O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
ajrahb ketgan bo'lib. umng sharqiy qismida ayrim tarixiy manbatarda
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarshi, yerlarini
- Iqtisodiy hayotda su’niy sug‘orish asosiy rol o ‘ynaganligi sababli shayboniylar davrida suv inshoollari qurilishiga ancha e ’tibor berildi.
ajrahb ketgan bo'lib. umng sharqiy qismida ayrim tarixiy manbatarda “O'zbeklar mamlakati” deb yuritilgan Oq 0 ‘rda davlati tashkil topdi. Bu hududda Jo'jixonning beshinchi o'g'li Shaybon urug'idan bo'lgan Abulxayrxon (1412-1468) 1428-yilda mustaqil davlatga asos soldi. Oltin 0 ‘rda, Mo‘g‘uliston va temuriylar davlatlaridagi o'zaro urush va parokandalikdan ustalik bilan foydalangan Abulxayrxon o‘z davlati hududlarini ancha kengaytirib oldi. Lekin urug‘ boshliqlarining mustaqil hukmronlikka intilishlari va 1468-yilda Abulxayrxon vafoti bu davlatning inqirozga uchrashiga sabab bo‘ldi. XV asming 80-yillariga kelib, Abulxayrxonning nabirasi, Budoq Sultonning o‘g‘li Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon (1451-1510) bobosining davlatini qayta tiklab, shayboniylar sulolasiga asos soldi. Yoshligida yetim qolgan Muhammad ukasi Mahmud bilan Muhammad Mazid tarxon, Sultonali mirzo homiyligida Turkiston, Samarqand, Buxoro shaharlarida ilohiyat olimlari Muhammad Xitoiy, Hofiz Husayn Busuriy kabi ulamolardan saboq olib, o‘z davrining bilimdon, o‘qimishli kishisi. iste’dodli shoiri bo'lib yetishdi. Muhammad Shayboniyxon buyuk davlat tuzish faoliyatini dastlab lashkar to‘plash va yollanma qo‘shin lashkarboshisi sifatida temuriylarga xizmat qilishdan boshladi. Shayboniyxon yollanma qo‘shin boshlig'idan xon darajasiga ko‘tariidi. XV
asr 90-villarining o'rtalaridan Movaraunnahming siyosiy hayotida Amir Temurning evarasi Zahiriddin Muhammad Bobur (1483- 1530) ham sezilarli rol 0‘ynay boshladi. 1494-yil 10 iyun kuni 12 yoshida Farg‘ona taxtiga o‘tirgan yosh Bobur amakisi Sulton Ahmad (1469-1494 yy. Samarqand hokimi), Toshkent hokimi, tog‘asi Sulton Mahmudlar hujumlarini qaytarib, 1496 yilda Samarqand shahrini qamal qiladi, lekin qish yaqinlashib qolgani uchun qamaini to'xtatadi. 1497-yil mayida Bobur Samarqandni ikkinchi bor qamal qilganida Shayboniyxon bilan birinchi marta yuzma-yuz bo'ldi. Boysunqur mirzoning Shayboniyxonga Samarqand darvozasini ochmagani sababli, u Bobur bilan jang qilmasdan maydonni tashlab ketdi. 7 oylik qamaldan keyin Samarqandni egallagan Bobur poytaxtda 100 kun hukmronlik qildi. Farg‘onada ukalari sabab kelib chiqqan nizoni bartaraf etish uchun Bobur Samarqandni tashlab chiqdi va 1500 yilgacha u yerda tinchlik o'matish bilan ovora bo‘ldi. Butun Movaraunnahr yerlarini birlashtirish maqsadi bilan yonayotgan Bobur hatto tinchlik uchun Fai'g‘onani ham ikki qismga bo‘lib, ukasi Jahongirga Sirdaryoning shimoliy qismini berishga majbur bo'ldi. Bu paytda asosiy maqsadi Temuriylar saltanatiga butunlay barham berish bo'lgan Shayboniyxon Buxoro, Samarqand, Qarshi, G'uzor, 241
Ihohruxiya shaharlarini egalladi. Bu shaharlardagi dasht o‘zbeklarining |irg‘in va talonchiliklari mahalliy xalq ichida Shayboniyxonga qarshi larakatlaming paydo boMishiga sabab bo'ldi. Bundan foydalangan Bobur 501 yilda Samarqandni ikkinchi marta egalladi. Movarounnahrda o‘zining asosiy raqibi Bobur ekanligini sezgan shayboniyxon asosiy kuchlarini Samarqand yaqiniga to‘plab hal qiluvchi angga kirdi. Ochiq jangda yengilgan Bobur shaharga kirib, mudofaaga cirishdi, lekin boshqa temuriylardan yordam boimagach, Shaybonixon jilan sulh tuzib, Samarqandni tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. Shundan ceyin Bobur 250 kishisi bilan Afg‘onistonga keldi va Qobul podsholigiga isos soldi. 1510-yilda Marv yaqinida Shayboniyxon qo'shini ustidan g'alaba qozongan Eron shohi Ismoil Saffaviy Bobur Mirzoga birgalikda ■Samarqandga qo‘shin tortishni taklif etdi. Bu taklifni qabul qilgan Bobur Muhammad Shayboniyxon vafoti (1510) bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli ancha zaiflashib qolgan shayboniylar hukmronligi oslidagi Hisor, KoMob, Qunduz, Badaxshon, Qarshi, yerlarini egallab, Samarqand shahrini 1511 -yilda uchinchi marta bosib oldi. Bobuming ittifoqchilari, shia mazhabidagi Eroniy qizilboshlilarning talon-tarojlari sababli mahalliy aholi Bobumi qo‘l!ab-quvvallamadi. 1512- yil oxirlarida Ubaydulla sulton qo‘shinlaridan Buxoro yaqinida mag‘lubiyatga uchragan Bobur Movaraunnahrdan, butunlay umidini uzib ketdi. Qobul atrofida o‘z hukmronligini to‘la mustahkamlab, 1526-yil boshida Hindistonga yurish boshladi va u yerdagi Ibrohim Lo’diyning qo‘shinlarini t o ia tor-mor keltirib, yangi saltanat-Boburiylar saltanatiga asos soldi. Bu saltanat Hindistonda 332 yil (1526-1858-yillar) hukmronlik qildi.
1487-1488-yillarda 0 ‘tror, Sayram, Yassa (Turkiston), Sig‘noq shaharlarini bosib olib,
o‘z hukmronligini Dashti Qipchoqda mustahkamlagan Muhammad Shayboniyxon 1499-yildan Movaraunnahrni egallashga jiddiy kirishdi. U yerdagi asosiy dushmani Boburdan 1501 yilda Samarqandni tortib olgan Shayboniyxon 1503 yilda Toshkentni, 1504-yilda Xisorni, 1505-yilda 10 oylik qamaldan keyin Urganchni, 1507-yilda Hirotni, 1509-yilda Marvni o :ziga bo‘ysindiradi. Natijada Dashti
Qipchoq, Xorazm,
Movaraunnahr, Xurosonni birlashtirgan Shayboniyxon Mashhad va Tus shaharlarini egallab Eronda Shoh Ismoil asos solgan Saffaviylar davlatiga xavf soladi. 1510 yilda Marv yaqinidagi jangda Shoh Ismoil qo‘shinlaridan magTubiyatga uchragan Muhammad Shayboniyxon og‘ir yarador bo‘lib, vafot etadi. 242
Muhammad Shayboniyxon vafotidan keyin Ko‘chkunchixon (1512- 1529) va Abu Sa’id (1523-1533) davrida Movarounnahr va Xurosonda markaziy hokimiyat zaiflashib, amirlar va sultonlar o‘rtasida nizo kuchaydi. Bu paytda Xorazm mustaqil davlat bo'lib ajralib chiqdi va Turkiston yerlari parchalandi. 0 ‘zaro urushlarga birmuncha barham bergan, Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o‘g‘li Ubaydulla Sulton 1512 yilda Buxoro hukmdori bo‘lgan boMsa, 1533-yildan-butun markazlashgan o‘zbck davlatining Oliy Hukmdori etib saylandi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko‘chirdi. XVI
asming 40-yillariga kelib feodallar va mahalliy sulolalar o‘rtasida shaharlar va hududlar uchun kurash avj olib ketdi. Samarqand hukmdori Abdulatifxon (1541-1552-yy.) bilan Buxoro xoni Abduiazizxon (1540-1550 yy.) o'rtasidagi kurashni Toshkent va Sirdaryo bo‘yidagi shaharlaming hukmdori Baroqxon (Navro'z Ahmadxon, 1540-1556) yanada kuchaytirdi. U hatto 1551-yilda Samarqandni bosib oidi. Karthana va Miyonqol hukmdori Abdulla Sulton Baroqxonga qarshi kurash olib bordi. Bu kurashlarda Iskandar Sultonning o‘g‘li Abdullaxon (1534-1598) o'zining qat’iyatliligi, yaxshi siyosatchi va sarkardalik qobiliyati bilan ajralib turdi. U 1561-yilda otasi Iskandarxonni oliy hukmdor deb e’lon qildi. Abdullaxon II markazlashgan Shayboniylar davlatini tiklash maqsadida amirlar va sultonlar bilan ayovsiz kurash olib bordi. Tinimsiz urushlar natijasida Farg‘ona (1573), Shahrisabz, Qarshi, Hisor viloyatlari (1574), Samarqand (1578), Toshkent, Shohruhiya, Sayram, Ohangaron (1582), Balx (1583), Badaxshon (1584), Hirot (1588), Xorazm (1595), Abdullaxon qo‘l ostiga birlashtirildi. U 1561-1583-yillarda otasi nomidan, 1583-1598-yillarda rasmiy xon sifatida davlatni boshqardi. Ammo 1598- yilda Abdullaxon II vafotidan so‘ng uning o‘g‘Ii Abdulmo‘min uzoq muddat taxtni boshqara olmadi. So‘nggi Shayboniy hukmdori Pirmuhammad II (1599-1601) ham bebosh amirlami tiyib qo‘ya olmadi. XV
asrning oxiri XVI asr Dashti Qipchoq, Movaraunnahr va Xurosonda bo‘iib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar, iqtisodiy madaniy ahvoli to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beruvchi asarlar juda ko‘p. Bular ichida Zahriddin Muhammad Bobuming (1453-1530) “Bobumoma”, shoir va tarixchi olimlardan Kamotiddin Binoiy (1453-1512) va Muhammad Solih
(1453-1535)larning forsiy
va o‘zbek
tilda bitilgan “Shayboniynoma” asarlari, Xondamirning “Habib us-siyar”, Fazlulloh ibn Ruzbehon (1457-1530) ning “Mehmonnomayi Buxoro”, noma’lum muallifning “Tavorixi guzida”, “Nusratnoma”, Mirzo Muhammad Haydar 243
(1500-I556)ning ‘Tarixi Rashidiy”, Abdulloh Nasrullohiymng “Xubdaj ul-Osor”, X o'ja Qulibek Balxiyning “Tarixi Qipchoqxoniy” va Hofiz Tanish Buxoriy
(1547-1604) ning
“Sharofnomayi shohiy"
(“Abdullanoma” nomi bilan mashhur) asarlari alohida ahamiyatga ega. Muhammad Shayboniyxonning markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun amalga oshirgan ba’zi chora tadbirlari, beklarning kuchayishi va o'zaro kurashlariga ham sabab bo'ldi. Masalan-, davlat boshqaruvi sohasida suyurg'ol tizimining joriy etilib, bosib olgan hududlarda boshqaruv ishining farzandlari, qarindosh-urug'lari, qabila boshliqlariga topshirilishi uning vafotidan keyin markaziy hokimiyatdan mustaqil bo'lishga intilishlami kuchaytirdi. Mamlakat xo'jaligini tiklash uchun bo'sh yotgan yerlar, vafot etgan yoki soliqlar og'irligidan ko'chib ketgan mahalliy mulkdorlar yerlari qayta taqsimlandi. Bu esa ijtimoiy hayotni tartibga solishga yordam berdi. Iqtisodiyotni tartibga solish, savdo sotiqni jonlantirish maqsadida 1507 yilda pul islohoti o'tkazilib, markaziy shaharlarda vazni bir hil boMgan (5,2 gramm) kumush va mis chaqa pullar zarb qilindi. Asosan markaziy hokimiyatning siyosiy, iqtisodiy mavqeyini kuchaytirish, shayboniy xonlari va bekiari hukmronligini mustahkamlashga qaratilgan bu islohot Shayboniyxon vafotidan keyin kuchayib ketgan o'zaro urushlar natijasida yaxshi natija bermadi va pul qadrsizlandi. 1515-yilda oliy hukmdor Ko'chkunchixon pul islohoti o'tkazishga majbur bo'ldi. Ayniqsa, Abdullaxon II davrida o'tkazilgan pul islohotlari xonlik iqtisodiy hayotida katta ahamiyat kasb etgan bo'lib, markaziy hokimiyat kuchayishi, xazinaga foyda tushishi va savdo-sotiqning jonlanishiga yordam berdi. Pul islohotini bosqichma-bosqich o'tkazgan Abdullaxon II oltin, kumush,
mis pullarni otasi nomidan
(1560-1583) chiqarganda mamlakatdagi bir qancha shaharlarda pul zarb qilingan boMsa, mustaqil hokimiyatni boshqargan yillarida (1583-1598), asosan, Buxoroda markazlashgan pul zarb qilisbni yo'lga qo'ydi. Manbalarga qaraganda, Abdullaxon II ba’zan Balx, Samarqand hamda Toshkentda kam miqdorda put chiqarishga ruxsat bergan. Muhammad Shayboniyxon davrida taMim sohasida ham islohol o'tkazilib, unga ko'ra bola 6 yoshdan maktabga berilgan va ikki yil o'tgach madrasaga o'tkazilgan. Madrasa uch bosqichdan iborat bo'lib, hai bosqichda 8 yildan o'qitilgan. B u ‘ davrda ilohiyot, hisob-kitob. matematika, she’r san’ati kabi fanlar o'qitilgan. 244
Iqtisodiy hayotda su’niy sug‘orish asosiy rol o ‘ynaganligi sababli shayboniylar davrida suv inshoollari qurilishiga ancha e ’tibor berildi. 1502-yilda Zarafshon daryosida qurilgan suv ayirg‘ich, 1556-1585- yillarda Qashqadaryo, Zarafshon, Amudaryo, Murg'ob va Vaxsh daryolaridan chiqarilgan kanallar, suv ayirg'ich va suv omborlari buning yaqqol m isoli bo'la oladi. Xonlik iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari qishloq xo'jaligi, savdo- sotiq va hunarmandchilik bo'lib, yer asosiy boylik hisobfangan. Shayboniylar davrida mulkiy munosabatlarda ay tar] i к o'zgarishlar yuz bermadi. Dashti qipchoqdan kelgan o'zbeklar yer egaligi munosabatlarini boshidan kechirayotgan bo'lib, ular Movaraunnahrga yangi ishlab chiqarish munosabatlarini olib kelganlari yo'q, balki temuriylar davrida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy tizimni qabul qildilar,, tiamda unga moslashdilar. Yer egaligining mulki sultoniy (davlat yerlari), mulkj xolis (xususiy yerlar), vaqf (diniy mahkttnalarga qarashli yerlar) va qishloq janioalari egalik qiladigan yerlar kabi asosiy turlari bo'lib, ular iqto\ suyurg'ol, tanho va jog4ir ko'rinishida bo'lgan. Davlat oldidagi xizinatlari uchun harbiy-ma’muriy amatdorlarga va yirik din arboblariga beriladigan bunday yerlarda yersiz dehqonlar ishlaganlar. Ular ham davlatga, ham amaldorga soliq to'laganlar. Shayboniylar davrida chorvachilik va hunarmandchilik ancha rivojlangan bo'lib, ular yetishtirgan mahsulot ichki va tashqi bozorlarda sotilgan. Hindiston. Eron. -Rossiya kabi mamlakatlar bilan savdo-sotiq qilingan. Shayboniylar davrida 40 dan ortiq soliq va jarimalar bo'lib, xiroj va zakotdan tashqari, tagjoy jizya, ixrojat, tog'ar, ulufa, qo'nalg'a, begar, madadi lashkar, boj, tuhfa kabi nomlar bilan atalgan soliq turlari va yasoq deb ataluvchi majburiyatlar bo'lgan. Soliq to'lovchi aholi fuqaro (rayiyat) deb atalgan. Juybor shayxlari kabi yirik ulamolar-din pesljvolari barcha soliqlardan ozod qilingan. Oliy tabaqaga xon va uning yaqinlari kirgan. Harbiy-ma’muriy boshqaruv tizimidagi amaldorlar umaro, olim va shoirlar fuzalo deb atalganlar, bundan tashqari yana shayboniylar davrida qullar ham bo'lgan. Shayboniylar davlati ma’muriy jihatdan viloyatlarga bo'Iingan bo'lib, boshqaruv tizimi markaziy va mahalliy amaldorlar (jo'lida bq'lgan. Markaziy boshqaruvda xondan keyin ko'kaldosh, otaliq, naqib, parvonachi, vaziri a’zam kabi mansabdorlar dunyoviy ishlarpi boshqargan bo'lsalar, shayx ul-islom, qozi kalon, a’lam, imom, sadr, muftiy, rayis (muhtasib)lar diniy ishlami nazorat qilganlar hamda no'yon, tug'begi, 245
- - ' ----------- 7 J -- ----------------- -- " I ” ' * ~ “9 v* t o *-*> . v v * i > . , , U * W V u u i « . t . M i bo'lgan. Mahalliy boshqaruv hokim va beklar qo'lida bo'lib, bu jarayonda qozi, muftiy, rayislar muhim rol o'ynaganlar. Muhammad Shayboniyxon, Ko'chkinchixon va Ubaydullaxonlar o‘z davrining o'qimishli kishilari bo'lib, turkiy va forsiy tillarda ijod qilganlar. Abdulazizxon va Abdullaxon If larda katta kutubxona mavjud bo'lgan. Bu davrda matematika, astronomiya, tibbiyot, tarix, adabiyot sohalarida ko'zga ko'rinarli ajoyib asarlar yaratilgan. Shayboniylar davrida qurilgan Mir Arab madrasasi (1535-1536), Masjidi Kalon (1540- 1541), Toqi Zargaron (1559), Toqi Sarrofon (1559), kabi inshootlar va Modarixon madrasalari hozirga qadar me’morchiligimizning ajoyib namunalari sifatida saqlanib turibdi. Shayboniylardan Abdullaxon II davrida markaziy hokimiyatni mustahkamlash yo'lida olib borilgan urushlar natijasida temuriylar davridagi ko'pgina inshootlar vayron qilingan bo'lsa, ikkinchi tomondan u ko'plab rabot, sardoba, madrasa, masjid, ko'prik, suv omborlarini qurdirib, mamlakat obodonchiligiga katta nissa qo'shgan. Shayboniylar davlatidagi quyi
tabaqa-mehnatkashlar bilan
iodagonlar, mahalliy hokimiyat bilan markaziy hokimiyat o'rtasidagi isosiy ziddiyatlar bu sulola hukmronligining inqirozga yuz tutishiga sabab Doidi. Mamlakatni birlashtirish, markazlashgan hokimiyat qurish uchun iurashlarda Abdullaxon II shayboniyzodalarning ko'pchiligini qatl qilgan эо‘Isa, uning o 'g 'li Abdulmo'min o 'z mavqeini saqlab qol ish uchun eng /aqin qarindoshlarini ham o'ldirtirdi. Natijada 6 oy ham hokimiyatga ega эо‘1а ohnagan Abdulmo'min vafotidan keyin mamlakatni idora qilishga ayoqatli shayboniylardan biror kishi qolmadi. Ulaming oxirgi hukmdori Pirmuhammad o 'z hukmronligini shayboniylar davlatining kichik bir jo'lagida o'rnatib, o'zaro janglarda halok bo'ldi. Bu vaziyatdan foydalangan Xorazm o 'z mustaqilligini tiklab oldi. Eron shohi Abbos I Hirotni, Sabzavor va Mashhadni egalladi, qozoq jultonlari Toshkent va Samarqandni bosib olib, Buxoroni qamal qildilar. \ n a shunday og'ir sharoitda Buxoro zodagonlari Joni Muhammad Sulton ■Jonibek)ni taxtga taklif qilib, 1601-yilda uning nomiga xutba o'qitdilar /a Jonimuhammadxon Buxoro xoni deb e’lon qilindi. Shu yildan boshlab Зихого xonligida ashtarxoniylar nomini olgan sulola hukmronligi roshlanib, и 1753-yilgacha hokimiyatga mang'itlar sulolasi chiqqunga qadar davom etdi. Ashtarxoniylar XIV asrning 80-yillaridan boshlab Astraxan (Hoji Гагхоп, Ashtarxon) atroflarida hukmronlik qilganlar. 1556-yilda rus 246
knyazlari Astraxanni bosib olgacn, asntarxomyiaraan y ormunamrnau Buxoroga kelib, Iskandar sultondan panoh
Iskandar sulton qizi Zuhraxonimrii Yormuhammadning o‘g‘li Jonibekka hergan. Jonibek
Zuhraxonimdan uchta o'g'li
(Dinmuhammad, Boqimuhammad, Valimuhammad) bo'lgan. Jonibek sulton Buxoro xoni deb e’lon qilingach, o'g'li Dinmuhammad foydasiga taxtdan voz kechadi. Seyiston hukmdori bo'lgan Dinmuhammad Hirot yaqinida safaviylar bilan bo'lgan jangda halok bo'ladi va taxtga Boqimuhammad (1601-1605) o'tqazilib, ukasi Valimuhammad (1605-1611) voris deb e’lon qilinadi. Boqimuhammad 1602-yilda Balxni egalladi, 1603-yilda eroniylarning Balxga hujumini qaytardi. 1604-yilda qozoq xoni Kelimuhammad qo'shinlariga zarba
berib, davlat
hokimiyatini mustahkamlashga harakat qildi. Undan keyin taxtga ko'tarilgan Valimuhammad o'zi mustaqil harakat qilolmas, davlat ahamiyatiga molik masalalarni beklaming roziligi bilangina hal etar edi. Mustaqil boshqaruvga intilgan beklar xonga bo'ysunmay qo'yishgan. O'zaro ichki kurash, tarafkashlik Valimuhammadga qarshi fitna uyushtirishga olib kelgan va buning natijasida Imomqulixon (1611-1642) taxtni egallagan edi.
Imomqulixon mahalliy beklami bo'ysundirish, Eron qo'shinlariga zarba berishda qozoq sultonlari kuchlaridan foydalandi. Mamlakat hududlarini kengayiirgan Imomqulixon Toshkentga o'g'li Iskandar sultonni hokim qilib qo'ydi, lekin 1613 yilda Iskandar zulmidan bezor bo'lgan toshkentliklar isyon ko'tardi, Iskandar o'ldirildi. Imomqulixon bu xabarni eshitib, Toshkentga katta qo'shin bilan kelib, isyonchilami bostirdi va aholini qirg'in qildi. U qozoqlar, qalmoq (jung'or)lar, m o'g'ullar va qoraqalpoqlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. Bu Imomqulixonning mavqeyini mustahkamladi, xon hokimiyati kuchaydi. Uzoq vaqt hukmronlik qilgan Imomqulixon zodagonlarning qarshi chiqishlari va o'zaro kurashlarini birmuncha vaqt to'xtatishga muvaffaq bo'ldi. Lekin urug' amirlarining ko'pchiligi xon hokimiyatini tan olmas edilar. Ular ichki, hatto tashqi masalalarda ham to'la mustaqil faoliyat olib borganlar. Bir necha yil Samarqandni boshqargan yirik yer egasi Y alangto'shbiy shunday amirlardan biri edi. 1642-1645-yillarda hukmronlik qilgan Nodirmuhammad mamlakat hududlarini 12 ta o'g'li va ikkita jiyaniga bo'lib berib, ijtimoiy-siyosiy tarqoqlikni kuchaytirdi. Uning zodagonlar bilan kelisha olmasligi davlat asoslarining zaiflashuviga olib keldi. Natijada uning poytaxtda 247
/o'qligidan foydalanib amirlar Abdulazizxon ( 1645-1680)ni xon deb i ’lon qildi lar. Nodirmuhammad Balx shahriga qochdi va Hindiston lukmdori Shohjahon (1628-I658)dan yordam so'radi. Ammo, uning /ordami muvaffaqiyatli boMmadi. Abdulazizxon hukmronligi yillarida Xiva xonlari Abulg'ozixon '1643-1663) va uning o‘g‘li Anushaxon (1663-1687) Buxoro hududlariga bir necha marta talonchilik yurishlarini amalga oshirdilar. Xorazmliklar 1655-yilda Qorako'l, Buxoro atroflarini, 1662-1663 yillarda Buxoro va Buxoro atroflariga hujum qilib, u yerlami talon-taroj qildilar. Dushman qo'shinlariga zarba berish, o'zaro feodal urushlami to‘xtatish imkonini topa olmagan Abdulazizxon taxtdan voz kechdi. Uning o ‘miga taxtga o'tirgan ukasi Subhonqulixon (1680-1702) davrida ham Buxoro-Xiva munosabatlari murakkabligicha davom etdi. Ayniqsa, Samarqand amirlarining Xiva xoni Anushaxon hukmronligini tan olib, uning nomiga xutba o'qitishlari ba’zi amirlarning noroziligiga sabab bo'ldi. Shunday vaziyatda Subhonqulixonni Mahmudbiy qatag'on qo'llab quvvatladi, samarqandliklar jazolandi. Shunga
qaramay Buxoro
va Xiva
munosabatlari keskin bo'lib qolaverdi. XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida tinimsiz bo'lib turgan o'zaro kurashlar, siyosiy tartibsizliklar xalq ommasining ahvolini og'irlashtirdi, soliqlar ko'payib. poraxo'rlikning avj olishi, boshboshdoqlik mamlakat xo'jaligining vayrona holga kelib, izdan chiqishiga olib keldi. Shunday og'ir vaziyatda vafot etgan Subhonqulixon o'm iga Ubaydullaxon (1702-1711) taxtga o'tirdi. U markaziy hokimiyatni mustahkamlash, mustaqillikka intilgan bebosh amiriami bo'ysundirish, ko'tarilgan qo'zg'olonni bostirish uchun tinimsiz urushlar olib bordi. Ubaydullaxon yirik zodagonlar, qabila boshliqlarining mavqeyini pasaytirish, siyosiy tarqoqlikni bartaraf etish maqsadida ularni markaziy hokimiyatdan chetlashtirdi, hatto diniy-siyosiy hokimiyatga katta ta’siri bo'lgan Jo'ybor shayxlarini soliq to'lamaslik imtiyozidan mahrum etdi. Yana davlatni boshqarishga hunarmandlar va savdogarlarning bolalarini jalb qilib, o'ziga ishonchli yangi amaldorlami shakllantirishga harakat qilgan Ubaydullaxon faoliyati yuqori tabaqa vakillarining noroziligiga sabab bo'lgan bo'lsa, 1708-yilda markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun o'tkazgan pul islohoti aholining o‘rta tabaqasi orasida ham xonning ta’sirini ancha pasaytirdi. Ashtarxoniylar orasida nisbatan qat’iyatli, markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun
bir necha
tadbirlarni amalga
oshirgan Ubaydullaxon davrida ijtimoiy-siyosiy parokandalik kuchaydi va uning o'zi fitna qurboni bo'ldi. Fitna ishtirokchisi bo'lgan ukasi Abulfayzxon 248
(1711-1747) taxtga chiqarildi. Irodasi kuchsiz Abulfayzxon kuchli amirlar la’siridagi qo‘g‘irchoq xon sifatida tarixda qoldi. U nomigagina xon bo'lib, haqiqiy hokimiyat kuchli amirlar qo'lida boMgan. Ayniqsa, Abdullabiy, Ibrohimbiy, Muhammad Hakimbiylar davlat boshqaruvida katta ta’sirga ega bo'lganlar. Abulfayzxon davrida siyosiy tarqoqiik g'oyatda kuchayib, har bir viloyat amalda mustaqil boshqaruvga ega bo'lgan hokimiyatga aylanib qolgan edi. Toshkent, Xo'jand, Balx, Badaxshon, Shahrisabz, Hisor va uning atrofidagi yerlar Buxoroga bo'ysunmagandi. Bu porakandalik markaziy hokimiyatda yuqori mavqega ega bo‘lishga intilgan biylar o'rtasidagi kurash sababli ro‘y bergan edi. Bu kurashda Shahrisabz hokimi kenagas Ibrohimbiy bilan barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig'i bo'lgan mang'it urug'idan chiqqan Muhammad Hakimbiylar katta rol o'ynadilar. Ibrohimbiy Samarqand poytaxti bo'lgan mustaqil davlat tuzish maqsadida qarindoshi Rajab Sultonni Samarqand hokimi deb e’lon qildi va Buxoroga qarshi yurish qildi. Biylaming o'zboshimchaligiga qarshi qat’iyat bilan kurashayotgan Muhammad Hakimbiy to'qnashuvda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa ham, Buxoro ahlining qattiq qarshiligi sababli Rajab Sulton shahami egallab ololmadi. Buxoro xonligidagi porakandalik, o'zaro urushlar 1736-yilda Eronda hokimiyatni egallab, mustahkamlanib olgan Nodirshoh Afshar (1736-1747) e’tiboridan chetda qolmadi va u Buxoro va Xiva xonlarini o'ziga bo'ysundirish harakati ni boshladi. 1740 yilda Eron hukmdori Buxoroga qo'shin tortganda Abulfayzxon og‘ir shartlarga ко'nib, sulh tuzishga majbur bo'ldi va
Nodirshoh hokimiyatini tan oldi. Abulfayzxonning Eronga qaramligini tan olish bilan Ashtarxoniylaming mustaqil hukmronligi tugadi. Mamlakat boshqaruvi 1743-yilgacha Muhammad Hakimbiy, uning vafotidan keyin Muhammad Rahimbiy qo'lida bo'ldi. 1747-yilda Nodirshoh vafoti bilan Abulfayzxon oMdirildi, uning vorislari Abdulmo'min (1747-1748), Ubaydulla 111 (1748-1756) nomigagina xon deb e’lon qilinib, davlat hokimiyati amalda Muhammad Rahimbiy asos solgan mang'itlar sulolasi qoMiga o'tdi. Chingizxon avlodiga mansub bo'lmagan Muhammad Rahim 1753-yilda o'z nomiga xutba o'qittirib, o‘zini amir deb atadi. Mang'itlar sulolasining 1920- yilgacha hukmronlik qilgan davri tarixda shuning uchun ham Buxoro amirligi deb ataldi. Ashtarxoniylar davrida Movaraunnahr siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda inqirozga yuz tutib, uchta mustaqil davlatning shakllanishi bilan izohlanadi. O'zaro urushlar va chet el bosqinchilarining hujumi mamlakat 249
iqtisodiy hayotini to‘fa izdan chiqardi. Suv inshootlari qarovsiz qolib, ko'pgina ekin ekiladigan yerlar izdan chiqdi. Bu mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy hayotida og‘ir holatni keltirib chiqardi. Siyosiy hayotda shayboniylar davridagi davlat tuzumi asosan o'zgarmagan bo'Isa ham, boshqaruvda otaliqlar va dindorlaming mavqei oshib, mamlakat siyosiy hayotini hal qilish ularning qo'liga o'tgan edi. Bu ijtimoiy tuzumga ta’sir qilib, xon va uning amaldorlari harbiy-ma’muriy amaldorlar, urug‘ boshliqlari, yirik ulamolar fikri bilan hisoblashishga majbur bo'lardilar. Harbiy sohada islohotlaming amalga oshirilmaganligi zamonaviy harbiy texnikaga e’tibor berilmaganiigi qo‘ shinning salohiyatini pasaytirib, shayboniylar davrida Buxoroga qaram yerlaming qo'ldan chiqib ketishiga va hatto ashtarxoniylarning butunlay o‘z mustaqilliklarini yo‘qotishlariga sabab bo‘ ldi. Tinimsiz olib borilgan urushlar qishloq xo‘jaligi kabi shahar hayotiga ham salbiy ta’sir ko'rsatdi. Sayido Nasafiy Buxoroda 200 xildan ortiq hunarmandchilik sohalari mavjud edi deb ma’lumot bersa-da, ular juda tor doirada bo'lib mamlakat iqtisodiy ahvolim yaxshilashga sezilarli ta’sir ko'rsata olmadi. Ubaydullaxon davrida o'tkazilgan pul islohoti savdogarlar va hunarmandlarning noroziligiga sabab
bo'ldi. Hunarmandchilik sohasidagi yetakchi tarmoqlar to'qimachilik va kulolchilik edi. Mamlakat iqtisodida dehqonchilik va chorvachilik yetakchi soha sifatida bu davrda ham o 'z mavqeini saqlab qoldi. Xalq xo'jaligining bu sohalaridagi mahsulotlaming turli-tumanliligi ichki savdoga yo'l ochib bergan bo'Isa, tashqi savdodan keladigan katta foyda chet mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqani rivojlantirib xon va uning amaldorlarini rag'batlantirar edi. XVI-XVll asrlardan boshlab Buxoro xonligida Rossiya va uning turli shaharlari bilan savdo aloqalari kuchayib bordi. Shu bilan birga qo'shni mamlakatlar Hindiston, Eron, Qashqar hamda uzoq Turkiya mamlakatlari bilan ham savdo aloqalari olib borildi. Ashtarxoniylar davridagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotdagi tanazzul madaniy hayotga ham salbiy ta’sir ko'rsatdi. Dindorlar mavqeining kuchayishi aniq fanlarga nisbatan e’tibomi pasaytirdi. XVII asrda Buxoro xonligida 150 dan ortiq madrasa faoliyat ko'rsatgan bo'lsa- da, ularda zamon taraqqiyotiga ta’sir ko'rsatish darajasidagi allomalar yetishib chiqqani yo'q. Bu dunyoviy ilmlar sohasida umuman ish qilinmadi degani emas. Matematika, astronomiya, ayniqsa tibbiyot, tarixnavislik va adabiyot sohasida bir qancha yangi asarlar yaratildiki, bular XVII asr va XVIll asr birinchi varmidagi o'zbek halqi ma’naviy Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling