O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.06 Mb.

bet29/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57

ajrahb  ketgan  bo'lib.  umng  sharqiy  qismida  ayrim  tarixiy  manbatarda 

“O'zbeklar  mamlakati”  deb  yuritilgan  Oq  0 ‘rda  davlati  tashkil  topdi.  Bu 

hududda  Jo'jixonning  beshinchi  o'g'li  Shaybon  urug'idan  bo'lgan 

Abulxayrxon (1412-1468)  1428-yilda mustaqil davlatga asos soldi.

Oltin 0 ‘rda,  Mo‘g‘uliston  va temuriylar davlatlaridagi  o'zaro  urush 

va  parokandalikdan  ustalik  bilan  foydalangan  Abulxayrxon  o‘z  davlati 

hududlarini  ancha  kengaytirib  oldi.  Lekin  urug‘  boshliqlarining mustaqil 

hukmronlikka intilishlari  va  1468-yilda Abulxayrxon vafoti  bu davlatning 

inqirozga  uchrashiga  sabab  bo‘ldi.  XV  asming  80-yillariga  kelib, 

Abulxayrxonning  nabirasi,  Budoq  Sultonning  o‘g‘li  Muhammad 

Shohbaxt  Shayboniyxon  (1451-1510)  bobosining  davlatini  qayta  tiklab, 

shayboniylar sulolasiga asos soldi.  Yoshligida  yetim  qolgan  Muhammad 

ukasi  Mahmud  bilan  Muhammad  Mazid  tarxon,  Sultonali  mirzo 

homiyligida Turkiston,  Samarqand,  Buxoro  shaharlarida ilohiyat olimlari 

Muhammad  Xitoiy,  Hofiz Husayn  Busuriy  kabi  ulamolardan saboq olib, 

o‘z davrining bilimdon, o‘qimishli  kishisi. iste’dodli shoiri bo'lib yetishdi. 

Muhammad  Shayboniyxon  buyuk davlat tuzish  faoliyatini dastlab lashkar 

to‘plash  va yollanma qo‘shin  lashkarboshisi  sifatida temuriylarga  xizmat 

qilishdan  boshladi.  Shayboniyxon  yollanma  qo‘shin  boshlig'idan  xon 

darajasiga ko‘tariidi.

XV 


asr  90-villarining  o'rtalaridan  Movaraunnahming  siyosiy 

hayotida  Amir  Temurning  evarasi  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  (1483- 

1530) ham sezilarli  rol 0‘ynay boshladi.  1494-yil  10 iyun  kuni  12 yoshida 

Farg‘ona taxtiga o‘tirgan  yosh  Bobur amakisi  Sulton Ahmad  (1469-1494 

yy.  Samarqand  hokimi),  Toshkent  hokimi,  tog‘asi  Sulton  Mahmudlar 

hujumlarini  qaytarib,  1496  yilda Samarqand  shahrini  qamal  qiladi,  lekin 

qish yaqinlashib qolgani uchun qamaini to'xtatadi.  1497-yil mayida Bobur 

Samarqandni  ikkinchi  bor  qamal  qilganida  Shayboniyxon  bilan  birinchi 

marta  yuzma-yuz  bo'ldi. 

Boysunqur  mirzoning  Shayboniyxonga 

Samarqand darvozasini  ochmagani  sababli,  u Bobur bilan jang qilmasdan 

maydonni  tashlab  ketdi.  7  oylik  qamaldan  keyin  Samarqandni  egallagan 

Bobur  poytaxtda  100  kun  hukmronlik  qildi.  Farg‘onada  ukalari  sabab 

kelib  chiqqan  nizoni  bartaraf  etish  uchun  Bobur  Samarqandni  tashlab 

chiqdi  va  1500  yilgacha  u  yerda  tinchlik  o'matish  bilan  ovora  bo‘ldi. 

Butun  Movaraunnahr  yerlarini  birlashtirish  maqsadi  bilan  yonayotgan 

Bobur  hatto  tinchlik  uchun  Fai'g‘onani  ham  ikki  qismga  bo‘lib,  ukasi 

Jahongirga Sirdaryoning shimoliy qismini berishga majbur bo'ldi.

Bu  paytda asosiy  maqsadi  Temuriylar saltanatiga  butunlay barham 

berish  bo'lgan  Shayboniyxon  Buxoro,  Samarqand,  Qarshi,  G'uzor,

241


Ihohruxiya  shaharlarini  egalladi.  Bu  shaharlardagi  dasht  o‘zbeklarining 

|irg‘in  va  talonchiliklari  mahalliy  xalq  ichida  Shayboniyxonga  qarshi 

larakatlaming paydo  boMishiga sabab bo'ldi.  Bundan  foydalangan Bobur

501  yilda Samarqandni ikkinchi marta egalladi.

Movarounnahrda  o‘zining  asosiy  raqibi  Bobur  ekanligini  sezgan 

shayboniyxon  asosiy  kuchlarini  Samarqand yaqiniga to‘plab hal  qiluvchi 

angga  kirdi.  Ochiq  jangda  yengilgan  Bobur  shaharga  kirib,  mudofaaga 

cirishdi,  lekin  boshqa  temuriylardan  yordam  boimagach,  Shaybonixon 

jilan  sulh  tuzib,  Samarqandni  tashlab  chiqishga  majbur  bo‘ldi.  Shundan 

ceyin Bobur 250 kishisi  bilan Afg‘onistonga keldi  va  Qobul  podsholigiga 

isos  soldi.  1510-yilda  Marv  yaqinida  Shayboniyxon  qo'shini  ustidan 

g'alaba  qozongan  Eron  shohi  Ismoil  Saffaviy  Bobur  Mirzoga  birgalikda 

■Samarqandga qo‘shin  tortishni taklif etdi.  Bu  taklifni  qabul  qilgan  Bobur 

Muhammad  Shayboniyxon  vafoti  (1510)  bilan  o‘zaro  kelishmovchilik 

sababli  ancha  zaiflashib  qolgan  shayboniylar hukmronligi  oslidagi  Hisor, 

KoMob,  Qunduz,  Badaxshon, 



Qarshi,  yerlarini 

egallab,  Samarqand 

shahrini  1511 -yilda uchinchi marta bosib oldi.

Bobuming ittifoqchilari,  shia mazhabidagi Eroniy qizilboshlilarning 

talon-tarojlari sababli mahalliy aholi  Bobumi qo‘l!ab-quvvallamadi.  1512- 

yil  oxirlarida  Ubaydulla  sulton  qo‘shinlaridan  Buxoro  yaqinida 

mag‘lubiyatga uchragan  Bobur Movaraunnahrdan,  butunlay  umidini  uzib 

ketdi.  Qobul  atrofida  o‘z  hukmronligini  to‘la  mustahkamlab,  1526-yil 

boshida  Hindistonga  yurish  boshladi  va  u  yerdagi  Ibrohim  Lo’diyning 

qo‘shinlarini  t o ia  tor-mor  keltirib,  yangi  saltanat-Boburiylar  saltanatiga 

asos soldi. Bu saltanat Hindistonda 332 yil (1526-1858-yillar) hukmronlik 

qildi.


1487-1488-yillarda  0 ‘tror,  Sayram,  Yassa  (Turkiston),  Sig‘noq 

shaharlarini 

bosib 

olib, 


o‘z 

hukmronligini 

Dashti 

Qipchoqda 



mustahkamlagan 

Muhammad 

Shayboniyxon 

1499-yildan 

Movaraunnahrni  egallashga  jiddiy  kirishdi.  U  yerdagi  asosiy  dushmani 

Boburdan  1501  yilda Samarqandni  tortib olgan  Shayboniyxon  1503  yilda 

Toshkentni,  1504-yilda  Xisorni,  1505-yilda  10  oylik  qamaldan  keyin 

Urganchni,  1507-yilda  Hirotni,  1509-yilda  Marvni  o :ziga  bo‘ysindiradi. 

Natijada 

Dashti 


Qipchoq, 

Xorazm, 


Movaraunnahr, 

Xurosonni 

birlashtirgan  Shayboniyxon  Mashhad va Tus  shaharlarini  egallab  Eronda 

Shoh  Ismoil  asos  solgan  Saffaviylar  davlatiga  xavf  soladi.  1510  yilda 

Marv  yaqinidagi  jangda  Shoh  Ismoil  qo‘shinlaridan  magTubiyatga 

uchragan Muhammad Shayboniyxon og‘ir yarador bo‘lib, vafot etadi.

242


Muhammad Shayboniyxon  vafotidan keyin  Ko‘chkunchixon (1512- 

1529)  va  Abu  Sa’id  (1523-1533)  davrida  Movarounnahr  va  Xurosonda 

markaziy  hokimiyat  zaiflashib,  amirlar  va  sultonlar  o‘rtasida  nizo 

kuchaydi.  Bu  paytda  Xorazm  mustaqil  davlat  bo'lib  ajralib  chiqdi  va 

Turkiston  yerlari  parchalandi.  0 ‘zaro  urushlarga  birmuncha  barham 

bergan,  Shayboniyxonning  ukasi  Mahmud  Sultonning  o‘g‘li  Ubaydulla 

Sulton  1512  yilda  Buxoro  hukmdori  bo‘lgan  boMsa,  1533-yildan-butun 

markazlashgan  o‘zbck  davlatining  Oliy  Hukmdori  etib  saylandi. 

Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko‘chirdi.

XVI 


asming  40-yillariga  kelib  feodallar  va  mahalliy  sulolalar 

o‘rtasida  shaharlar  va  hududlar  uchun  kurash  avj  olib  ketdi.  Samarqand 

hukmdori Abdulatifxon (1541-1552-yy.) bilan Buxoro xoni Abduiazizxon 

(1540-1550  yy.)  o'rtasidagi  kurashni  Toshkent  va  Sirdaryo  bo‘yidagi 

shaharlaming  hukmdori  Baroqxon  (Navro'z  Ahmadxon,  1540-1556) 

yanada kuchaytirdi.  U  hatto  1551-yilda Samarqandni bosib oidi.  Karthana 

va  Miyonqol  hukmdori  Abdulla  Sulton  Baroqxonga  qarshi  kurash  olib 

bordi. Bu kurashlarda Iskandar Sultonning o‘g‘li Abdullaxon (1534-1598) 

o'zining  qat’iyatliligi,  yaxshi  siyosatchi  va  sarkardalik  qobiliyati  bilan 

ajralib  turdi.  U  1561-yilda  otasi  Iskandarxonni  oliy  hukmdor  deb  e’lon 

qildi.

Abdullaxon  II  markazlashgan  Shayboniylar  davlatini  tiklash 



maqsadida amirlar va sultonlar bilan  ayovsiz  kurash  olib bordi. Tinimsiz 

urushlar natijasida Farg‘ona (1573),  Shahrisabz,  Qarshi,  Hisor viloyatlari 

(1574),  Samarqand  (1578),  Toshkent,  Shohruhiya,  Sayram,  Ohangaron 

(1582),  Balx  (1583),  Badaxshon  (1584),  Hirot  (1588),  Xorazm  (1595), 

Abdullaxon qo‘l ostiga birlashtirildi.  U  1561-1583-yillarda otasi nomidan, 

1583-1598-yillarda  rasmiy  xon  sifatida davlatni  boshqardi.  Ammo  1598- 

yilda  Abdullaxon  II  vafotidan  so‘ng  uning  o‘g‘Ii  Abdulmo‘min  uzoq 

muddat  taxtni 

boshqara  olmadi. 

So‘nggi  Shayboniy  hukmdori 

Pirmuhammad  II (1599-1601) ham bebosh amirlami tiyib qo‘ya olmadi.

XV 


asrning  oxiri  XVI  asr  Dashti  Qipchoq,  Movaraunnahr  va 

Xurosonda  bo‘iib  o‘tgan  ijtimoiy-siyosiy  voqealar,  iqtisodiy  madaniy 

ahvoli  to‘g‘risida qimmatli  ma’lumotlar beruvchi asarlar juda ko‘p.  Bular 

ichida Zahriddin Muhammad Bobuming (1453-1530) “Bobumoma”, shoir 

va  tarixchi  olimlardan  Kamotiddin  Binoiy  (1453-1512)  va  Muhammad 

Solih 


(1453-1535)larning 

forsiy 


va 

o‘zbek 


tilda 

bitilgan 

“Shayboniynoma” asarlari,  Xondamirning “Habib us-siyar”, Fazlulloh ibn 

Ruzbehon  (1457-1530)  ning  “Mehmonnomayi  Buxoro”,  noma’lum 

muallifning “Tavorixi guzida”, “Nusratnoma”, Mirzo Muhammad Haydar

243


(1500-I556)ning  ‘Tarixi  Rashidiy”,  Abdulloh  Nasrullohiymng  “Xubdaj 

ul-Osor”,  X o'ja  Qulibek  Balxiyning  “Tarixi  Qipchoqxoniy”  va  Hofiz 

Tanish 

Buxoriy 


(1547-1604) 

ning 


“Sharofnomayi 

shohiy" 


(“Abdullanoma” nomi bilan mashhur) asarlari alohida ahamiyatga ega.

Muhammad 

Shayboniyxonning 

markaziy 

hokimiyatni 

mustahkamlash  uchun  amalga  oshirgan  ba’zi  chora tadbirlari,  beklarning 

kuchayishi  va  o'zaro  kurashlariga  ham  sabab  bo'ldi.  Masalan-,  davlat 

boshqaruvi  sohasida  suyurg'ol  tizimining  joriy  etilib,  bosib  olgan 

hududlarda  boshqaruv  ishining  farzandlari,  qarindosh-urug'lari,  qabila 

boshliqlariga  topshirilishi  uning  vafotidan  keyin  markaziy  hokimiyatdan 

mustaqil bo'lishga intilishlami kuchaytirdi.

Mamlakat xo'jaligini tiklash  uchun bo'sh yotgan yerlar,  vafot etgan 

yoki  soliqlar  og'irligidan  ko'chib  ketgan  mahalliy  mulkdorlar  yerlari 

qayta taqsimlandi.  Bu esa ijtimoiy hayotni tartibga solishga yordam berdi.

Iqtisodiyotni  tartibga  solish,  savdo  sotiqni  jonlantirish  maqsadida 

1507  yilda  pul  islohoti  o'tkazilib,  markaziy  shaharlarda  vazni  bir  hil 

boMgan  (5,2  gramm)  kumush  va  mis  chaqa  pullar  zarb  qilindi.  Asosan 

markaziy  hokimiyatning  siyosiy,  iqtisodiy  mavqeyini  kuchaytirish, 

shayboniy  xonlari  va  bekiari  hukmronligini  mustahkamlashga  qaratilgan 

bu islohot Shayboniyxon vafotidan  keyin kuchayib ketgan o'zaro urushlar 

natijasida  yaxshi  natija  bermadi  va  pul  qadrsizlandi.  1515-yilda  oliy 

hukmdor  Ko'chkunchixon  pul  islohoti  o'tkazishga  majbur  bo'ldi. 

Ayniqsa, Abdullaxon II davrida o'tkazilgan pul islohotlari xonlik iqtisodiy 

hayotida  katta  ahamiyat  kasb  etgan  bo'lib,  markaziy  hokimiyat 

kuchayishi,  xazinaga  foyda  tushishi  va  savdo-sotiqning  jonlanishiga 

yordam berdi.

Pul  islohotini  bosqichma-bosqich  o'tkazgan  Abdullaxon  II  oltin, 

kumush, 


mis 

pullarni 

otasi 

nomidan 


(1560-1583)  chiqarganda 

mamlakatdagi  bir  qancha  shaharlarda  pul  zarb  qilingan  boMsa,  mustaqil 

hokimiyatni  boshqargan  yillarida  (1583-1598),  asosan,  Buxoroda 

markazlashgan  pul  zarb  qilisbni  yo'lga  qo'ydi.  Manbalarga  qaraganda, 

Abdullaxon II ba’zan  Balx,  Samarqand hamda Toshkentda kam miqdorda 

put chiqarishga ruxsat bergan.

Muhammad  Shayboniyxon  davrida  taMim  sohasida  ham  islohol 

o'tkazilib,  unga  ko'ra  bola  6  yoshdan  maktabga  berilgan  va  ikki  yil 

o'tgach madrasaga o'tkazilgan. Madrasa uch bosqichdan iborat bo'lib, hai 

bosqichda  8  yildan  o'qitilgan.  B u ‘  davrda  ilohiyot,  hisob-kitob. 

matematika, she’r san’ati kabi fanlar o'qitilgan.

244


Iqtisodiy  hayotda  su’niy  sug‘orish  asosiy  rol  o ‘ynaganligi  sababli 

shayboniylar  davrida  suv  inshoollari  qurilishiga  ancha  e ’tibor  berildi. 

1502-yilda  Zarafshon  daryosida  qurilgan  suv  ayirg‘ich,  1556-1585- 

yillarda  Qashqadaryo,  Zarafshon,  Amudaryo,  Murg'ob  va  Vaxsh 

daryolaridan  chiqarilgan  kanallar,  suv  ayirg'ich  va  suv  omborlari  buning 

yaqqol  m isoli  bo'la oladi.

Xonlik  iqtisodiyotining  asosiy  tarmoqlari  qishloq  xo'jaligi,  savdo- 

sotiq  va  hunarmandchilik  bo'lib,  yer  asosiy  boylik  hisobfangan. 

Shayboniylar  davrida  mulkiy  munosabatlarda  ay tar] i к  o'zgarishlar  yuz 

bermadi.  Dashti qipchoqdan  kelgan o'zbeklar yer egaligi  munosabatlarini 

boshidan  kechirayotgan  bo'lib,  ular  Movaraunnahrga  yangi  ishlab 

chiqarish  munosabatlarini  olib  kelganlari  yo'q,  balki  temuriylar  davrida 

shakllangan  ijtimoiy-iqtisodiy  tizimni  qabul  qildilar,,  tiamda  unga 

moslashdilar.

Yer egaligining mulki sultoniy (davlat yerlari), mulkj  xolis (xususiy 

yerlar),  vaqf (diniy  mahkttnalarga  qarashli  yerlar)  va  qishloq  janioalari 

egalik  qiladigan  yerlar  kabi  asosiy  turlari  bo'lib,  ular  iqto\  suyurg'ol, 

tanho  va  jog4ir  ko'rinishida  bo'lgan.  Davlat  oldidagi  xizinatlari  uchun 

harbiy-ma’muriy  amatdorlarga  va  yirik  din  arboblariga  beriladigan 

bunday  yerlarda  yersiz  dehqonlar  ishlaganlar.  Ular  ham  davlatga,  ham 

amaldorga  soliq  to'laganlar.  Shayboniylar  davrida  chorvachilik  va 

hunarmandchilik  ancha  rivojlangan  bo'lib,  ular  yetishtirgan  mahsulot 

ichki  va  tashqi  bozorlarda  sotilgan.  Hindiston.  Eron.  -Rossiya  kabi 

mamlakatlar bilan savdo-sotiq qilingan.

Shayboniylar davrida 40 dan ortiq soliq va jarimalar bo'lib, xiroj  va 

zakotdan  tashqari,  tagjoy  jizya,  ixrojat,  tog'ar,  ulufa,  qo'nalg'a,  begar, 

madadi  lashkar,  boj, tuhfa kabi nomlar bilan atalgan soliq turlari  va yasoq 

deb ataluvchi  majburiyatlar bo'lgan. Soliq to'lovchi aholi  fuqaro (rayiyat) 

deb  atalgan.  Juybor  shayxlari  kabi  yirik  ulamolar-din  pesljvolari  barcha 

soliqlardan  ozod  qilingan.  Oliy  tabaqaga  xon  va  uning  yaqinlari  kirgan. 

Harbiy-ma’muriy  boshqaruv  tizimidagi  amaldorlar  umaro,  olim  va 

shoirlar fuzalo deb atalganlar,  bundan tashqari  yana shayboniylar davrida 

qullar ham bo'lgan.

Shayboniylar  davlati  ma’muriy  jihatdan  viloyatlarga  bo'Iingan 

bo'lib, boshqaruv tizimi markaziy va mahalliy amaldorlar (jo'lida bq'lgan. 

Markaziy  boshqaruvda  xondan  keyin  ko'kaldosh,  otaliq,  naqib, 

parvonachi, vaziri a’zam kabi mansabdorlar dunyoviy ishlarpi boshqargan 

bo'lsalar,  shayx  ul-islom,  qozi  kalon,  a’lam,  imom,  sadr,  muftiy,  rayis 

(muhtasib)lar  diniy  ishlami  nazorat  qilganlar  hamda  no'yon,  tug'begi,

245


- -   '   ----------- 7 

J

  -- ----------------- -- 

" I ” '   *  ~ “9 

v* t o   *-*> 

. v v * i > .  

, , U * W V  

u u i « . t . M

i

bo'lgan. Mahalliy boshqaruv hokim va beklar qo'lida bo'lib, bu jarayonda 



qozi, muftiy, rayislar muhim rol o'ynaganlar.

Muhammad  Shayboniyxon,  Ko'chkinchixon  va  Ubaydullaxonlar 

o‘z  davrining  o'qimishli  kishilari  bo'lib,  turkiy  va  forsiy  tillarda  ijod 

qilganlar.  Abdulazizxon  va  Abdullaxon  If  larda  katta  kutubxona  mavjud 

bo'lgan.  Bu  davrda  matematika,  astronomiya,  tibbiyot,  tarix,  adabiyot 

sohalarida  ko'zga  ko'rinarli  ajoyib  asarlar  yaratilgan.  Shayboniylar 

davrida qurilgan  Mir Arab madrasasi (1535-1536),  Masjidi  Kalon (1540- 

1541),  Toqi  Zargaron  (1559),  Toqi  Sarrofon  (1559),  kabi  inshootlar  va 

Modarixon  madrasalari  hozirga  qadar  me’morchiligimizning  ajoyib 

namunalari  sifatida  saqlanib  turibdi.  Shayboniylardan  Abdullaxon  II 

davrida  markaziy  hokimiyatni  mustahkamlash  yo'lida  olib  borilgan 

urushlar  natijasida  temuriylar  davridagi  ko'pgina  inshootlar  vayron 

qilingan  bo'lsa,  ikkinchi  tomondan  u  ko'plab  rabot,  sardoba,  madrasa, 

masjid, ko'prik, suv omborlarini qurdirib, mamlakat obodonchiligiga katta 

nissa qo'shgan.

Shayboniylar 

davlatidagi 

quyi 


tabaqa-mehnatkashlar 

bilan 


iodagonlar,  mahalliy  hokimiyat  bilan  markaziy  hokimiyat  o'rtasidagi 

isosiy ziddiyatlar bu sulola hukmronligining inqirozga yuz tutishiga sabab 

Doidi.  Mamlakatni  birlashtirish,  markazlashgan  hokimiyat  qurish  uchun 

iurashlarda Abdullaxon  II  shayboniyzodalarning ko'pchiligini  qatl qilgan 

эо‘Isa,  uning o 'g 'li  Abdulmo'min  o 'z  mavqeini  saqlab  qol ish  uchun eng 

/aqin qarindoshlarini ham o'ldirtirdi. Natijada 6 oy ham hokimiyatga ega 

эо‘1а  ohnagan  Abdulmo'min  vafotidan  keyin  mamlakatni  idora qilishga 

ayoqatli  shayboniylardan  biror  kishi  qolmadi.  Ulaming oxirgi  hukmdori 

Pirmuhammad  o 'z   hukmronligini  shayboniylar  davlatining  kichik  bir 

jo'lagida  o'rnatib,  o'zaro  janglarda  halok  bo'ldi.  Bu  vaziyatdan 

foydalangan Xorazm o 'z  mustaqilligini tiklab oldi.

Eron shohi Abbos I Hirotni, Sabzavor va Mashhadni egalladi, qozoq 

jultonlari  Toshkent va Samarqandni  bosib  olib,  Buxoroni  qamal qildilar. 

\ n a  shunday og'ir sharoitda Buxoro  zodagonlari Joni Muhammad Sulton 

■Jonibek)ni  taxtga  taklif qilib,  1601-yilda  uning  nomiga xutba o'qitdilar 

/a Jonimuhammadxon Buxoro xoni deb e’lon qilindi.  Shu yildan boshlab 

Зихого  xonligida  ashtarxoniylar  nomini  olgan  sulola  hukmronligi 

roshlanib,  и  1753-yilgacha  hokimiyatga  mang'itlar  sulolasi  chiqqunga 

qadar davom etdi.

Ashtarxoniylar  XIV  asrning  80-yillaridan  boshlab  Astraxan  (Hoji 

Гагхоп,  Ashtarxon)  atroflarida  hukmronlik  qilganlar.  1556-yilda  rus

246


knyazlari  Astraxanni 

bosib 

olgacn,  asntarxomyiaraan 



ormunamrnau 

Buxoroga  kelib,  Iskandar  sultondan  panoh 

topdi. 

Iskandar  sulton  qizi 

Zuhraxonimrii  Yormuhammadning  o‘g‘li  Jonibekka  hergan.  Jonibek 

su ltonn ing 

Zuhraxonimdan 

uchta 

o'g'li 


(Dinmuhammad, 

Boqimuhammad, Valimuhammad) bo'lgan.

Jonibek  sulton 

Buxoro  xoni  deb  e’lon  qilingach,  o'g'li 

Dinmuhammad  foydasiga  taxtdan  voz  kechadi.  Seyiston  hukmdori 

bo'lgan  Dinmuhammad  Hirot  yaqinida  safaviylar  bilan  bo'lgan  jangda 

halok  bo'ladi  va  taxtga  Boqimuhammad  (1601-1605)  o'tqazilib,  ukasi 

Valimuhammad (1605-1611) voris deb e’lon qilinadi.

Boqimuhammad 

1602-yilda 

Balxni 

egalladi, 



1603-yilda 

eroniylarning  Balxga  hujumini  qaytardi. 

1604-yilda  qozoq  xoni 

Kelimuhammad 

qo'shinlariga 

zarba 


berib, 

davlat 


hokimiyatini 

mustahkamlashga  harakat  qildi.  Undan  keyin  taxtga  ko'tarilgan 

Valimuhammad o'zi  mustaqil harakat qilolmas,  davlat ahamiyatiga molik 

masalalarni  beklaming  roziligi  bilangina  hal  etar  edi.  Mustaqil 

boshqaruvga  intilgan  beklar xonga bo'ysunmay  qo'yishgan.  O'zaro  ichki 

kurash,  tarafkashlik  Valimuhammadga  qarshi  fitna  uyushtirishga  olib 

kelgan  va  buning  natijasida  Imomqulixon  (1611-1642)  taxtni  egallagan 

edi.


Imomqulixon  mahalliy  beklami  bo'ysundirish,  Eron  qo'shinlariga 

zarba  berishda  qozoq  sultonlari  kuchlaridan  foydalandi.  Mamlakat 

hududlarini  kengayiirgan  Imomqulixon  Toshkentga  o'g'li  Iskandar 

sultonni  hokim  qilib  qo'ydi,  lekin  1613  yilda  Iskandar  zulmidan  bezor 

bo'lgan toshkentliklar isyon ko'tardi,  Iskandar o'ldirildi.  Imomqulixon bu 

xabarni  eshitib,  Toshkentga  katta  qo'shin  bilan  kelib,  isyonchilami 

bostirdi  va  aholini  qirg'in  qildi.  U  qozoqlar,  qalmoq  (jung'or)lar, 

m o'g'ullar va qoraqalpoqlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. Bu 

Imomqulixonning  mavqeyini  mustahkamladi,  xon  hokimiyati  kuchaydi. 

Uzoq  vaqt  hukmronlik  qilgan  Imomqulixon  zodagonlarning  qarshi 

chiqishlari  va  o'zaro  kurashlarini  birmuncha  vaqt  to'xtatishga  muvaffaq 

bo'ldi.  Lekin  urug'  amirlarining  ko'pchiligi  xon  hokimiyatini  tan  olmas 

edilar.  Ular ichki, hatto tashqi masalalarda ham to'la mustaqil faoliyat olib 

borganlar.  Bir  necha  yil  Samarqandni  boshqargan  yirik  yer  egasi 

Y alangto'shbiy shunday amirlardan biri edi.

1642-1645-yillarda  hukmronlik  qilgan  Nodirmuhammad  mamlakat 

hududlarini  12  ta  o'g'li  va  ikkita jiyaniga  bo'lib  berib,  ijtimoiy-siyosiy 

tarqoqlikni  kuchaytirdi.  Uning  zodagonlar  bilan  kelisha  olmasligi  davlat 

asoslarining  zaiflashuviga  olib  keldi.  Natijada  uning  poytaxtda

247


/o'qligidan  foydalanib  amirlar  Abdulazizxon  ( 1645-1680)ni  xon  deb 

i ’lon  qildi lar.  Nodirmuhammad  Balx  shahriga  qochdi  va  Hindiston 

lukmdori  Shohjahon  (1628-I658)dan  yordam  so'radi.  Ammo,  uning 

/ordami  muvaffaqiyatli boMmadi.

Abdulazizxon  hukmronligi  yillarida  Xiva  xonlari  Abulg'ozixon 

'1643-1663) va uning o‘g‘li Anushaxon (1663-1687)  Buxoro hududlariga 

bir  necha  marta  talonchilik  yurishlarini  amalga  oshirdilar.  Xorazmliklar 

1655-yilda  Qorako'l,  Buxoro  atroflarini,  1662-1663  yillarda  Buxoro  va 

Buxoro  atroflariga  hujum  qilib,  u  yerlami  talon-taroj  qildilar.  Dushman 

qo'shinlariga  zarba  berish,  o'zaro  feodal  urushlami  to‘xtatish  imkonini 

topa  olmagan  Abdulazizxon  taxtdan  voz  kechdi.  Uning  o ‘miga  taxtga 

o'tirgan  ukasi  Subhonqulixon  (1680-1702)  davrida  ham  Buxoro-Xiva 

munosabatlari  murakkabligicha  davom  etdi.  Ayniqsa,  Samarqand 

amirlarining Xiva xoni  Anushaxon  hukmronligini tan  olib,  uning nomiga 

xutba  o'qitishlari  ba’zi  amirlarning  noroziligiga  sabab  bo'ldi.  Shunday 

vaziyatda  Subhonqulixonni  Mahmudbiy  qatag'on  qo'llab  quvvatladi, 

samarqandliklar  jazolandi. 

Shunga 


qaramay 

Buxoro 


va 

Xiva 


munosabatlari  keskin  bo'lib  qolaverdi.  XVII  asr  oxiri  XVIII  asr 

boshlarida  tinimsiz  bo'lib  turgan  o'zaro  kurashlar,  siyosiy  tartibsizliklar 

xalq 

ommasining 



ahvolini 

og'irlashtirdi, 

soliqlar 

ko'payib. 

poraxo'rlikning  avj  olishi,  boshboshdoqlik  mamlakat  xo'jaligining 

vayrona holga kelib,  izdan chiqishiga olib keldi.  Shunday og'ir vaziyatda 

vafot  etgan  Subhonqulixon  o'm iga  Ubaydullaxon  (1702-1711)  taxtga 

o'tirdi.  U  markaziy  hokimiyatni  mustahkamlash,  mustaqillikka  intilgan 

bebosh  amiriami  bo'ysundirish,  ko'tarilgan qo'zg'olonni  bostirish  uchun 

tinimsiz  urushlar  olib  bordi.  Ubaydullaxon  yirik  zodagonlar,  qabila 

boshliqlarining  mavqeyini  pasaytirish,  siyosiy  tarqoqlikni  bartaraf etish 

maqsadida ularni markaziy hokimiyatdan chetlashtirdi,  hatto diniy-siyosiy 

hokimiyatga  katta  ta’siri  bo'lgan  Jo'ybor  shayxlarini  soliq  to'lamaslik 

imtiyozidan  mahrum  etdi.  Yana  davlatni  boshqarishga  hunarmandlar  va 

savdogarlarning  bolalarini jalb qilib,  o'ziga  ishonchli  yangi  amaldorlami 

shakllantirishga  harakat  qilgan  Ubaydullaxon  faoliyati  yuqori  tabaqa 

vakillarining  noroziligiga  sabab  bo'lgan  bo'lsa,  1708-yilda  markaziy 

hokimiyatni  kuchaytirish  uchun  o'tkazgan  pul  islohoti  aholining  o‘rta 

tabaqasi orasida ham xonning ta’sirini ancha pasaytirdi.

Ashtarxoniylar  orasida  nisbatan  qat’iyatli,  markaziy  hokimiyatni 

mustahkamlash 

uchun 


bir 

necha 


tadbirlarni 

amalga 


oshirgan 

Ubaydullaxon  davrida  ijtimoiy-siyosiy  parokandalik  kuchaydi  va  uning 

o'zi  fitna  qurboni  bo'ldi.  Fitna  ishtirokchisi  bo'lgan  ukasi  Abulfayzxon

248


(1711-1747) taxtga chiqarildi.  Irodasi  kuchsiz Abulfayzxon kuchli amirlar 

la’siridagi  qo‘g‘irchoq  xon  sifatida  tarixda  qoldi.  U  nomigagina  xon 

bo'lib,  haqiqiy  hokimiyat  kuchli  amirlar  qo'lida  boMgan.  Ayniqsa, 

Abdullabiy,  Ibrohimbiy,  Muhammad  Hakimbiylar  davlat  boshqaruvida 

katta  ta’sirga  ega  bo'lganlar.  Abulfayzxon  davrida  siyosiy  tarqoqiik 

g'oyatda  kuchayib,  har  bir  viloyat  amalda  mustaqil  boshqaruvga  ega 

bo'lgan  hokimiyatga  aylanib  qolgan  edi.  Toshkent,  Xo'jand,  Balx, 

Badaxshon,  Shahrisabz,  Hisor  va  uning  atrofidagi  yerlar  Buxoroga 

bo'ysunmagandi. Bu porakandalik markaziy hokimiyatda yuqori mavqega 

ega bo‘lishga intilgan biylar o'rtasidagi kurash sababli ro‘y bergan edi. Bu 

kurashda Shahrisabz hokimi kenagas Ibrohimbiy bilan barcha shahzodalar 

otaliqlarining  boshlig'i  bo'lgan  mang'it  urug'idan  chiqqan  Muhammad 

Hakimbiylar katta rol o'ynadilar.

Ibrohimbiy  Samarqand  poytaxti  bo'lgan  mustaqil  davlat  tuzish 

maqsadida qarindoshi  Rajab  Sultonni  Samarqand  hokimi  deb  e’lon  qildi 

va  Buxoroga  qarshi  yurish  qildi.  Biylaming  o'zboshimchaligiga  qarshi 

qat’iyat  bilan  kurashayotgan  Muhammad  Hakimbiy  to'qnashuvda 

mag'lubiyatga  uchragan  bo'lsa  ham,  Buxoro  ahlining  qattiq  qarshiligi 

sababli Rajab Sulton shahami egallab ololmadi.

Buxoro  xonligidagi  porakandalik,  o'zaro  urushlar  1736-yilda 

Eronda  hokimiyatni  egallab,  mustahkamlanib  olgan  Nodirshoh  Afshar 

(1736-1747)  e’tiboridan  chetda  qolmadi  va  u  Buxoro  va  Xiva  xonlarini 

o'ziga  bo'ysundirish  harakati ni  boshladi.  1740  yilda  Eron  hukmdori 

Buxoroga  qo'shin  tortganda  Abulfayzxon  og‘ir  shartlarga  ко'nib,  sulh 

tuzishga  majbur  bo'ldi 

va 


Nodirshoh  hokimiyatini 

tan  oldi. 

Abulfayzxonning  Eronga  qaramligini  tan  olish  bilan  Ashtarxoniylaming 

mustaqil  hukmronligi  tugadi.  Mamlakat  boshqaruvi  1743-yilgacha 

Muhammad  Hakimbiy,  uning  vafotidan  keyin  Muhammad  Rahimbiy 

qo'lida  bo'ldi.  1747-yilda Nodirshoh  vafoti  bilan  Abulfayzxon oMdirildi, 

uning  vorislari  Abdulmo'min  (1747-1748),  Ubaydulla  111  (1748-1756) 

nomigagina xon deb  e’lon  qilinib,  davlat  hokimiyati  amalda Muhammad 

Rahimbiy  asos  solgan  mang'itlar  sulolasi  qoMiga  o'tdi.  Chingizxon 

avlodiga  mansub  bo'lmagan  Muhammad  Rahim  1753-yilda  o'z  nomiga 

xutba  o'qittirib,  o‘zini  amir  deb  atadi.  Mang'itlar  sulolasining  1920- 

yilgacha  hukmronlik  qilgan  davri  tarixda  shuning  uchun  ham  Buxoro 

amirligi deb ataldi.

Ashtarxoniylar davrida Movaraunnahr siyosiy, iqtisodiy va madaniy 

sohalarda inqirozga yuz tutib, uchta mustaqil davlatning shakllanishi bilan 

izohlanadi.  O'zaro urushlar va chet el bosqinchilarining hujumi mamlakat

249


iqtisodiy  hayotini  to‘fa  izdan  chiqardi.  Suv  inshootlari  qarovsiz  qolib, 

ko'pgina  ekin  ekiladigan  yerlar  izdan  chiqdi.  Bu  mamlakat  iqtisodiy, 

ijtimoiy hayotida og‘ir holatni  keltirib chiqardi.

Siyosiy  hayotda  shayboniylar  davridagi  davlat  tuzumi  asosan 

o'zgarmagan  bo'Isa  ham,  boshqaruvda otaliqlar va dindorlaming mavqei 

oshib, mamlakat siyosiy hayotini  hal qilish ularning qo'liga o'tgan edi. Bu 

ijtimoiy  tuzumga ta’sir  qilib,  xon  va  uning  amaldorlari  harbiy-ma’muriy 

amaldorlar,  urug‘  boshliqlari,  yirik  ulamolar  fikri  bilan  hisoblashishga 

majbur bo'lardilar.

Harbiy  sohada  islohotlaming  amalga  oshirilmaganligi  zamonaviy 

harbiy 

texnikaga  e’tibor  berilmaganiigi 



qo‘ shinning  salohiyatini 

pasaytirib,  shayboniylar  davrida  Buxoroga  qaram  yerlaming  qo'ldan 

chiqib ketishiga va hatto ashtarxoniylarning butunlay o‘z mustaqilliklarini 

yo‘qotishlariga sabab bo‘ ldi.

Tinimsiz  olib  borilgan  urushlar  qishloq  xo‘jaligi  kabi  shahar 

hayotiga ham salbiy ta’sir ko'rsatdi. Sayido Nasafiy Buxoroda 200 xildan 

ortiq  hunarmandchilik  sohalari  mavjud  edi  deb  ma’lumot  bersa-da,  ular 

juda tor doirada bo'lib mamlakat  iqtisodiy ahvolim yaxshilashga sezilarli 

ta’sir  ko'rsata  olmadi.  Ubaydullaxon  davrida  o'tkazilgan  pul  islohoti 

savdogarlar 

va 

hunarmandlarning 



noroziligiga 

sabab 


bo'ldi. 

Hunarmandchilik  sohasidagi  yetakchi  tarmoqlar  to'qimachilik  va 

kulolchilik  edi.  Mamlakat  iqtisodida  dehqonchilik  va  chorvachilik 

yetakchi  soha  sifatida  bu  davrda  ham  o 'z   mavqeini  saqlab  qoldi.  Xalq 

xo'jaligining  bu  sohalaridagi  mahsulotlaming  turli-tumanliligi  ichki 

savdoga yo'l  ochib bergan  bo'Isa, tashqi  savdodan  keladigan  katta foyda 

chet  mamlakatlar  bilan  iqtisodiy  aloqani  rivojlantirib  xon  va  uning 

amaldorlarini rag'batlantirar edi.  XVI-XVll  asrlardan  boshlab  Buxoro 

xonligida Rossiya va uning turli  shaharlari bilan savdo aloqalari kuchayib 

bordi.  Shu  bilan  birga  qo'shni  mamlakatlar  Hindiston,  Eron,  Qashqar 

hamda uzoq Turkiya mamlakatlari bilan ham savdo aloqalari olib borildi.

Ashtarxoniylar  davridagi  ijtimoiy-siyosiy  va  iqtisodiy  hayotdagi 

tanazzul  madaniy  hayotga  ham  salbiy  ta’sir  ko'rsatdi.  Dindorlar 

mavqeining  kuchayishi  aniq  fanlarga  nisbatan  e’tibomi  pasaytirdi.  XVII 

asrda Buxoro xonligida  150  dan ortiq madrasa faoliyat ko'rsatgan bo'lsa- 

da,  ularda  zamon  taraqqiyotiga  ta’sir  ko'rsatish  darajasidagi  allomalar 

yetishib  chiqqani  yo'q.  Bu  dunyoviy  ilmlar  sohasida  umuman  ish 

qilinmadi  degani  emas.  Matematika,  astronomiya,  ayniqsa  tibbiyot, 

tarixnavislik  va  adabiyot  sohasida  bir  qancha  yangi  asarlar  yaratildiki, 

bular  XVII  asr  va  XVIll  asr  birinchi  varmidagi  o'zbek  halqi  ma’naviy




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling