O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
bildilar. Shunitig uchun Kam mahalliy aholining ma’naviy-ruhiy holatiga
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
bildilar. Shunitig uchun Kam mahalliy aholining ma’naviy-ruhiy holatiga ta’sir etish uchun doimiy tarzda musulmon muassasalari faoliyatiga araiashish, erli maktablarni ma’muriyat ixtivoriga o'tkazish, musulmon diniy idorasi boshqaruviga yo'l qo'ymaslik: kabi masalalarga e ’tibor qaratildi. Bu o'rinda shuni aytish lozimki, imperiya hukumati ma’muriyati maktab va madrasalarga nisbatan turli xil kurash usullarini qo'lladi. Biroq ming yillar davomida O'rta Osiyolik olimlarning faoliyatlari naqadar ulug' bo'lganligi va o'sha yillarda ham ularning m o” tabar shariat majmualaridan butun dunyo musulmonlarining foydalanib kclayotganligini o'zi mustamlakachi ma:murlarini tashvishga solmasdan iloji vo'q edi. Shuning uchun ular ko'plab mahalliy yoshlarga bilim berib kelayotgan musulmon maktabiarini rus-tuzem maktablari bilan almashtirishga, shu yo'llar bilan o'lka xalqlarini mustamlaka siyosati asorati ostida saqlash, keyinroq borib ularni ruslar bilan qo'shib yuborishga zo'r berib, ustakorlik bilan harakat qildi. Yuqorida keltirilgan tadbirlar, imperiyaning amalga oshirgan mustamlaka siyosati mahalliy mehnatkash aholining manfaatlariga butunlay zid kelishi, ular o'rtasida norozilik kayfiyatlarini tug‘ilishida katta zamin bo'lib xizmat qildi. Imperiya nia’murlarining mustamlaka siyosatiga qarshi qaratilgan harakatlari Rossiya imperiyasi O'rta Osiyoni bosib olayotgan davrlardan boshlangan bo'lsa-da, bu harakatlar rus qo'shinlari tomonidan shafqatsiz ravishda bostirib kelindi. 70-yillardagi Po'latxon q o 'zg ‘olonidan so ng Turkistonning bir qancha shaharlarida ham xalq ommasining ommaviy norozilik harakatlari keng miqyosda bo'lib o'tdi. Rossiya imperiyasi bosqiniga qarshi ko'tarilib turgan ozodlik harakatlari ichida *‘0 !o y malikasi” nomi bilan mashhur bo'lgan Qurbonjon dodxoh Oloy o'lkasida tinchlik o'rnatish uchun 1876 yilning oxiriga qadar mustamlakachilarga qarshi kurashib keldi. Uning qo'shinlariga qarshi yuborilgan general Skobclev boshliq rus qo'shinlari qo zg‘olonchilarga qarshi harakatlarda yengildi va mustamlakachi ma’murlar Qurbonjon dodxoh bilan sulh tuzishga majbur bo'ldi. O'z uinrini xalqining tinch-totuv yashashiga bag1 ish lagan Qurbonjon dodxoh 1907-yil 97-yoshida vafot etadi. Farg‘ona viloyati Turkistonning asosiy paxtachilikka ixtisoslashgan viloyatlardan bo'lganligi tufayli, bu yerda vaziyatning barqaror bo'lishi chorizm uchun katta ahamiyatga ega edi. Ayniqsa, mahalliy aholining ziclt joylashganligi, dehqonlar ommasining paxtachilik jafolaridan kelib chiqayotgan qiyinchiliklardan qiynalayotganligi, mahalliy va mustamlakachi ma’murlarining bu yerlardaei beboshliklari oldini olish 279
qiyin bo'lgan om m aviy xalq harakatlarini keltirib chiqarishi mumkin edi. Mana shunday g ‘atayonlardan biri 1878-yilda Mingtepada bo'lib o'tgan Yetimxon boshchiligidagi isyondir. Bu isyondan so'ng Farg‘ona viloyati general gubematori viloyatdagi mahalliy aholidan g ‘ayriqonuniy soliq undiruvchilarni ishdan olib tashlashga majbur bo'ldi. 1885-90-yilIarda Andijonnning Qo'rg‘ontepa uezdidagi Darveshxon to'ra boshliq xalq harakati qurolli qo'zg‘olonga aylandi. Ammo, xalq ommasming norozilik harakatlarini qurolli kuch bilan bostirishga o'rganib qolgan chor ma’murlari bu harakatlami ham shafqatsizlarcha bostirdilar. 1892-yil “vabo isyoni” nomini olgan Toshkent qo'zg‘oloni XIX asr oxiridagi muhim voqealardan biri bo'ldi. 1892-yilgi qo'zg'olon ko'plab tarixiy adabiyotlarda imperiya ma’murlarining o'lkada vabo kasali tarqalishining oldini olish uchun bo'lgan harakat deb ta’riflangan bo'lsa- da, aslida bu qo'zg‘olon Rossiya imperiyasining o'lkadagi yillar davomida olib borgan mustamlaka siyosatiga qarshi qaratilgan harakatlardan biri edi. 1892-yilgi vabo kasali tarqalish miqyosi jihatidan 1872-yildagiga nisbatan kuchli bo'lmasa-da, mustamlaka Turkistonda iqtisodiy- ijtimoiy vaziyat ancha keskinlashgan davrda yuz berdi. 1892- yilda Afg‘onistonda tarqagan vabo kasali o'sha yili O 'rta Osiyoga ham tarqaldi. 1 iyunga kelib, Jizzaxda ham Rossiyadan ko'chib kelganlardan bir nechtasi vabo bilan kasallanganligi haqidagi xabar, 7-iyunga kelib esa, Toshkentning eski shahar qismida vabo bilan kasallangan kishilar ham ma’lum bo'ldi. imperiya ma’murlari vabo kasali tarqab ketmasligi uchun chora-tadbirlar ko'rdilar. Biroq belgilangan chora-tadbirlarda mahalliy aholining diniy va milliy an’analari mutlaqo e’tiborga olinmadi. Kasallik tarqalishi munosabi bilan shaharga kirish va shahardan chiqish ta’qiqlandi. Shahardagi 12 ta eski qabriston yopilib, va’da qilingan. 4 ta qabriston o'm iga faqat bittasi ochib berildi. Vafot etganlar dafii etilishi bilan bogMiq bo'lgan tadbirlar haqida oqsoqoMar, m.ullalar, mirshablar, cherkov xizmatchilarini ogohlantirib qo'yish lozimligi, ayniqsa, har bir'vafot etgan kishi vrach ruxsatidan keyingina dafn etilishi mumkinligi haqidagi buyruqlaida mahalliy aholining diniy e’tiqodlari mutlaqo hisobga olinmadi. Noiloj qolgan aholi vafot etganlami shahar ichidagi berkitilgan qabristonlarga yashirincha olib borib
ko'ma boshladilar.. Bulaming barchasi mustamlakachi ma’murlaming zo'ravonlikka asoslangan siyosatining ko'rinishi edi. Mustamlakachi .ma’murlarining bu tadbirlaridan norozi bo'lgan shahar aholisi 20-iyun kuni shaharning Xonaqo masjidi yonidato'plandi. 280
Shikoyat xati yozib, uni shahar hokimiyatiga yetkazish uchun uch kishidan iborat vakil saylandi. Biroq 23-iyun kuni shaharda tarqalgan turli mish-mishlar shahardagi vaziyatni og‘irlashtirib, ommaviy g‘alayonlar boshlanishi ayon bo'lib qoldi. 500 kishilik olomon 2 ko'cha bo'ylab shahar boshlig'ining uyi toinon yura boshladi. Buni eshitgan Putinsev olomon bilan uchrashish uchun eski shahar tomon yo'l oldi va Voronsov xiyobonida qo'zg'olonchilar bilan uchrashdi. Olomondagilar shahar oqsoqoli Muhammad "qub ustidan shikoyat qilishga kelayotganliklarini aytdilar. Putinsev bilan kelgan eski shahar oqsoqoli olomonga qarab do'q urib, qamchi bilan qo'rqitib orqaga qaytarmoqchi bo'ldi. Kishilar uni toshbo'ron qila boshladilar. Shu vaqt boshqarma oldiga soqchilar bilan harbiy gubemator, keyin qurolli soldatlar keldi. Buni ko'rib. sarosimaga tushib qolgan aholi o'zini himoya qilishga intilmasdan asta tarqala boshladi. Ular hatto yerda yotgan yog'ochni olib, o'zlarini himoya qilishga ham intilmadilar. Shundan so'ng qo'zg‘olonchilardan qattiq o'ch olish boshlanib ketdi. Qo'zg'olon mustamlaka hukumati qo'shinlari tomonidan shafqatsizlarcha bostirilib, 8 kishi dorga osib o'ldirilishiga, 15 kishini 2 yil muddat bilan mahbuslar rotasiga yuborishga, 2 kishini olti oyga qamoq jazosi bilan jazolashga hukm qilindi. Lekin, mustamlakachi ma’murlari dunyo jamoatchiligi oldida bu jazolaming shov-shuvga sabab bo'lishidan cho'chib, o'lim jazosini umrbod surgun bilan almashtirdilar. Garchi, qo'zg'olon Toshkent shahrining o'zida yuz bergan bo'lsa-da, uning ta’siri butun Turkiston o'lkasi bo'ylab yoyildi. Chunki bu ozodlik harakati mustamlakachilik zulmi ostida yotgan xalqlar tuyg'usini ifoda etar edi. Rossiya
imperiyasining Turkistondagi amaldorlari vaziyat
keskinlashayotganligidan xavfsirab, podsho hukumatidan joylarda xavfsizlikni saqlashning kuchaytirilgan holatini joriy etishni taklif etdilar. Bu orqali mustamlakachi ma’murlari o'z oldiga katta siyosiy maqsadlami qo'yib, aholini qo'rqitish, imperiya hukmronligiga qarshi kurashga chiqishga botina olmaslik kaytiyatlarini kuchaytirishga harakat qildi. Shunday bo'lsa-da, 1898-yil Andijonda mutamlakachi ma’murlariga qarshi, uning mustamlaka siyosatiga qarshi yana bir ozodlik harakati bo'lib o'tdi. Tarixda bu “Andijon qo'zg'oloni” nomini oldi. Bu qo'g'olon 1898-yil Andijon shahrining Mingtepa qishlog‘ida boshlandi. Dastlab qo'zg'olonchilar soni 500 kishidan ortmagan bo'lsa-da, biroq atrofdagi qishloqlardan kelib qo'shilayotgan aholi hisobiga qo'zg'olonchilar soni 281
ortib bordi. Q o'zg‘olonchilarga Muhammadali eshon - Dukchi eshon boshchitik qildi. Dukchi eshon o'lkadagi mustamlaka siyosatiga qarshi Farg'ona viloyatidagi aholini birlashtirishga, ularni imperiyaiiing mustamlaka siyosatiga qarshi chiqib, bu zulmni ag'darib tashlashga harakat qildi. Qo'zg'oion stixiyali tarzda boshlandi. 17-may kuni Tojik qishlog‘ida to'plangan xalq ommasi Andijon shahriga qarab yo'l oldilar. Qo'zg‘olonchilar saft yo'lda ko'payib boraverdi. Natijada shaharga etib kelganda ularning safi kengayib, 2000 kishiga etdi. Olomon Andijondagi rus garnizoniga to'satdan hujum qildi. 23 soldat o'ldirilib, 24 soldat yaralandi. Soldatlar darhol qurollanib, qo' zg' olonchilardan 12 kishini o'ldiradilar, qolganlar qochib ketadi. Tezda Farg‘ona general- gubernatorligiga berilgan xabardan so'ng bu yerga qo'shimcha harbiy kuch keltirildi va mahalliy aholidan o'ch olish boshlanib ketdi. Tezlikda mustamlakachilarga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etganlar, guraon qilinganlar qamoqqa olindi. Ular bu bilangina cheklanmasdan harbiy kuchlardan foydalanib, mahalliy aholini qo'rqitish siyosatini kuchaytirdi. Mustamlakachilar qo'zg‘olonni vahshiylik bilan bostirishlariga qaramay buning aks sadosi butun Farg‘ona vodiysiga taraldi. Asaka, Quva, Shaxrixon, O'sh, MargMlon kabi shaharlar va qishloqlarda harakatlar keng yoyildi. Lekin rus qo'shinlari hamma yerda ham qo'zg'olonni shafqatsizlik bilan bostirdi. Dukchi eshon Arslonbob qishlog‘ida qo'lga olindi va butun xalq oldida mustamlakachi ma’murlari tomonidan 1898-yil 12-iyunda osib o' Idirildi. Qo'zglolonda ishtirok etgan 477 kishi ustidan boshlangan sud jarayoni uch oy davom etdi. Harbiy sud 362 kishini osib o'ldirishga hukm qildi. Qo'zg1 olonchilardan 351 kishi turli muddat bilan qanalib, 15 kishi oilasi bilan Sibirga surgun qilindi. Biroq, mustamlakachi ma'muriari yana jahon ommasi oldida sharmanda bo'lishdan cho'chib, o'lim jazosini surgun bilan almashtirdi. Qo'zg‘olon markazi deb topilgan Mingtepa, Tojik va Qashqar qishloqlari imperator Nikolay II ko'rsatmasiga ko'ra, Dukchi eshon yurgan yo’li degan bahona bilan uch kun to'pdan o'qqatutilib, yer bilan barobar tekislandi. Mingtepa qishlog‘i. o'm ida 450 xonadonga mo'ljallangan yevropacha yangi uytar qurildi. eshon yashagan xonadon o'm ida rus cherkovi qurish rejalashttri 1 di. Xo'jand qishlog‘iga Duxovskiy nomi berildi. 282
Xullas, mustamiakachi ma’murlari bu qo'zg‘olonni ham qonga botirdilar. uning ishtirokchilaridan ayovsiz o'ch oldilar. Garchi, mustamlakasi ma’murlari mahalliy aholining milliy ozodlik harakatlarini naqadar shafqatsizlik bilan bostirsa-da, o'lkadagi g!aiayonlar va qo'zg'olonlar bir daqiqa ham to'xtamadi. XX
asr boshlariga kelib, o'lkadagi bunday harakatlar yangi bosqichga ko'tarildi. Shu bilan birgalikda o'lkada demokratik inqilobiy harakatlar ham keng avj oJa boshladi. Mustamlaka sharoitda ishchilaming shakllanishi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan, xususan, xonavayron bo'lgan dehqonlar va hunarmandiar hisobiga kengayib borayotgan ishchilar sinfi imperiyaning markaziy rayonlarida kuchayib borayotgan demokratik kuchiar ta’sirida bu harakatlarda asta-sekin ishtirok eta boshladiiar. O'lkadagi bir qancha shaharlarda siyosiy talablarni o'zida aks etgan namoyishlar bo'ldi. Ayniqsa, 1900-1903-yildagi iqtisodiy inqirozlar, 1904-1905-vildagi rus-yapon urushida Rossiya ko'rgan zararlari o'lkadagi ham mahalliy aholining ahvoliga salbiy ta’sir ctishi dehqonlar ommasini ham yana norozilik harakatlari bilan chiqishiga turlki berdi Oqibatda o'lka viloyatlarida vaziyat yanada kcskinlashb ketdi. Samarqand viloyatida dehqonlarinng g‘alayonlari natijasida yuzaga kelgan Nomoz Pirimqulov boshchiligidagi harakatlar Turkistonda dehqonlar barakatining asosiy hal qiluvchi kuchiga aylandi. Rossiya imperiyasining mustamlaka siyosati o'lkadagi bunday harakatlarni doimo zudlik bilan bostirib turdi. Shu bilan birgalikda milliy mustaqillikka intilayotgan, mahalliy ziyolilarga ham doimo ta’qih o'tkazib keldi. O'lka mehnaikashlarining ahvoli 1914-yil Rossiyaning birinchi jahon urushiga kirishi bilan yanada og‘irlashib ketdi. Urush yillari inehnatkashlarni ezish tobora ortib bordi. O'lkada g‘alla yetishtirish kamayib, urush tutayli o'z vaqtida yetkazib kelinmagan g‘alla tanqisligi natijasida mahalliy aholi orasida ocharchilik boshlandi. Buning ustiga Turkistonda rasmiy soliqlardan tashqari urush ehtiyoji uchun deb aholidan har yili turli yig‘im va soliqlar to'plandi. 1916-yil birinchi jahon urushining iqtisodiy asoratlari mehnatkash aholi bo'ynida og‘ir yuk bo'lib turgan vaqtda Nikolay 11 ning “Impcriyadagi begona xalqlar erkak aholisini harakatdagi armiya rayonlarida
inshootlar va shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo'lgan boshqa har qanday og‘ir ishlarga jalb qilish” haqidagi farmoni chiqdi. Ushbu farmonga ko'ra Sibir, O'rta Osiyo, QozogMston, Kavkaz ortidan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo'lgan 400 ming kishini 283
mardikoriikka oiish boshlanib ketdi. Bu farmonga ko'ra, o'lkadagi bar besh xonadondan mardikor oiinadigan bo'ldi. Qishloq xo'jaligida yig’im terim ishlari boshlanib, ro'zg'or yurituvchi, oila boquvchi erkaklarning noma’lum muddatga uzoq o’Ikalarga mardikoriikka safarbar etilishi chorizmning mustamlaka siyosatidan. mahalliy boylaming siquvidan ezilib ketgan xalqning sabr kosasini to'ldirib yubordi. 4-iyUlda savdo va hunarmandchilik markazi bo'lgan Xo jand shahrida, undan keyin Samarqand, Jizzax, Kattaqo’rg‘on kabi shaharlarda ham xalqning norozilik harakatlari bo’lib o'tdi. Bu yerlarda tezda yetib kclgan rus askarlari qo'zg'olonchilar harakatini shafqatsiz ravishda o'qqa tutdilar. Mustamlaka ma’muriyati zulmiga qarshi qo'zg‘olonlaming eng kattasi Jizzax shahrida bo'lib o'tdi. Nazirxo'ja eshon boshchilik qilgan bu qo'zg‘olon shu qadar katta bo'ldiki, bu tarixda “Jizzax qo'zg‘olorii” nomini oldi. 1916-yil 12-13 iyul kunlari boshlangan g‘alayonlar natijasida qo'zg'olonchilar qo'ilariga nima tushsa qurollanib, eski sliahardan yangi shahar tomon yo'l oldilar, uezd ma’muriyatini yakson qildilar. Jizzaxning yangi shahar bilan eski shahar o'rtasida yordamga kelgan jazo otryadi qo‘zg‘olonchilami o'qqa tutdi. To qnashuvlarda 11 kishi halok bo'ldi. Olomon orqaga qaytishga majbur bo'ldi. Bunday voqealardan so'ng qo'zg'olonchilar yana eski shahar aholisini oyoqqa turg‘izib, temir yo'l lomon borib, temir yo'l izlarini, ko'priklami buzib, telefon simlarini uzib tashlaydilar, Hamma yerlarda mustamlakachilarga qarshi harakatlar boshlandi. Turkiston general- gubematori tomonidan polkovnik Ivanov
qo'mondonligi ostida
yuborilgan jazo otryadi eski Jizzaxni ayovsiz o'qqa tutdi. Zomin va Forish qishloq aholisidan qaqshatqich ravishda o'ch olinib, duch kelgan kishilar otib tashlandi. 17-iyulga kelib butun Turkiston. o'lkasida harbiy holat c’lon qilindi. Jazo otryadlari va mustamlakachi ma’murlarga juda katta huquqlar berildi. Shu munosabat bilan aholining ko'cha va maydonlarda to'planishi taqiqlatidi. Imperiya ma’murlari harbiy kuch ishlatib, bu yerdagi qo'zg‘olonni bostirishga mavaffaq bo'ldilar. Jizzax qo'zg‘oloni bo'yicha mingga yaqin kishi qamoqqa olindi. 151 kishining ishi. sudga berildi. Shulardan 84 kishi osib o'ldirishga hukm qilindi, biroq bu jazo ham keyinroq “yumshatilib” boshqa jazolar berildi. 1916-yil qo'zg‘oloni o'lkada mahalliy aholining mustamlaka siyostiga qarshi qaratilgan eng 284
katta milliy ozodlik va ommaviy xalq harakati edi. Bu qo’zg‘olon jamiyatning barcha tabaqalarini harakatga keltirdi va o'z domiga tortdi. Rossiyaning turli mintaqalariga mardikorlikka jo'natilgan mahalliy aholi vakillari faqat Rossiya imperatori taxtdan ag‘darilgandan so'ng qaytib keldi lar va o'lkada yana milliy istiqlol uchun kurash harakatlari keng iniqyosda boshlandi. O'lka ziyolilari endi o'z maqsadlarini to'liq amalga oshirish uchua yana tarix maydoniga chiqdilar. Lekin “ulug‘ davlatchi” mustamlakachilar Turkistonni qo'ldan boy berishni istamadilar. Turkistonda fevral inqilobining dastlabki kunlaridan boshlab ishchi deputatlari sovetlari bilan birga soldat deputatlari sovetlari tuzila boshladi. Bu sovetlarning deputatlari asosan yevropa millatiga mansub aholidan tashkil topdi. Jamoat tashkilotlari faoliyatni boshlash va unga mahalliy aholini ham jalb etish, ularning birlashtirish yo'lidagi harakatlar keng ko'lamda kuchayib bordi. Jadidchilik harakati va milliy uyg‘onish “Jadid” arabcha so‘z boMib, “yangi” degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun ham yangilik va islohotchilikka intiluvchi, yangilik yaratuvchi faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan taraqqiyparvar, ilg‘or ruhdagi milliy ziyolilar tarixda “jadid” degan nomga musharraf bo‘ldilar. Ularning harakati esa jadidchilik deb nomlandi. Bu harakatning paydo boMishi bevosita o‘sha davrdagi ichki muhit hamda tashqi xalqaro maydondagi ijtimoiy-siyosiy va demokratik yangilanishlar bilan bog‘liq bo‘ldi. XIX asr oxiri - XX asr boshlariga kelib, Turkistonda millat taqdiriga tahdid soluvchi o‘ta qaltis va og‘ir ichki tarixiy muhit paydo bo‘ldi. Bir tomondan, Rossiya imperiyasi musatamlakachiligi siyosiy jihatdan mustahkamlandi. Mustamalka va zo'ravonlikka mukkasidan ketgan rus bosqinchilari esa, endi o‘z mafkurasini singdirish orqali ma’naviy ustunlikka ham ega boMishi uchun mahalliy xalqni ruslashtirish, uning g‘ururini sindirish, o'zligini yo‘qotishdek, o‘ta razil shovinistik siyosatni kuchaytirdilar. Ikkinchi tomondan esa, millat va xalqimiz o‘z siyosiy, ma’naviy huquqiari, erki va hohish-irodasini yo‘qotdi. Uchinchidan, umuman musulmon mutaassibligi (konservatizm va bid’at) kuchaydi. Millatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli hamda ma’naviyati tubanlashdi. Buning ustiga ustak, din peshvolari orasidagi mutaassibiarda yangilikka, dunyoviy ma’rifal va taraqqiyotga qarshilik ham avj oidi. Bu esa, Islom dini hamda shariatiga mutlaqo zid ravishda avj oidi. 285
Mutaassiblar bid’at botqog‘iga botgan holatda, ijtimoiy majhul (noaniq)likdagi g ‘aflat nyqusiga mast boMib, aql va fahm-farosatlari ojizligi evaziga, o ‘zlari sczmagan holda mustamlakachilar manfaati (mafkurasi)ga xizmat qila boshlaydilar. Millat va xalqimiz mana shunday ikki tomonlama o‘ta ayanchli va havfli ijtimoiy-siyosiy muhit hamda vaziyatga duch kelgan bir paytda musulmon ziyolilar din homiylari orasidan yangi bir taraqqiyparvar guruhning harakati paydo boMdi. Ular «jadid» (yangi) degan ulug‘ nomga muyassar boMgan holda, Millat va Vatan, musulmon xalqlari uchun ma’naviy qalqon bo'lib, kurash maydoniga otildilar. Jadidlar millatni bo‘yin egishi va tanama-taqdir qilish havfidan qutqarishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li avval tarbiya va ma’rifat, so‘ng islohot ekanligini juda to‘g‘ri anglab yetdilar. Shuning uchun ham jadidlar millat va xalqni g‘alayon va qo‘zg‘olonga, inqilobiy buzg‘unchilik kabi yovvoyilikka da’vat etmadi. Aksincha, ularni diniy-dunyoviy ma’rifat, ilm-fan, madaniyat va yangiliklar bilan qurollantirib tarbiyalash, o‘zligini anglatish, ijtimoiy- tna’anviy g‘aflat uyqusidan uyg‘otib, turmush tar/i, tafakkuri, ma’naviyati, madaniyati, adabiyoti va maorifini o‘zgartirishga bel bog‘ladilar. Abdulla Avloniyning ushbu hikmati jadidlar uchun asosiy e’tiqod va amaliy faoliyat dasturi boMib qoldi: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo najot, yo halokat - yo saodat, yo falokat masalasidir». Darhaqiqat, bu paytda millatni halokat va falokatdan asrab, saodatga olib chiquvchi jadidlar tarbiyasi bilan millatni ma’nan tobe qilib, halokat va talokatga duchor etuvchi mustamlakachilar «tarbiya»si qarama-qarshiligi paydo boMgan edi, Jadidchilik harakati ba’zi-bir tarixga oid adabiyotlarda aytilganidek, “oldin madaniy-ma’rifiy harakat boMib, keyin ijtimoiy-siyosiy harakatga o‘sib o'tgani” yo‘q. U o‘z tabiati maqsad va mohiyatiga ko'ra, dastlabki kundanoq, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’riiiy va islohotchilik harakat boMgan. Ammo Vatanni ozod va obod qilish, millat va xalqni hurriyatga olib chiqish, to‘q va farovon, madaniyatli qilish uchun jadidlar asosiy e’tibomi dastlab madaniy-ma’rifiy ishlarga qaratdilar. Mustamlakachilarining asosiy maqsadi, xalqni tnutlaq tobe va qaram qilish, Turkistonda siyosiy erksizlikni qaror toptirib, milliy oMimni amalga oshirish boMganligiga sharqshunos olim N. N. Veselovskiy (1848- 1918) quyidagicha guvohlik beradi: «Biz Turkistonga madaniyat olib keldik deb o‘ylaymiz. Bo'ysundirilgan osiyoliklarga tinchlik va 286
|
ma'muriyatiga murojaat qiling