O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


nilan  Bekovich-Cherkasskiy  qo'shinlarini  3  ga  bo'lib joylashtirdi.  Qulay


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
#183
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57

238

nilan  Bekovich-Cherkasskiy  qo'shinlarini  3  ga  bo'lib joylashtirdi.  Qulay 

vaziyatdan  foydalangan  xivaliklar  rus  qo'shinlarini  butunlay  qirib 

tashlashdi.  Natijada rus harbiy ekspeditsiyasi  samarasiz yakunlandi.

Tashqi  xavf  bartaraf  etilgach  xivaliklaming  o'zaro  nizolari  davom 

etdi.  1728-yilda  hokimiyatni  qo'lga  olgan  Elbarsxon  (1728-1740)  ichki 

nizolarni  bostirib,  qo'shni  hududlarga  bosqinchilik  yurishlarini  uyushtira 

boshladi.  X iva qo'shinlarining bosqinchilik yurishlari  va  ularning Buxoro 

xonlariga  bergan  yordamlari  tufayli  1740-yilda  Eron  shohi  Nodirshoh 

Xorazmni 

butunlay 

o ‘ziga 

bo‘ysundirdi. 

1741-yilda 

ko'tarilgan 

qo'zg'olon  sababli  Xiva  eroniylar  zulmidan  ozod  boMdi.  Lekin 

Nodirshohning  o*g‘li  Nasrullo  katta  qo'shin  bilan  Xorazmga  kelgach, 

Nuralixon (1741) taxtni tashlab qochdi  va eroniylar  1747 yilga qadar Xiva 

xonligida hukmronlik qildilar.

1747-yilda  qozoq  sultoni  Gayibxon  taxtga  o ‘tqa/ildi  (1747-1757). 

Uning  davrida  qozoq  sultonlarining  mavqeyi  oshishi  Xivada  qo‘zg‘olon 

ko'tarilishiga  sabab  bo'ldi.  1757-1758  yillarda  Xiva  taxtini  uning  ukasi 

Abdullaxon  boshqargan.  Xiva  xonligidagi  siyosiy  parokandalikdan 

foydalangan  Buxoro  hukmdori  Muhammad  Rahimbiy  o 'z   odami  'lemur 

G'ozixonni  (1758-1763)  Xiva  taxtiga  o'tqazadi.  Shu  davrdan  boshlab 

Xiva xonligida qo'ng'irotlar urug'iningmavqei  mustahkamlanib borgan.

Xorazm  tarixchilari  Abulg'oziy,  Munis,  Ogahiy,  Bayoniy asarlarida 

yozilishicha,  Abulg'oziy  akalaridan  qochib  ketayotganda  otidan  ayrildi. 

Sliunda  qo'ng'irot  urug'idan  boMgan  O'nboy  degan  yigit  unga  o'z  otini 

berib,  qutilib  ketishga  yordam  bergan.  Abulg'oziy  keyinchalik  Erondan 

qochib  kelgach,  ulaming  urug'  boshliqlariga  inoq  unvonini  beradi.  Shu 

davrdan  boshlab  X iva  xonligida  qo'ng'irot  urugMarining  mavqei  ortib 

borgan. 

XVIII 

asming 

60-yillaridan 

badavlat 

shaharliklar 

va 

ruhoniylaming  qo'llab-quvatlashishiga  erishgan  qo'ng'irot  urugMari  Xiva 

xonligida hokimiyatni qo'lga ola boshlaydilar.

Inoq  Muhammad  Amin  (1763-1790)  1770-yilda  turkmanlaming, 

1782-yilda 

buxoroliklaming 

hujumini 

qaytarib, 

Xiva 

xonligida 

qo'ng'irotlarning  amaldagi  hokimiyatini  mustahkamlaydi.  Avaz  Inoq 

(1790-1804) davrida X iva xonligida markaziy  hokimiyat mustahkamlanib, 

xonlikdagi 

iqtisodiy  ahvol  yaxshilandi.  Bu  XIX 

asr  boshlarida 

qo‘ng‘irotlar sulolasining hokimiyatni  rasman egallashlariga zamin boMdi.

1804-1806  yillarda hukmronlik  qilgan  Hltuzarxon  Inoq  Xiva taxtiga 

0

‘tirgan  qo‘ng‘irotlar sulolasining  birinchi  xoni  hisoblanadi.  Uning  vorisi 



Muhammad  Rahimxon  1  (1806-1825)  Xiva  xonligini  birlashtirishni 

nihoyasiga  yetkazdi.  1811-yilda  bo'ysunmas  orolliklar-qoraqalpoqlami

259


ham  Xiva tarkibiga qcrshib oldi.  U  o ‘tkazgan  siyosiy,  iqtisodiy,  ma'muriy 

islohotlar  natijasida  boshqaruv  tizim  takomillashib,  soiiqlar  tartibga 

lushdi.  Xazina daromadlari  ko'paydi.

Olloqulixon 

(1825-1842), 

Rahimqulixon 

(1842-1845) 

va 


Muhammad  Aminxon  (1845-1855)  davrlarida  Xiva  qo'shinlarining 

Xurosonga yurishlari  kuchaydi,  Marv  shahri  uchun Buxoro amirligi  bilan 

tez-tez  urushlar  bo'lib  turdi.  Xiva  xonlari  bu  davrda  Sirdaryoning  Orol ■

 

dengiziga  quyiladigan  joyidan  Turkmaniston  hududidagi  Kushkagacha 



boMgan  yerlami  boshqarganlar.  1855-yilda Seraxsni  qamal  qilish paytida 

Muhammad  Aminxonning  halok  boMishi  mamlakatda  parokandalikka 

sabab  boMdk  Abdullaxon  (1855-1856),  Qutlug‘murodxonlar  (1856)  6 

ovdan  ko'p  hukmronlik  qilmaslaridan  oMdirildilar.  1856-yilda  taxtni 

Sayid Muhammadxon (1856-1864) egalladi.  U bo‘ysunmas turkmanlar va 

qoraqalpoqlarga  qarshi  urush  uyushtirganligi  natijasida  bu  xalqlaming 

ko'pchiligi  ko'chib  ketdilar.  1859-yilda Muhammad  Panoh  Orenburgdan 

yordam  olib,  Orol  bo'yida  mustaqil  davlat  tuzish  uchun  qilgan  harakati 

bostirildi.  Xivaliklar  tomonidan  daryoga  to'siq  qo'yilishi  natijasida 

Butakov flotiliyasi qoraqalpoqlarga yordam bera olmadi.

Xiva  xonligidagi  so'nggi  mustaqil  hukrador  Feruz  taxallusi  bilan 

ijod  qilgan  Muhammad  Rahimxon  II  (1864-1910)  boMdi.  Uning  davrida 

xonlikning  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy  jihatdan  yuksalishi  ko'zga 

tashlanadi.  Lekin  1873-yilda  Rossiya  Xiva  xonligini  bosib  oldi  va 

Muhammad  Rahimxon 

11 


va 

Kaufman 


imzo lagan 

Gandimiyon 

shartnomasiga  ko'ra,  Xiva  xonligi  Rossiyaga  qaram  davlatga  aylanib 

qoldi.


Xiva  xonligi  boshqaruv  tizimi,  asosan,  Buxoro  va  Qo'qon 

davlatlaridagidek bo'lib,  farqi XIX  asr boshlaridan xon  huzurida Kengash 

(Devon)  boMgan.  Ling  yuqori  amaldorlar  a’zo  bo'lgan  kengash  vakolati 

cheklangan  bo'lib,  asosiy  qarorlar  xon  tomonidan  qabul  qilingan  bo'lsa- 

da,  amaldorlarning xonlik  boshqaruvida  mavqei  baland  bo'lgan.  Mansab 

va  unvonlar  xoniiklarda  harbiy-ma’muriy,  harbiy  va  diniy  toifalarga 

boMingan. Inoq, otaliq, biy, amir ul-umaro, mehtar, qushbegi, beklar begi, 

devonbegi  va  boshqa  unvon  va  mansabiar  xonlik  iqtisodiy,  siyosiy, 

moliyaviy,  harbiy  hayoticfa  muhim  o'rin  tutgan.  Xonlikda  sud  ishlari 

asosan  diniy  ulamolar  qo'lida  bo'lib,  ularning  mamlakat  hayotida ta’siri 

kuchli bo'lgan.

Xonlikda davlat tili  o'zbek  tili  bo'lib,  Buxoro va Qo'qondan  farqli 

o'laroq barcha farmonlar, davlat hujjatlari  faqat o'zbek tilida yozilgan.

260


XVI-XVIII  asrlarda  Xiva  xoniigining  ma’muriy  jihatdan  bo'linishi 

viloyat  deb  atalgan  bo'lsa,  XVIII  asrdan  bekliklar  deb  atala  boshlangan. 

Eng  kichik  ma'muriy  bo'linish  machitqo'm  deb  yuritilgan.  Dasilab 

xonlikda  16  ta  viloyat  2  ta  noiblik  bo'lgan  bo'lsa,  keyinchalik  viloyatlar 

soni  22  taga  yetgan.  Ularni  xon  tomonidan  layinlangan  hokim  va noiblar 

boshqargan.  Xiva shahri esa xon  va  bosh  vazir tomonidan boshqarilgan.

Xonlikda.  asosan,  o ‘zbekiar  dehqonchilik  tumanlarida  yashab 

ko'pchilikni  tashkil  qiiganlar.  Shuningdek,  turkmanlar,  qoraqalpoqlar, 

kam  miqdorda  tojik lar,  eronlikJar,  yahudiylar,  arablar  ham  istiqomat 

qilishgan.

Ijtimoiy  hayotda  xon  va  uning  amaldorlari  va  diniy  ulamolaming 

inavqei  yuqori  bo'lib,  iqtisodiy  hayotning asosini  tashkil  qiluvchi yer ham 

asosan  ular qo'Iida bo'lgan.  Kam  yerii  va yersiz dehqonlar  ulardan  ijaraga 

yer  olib  ishlaganlar  va  ahvoli  juda  og‘ir  bo'lgan.  Sun’iv  sug'orishga 

asoslangan  dehqonchilik  mamlakat  iqtisodida  muhim  o'rin  tutgani  uchun 

Amudaryodan  chiqarilgan  kanallarni  qazish  davlat  ahamiyatiga  molik  ish 

hisoblangan.  Shuningdek,  chorvachilik.  hunarmandchilik,  savdo-sotiq 

ham  iqtisodiy hayotda muhim o'rin  tutgan.

Xonlik  harbiy  qo'shini  va  qurol  aslahasini  yaxshilash  juda  past 

darajada  bo'lgan.  Qo'shinni  ko'proq  yarim  ko'chmanchi  turkmanlar 

tashkil  etgan.  Oldingi  davrlardagi  harbiy  sohadagi  ijobiy  tajribalar 

rivojlantirilmay tashlab qo'yilgan.

Xiva  xonligi  Buxoro,  Q o;qon,  Bron  va  Rossiya  kabi  qo'shni 

davlatlar  bilan  savdo-sotiq  ishlarini  olib  borgan.  Soliqlar  barcha 

musulmon  davlatlaridagidek  xiroj,  zakot,  boj  va jizyadan  iborat  bo'lgan. 

Shu bilan majburiy  mehnatning ba'zi  turlari amalga oshirilgan.

Xiva  xonligida  ham  adabiyot,  tarixnavislik,  me’morchiiik  bir 

muncha  rivojlangan  bo'lsa  ham  tabiiy  va  texnika  fanlariga,  dunyoviy 

ilmlarga e ’tibor qaratilmagan.

Boshlang'ich 

maktabda 

o'qish-yozishni 

o'rgangan 

bolalar 

madrasalarda  o'qitilgan.  XIX  asrda  Xiva  xonligida  1500  ga  yaqin 

boshlang'ich  maktab  va  130  la  madrasa  mavjud  bo'lgan.  Xiva  shahrining 

o'zi da  22  ta  madrasa  bo'lgan.  XIX  asrda  Xiva  xonligida  adabiyot, 

tarixnavislik,  hattotlik,  musiqa  san’ati.  m e’morchiiik  va  madaniyatning 

boshqa sohalarida katta yutuqlar qo'lga kiritilgan.

Shcmiuhammad  Munis  Xorazmiy,  Muhammad  Rizo  Emiyozbek 

o 'g 'li  Ogahiy,  Feruz,  Komil  Xorazmiy,  Kamron,  Bayoniy,  Xusraviy, 

Murodiy,  Rojiy,  Mutrib,  LafFasiylar  asarlari  o'zbek  adabiyoti  rivojida 

o'ziga xos o'ringa ega.

261


Tanbur  chixiqi  notasini  yaratgan  Komil  Xorazmiy  “Maqomi 

rcruzshohiy”  asari  va  “Panjgoh”  maqomi  bilan  o ‘zbek  musiqa  san’ati 

-ivojiga katta hissa qo‘shdi.

Abulg‘oziyxon  “Shajarayi  T urk’,  “Shajarayi  tarokima”  asarlari 

bilan  Xorazm  tarixnavislik  maklabini  boshlab  bergan  boMsa,  Munis  va 

Ogahiylar  tarixnavislik  va  tarjimonlik  maktabini  yaratib,  “Firdavs  ul- 

iqbol”,  “Zubdat  ut-tavorix”,  “Riyoz  ud-davla”,  “Gulshan  ul-davlat”, 

‘‘Jomiy’  ul-voqeoti  sultoniy”,  “Shohid  ul-iqbol”  asarlari  bilan  tarix 

sohasini 

rivojlanlirdilar. 

Bayoniyning 

‘‘Shajarayi 

xorazmshohiy", 

“Xorazm  tarixi”  asarlari  yuqoridagi  asarlar  kabi  Xiva  xonligi  tarixini 

o‘rganishda asosiy manbalar hisoblanadi.

Hozirgi  Xiva  shahrida  saqlanib  qolgan  qadimiy  me’morcliilik 

inshootlari  asosan  xonliklar  davrida  qurilgan  boMib,  eng  qadimiysi  XVI 

asrda qurilgan Say id Ota maqbarasi bo'Isa, eng keyingi XX asr boshlarida 

qurilgan  Nuriilaboy  saroyidir.  Ichan  qal’adagi  o'nlab  imoratlaming 

ko'pchiligi  XIX  asrda qurilgan  boMib,  ular xalqimiz  buyuk  zakovatining 

bir qismi sifatida qad ko‘tarib turibdi.

Qo‘qon xonligi

XV11I 

asr  boshlarida  Buxoro  xonligida  siyosiy  parokandalik  unga 



rasman  qaram  boMgan  Farg‘ona  vodiysiga  ham  o‘z  ta’sirini  ko‘rsatdi. 

1709-yilda  Chodak  xo‘jalari  isyon  koMarib,  Farg'onaning  bir  qismini 

egallab  olib,  mustaqil  davlat  tuzilganligini  eMon  qildilar.  1710-yilda 

vodiyda  ancha  kuchli  ta’sirga  ega  boMgan.  o‘zbeklaming  ming  urug‘i 

boshligM  Shohruhbiy  (1710-1721)  hokimiyatni  qoMga  oldi.  Shohruhbiy 

o'z  hukmronligi  davrida  Qo‘qon,  Namangan,  MargMlon,  Konibodom, 

Isfara  atroflarini  bo‘ysundirib,  o‘z  hokimiyatini  mustahkamladi.  Uning 

vorisi  Muhammad  Abdurahimbiy  (1721-1733)  Xo'jand,  0 ‘ratepa, 

Samarqand,  Jizzax,  hatto  Shahrisabzni  o ‘ziga  bo‘ysundirib,  mamlakat 

hududlarini  ancha  kengaytirdi.  Shuning  bilan  birga  u  qurdira  boshlagan 

shahar dastlab “Qal’ayi Rahimbiy” deb ataldi.  Abdurahimbiyning  bevaqt 

vafoti  sababli  ukasi  Abdulkarimbiy  (1733-1750)  shahar  quriiishini 

yakunlab,  Tepaqo‘rg‘ondan  poytaxtni  yangi  shaharga  ko‘chirdi  va  Eski 

o‘rda degan joyida o‘rda-qal’a qurdiradi.

0 ‘sh,  Andijon,  MargMlonni  egallagan  qalmoqlar  1745  yilda 

Qo'qonni  qamal  qilganda  Abdukarimbiy  0 ‘ratepa  hokimi  Fozilbek 

yordami  bilan  qalmoqlami  mamlakat hududidan  haydab  chiqarib,  davlat 

mustaqilligini  saqlab  qoldi.  Qalmoqlar  garov  tariqasida  Muhammad

262


Abdurahimbiyning  o‘g‘li  Bobobekni  olib  ketishadi.  Abdukarimbiy 

vafotidan  keyin  xonlar  lc/.-tcz  almashtiriladi. 

1750-1754  yillarda 

Abdurahmonbiy  (1750-1751),  Erdonabiy  (1751-1753),  Bobobek  (1753- 

1754)  xonlik  qilganlar.  Nihoyat,  1755  yilda  Krdonabiy  2-marta 

hokimiyatga kelgach,  xonlik ancha mustahkamlandi.  U  0 ‘sh va 0 ‘zganni 

bo‘ysundirib,  1758-1759  yillarda Sharqiy Turkistonga ham yurish qilgan. 

Bu  davrda  Qo'qon  xonligi  Buxoro  va  Xitoy  bilan  tengma-teng 

kurashadigan  davlatga  aylandi.  Lekin  Erdonabiy  davrida  olib  borilgan 

urushlar  mehnatkash  xaiqning  aholini  ancha  og'irlashtirdi.  Yerdonabiy 

1769  yilga  qadar  taxtni  boshqargan.  Undan  keyin  taxtga  o‘tirgan 

Sulaymonbek bor-yo‘g‘i  6 oy xonlik qildi.

Qo‘qon  xonligini  1770-1800-yillarda  boshqargan  Norbo'tabek 

markaziy 

hokimiyatni 

mustahkamlash 

va 

bo‘ysunmas  hokimlar 



qarshiligini  bostirishda  bir  muncha  muvarfaqiyat  qozondi.  U  Chust  va 

Namangan  hokimlarining  o'zboshimchaliklarini  tugatib,  qo‘?g‘olon 

ko‘targan Xo‘jand shahrini bo‘ysundirdi  va uni xonlikka butunlay qo'sbib 

oldi.  Lekin  1799-yilda  uning  Toshkentni  egallash  uchun  yuborgan 

qo‘shini  mag'lubiyatga  uchradi.  Uning  hukmronligi  davrida olingan  tno‘l 

hosil  natijasida  xalq  faravonligi  bir  muncha  yaxshilandi,  Xitoy 

hukmdorlari Norbo'tabek mustaqil xon  ekanligini  tan olgan.  Uning vorisi 

Olimxon  (1800-1810)  davrida  Qo'qon  xonligining  siyosiy  qudrati 

mustahkamlandi. 

Harbiy 


islohot 

o'tkazib, 

qo'shinni 

ancha 


mustahkamlagan  Olimxon  Angren  vohasini,  Toshkent,  Chimkent  va 

Turkistonni  o'ziga  bo‘ysundirdi.  Natijada  Qo‘qon  savdogarlari  Rossiya 

bilan  bevosita  savdo  qtla  bosh lad ilar.  1805  yildan  Qo‘qon  xonligidagi 

hukmdorlar rasman  xon  deb yuritila  boshladilar.  Bungacha ular “biy”  va 

“bek” deb atalardilar.

Olimxon  isyon  ko‘targan  Toshkentni  bo‘ysundirish,  0 ‘ratepani 

egallash  va  bosib  olingan  hududlarda  o‘z  mavqcyini  mustahkamlash 

uchun  tinimsiz  urushlar  olib bordi.  U  0 ‘ratepani  bo'ysundirish  uchun  10 

dan  ortiq  yurish  qilgan.  Olimxon  olib  borgan  siyosat  butun  xaiqning 

Olimxondan  noroziligiga olib  keldi  va  bu  fitnaga sabab  bo‘Idi.  Olimxon 

1810-yilda  ukasi  Umarxonning  taxtga  chiqarilganini  eshitib,  Qo‘qonga 

ketayotganda  Oltiqush  degan  joyda  fitnachilar  tomonidan  o‘g‘li 

Shohruxxon bilan birga otib o'ldiriladi.

O'zini  amir  deb  atagan  Umarxon  (1810-1822)  davrida  siyosiy 

jarayon  murakkablashib,  Chimkent,  Turkiston  va  boshqa  shaharlarda 

g‘alayonlar  ko‘tarildi.  Davlatni  boshqarishda  yirik yer egalari,  dindorlar, 

harbiy  sarkardalar  manfaatini  himoya  qilib,  ular  bilan  ittifoqda  bo'lgan

263


Umarxon  bu  g'alayonlarni  bostirib,  xonlik  hududini  parchalanishdan 

saqlab qoldi.  Uzoq  urinishlar natijasida  1817-yiIda  O'ratepani  bosib oidi. 

Rossiya  bilan  aloqalarni  mustahkamladi.  1818  yilda  Umarxon  “Amir  ul- 

inuslimin*’  unvonini  olib  xonlikdagi  diniy  hokimiyatni  ham  egalladi. 

Amiriy  taxallusi  bilan  she’rlar  yozgan  Umarxon  davrida  Qo'qonda 

adabiyot,  she’riyat  ancha  yuksaldi.  1822-yilda  Umarxon  kasallanib  vafot 

etdi.

Umarxonning 



o‘g‘li 

Muhammad 

Aiixon 

(1822-1842) 



hukmronligining  dastabki  yillarida  Qo'qon  xonligining  yerlari  ancha 

kengaydi.  U  1826-1831  yillarda Qashg'arga bir necha marta yurish qilib, 

u  yerdagi  Xitoy  hukumati  bilan  o‘zi  uchun  foydali  shartnoma imzolagan 

bo'lsa,  1834-yilgacha  Qo‘qon  qo'shinlari  Qorategin,  Kulob,  Darvoz 

viloyatlarini bosib olgan.  Ichki  siyosatda Madalixon xonlik hayotida katta 

ta’sirga  ega  bo'lgan,  otasi  tomonidan  qo‘Uab-quvvatlangan  yirik 

amaldorlami  surgun  qildi,  ko'pchilikni  qatl  qildirdi.  Bu  holat  xonlikda 

undan  norozi  bo'lgan  kuchlaming,  birlashishuviga,  dushmanlarining 

ko'payishiga  sabab  bo'ldi.  Muhammad  Alixonning  Sharqiy Turkiston  va 

Oltoy  tog'lari  ortida  qo'lga  kiritgan,  g'alabasi  sababli  xushomadgo'ylari 

uni  “g'oziy”  deb  ulug'lashgani  bilan  mamlakatda  undan  norozilar 

ko'pchilikni tashkil qilar edi. 

Muhammad  Alixonning  shariatga  zid 

axloqiy  buzuqliklari  ham  unga  qarshi  aybnoma  bo'ldi.  Natijada  xonga 

qarshi  fitna  tayyoiiana  boshlandi.  Lekin  fitnachilar  o 'z  kuchlariga 

ishonmay  1839-yilda’ Buxoro  amiri  Nasrullodan  yordam  so'rab,  xoning 

ustidan  shikoyat  qilishdi.  Amir  Nasrulloning  Madalixonni  “kofir”  deb 

fatvo jo'natishi  1840-yilda Qo'qon va Buxoro o'rtasidagi urushga bahona 

bo'ldi.  Aslida  Buxoro  va  Qo'qon  chegara  shaharlar  uchun  tinimsiz 

urushlar olib borishgan.  Bu urushda Madalixon qo'shinlari mag'lubiyatga 

uchrab,  uning  o'zi  Buxoro  hukumronligini  tan  olishga  va  Xo'jandni 

topshirishga  majbur  bo'ldi.  1842  yilda  Qo'qon  xonligida  ko'tarilgan 

qo'zg'olondan  foydalanib,  amir  qo'shinlari  Qo'qonni  egallashdi  va 

Nasrullo Madalixonni  oila a’zolari bilan tutib keltirib, uning o'zini, onasi- 

shoira  Nodirabegimni,  katta  o'g'li  Muhammad  Aminni,  ukasi  Sulton 

Mahmudni  va boshqalarni  qatl  ettirdi. “Qassob amir” Qo'qon xonligining 

Buxoro  amirligiga  qo'shib  olinganini  e’lon  qilib,  (brohim  dodxohni 

Qo'qonga  noyib  etib  tayinladi.  Ko'p  o'tmay  Toshkent  ham  Buxoroga 

bo'ysundirildi.

Lekin  buxoroliklarning  talonchilik  siyosati  xalqning  noroziligiga 

sabab  bo'ldi  va  oradan  uch  oy  o'tgach,  qipchoqlar  madadiga  tayangan 

ao'qonliklar  Buxoro  amaldorlarini  haydab,  Norbo'tabiyning  ukasi

264


Sheralixon  (1842-I845)ni  taxtga  o'tqazdilar.  L!  shaharni  mustahkamladi. 

Natijada  Buxoro  qo'shinlari  Qo'qonni  40  kun  qamal  qilib,  qo‘lga 

ololmagach,  qaytib  ketishga  majbur  bo'ldilar.  Ko‘p  o'tmay  Xo'jand  o'z 

ixtiyori  bilan  Qo'qon  xonligiga  qo'shildi  va  Toshkent  ham  qayta 

egallandi.  Hamda  xonlik  hududlari  qayta  tiklandi.  Bu jarayonda  alohida 

xizmat  ko'rsatgan  qipchoqlar  xonlikda  yuqori  mavqega  ega  bo'la 

boshlaydilar.  1845-yilda Qo'qon taxti davogarlaridan biri Murodxon amir 

yordami  bilan  taxtni  egallab,  bor  yo‘g‘i  8  kun  hukmronlik  qildi.  Bu 

siyosiy  o'yinni  kuzatib  turgan  amiri  lashkar  Musulmonqu!  o'z  qizini 

uning  o'gMi  13  yoshli  Xudoyorxonga  nikohlab  berdi  va  Murodxonni 

fitnachi sifatida qatl qildirib, kuyovini Qo'qon xoni deb e’lon qildi.

Xudoyorxon  (1845-1858;  1863  (4  oy),  (1865-1875-yy.)  yosh 

boMganligi 

sababli 


xonlikdagi 

boshqaruv 

Musulmonqu! 

boshliq 


qipchoqlar  qo‘liga  o'tdi.  Saroyda  cheksiz hokimiyatga ega  boMgan,  bosh 

vazir,  birinchi  amaldor  Musulmonqulning  o'z  mavqeyidan  shaxsiy 

manfaatlari  yo'lida  foydalanishi  1853-yil  oxirlarigacha  davom  etib,  bu 

holat  xonlikda  ko'pchilikning  noroziligiga  sabab  bo'ldi.  0 ‘ratepa, 

Xo'jand, 

Marg’ilon 

hokimlari  Toshkent  hokimi 

Nurmuhammad 

boshchiligida Musulmonqulga qarshi guruh tashkil etishdi.  1852-yil fevral 

va  ivun  oylarida  Musulmonqu!  Toshkentga  katta  qo'shin  bilan  yurish 

qildi.  I^ekin  iyun  oyidagi jangda qayin  otasi  vasiyligidan  norozi  boMgan 

Xudoyorxon  qo'zg'olonchilar  tomonga  o'tdi.  1853-yil  kuziga  kelib 

Musulmonqul  ham  qo'lga  olinib  qatl  etildi.  Bu  paytda  rus  qo'shinlari 

xonlik  sarhadlariga  bostirib  kirib,  Oqmachit,  Jo'lak,  Kumushqo'rg'onni 

bosib  olayotgan  edi.  Rossiya  bilan  Qo'qon  urush  holatiga  o'tdi. 

Rossiyadek  tashqi  dushman  xonlik  sarhadlariga  xavf  solib  turgan  bir 

paytda  xon  amaldorlari,  xonlar  birlashish  o'miga  ular  orasidagi  o'zaro 

kurash,  fitna  avj  oldi.  Natijada  Qo'qon  xonligi  hududlari  chet  cl 

bosqinchilarining  zulmi  ostiga  tushib  qoldi.  1876-yilda  Qo'qon  xonligi 

tugatildi.

Miraziz  bin  Muhammad  Rizo  Marg'iloniyning  “Tarixi  Aziziy”, 

Otabek  Fozil  o'g'lining “Mufossal Tarixi  Farg'ona", Shavqiyning “Tarixi 

Turkiston”, 

Junaydullaxoja 

o'g'li 

Ibratning 



“Tarixi 

Farg'ona”, 

Muhammad  Solih Toshkandiyning "Tarixi jadidi Toshkand” kabi asarlari 

Qo'qon xonligi tarixi haqidagi muhim manbalar hisoblanadi. Shuningdek, 

rus elchilari, sayyohlari, harbiylari tomonidan yozilgan hisobotlar va arxiv 

hujjatlari ham ma’lum qimmatga ega manbaiardir.

Xonlikdagi  davlat  boshqaruv  tizimi,  iqtisodiyoti  va  ijtimoiy 

tiizimidagi  ba’zi  bir  o'ziga  xoslikni  hisobga  olmaganda  Buxorodagidan

265


aytarli  farq  qilmagan.  Madaniy  hayoti,  ta’lim  tizimi  ham  aynan 

Buxorodagi  kabi  bo'lib,  tabiiy,  dunyoviy  fanlarga  unchaiik  e’tibor 

berilmagan.  XIX  asrda  xonlikning  markaziy  shaharlarida  madrasalar 

faoliyat  ko'rsatgan  bo'lib,  Qo‘qonning  o'zida  15  ta madrasa  bo'lsa  ham, 

Buxoroda ta’lim olgan kishitarning mavqeyi ancha baland bo'lgan.

Umarxon davrida shakllangan va rivojlangan Qo'qon  adabiy muhiti 

ta’sirida yaratilgan adabiyot va she’riyat  namunalari  madaniyat rivojintng 

ko'rinishi bo'ldi. Umarxon buyrug'i bilan Fazliy va Mushriflar tomonidan 

tuzilgan  “Majmuat  ush-shuaro”  nomli  tazkira  XVIII  asr  oxiri  XIX  asr 

boshlarida  Qo'qonda  yashab  ijod  qilgan  ijodkorlar  haqida  muhim 

ma’lumotlar beruvchi  qimmatli  asardir.  “Devoni  Huvaydo”,  “Rohati  dil” 

asarlarining  muallifi  Xo'janazar  Huvaydo,  “Hapalak”,  “Ta’rifi  viloyati 

Qurama”  kabi  she’rlar  ijodkori  Maxmur,  hajvchi  shoir  Guixaniy  (u 

“Zarbulmasal”  asari  bilan  mashhur”),  Fazliy,  Mushrif,  G'oziy,  Sodiq, 

Xotif,  Amiriy  va  boshqalar bu  davming  ko'zga ko'ringan  ijodkorlaridir. 

Ular  qatorida  Uvaysiy,  Nodirabegim,  Dilshodi  Barno,  Mahzuna  kabi 

ijodkor  ayollaming  ham  sezilarli  o 'm i; bor.  XVIII-XIX  asrda  Qo'qon, 

Toshket,  Namangan  va  Andijon  kabi  shaharlarda,  masjid,  madrasa, 

me’moriy  majmualar  bu  davr  madaniyatining  bir  ko'rinishi  sifatida  qad 

ko'targan.

Xulosa  qilib  aytadigan  bo'lsak,  XVI-XIX  asrdagi  o'lkamizdagt 

ijtimoiy,  madaniy  hayot ko'rib  o'tganimizdek  o'ziga xosliklardan  iborat. 

Bir  tomondan  adabiyot,  tarix,  me’morchilik,  san’ati  sohalarida  katta 

yuksalishlami,  betakror  yutuqlami  qo'lga  kiritgan  bo'lsak,  ikkinchi 

tomondan  birlikning  yo'qotilishi,  o'zaro  nizolaming avj  olishi,  tabiiy  va 

texnika  faniariga  e’tiborning  yo'qotilishi  O 'rta  Osiyo  xalqlarini  nafaqat 

jahon  taraqqiyotidan  orqada  qolishiga,  balki  xalqimizning  chet  el 

bosqinchilari  zulmi  ostiga  tushib  qolishiga  sabab  bo'ldiki,  bu 

yurtimizning 130 yildan ortiq qaramlikda qolib ketishiga olib keldi.

III. Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri 

12- mavzu. Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishi


Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling