami  bo‘ysundiradi.  Ba’zi 

m a’lumotlarga  ko‘ra  bu  g ‘alabadan  so'n g  m o‘g‘ul  no'yon  (harbiy 

boshliq!ar)lari  va  navkarlari  uni  olqishlab,  m o'g'ul  hukmdori-xon  deb 

e ’lon  qilishgan.  XIII  asr boshida esa yana  bir boshqa kuchli  qabila tatarlar 

ustidan  ham  g'alaba  qozoniladi.  Temuchin  1203  yili  kerayitlarning  xoni 

O 'ngxonni 

mag'lub 

etib, 

qo'ng'irot 

va  naymanlar  ustidan 

a z  

hukmronligini  o'rnatdi.

180


M crg:u)larni  birlashtirish  chog'ida Temuchin  kuchli  harbiy tuzi I man i 

tashkil  etdi.  Unga  ko'ra  ino‘g‘ul  qabilalari  mingliklarga  bo‘lingan  bo'lib, 

ti  butun  bir  boshli  harbiy  okrug  va/.ifasiga  to‘g‘ri  kelar  edi.  Okruglar 

tepasiga sadoqatli  kishiiar qo'yilar edi.  Temuchin juda  intizomli, sadoqatli 

va  o‘ta jangovar  harbiy  tu/ilmalarni  yaratishga  muvaffaq  bo'ldi.  Ularni 

boshqarishni  esa  avvalo,  o 'z   o ‘g'iilari-Jo‘chi,  Chig‘atoy,  O'gedey,  Tuli, 

xotini  Burtc-fujen,  safdoshlari  Subutov.  Jebelarga  topshirdi.  O 'z 

hokimiyatini 

toMiq 

mustahkamlab 



olgach 

Temuchin 

1206  yili 

mo‘g‘ullarning  timum  qurultoyi  (qurultoy  halq  xohishi  degan  ma’noni 

anglatgan)ni  chaqiradi.  Qurultoyda  u  oliy  mo‘g‘ul  hukmdori-xon  deb 

tantanali  e'Ion  qilinib,  unga  bosh  shaman  Teb-Tangriy  “Chingizxon” 

degan  faxriv  nom  beradi.  Chingiz  so‘zi  larixchi  Rashididdinning 

yozishicha, kuchli.  buyuk degan  ma’noni anglatadi.

Qurultoyda  odat  bo'yicha  Chingizxon  o 'z tug‘i-bayrog‘ini  ko‘tardi, 

10  ta  lavozim  joriy  etib  uni  o‘z  yaqinlariga  taqdim  etadi.  Sahrpdagi 

Qoraqurum  shahrini  markaziy  poytaxt  deb  belgiladi.  0 ‘z  qo'li  ostidagi 

mansablarni  esa  3  toifaga  bo£lib,  ularga  aniq  vazifalanii  bo‘lib  berdi. 

Ularga  Boorgu,  Muxali,  Nayaa  m a’sul  bo'ldilar.  U  c ‘z qo‘shinlarini  ham 

isloh  etdi.  Butun  M o 'g ‘uliston  95  ta  harbiy-ma’muriy  birlikka  bo‘lindi. 

Yangi  mo‘g‘ul  davlati  -  Eke  M o'ng‘ul  ulus  (buyuk  mo‘g‘ul  davlati)  deb 

atala boshlandi.  Qurultoydan  avvalroq  1203-yildayoq  hali  bir tizimga ega 

boim agan  qonunlar  to ‘plami  vujudga  kelib,  u  o‘z  ichiga  yorliqlar 

(buyruqlar),  yasoq  (qonunlar),  bitik  (nasihat)lami  olgan  edi.  ”Yasoq" 

bizgacha  to‘liq  yetib  keimagan  bo‘lib,  u  turli  ko‘rinishtarda,  manbalarda 

qayd  etiladi.  “ Yasoq”  o ‘z  ichiga  quyidagilarni  kiritgan:  xalqaro,  shaxsiy, 

savdo va sud huquqlari.  Chingizxon tayin etgan davlat bosh hakami  Shiki- 

Xutuxuga  "Yasoq”qa  qarab  ish  tutishni  qat’iy  belgilab  bergan  edi. 

“Yasoq”  qonunlari  m o‘g‘ullarning  qadimiy  urf-odatlari,  an’analari. 

mavjud  siyosiy  tuzum  mohiyatidan  kelib  chiqqan  holda  keskin  va  juda 

qattiq  ohangda,  patriarxal  harbiy  tuzumni  o‘zida  aks  ettirgan  ravishda 

tuzilgan  edi.  “ Yasoq”  qonunlarining  asosiy  yo‘nalishlari  quyidagilardan 

boMgan:

1.  Hukmdor  (xon)  “ Yasoq’ qa  qat’iy  rioya  etishi  xususida  qasamyod 



qilishi  va  unga  amal  qilish,  amal  qilmagudek  boisa,  xonni  umrbod 

qamash mumkin bo'ladi;

2.  Chingizxon  m o£g ‘ullar  orasida  diniy  adovat  kelib  chiqmasligi  uchun 

barchaga to'I a diniy erkinlik beradi.  Ruhoniylar soliqdan ozod etiladi;

3.  Ayollar  nasini  davom  cttiruvchi  bo‘IganSiklari  uchun  ham,  urush 

vaqtida ulaming gunohlari kechirilishi  lozim:



181

4.  Jazolash darajasi sifatida o‘lim jazosini eng ko‘p miqdorda qo‘llash;

5.  Bosib  olinayotgan  mamlakatlar  xaiqlariga  butkul  rahm-shafqat 

qilmaslik.

Chingizxon  shaxsiy  gvardiyasi  sonini  (keshiktan)  9000  kishigacha 

yetkazdi.  Ular har 3  kunda navbatchilik qilar,  ulaming  ishini  shaxsan xon 

nazorat  qilar  edi.  1204-yili  uyg‘ur  alifbosi  mo‘g‘ul  yozuvi  uchun  qabul 

qilindi.  Shuningdek,  mustaqil davlat belgisi  boMgan muhr (tamg‘a) hamda 

taqvim  qabul  qilindi.  Chingizxon  1209  yilda  tang‘utlarni,  1211 -yilda 

uyg‘urlami,  1215-yilda  esa  shimoliy  Xitoyni  poytaxt  Chjundu  (Pekin) 

bilan  birgalikda  o ‘ziga  tobe  qilib  oldi.  Xitoydagi  Sin  sulolasi  tugatilib, 

juda  katta  oMja  olindi.  Xitoy  yurishi  vaqtida  yuksak  harbiy  mahorat  va 

urushning  yangi  usullari  qoMlanildi.  Madaniy  jihatdan  ancha  qoloq 

mo‘g‘ulIar  ko‘p  jihatdan  uyg‘ur  va  musulmon  ahli  tajribasidan  keng 

foydalanishdi.  Sharqiy  uyg‘urlarning  boshligM  Ediqut  (Saodatbek) 

Chingizxonning  do‘sti 

va 

maslahatchisi, 

sobiq  naymanlar  xoni 

Tayanxonning  muhrdori  uyg‘ur  Tatatunga  esa  mo‘g‘ullami  savodga 

o ‘rgatar  edi.  Musulmon  savdogarlarini  zehni,  tadbirkorligiga  Chingizxon 

doimo  yuqori  baho  bergan  edi.  Shu  bilan  birga  ulardan  ko‘pincha 

ayg‘oqchilar sifatida ham foydalanar edi.

Xitoyni  zabt  etgan  Chingizxon  shu  bilan  kifoya  etib  qolmasligi  aniq 

edi.  Badavlat  Movarounnahr  savdo  ahli,  oMkamiz  behisob  boyliklari, 

yuqori  madaniyatli  ajdodlarimiz  yaratgan  ajoyib  me’moriy  binolar, 

qolaversa  qadimiy  yurtimizning  fayz-u  tarovati  mo‘g‘ullami  anchadan 

beri  o'ziga jalb  qilayotganligi  maMum  edi.  Musulmon  mamlakatlarining 

behisob  boyliklari  to‘g ‘risidagi  afsona-rivoyatlarni  eshitib,  tekin  oMja  va 

boyish  istagida  boMgan  mo‘g‘ul  harbiy  zodagonlari  Chingizxon 

boshchiligida zimdan harbiy yurish qilish  istagida turar edilar. Chingizxon 

davlati  g ‘arbda Qipchoq  choMlari,  qoraxitoylarning  ko‘chmanchi  G‘arbiy 

Lyao  (Si Lyao)  va xorazmshoh-anushteginiylar davlati  bilan chegaradosh 

edi.  Shubhasiz uning g‘arbdagi  eng yirik va kuchli qo'shnisi hamda raqibi 

buyuk Xorazmshoh-anushteginiylar davlati (1097-1231) edi.

Sulton  Qutbiddin  Muhammad  Oloviddin  Xorazmshoh  (Muhammad 

Xorazmshoh)  (1200-1220)  davriga  kelib  mamlakatning  hududlari  behad 

kengaya boshladi.  Sulton  o‘z onasi  boMmish  «Xudovandayi-jahon,  dunyo 

va  din  saxovatpeshvosi  Ulug

1

  Turkon-  -  ikki  dunyo  ayollari  malikasi 



(Ismat ad-dunyo va ad-din  Ulug‘  Turkon)» unvonini unga pesh qilib olgan 

qipchoq  xoni  Jonkishining  qizi  Turkonxotun  harbiy  ko‘magi  hamda 

qoMlab-quvvatlashi  natijasida  o ‘z  hokimiyatini  mustahkamlab  olishga, 

zafarli  yurishlar  qilishga  muvaffaq  boMdi.  U  1203-yili  G‘ur  davlatini,

182


1204-yili  Hirotni,  1207-yili  Buxoroni  qoMga  kiritadi.  Sulton  Otsiz (1127- 

1156)  davridan  boshlab xorazmshohlar qoraxitoylarga  o ‘lpon to'lab turar, 

aks  holda  ko‘chmanchilar  mamlakatga  bostirib  kirib,  uni  xonavayron 

qilishlari  turgan  gap  edi.  Muhammad  Xorazmshohning  qoraxitoylar bilan 

birinchi  janggi  1207  yili  muvaffaqiyatsiz  yakun  topgan  edi.  Sulton  1209 

yili  navbatdagi o ‘lpon yig‘ish  uchun kelgan qoraxitoylar elchisi Tushi olib 

kelgan yoriiqni  namoyishkorona yirtib tashlab,  uni o'lim ga mahkum etadi. 

1210  yili  sentabr  oyida  Sirdaryo  bo‘yidagi  Ilamish  dashtida  qoraxitoylar 

bilan  bo'lgan   bal  qiluvchi  jangda  esa  qoraxitoylar  to'liq  mag'lubiyatga 

uchrab,  ularning  lashkarboshchisi  Tayangu  oMdiriladi.  Movaraunnahr 

butkul  Xorazm shoh  qoTiga  o‘tib,  hamma  joylarda  sadoqatli  kishilar 

hokim  etib  tayinlandilar.  Qoraxoniylar  xoni  Usmonxon  xorazmshohlar 

vassaliga  aylanib,  Sultonning qizi  Xon-Sultonga  uylanadi.  Xorazmshoh -  

Anushteginiylar davlati  Sharqning eng buyuk davlatiga aylanib, o‘z ichiga 

M ovarounnahr,  Xuroson,  Mozandaron,  Kirmon,  Iroqi  Ajam.  Ozarbavjon, 

Seiston,  G 'azna.  Balx, Qandahor olkalarini olgan edi.

Qoraxitoylar 

ustidan 


qozonilgan 

g‘alaba 


musulmonlarning 

«g‘ayridinlar» ustidan  «buyuk g‘alabasi» deb ta'rillanib,  sulton  farmoniga 

ko‘ra  m usulm on  olamining  hamma  o ‘lkalariga  bu  xususda  maxsus 

xitobnomalar  tarqatildi.  Mazkur  g‘alabadan  o‘ta  ruhlangan  Sulton 

M uhammad  Xorazmshoh o ‘ziga  «Iskandari Soniy  (ikkinchi  Jskandar)» va 

saljuqiylarning  buyuk  sulloniga  taqlid  qilib  «Sulton  Sanjar»  unvonlarini 

oladi.  Davlat  muhriga esa «zil  Allohi  fil  ard»  (Ollohning  yerdagi  soyasi) 

deb «kamtarona» yozdirishni  buyuradi.

1212  yili  xorazmlik  noib  Do‘stobaning  zo‘ravonligiga  qarshi 

Samarqandda 

qoraxoniylar 

xoni 


Usmonxon 

boshchiligida 

isyon 

ko'tardilar.  Isyonni  qattiqqoMlik  bilan bostirgan  xorazmshoh  Muhammad 



Usmonxon  va  10000  dan  ziyod  kishini  qatl  ettirib,  O'zgangacha  bo‘lgan 

hududda yashayotgan barcha qoraxoniylarni qirg‘in-barot qildiradi.

1215  yili  Dashti  qipchoq  yurishida  Xorazmshoh  mo‘g'ullarning 

Jo‘chi  boshchiligidagi  harbiy  qo‘shiniga  duch  keladi.  Mo‘g‘ullar  bu 

yerlarda  Chingizxonning  buvrug‘iga  ko'ra  markit  qabilalariga  zarba 

berish  uchun yurish qilgan edilar.  0 ‘zaro to‘qnashuvdan so'ng mo!g‘ullai- 

Chingizxondan  Xorazmshohlar  davlatiga  nisbatan  yurish  qilish  xususida 

hech  qanday  ko‘rsatma  olmaganliidari  uchun  orqaga  chekindilar. 

Jurjoniyning  yozishicha,  sultonni  har  vaqt  undan  Sharqda  joylashgan 

davlatlar  qiziqtirar  va  uning  Xitoy  tomoniga  harbiy.  yurish  qilish  niyati 

nam  boMganligi  aniq  edi.  Lekin  Xitoy  Chingizxon  tomonidan  o‘sha  yili 

jlinganligini  eshitgan  sulton  bu  holni  tasdiqlatish  va  qolaversa

183


Chingizxon  davlati  xususida  aniq  ma’lumot  olib  kelish  maqsadida 

savidlar  avlodidan  boMmish  taniqli  zot  liahovuddin  Roziyni  o 'z  elchisi 

sifatida xon huzuriga jo ‘natadi.

Bahovuddin  Ro/.iy  boshchiligidagi  elchilik  guruhini  Chingizxon 

Pekinda  qabul  qilib.  ularga  ijobiy  munosabatda  bo ‘ladi.  Xorazm  davlati 

elchilariga  Chingizxon  o ‘zaro  ikki  davlat  o ‘rtasida  tinchlik  va  do‘stlik 

hukmdorlik  qilishi  lozimligini  uqtirib,  o‘zini  “Sharq  hukmdori”, 

Xorazmshoh  Muhammadni  “G‘arb  yerlarning  egasi'’  deb  ta’kidlaydi. 

Xitoy  yerlariga  endilikda  yurish  qilish  nojoiz.  ekanligini  anglagan 

Xorazmshoh  o !z  diqqat-e’tiborini  yana  janub  hamda  g‘arb  yerlariga 

qaratadi.

1217-yili 

Bag‘dod 

xalifasi 

an-Nosir  (1180-1225) 

suitonning 

Bag‘dodni  unga  topshirishi  va  uning  nomini  xutbaga  q o ‘shib  o ‘qisbini 

qat'iy rad  etgach,  Muhammad Xorazmshoh  100 000  kishilik qo'shin  bilan 

abbosiylar  xalifaiigiga  yurishni  boshlab  vuboradi. 

Xorazmshohlar 

tangalari va xulbalardan xalifa nomi  chiqarib tashlanadi.  Sulton farmoniga 

ko‘ra.  term izlik  shayx  Olainulk  at-Termiziy  xalifa  etib  tayinlanadi. 

Suitonning 

yuqoridagi 

hatti-harakatlari 

ko'pchilik 

ulamolar, 

din 


peshvolari tomonidan m a’qullanmaydi.  Ular sultonga barcha musulmonlar 

diniy  rahnam o xalifa  ustiga yurish  qilish,  islom  dunyosida  xorazmshohga 

nisbatan salbiy munosabat keltirib chiqarishini  tushuntirmoqchi  bo‘ladi!ar. 

Ulam olar  noroziligini  hisobga  olmagan  Sulton  ularning  ko‘pchiligini 

jazoga tortadi,  hatto taniqli shayx  Majididdin  Bag'dodiyni  qatl  ettiradi.  Bu 

hoi  diniy  ulamolar,  ruhoniylar,  darveshlik  guruhlari  oldida  sulton  obro1 

e ’tiborining  pasayishiga  va  unga  qarshi  m uxolif  kuchlar  safming 

kengayishiga  olib  keladi.  Bag'dod  yurishi  tabiiy  ofatlar  tufayli 

m uvaffaqiyatsiz yakun topadi.

Abbosiylar  xalifaiigiga  muvaffaqiyatsiz  yurishdan  so‘ng,  1218  yili 

M uham m ad  Xorazmshoh  o ‘zining  yangi  povtaxti  deb  e ’lon  qilgan 

Samarqand  shahriga  kirib  keldi  va  xutba,  tangalardan  esa  xalifa  nomini 

chiqarib  tashlash  xususida  farmon  berdi.  0 ‘sha  yili  Muhammad 

Xorazmshoh  Chingizxon  huzuriga  yana  o‘z  elchilarini  vuboradi.  Bunga 

javoban  Chingizxon  kechiktirmasdan  qimmatbaho  sovg‘alar  va  mollar 

ortilgan  katta  karvon  bilan  o‘z clchilarini  xorazmshohlar sultoni  huzuriga 

yuboradi. 

Sultonga 

mo'ljallangan 

qimmatbaho 

sovg‘alar 

ichida 


Chingizxon  o 'lja   olgan  tuya  o'rkachidek  keluvchi  oltin  bo‘lagi  ham  bor 

edi.  Elchilarga  xorazmlik  taniqli  savdogar  Mahmud  Yalavoch  (Mahmud 

al-A rom iy)  rahbar  etib  tayinlanib,  yana  2  ta  odam,  buxorolik  savdogar 

A lixo‘j a  va o ‘trorlik Y usuf qanqalar elchilik rutbasiga ega edilar.

184


Sulton  Muhammad  bu  elchilarni  1218-yiI  bahorida  Buxoro  shahrida 

qabul  qiladi.  lilchilar  Chingizxon  sultonning  zafarli  yurishlaridan 

xabardor  ekanliklari,  uni  qudratli  podshoh  sifatida  tan  olib  “o'zining  eng 

ardoqli  o ‘g‘i!!ari  qatorida”  ko‘rishini  bayon  etishadi.  Chingizxon  o‘z 

nomasida  kuch-qudrati  zafarini  ko‘rsatish  ma’nosida  Xitoy  va  qo'shni 

mamlakatlarni  qanday  kuch  bilan  egallaganligini  ham  aytib  o‘tadi. 

Elchilar  nomasi  shubhasiz  sultonga  m a’qu!  bo‘lmaydi.  Ayniqsa,  mo‘g‘ul 

davlatining  xonini,  uni  o ‘zining  “o‘g‘li”  qatorida  ko‘rish,  bu  sharq 

ustamonligida  qaram  qilish  yoki  o‘z  homiyligini  olish  degan  ma’noni 

anglatishni  sulton  yaxshi  tushunadi.  Elchilarga  sulton  javobi  ma’lum 

etnas,  lekin  o 'sh a  tunda  u  o ‘z  yoniga  Mahmud  Yalavochni  chorlab  bor 

haqiqatni  bayon etishni,  uning xizmatiga o‘tib,  maxfiy josus bo‘lib xizmat 

qilishni  buyuradi.  0 ‘z hayotidan  xavfsiragan  Mahmud Yalavoch,  muarrix 

an-Nasaviyning  yozishicha,  “sulton  eshitishni  xohlagan”  ma’lumotni 

aytib,  sulton  taklifiga  ko'nadi.  Xorazmshoh  unga  qimmatbaho  javohir 

sovg‘a  qilib,  Chingizxon  bilan  shartnoma  tuzishga  rozi  ekanligini 

bildiradi.

Chingizxon  M ahmud  Yalavoch  guruhi  xizmatidan,  to'piangan 

m a’lumotlardan  mamnun  bo'ladi.  Zero  Yalavoch  soxta  “josus”  rolini 

o ‘ynab,  bor  haqiqatni  Chingizxonga  yetkazgan  edi.  0 ‘sha  yiliyoq,  ya’tii

1218-yili,  Chingizxon  sulton  Muhammadga  o‘z  minnatdorchtligini  izhor 

etish  va  o ‘zaro  shartnoma  tuzish  maqsadida  katta  savdo  va  elchilar 

karvonini  jo ‘natadi.  Ulkan  savdo  karvoni  450  ta  musulmon  savdogari  va

500  ta  tuyaga  ortilgan  qimmatbaho  mollardan  iborat  edi.  0 ‘z  davlati 

qudratini  namoyon  etish  niyatida  Chingizxon  Tang‘ut  va  boshqa 

davlatlardan  o‘lja  olingan,  janubiy  Sibir  va  Xitoydan  talab  keltirilgan 

ajoyib,  sara  mollar  bilan  xurjunlarni  toMdirgan  edi.  Karvon  bilan, 

shuningdek,  Chingizxon  elchisi,  m o‘g‘ullardan  boMgan  Uxuna  ham 

boMib,  u  Xorazmshohga  Chingizxon  nomasini  olib kelayotgan  edi.  Noma 

jahon  fotihligiga  d a’vo  qilayotgan  Chingizxon  nomidan  buyruqnamo 

ohangda  yozilgan  edi.  Unda jumladan, 

biz  bundan  buyon  davlatlar 

o'rtasida  tinchlik  o ‘matilishini  buyuramiz...”  deyilgan  edi.  Noma 

Chingizxon  ochiq-oydin  jahon  egasi 

boMishga  ishtiyoqi 

baland 


ekanligidan dalolat berar edi.

Ushbu  karvonda asli  movarounnahriik  boMmish Umarxo‘ja  0 ‘troriy, 

hammol  Merokiy,  Fahruddin  Dizaqiy  Buxoriy,  Aminuddin  Haraviy 

singari savdogarlar karvon sarbonlari hamda o'rda eichilari edilar.  Karvon 

Urganch tomon yoM  olgan edi. Lekin  xorazmshohlaming chegara viloyati 

O 'tro r  yerlariga  kirib  kelishi  bilanoq  bu  karvon  ushlab  qolindi.  O'tror

185


hokimi  Inalxon  (Inolchiq,  uning  forsiy  taxallusi  G'oyirxon  edi)  Turkon 

xotunning yaqin  qarindoshi,  Xorazmshohga yaqin  shaxs  boMgan.  Inalxon. 

arab  tarixchisi  ibn  al-Asir,  an-Nasaviylarning  yozishicha,  Xorazmshoh 

ijozati  bilan  bu  karvonlarni  talashga  buyruq  berib,  karvon  a’zolarini 

josuslikda  ayblaydi  va  ularni  qirib  tashlaydi.  Talab  olingan  mollar 

Samarqand  va  Buxoro  savdogarlari  o'rtasida  taqsimlanib,  Xorazmshoh 

ushbu  savdo  mollari  pulini  o'ziga  oladi.  Ba’zi  tarixiy  manbalarda  esa, 

Inalxon  garchi  karvonni  to'xtatish  buyrug‘ini  olgan  bo'lsa  ham,  o‘z 

holicha  uni  qirib  tashiagan  deb  ham  aytiladi.  Nima  bo Uganda  ham, 

Xorazmshohlar  qo'pol  siyosiy  xatoga yoM  qo‘yib,  elchilarni  qirgMn-barot 

qildiradilar.  0 ‘tror  fojeasidan  so‘ng  Chingizxon  Ibn  Kafrojiy  Bug!roni 

ikki  mulozim  bilan  Xorazmshoh  huzuriga  elchi  etib  jo ‘natdi.  As- 

Subqiyning  yozishicha,  Chingizxon  O ‘tror  fojeasining  aybdori  Inalxonni 

tutib  m o;g ‘uilar  qo‘liga  topshirishini,  elchilar  o'limining  sabablarini 

keskin 

tarzda 


so‘raydi. 

Mo‘g‘ullar 

bilan 

munosabatlami 



keskinlashtirmaslik  uchun  O 'tror  hokimini  Chingizxon  qo'liga  topshirish 

kerak  degan  taklifni  ko‘targan  Jaloliddinning  fikrini  sulton  rad  etadi. 

Sulton  buy rug'i  bilan  elchi  bo'lmish  Ibn  Kafroj  Bug'ro  o'ldirilib,  ikki 

mulozimning  soqol-mo'ylovlari  sharmandali  tarzda  qirib  tashlanadi. 

Xorazmshoh  m o'g'ullar  bilan  ertami-kechmi,  urush  bo'lishini  yaxshi 

anglagan  edi.  Qolaversa,  mamlakatda m o'g'ullar  bostirib kirishi  xususida 

turli  mish-mishlar  ham  avj  olgan  edi.  Nima  bo'lganda  sulton  ham 

Chingizxonga  shu  yo'sinda  dag'dag'ali  javob  berishga  qaror  qildi. 

Tarixchi  Rashiddin  o'zining  «Jome  at-Tavorix»  asarida  yozishicha 

Xorazmshohning  ushbu  dag'dag1 asi  va  qilmishi  «Chingizxonning 

yuragiga  shunday  ta’sir  qildi-ki,  unda  ortiq  chidam  va  toqat  qolmadi. 

N alrat  o'ti  bilan  yonib  u  bir o'zi  tepalikka ko'tarildi,  bo'yniga belbog'ini 

tashlab,  bosh  yalang  yerga  yotib  ibodat  qildi.  Uch  kungacha  yig'lab 

xudoga nola qilib yordam so'rad i...»

Chingizxon  islom  olamining  dushmani  bo'lib  qolmaslik  uchun 

shunday  yo'l  tutdi-ki,  urush  boshlanishiga  rasman  Xorazmshoh  sababchi 

boMib  qoldi.  O 'zini  esa  “Olijanob  xaloskor”  deb  hisobladi.  Aslida  esa 

urush  boiishin i  u  har jihatdan  xohlar edi.  Albatta  Xorazmshoh  ham  katta 

xatoga  yo‘1  qo'ygan  edi,  lekin  urushning  sababchisi  va  boshlovchisi  u 

emas edi.

M o'g'ullar  Xorazmshoh  ustiga  harbiy  yurish  qilishdan  avval, 

xonning  buyrug'iga  ko'ra  harbiy  sarkarda  Jebe  Yettisuv  va  Qashg'ar 

ustiga  1218  yil  harbiy  yurishlar  qilib,  Kuchluk davlatini  tor-mor  keitirdi. 

Musulmonlarni doimo ta’qib etib kelgan Kuchlukka qarshi  bosh ko‘targan

186


Sharqiy  Turkiston  islom  ahli  Jebeni  naymanlar  zulmidan  ozod  etuvchi 

«xaloskor»  deb  qabul  qildi.  Zero,  Jebe  musulmonlar  uchun  din  erkinligi 

kafolatlanishini  e ’lon  qilib,  mo‘g:ullar  hukmronligini  mustahkamlagan 

edi.  Shunday qilib  m o‘g ‘ullar O'rta Osiyoga harbiy yurish  qilishdan avval 

zahira  kuchlarini  mustahkamlab  Talas  vodiysigacha  bo'lgan  yerlarni  o‘z 

imperiyalari  tarkibiga  qo'shih  oldilar.  Shunday  qilib  ular  bevosita 

Xorazmshohlar bilan ehegaradosh bo'lib qoldilar.

XIII 


asr  boshlaridan  Xorazmshoh  Anushteginiylar  davlati  yuqorida 

ta’kidlanganidek,  o ‘z  hududining  kengligi,  saltanat  egasining  nufuzi, 

xaiqning  salohiyatligi, 

madaniyatliligi,  xo‘jalik  hayotining  yuqori 

saviyaligi  bilan  musulmon  olamida  buyuk  davlat  sanalar  edi.  0 ‘zining 

ko‘proq 


qang‘li-qipchoq 

hamda  turkmanlardan 

iborat  muntazam 

qo‘shiniga  ega  edi.  (M a’lumotlarga  ko‘ra  umumiy  qo‘shinning  soni

400.000  ga qadar yetib,  bu mo‘g ‘ullar qo‘shiniga nisbatan 2  barobar ortiq 

edi.)  Davlat  musulmon  olamida qabul  qilingan qonun chiqaruvchi-dargoh 

hamda  ijroiya-devonlar  tizimida  boshqarilar,  davlat  boshlig‘i  sulton 

hokimiyatining  huquqlari  hech  bir  qonun-qoida  bilan  chegaralanmagan 

edi.  Saltanatni  hokimlar,  noiblar,  vazirlar,  lashkar  boshltqlaridan  iborat 

kuchli  harbiy  aslzoda guruhlar, mustavfiy (dafiardor hisobchilar), qozilar, 

sadrlar  va boshqa ko‘plab  saroy  mansablaridan  iborat ulkan  arkoni  davlat 

doirasi qurshab turar edi.

Hokimlar ko‘p holda o‘z bilganicha  ish  tutishar, soiiqlar to‘plashning 

ham  aniq  tizimi  yo‘q  edi.  Hashar yo‘li  bilan  biron-bir yo‘l,  ko'prik,  qal’a 

va  boshqa  mshootlarni  qurish  (suhra  giriftan)  keng  tarqalgan  edi.  Davlat 

ahvoli  tang bo Uganda ko‘p holda  iqtodorlarga  ishonch  qolmas edi.  Ayrim 

viloyat  hokimlari  shaxsan  Turkon  xotunga  bo‘ysunib,  o‘z  bilganlaricha 

ish  tutar  edilar.  Sulton  Muhammadning  volidasi  Turkon  xotunning 

qo'shin  oliy  sarkardalari  boMmish  qipchoq  sarkardalari  bilan  aloqasi 

mustahkam,  o‘zi  shu  qabilaga  mansub  boMganligi  uchun  ularni  hamisha 

qo‘llab-quvvatlab  turar  edi.  Sarkardalar,  qo‘shin  boshliqlari,  vazirlar, 

hokimlar ko‘p  holda uning ijozati  va ko‘rsatmasi  ila tayin  etilar,  ular ham 

o‘z  navbatida,  Turkon  xotunga  avvalo  bo'ysunar  edilar.  Turkon  xotun 

boshqa  turkiy  qabiladan  boMmish  kelini  Oychechak  va  uning  o‘g"li, 

nabirasi  Jaloliddinni  yoqtirmas,  bu  ikki  ayol  o‘rtasida  davlatda  ichki 

siyosiy  ixtilof kuchli  edi.  Xorazmshoh  “farzandlik  mehri  va  hokimiyatga 

olib  kelgan  shaxs”  sifatida  onasini  so‘zini  ikki  qilmas,  hamisha  uning 

fikrlariga xohlasa-xohlamasa qo'shilar edi. Xorazmshohning onasi Turkon 

xotun  aslida  davlatdagi  birinchi  darajali  shaxs  hisoblanar,  uning  shiori 

«e’tasamtu  Billohi  Vahda»  (ya’ni,  yolg'iz  Ollohdan  panoh  so‘rayman)

187


muhriga  yozilgan  bo'lib,  hukmdor  farmoniga  shu  muhri  bilan  u  birinchi 

imzo qo'ysa,  uning  farmoni  vojib  hisobianar edi. Turkon xotun  amri bilan 

taxt  vorisi  etib  o'/.  qavrnidan  bo’lgan  nevarasi  O'zloqshoh  tayin  etilgan 

edi.


Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling