O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.06 Mb.

bet30/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57

250

m e ro sin in g   buyuk  n am u n alari  sifatid a  qayd  etitadi.  B o b o x o 'ja  ibn  X oja 

O r if   S am a rq a n d iy ,  M u Ho  T u rsu n   F a ro y i/iy   S am arqandiylar  faiakiyot 

so h a sid a,  S u h lw n q u lix o n n in g   “ Lubb  ul-Iavoyih  u l-qam ar  lll-ix tiy o ro t", 

“ Ihyo  a t-tab ib i  S u b h o n iy ” ,  S a ’id  M uham m ad  T o h ir  ibn  A bulqosim ning 

*! A jo y ib   u l-ta b q o l”  asarlari  sh u   d avrdagi  k o 'z g a   k o ‘ringan  asarlar  sirasiga 

kiradi.


Ashtarxoniylar  davri  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy  hayoli 

haqida  ma'lumot  beruvchi  Mirzo  Sodiq  Munshiyning  “Dahmay  shohorf 

majmuasi, 

Muhammad 

Balhiyning  “Subhonqulinoma”  masnaviysi, 

Muhammad  Amin  Buxoriyning  “Ubaydullanoma”,  Muhammad  ibn 

Muhammad  Zamon  Buxoriyning  “Muhit  ut-tavorix”,  Abdurahmon 

T ole'ning  “Abulfayzxon 

tarixi”,  Muhammad  Yusuf  munshiyning 

‘‘Muqimxon  tarixi”  va boshqa asarlar shu  davr  madaniy  hayotining ajoyib 

namunalaridir.

Bu  davrda  Turdi  P arogiy  (XVII  asr),  Boborahim  Mashrab  (1640- 

1711),  S o - fl  Olloyor  (1644-1723),  Mirzo  Abduiqodir  Bedii  kabi 

ijodkorlarimiz o ‘z asarlari  bilan o'zbek adabiyoti  ravnaqiga salmoqli  hissa 

qo'shdilar.  Xoja  Samandar  Termiziyning  “Dastur  ul-muluk"  asari 

Subhonqulixon  davri  davlatchiligi  tarixi  va  tuzumi  haqida  ma'lumot 

bersa.  Mutribivning  “  Tazkirat  ush-shuaro”.  Maleho  Sainarqandiyning 

“Muzakkir ul-as’hob”,  mulla  Sodiq Samarqandiyning “Riyoz  ush-shuaro” 

kabi  tazkiralari  davr  ilmiy  muhiti  va  ijodkoriari  haqidagi  asarlardir. 

Ularda 200 ga yaqin  ijodkoriar hayoti va ijodi  haqida ftkr yuritiladi.

Buxorodagi 

Abdulazizxon 

madrasasi 

va 

Nodir 

devonbegi 

tomonidan  qurilgan  Labi  Hovuz  me’moriy  majmuasi,  Samarqand 

registoniga  Yalangto‘shbiy  qurdirgan  Sherdor  va  Tillakori  madrasalari, 

Qarshidagi 

Yormuhammadbiy 

va 

Ho‘ja 

Qurbonbiy 

madrasalari, 

Shahrisabz 

vohasidagi 

X o‘ja  

Ilimkon 

me’moriy 

majmualari 

ashtarxoniylar  davri  m e’morchiligining  yuksak  namunalaridir.  Markaziy 

hokimiyatning  zaiflashuvi,  o'zaro  urushlar.  siyosiy  porakandalik  bilan 

izohlanuvchi  ashtarxoniylai' davrida tarixnavislik,  adabiyot,  me’morchilik 

sohasida  qo'lga  kiritilgan  bu  yutuqlar,  ijobiy  siljishlar,  mehnatkash 

xalqimizning 

bunyodkorlik, 

yaratuvchanlik 

xislatlarining 

buyuk 

ko‘rinishidir.

Buxoro amirligi



Mang‘itlar  sulolasining  asoschisi  Muhammad  Rahimbiy  1747-yilda 

eroniy  qizil  boshlarni  tor-mor  keltirib,  Buxoroda  hokimiyatni  to‘la  o'z

251


qo'liga  olgan  edi.  U  barcha  viloyat,  shahar  va  qabitalar  boshliqlarini 

Buxoroga  taklif  qilib,  markaziy  hokimiyatni  kuchaytirishga  qaratilgan 

dasturini e’lon qilib,  bo‘ysunmaganlarni qatl  qilaman deb ogohlantirdi.

Muhammad  Rahimbiy  Abdulmo‘min  (1747-1748),  Ubaydulla 

Sulton  (1748-1756)  nomlaridan  davlatni  boshqargan  davrida Miyonqal’a, 

Nurota,  Hisor,  Qobodiyon,  Boysun,  Shahrisabz,  Urgut  viloyatlariga  bir 

necha  bor  yurish  qilib,  ulami  o'ziga  bo'ysundirdi.  Bu  muvaffaqiyatlar 

uning  rasmiy  hokimiyatni  ham  qoMga  olishiga  yo‘l  ochib  berdi. 

Abulfayzxonning  qiziga  uylanib,  xonlar  avlodi  bilan  qarindosh  boMgan 

Muhammad Rahimbiyga amir unvoni  berildi  va oq  kigizda ko‘tarilib oliy 

hukmdor deb tan olindi.  Uning  1757-1758-yillarda markaziy  hokimiyatni 

kuchaytirish uchun olib borgan urushlari  bir qancha vayronagarchiliklarga 

sabab  bo‘ldi.  Xiva  xonligiga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazishga  muvaffaq  boMgan 

Muhammad  Rahimbiyni  Qo‘qon,  Balx,  Toshkent,  Marv  va Qunduz kabi 

mustaqil  mulklar  hukmdorlari  Buxoroning  qonuniy  hukmdori  deb  o‘z 

elchilarini jo'natganlar.

1758-yil  24-martda  vafot  etgan  Muhammad  Rahimbiy  o‘miga 

mang'it  urugMdan  boMgan  Miyonqal’a  hokimi  Doniyolbiy  (1758-1785) 

taxtga  ko‘tarildi. 

Doniyolbiy  Muhammad  Rahimbiyning  nabirasi 

Fozilto‘rani  xon  taxtiga  oMkazib,  hokimiyatni  o‘z  qoMida  saqlab  qoldi. 

Markaziy hokimiyatni  mustahkamlash  uchun yangi  soliqlar tizimini joriy 

qilib,  bir qancha ma’muriy chora tadbirlami  amalga oshirgan Doniyolbiy 

ko‘p  vaqtini  bebosh  amirlarni  bo‘ysundirish,  isyonlami  bostirishga  sarf 

qildi.  U  1784 yilda  Buxoroda  ko‘tarilgan  qo‘zg‘olon sababli  hokimiyatni 

shahar aholisi orasida obroMiroq boMgan o‘gMi Shohmurodga topshirdi.

Amiri  Ma’sum  (“Begunoh  amir”)  nomini  olgan  amir  Shohmurod 

(1785-1800)  o‘z  hukmronligi  yillarida  saroyda  kamtarona  yashab,  bir 

qancha soliqlami  kamaytirdi,  Buxoro ahliga tarxon yorligMni  berib,  ba’zi 

toMovlardan ozod qildi, xalq orasida zolimiigi  bilan  tanilgan amaidorlami 

jazoladi.  Madrasa  taMimini  olgan  Shohmurod  ftqh  ilmi  haqida  “Ayn  ul- 

hikraat”  nomli  risola  yozib,  unda  ilgari  surilgan  qoidalami  barcha 

viloyatlarga  joriy  etdi.  U  pul  islohoti  oMkazib  tijorat  ishlarini  tartibga 

soldi, 


suv 

inshootlarini 

yaxshilash 

bilan 


ishiab 

chiqarishning 

rivojlanishiga zamin yaratdi.  Bulaming hammasi  markaziy hokimiyatning 

nisbatan  kuchayishiga  va  Shohmurodning  umrini  oxirigacha  davlatni 

boshqarishiga irnkon berdi.

1800-1826-yillarda Buxoro taxtini  boshqargan amir Haydar davrida 

har 3-6  oyda  uzluksiz  ichki  urushlar  va qo‘zg‘olonlar boMib turdi.  1800- 

vilda  Oarshi  va  Kattaao‘re‘ondaci.  1804-vilda  Marvdaei.  1821-1825-

252


yillarda  M iyonqara 

qo’zg'aioniari 



amirlik  siyosiy  hayotidagi  muhim 

voqealar  bo'ldi.  Ayniqsa,  xalq  Xiva  qo‘shinlarining  talonchilik 

vurishlaridan  ko‘p  zarar  ko'rar  edi.  1806-yilda  Eltuzarxon  boshliq 

xivaliklaming  hujumini  qaytarish  uchun  butun  Buxoro  ahli 



safarbar 

qilindi  va Amudaryo bo‘yigacha taqib qilingan xivaliklar daryodan kechib 

o‘tishda  ko‘p kishilaridan  va Eltuzarxondan ajralishdi. Bundan keyin ham 

Xiva xonligi qo'shinlari amirlik hududiga bir necha bor bostirib kirishgan.

Amir  Xaydar  hukmronligi  davridagi  katta qo‘zg‘olonlardan  biri  bu 

MiyonqaPa qo‘zg‘o!oni  edi.  1821  yilda amir amaldorlarining Miyonqal’a 

ahlidan  xiroj  yig‘ishdagi  talon-tarojga  qo‘l  urganligi  sababli  qo'zg'olon 

boshlangan.  Qo‘zg‘olonchiiar  Kattaqo‘rg‘on,  Chelak,  Yangiqo‘rg‘on 

hududlarini  qo‘lga olib  amir odamlarmi  haydab  yuborishgan.  1822-yilda 

Qo‘qon  va Xiva  xonlari  hujumini  qaytarish  bilan  mashg‘ul  bo'lgan  amir 

Haydar  qo‘zg‘olonchilarni  bostira  olmaydi.  Xitoy-qipchoqlar  boshchilik 

qilayotgan  qo‘zg‘olonchilar  amirning  inisi  ls’hoqbekni  o‘zlariga  amir 

qilib  Samarqand  va  Karmanaga  yurish  qiladilar.  1825  yil  bahorigacha 

qo‘zg‘oIonchilar 

bilan 

amir 


o'rtasidagi 

kurashlar 

natijasida 

qo‘zg‘olonchilarni  tamomila  yenga olmagan amir yon  bosishga,  ulaming 

mulki  daxlsizligi  to‘g‘risida  yorliq  berishga  va  bir  qancha  amaldorlami 

jazolashga majbur boMgan.

1826  yilda  amir  Haydaming  uchinchi  o'gMi  Nasrullo  (1826-1860) 

taxtga  o'tirdi.  U  o 'z   yoMiga  to‘siq  boMishi  mumkin  boMgan  akalarini 

shavqatsizlik bilan qatl  ettirdi  va bir oy mobaynida kuniga 50-100 kishini 

qatl  qilish  bilan  “Qassob  amir”  degan  nomni  oldi.  Ayniqsa  urushlar 

paytida bo'ysunmagan shahar va qishloqlar aholisini qattiq qirgMn qildi.

Amir Nasrullo hokimiyatni qoMga olgandan keyin Shahrisabz, Kitob 

hokimliklari o'zlarini mustaqil  deb eMon qilgan edilar. Boshqa bir qancha 

bekliklar  ham  amirga  rasmangina  bo‘ysunishgan.  Amir  Nasrullo  ulami 

yagona  davlatga  birlashtirish,  markaziy  hokimiyatni  kuchaytirish  yoMida 

qat’iyat  bilan  kurash  olib  bordi.  Bunda  u  o'zining  amaldor xizmatkorlar 

labaqasiga  va  harbiy  qo‘shiniga  tayanib  ish  ko'rdi.  1840  yilda  Amir 

Nasrullo  Xo'jand  va  0 ‘ratepani  Qo'qon  xonidan  tortib  olib  Shahrisabz, 

Kitob,  Yakkabog‘  bekliklarini  ham  o‘ziga  bo'ysundirdi  va  1842  yilda 

Qo'qon  xonligini  cgallashga  muvaffaq  boMdi.  U  yerda  Qo'qon  xoni 

Muhammad  Alixonni  oila  a’zolari  bilan  va  shoira  Nodirabegimni  ham 

vahshiylarcha qatl ettirdi.

Bu  paytda Xiva  xoni  Olloqulixonning Buxoro  hududlariga  bostirib 

kirganligining  xabarini  eshitgan  Amir  Nasrullo  o‘z  qo‘shinlarini  Xiva 

xonligi  yerlariga olib kelib, Xazoraspni qamal  qildi,  ammo magMubiyatga

253


ichradi.  Shunday  ogMr  sharoitda  ham  Amir  Nasrullo  Buxoro  amirugi 

oloyatlarini  birlashtirish uchun  kurashni  davom  ettirdi.  Bu kurash  30 yil 

lavom  etdi.  Shahrisabz bekligini  bo‘ysundirish  uchun  Amir Nasrullo  32 

narta  yurish  qilib  1856  yildagina  o‘z  maqsadiga  erishdi.  Shunday  qilib 

Зихого  hududlarini  to*la  bo'ysundirgan  Amir  Nasrullo  Buxoroning 

;o4nggi  mustaqil  hukmdori  boMib  qoldi.  Undan  keyin  hukmdorlik qilgan 

5ayid  Muzaffarxon  (1860-1885)  davrida  Shahrisabz,  Kitob  beklari  yana 

Buxoroga  bo‘ysunishdan  bosh  tortdiiar.  Buxoro  Rossiya  vassaliga 

lylangandan keyin (1868) bu shaharlar ham ruslarga bo‘ysundirildi.

MangMtlar  sulolasi  hukmronligi  davrida  davlat  tizimida  anchagina 

3‘zgarishlar amalga oshirildi.  Amir  oliy  hukmdor boMib,  davlat hayotiga 

tegishli  siyosiy.  iqtisodiy, diniy va boshqa barcha masalalar uning qoMida 

sdi.  Markaziy  ijroiy  hokimiyat  saroy  ayonlaridan  tashkil  topgan  boMib, 

Arkda joylashgan.  Davlat  boshqaruvida  bosh  vazir-qushbegi,  devonbegi, 

parvonachi,  otaliq,  dodhox,  xudaychi,  mirzaboshi  kabi  saroy  ayonlari  va 

shayxulislom,  qozikalon  kabi  diniy  rahbarlaming  mavqei  katta  boMgan. 

Mahalliy boshqaruv amir tomonidan tayinlangan  viloyat beklari  va uning 

qoM  ostidagi  mirshabboshi, soliq yig'uvchi  amaldorlar,  qozi,  rais,  qishloq 

oqsoqollari qoMida boMgan.

MangMtlar  sulolasi  davrida  amirlik  30  ta  beklik  va  tumanlardan 

iborat  ma’muriy  birliklardan  tashkil  topgan.  liar  bir  beklik  hokimi 

xirojning bir qismini amirga yuborib turgan.

Buxoro  am irligidayerga  egalik  munosabatlari  iqtisodiy  hayotda 

katta  ahamiyatga  ega  boMib,  yer  egaligining  davlat,  xususiy,  vaqf kabi 

turlari  boMgan.  Qishloq  aholisining  katta  qismi  yersiz  dehqonlar  boMib, 

ular  ijaraga yer olib ishlaganlar.  Shahar aholisining asosini  tashkil qilgan 

hunarmandlar hayoti ham ogMr soiiqlar sababli juda qiyin kechgan.

XVIII 


asr  oxiri  XIX  asr  birinchi  yarmida  Buxoro  aholisining 

umumiy  soni  haqida  aniq  maMumotlar  yo'q  boMib,  taxminan  2  mln. 

atroflarida  boMgan.  Ulaming  ko‘pchiligini  o ‘zbeklar,  shahar  va  ba’zi 

qishloqlarda 

tojiklar, 

janubiy-g‘arbiy 

tumanlarda 

ko‘chmanchi 

turkmanlar, kam sonli arab va yahudiylar tashkil etgan.

Buxoro  amirligining  xalq  xo'jaligida  dehqonchilik,  chorvachilik, 

hunarmandchilik.  savdo-sotiq  sohalari  katta  ahamiyat  kasb  etgan. 

Aholidan  xiroj,  zakot,  boj,  toMa,  yaksara,  nimsara  kabi  soiiqlar  undirib 

olingan.

XVUI  asrning  ikkinchi  yarmida  Rossiya-Buxoro  savdo  va 

diplomatik aloqalari ancha rivojlandi.  Bunda  1774-1776,  1779-80 yillarda 

Em azar  Maqsudov  boshchiligida  va  1797-yildagi  Polvonquli  qo‘rchi

254


elchiliklari  katta ahamiyat  kasb  etdi.  XIX  asr  boshlarida  Rossiya-Buxoro 

aloqalari  ancha  faollashdi.  Bu  XIX  asming  20-yillarida  0 ‘rta  Osiyoga 

siqilib  kirishga  harakat  qilayotgan  inglizlar  bilan  ruslar  o'rtasidagi 

raqobatning  keskinlashuviga  olib  keldi.  Amirlik  qo‘shni  xonliklar 

Afg'oniston,  Hindiston,  Eron  davlatlari  bilan  ham  savdo  aloqalari  olib 

bordi.  Yirik  savdo-sotiq  markazi  bo'lgan  Buxoroda  1848  yilda  38  ta 

karvonsaroy, 9 ta tim va ko‘plab bozorlar mavjud bo'lgan.

Buxoro  shahri  amirlik  davrida  ham  islom  dintning  markazi 

hisoblangan.  Bu  davrda  boshlang'ich  ta’lim  maktabi  va  oliy  ta’lim 

beruvchi  madrasalar  faoliyati  ham  ancha  yuksaldi.  Bu  yerda  faqat  O'rta 

Osiyodangina  emas,  balki  Volga  bo'ylari,  Shimoliy-G'arbiy  Hindiston, 

Afg'oniston  va  boshqa  mamlakatlardan  ham  bilim  olish  uchun  talabalar 

kelishar  edi.  Bu  paytda  Buxoro  amirligining  har  bitta  shaharida 

madrasalar bo'lib,  Buxoro shahrining o'zidagi  103  ta madrasadan 60 tasi 

asosiy  ta’lim  maskani  sifatida  mashhur  bo'lgan.  Madrasada  o'qitish  3 

bosqichda amalga oshirilgan  bo'lib,  uning  barcha xarajatlari,  mudarrislar 

va  boshqa  xizmatchilarning  maoshi,  talabalar  nafaqasi,  kutubxona 

xarajatlari  va boshqalar madrasaga biriktirilgan vaqf yerlaridan keladigan 

daromad  hisobiga  qoplangan.  Madrasada  fiqh,  shariat  asoslari,  adabiyot, 

til,  tarix,  falakiyot,  mantiq,  falsafa,  matematika  fanlari  o'qitilgan  bo'lsa 

ham  dunyoviy  ta’limga  nisbatan  diniy  ahloqiy  ta’lim  berishga  asosiy 

e’tibor  qaratilgan.  Bu  davr  madaniy  hayoti  haqida  adabiyot,  tarix, 

hattotiik,  musiqa  san’ati  yodgorliklari,  me’morchilik  obidalari  muhim 

ma’lumotlar beradi.

XIX  asr adabiy  hayotining ko'zga ko'ringan  namoyondalari  Mirzo 

Sodiq  Munshiy,  shoir  Hoziq,  shoir  Mujrim,  Muhammad  Sharif Shavqiy, 

Mulla  Qurbon  Xiromiy,  Ahmad  Donish  (1827-1897),  Ochildi  Murod, 

Meri  Kattaqo'rg'oniy  (1830-1899)  va  boshqalar  o‘z  asarlari  bilan 

adabiyot  rivojiga  katta  hissa  qo'shganlar.  "Mang'it  hukmdorlari  tarixi” 

she’riy  usulda  bitilgan  asarlar,  “Chor  darvesh”,  “To'tinoma”,  Poraxo'r 

qozilar”,  “Murid  ovlovchi”  kabi  asarlar  bu  davr  adabiyotining  ajoyib 

namunalaridir.

Mang'itlar  hukmronligi  davrida  ham  o'rta  asr  tarixnavisligining 

yetakchi  an’analari  saqlanib  qolganligini  quyidagi  asarlarda  ko'ramiz: 

Mullo  lbodullo  va  Muhammad  Shariflaming  “Tarixi  amir  Haydar”  va 

“Dastoni  amironi  mang'it”, Mirolim Buxoriyning “Fathnomayi-sultoniy”, 

Mirzo  Abdulazim  Somiyning  ‘Tarixi  saiotini  mang‘itiya”,  “Dahmayi 

shohon” kabi asarlari, Muhammad Sharif ibn Muhammad Naqining “Toju 

tavorix”  asarini,  Ahmad  Donishning  “Mang'itlar  xonadoni  hukmdorlari

255


arixidan  qisqacha  risola”  asarini  va  Mirzo  Sodiq  Munshiyning  ‘Tarixi 

ulsiloti  mang' itiya"  (“Mang'it  hukmdorlari  tarixi”)  asarlari  mang‘it 

miirlari tarixi haqidagi  birlamchi  manbalardir.

XVIII 


asr  ikkinchi  yarmi-XIX  asr  birinchi  yarmi  Buxoro  amirligi 

ne’morchiligi  o‘ziga  xos  uslubda  rivojiandi.  Bu  davrda  amirlikning  bir 

]ancha shaharlarida  masjid  va madrasalar bunyod  etildi.  Buxoro shahrida 

qurilgan 

Domullo  Tursunjon  (1796-1797-)  madrasasi, 

Xudoydod 

ne'm oriy  majmuasi  (1777-1855),  Emazar  elchi  madrasasi  (1795),  1807 

yilda  qurilgan  Chorminor  majmuasi,  Qarshida  qurilgan  Mir  Muhammad 

nadrasasi  kabi  me’moriy  yodgorliklar  o‘zbek  xalqining  noyob  madaniy 

merosidir.



Xiva xonligi

Amudaryoning  quyi  oqimida  joylashgan,  qadimiy  dehqonchilik 

markazlaridan  hisoblanmish  Xorazm  XIV  asr  oxirlaridan  XVI  asr 

boshlariga  qadar  temuriylar  davlati  tarkibida  boMgan.  1505  yilda 

Shayboniyxon  Xorazmga  yurish  qilgan  paytda  u  yerda  hukmronlik 

qilayotgan  Chin  So‘fi  rasman  Husayn  Boyqaroga  qaram  edi.  Shuning 

uchun ham xorazmliklar temuriylardan yordam umid qilib  10 oy shaharni 

mudofaa 


qildilar. 

Xorazmda 

Shayboniyxon 

hukmronligi 

uzoq 

cho‘zilmadi.  U  1510  yilda  Shoh  Ismoil  tomonidan  oMdirilgach,  Xorazm 



eroniy  sataviylar  qoM  ostiga  o‘tdi.  Shoh  Ismoil  Xorazm  shaharlarini 

boshqarish  uchun  yuborgan  dorug‘alarining  iqtisodiy,  diniy  va  milliy 

/.ulmiga qarshi aholi keng qatlamlarining chiqishlari  boshlandi.

Abulg'ozixonning  “Shajarayi  turk”  asarida  yozilishicha,  Vazir 

shahrida yashovchi Umar degan keksa olim eroniy qizil boshlilarga qarshi 

kurashni  tashkil  qilib,  unga  o'zi  boshchilik qilgan.  Xorazmliklar  ikki  yil 

deganda eroniylami o ‘z yurtlaridan haydab chiqardilar.  Mashhur Sayidota 

avlodlaridan  boMgan  Sayid  Xisomiddin  tashabbusi  bilan  Shaybon 

urugMdan boMgan  Berka sultonning o‘g‘li  Elbarsxon Vazir shahriga taklif 

qilindi. Elbarsxon taklifni qabul qilib, Vazirga kelayotganini eshitgan xalq 

shahardagi  eroniylami  qirib  tashlashdi.  Elbarsning  Vazir  shahriga  kirib 

kelishi  bilan Xorazmda 1512 yilda o'zbek sultonlari hokimiyati o'matildi.

Elbarsxon  (1512-1525)  Urganch  va  Xiva  shaharlaridan  eroniylami 

haydab  chiqarib  mustaqil  xonlikka  asos  soladi.  U  bilan  birga  Dashti 

Qipchoqdan  Xorazmga  kelgan  xalqlar  o'troqlashdilar.  1524-yilda  shoh 

Ismoil  vafotidan  keyin  xorazmliklar  Turkmanistonning janubiy  qismini, 

Eron  shimolidagi  Saraxs  hududlarini,  Orol  va  Mang'ishloqni  egailashdi.

256


Yangi  yerlarni  Elbarsxon  o‘z  o‘g‘illari  va  ukasi  farzandlariga  boMib 

bergan  ediki,  bu  mustaqillikka  intilgan  mayda  hokitnliklaming  paydo 

boMishiga  olib  keldi.  Natijada  qo'shnisi  yeriga  ko‘z olaytirgan  hokimlar 

o'rtasidagi,  uzluksiz  o'zaro  nizolar  kelib  chiqdi  va  Elbarsxon  vafotidan 

keyin  xonlarning  tez-tez  almashib  turishiga  olib  keldi.  XVI  asrda 

Xorazmni  Elbarsxon  avlodlaridan So'fiyonxon,  Avaneshxon,  Aqatoyxon, 

Do‘stxon,  Hojimxon kabi xonlar boshqarganlar.

Bitta  xonadon  vakillari  boMgan  Berka  sulton  va  Shayboniyxon 

avlodlari  o‘rtasidagi  o‘zaro  nizo  endilikda  Buxoro  va  Xorazm 

hukmdorlari o‘rtasidagi janjallarga sabab boMdi.  Elbarsxonning beshinchi 

vorisi  Avaneshxon  (1526-1538)  davrida  Shayboniy  Ubaydulla  sulton 

(1533-1539)  Xorazmni  bosib olib,  1537-yilda o‘gMi  Abdulazizni  u yerga 

noib  qilib  qoldirdi.  1538  yilda  Xorazm  sultonlari  yana  hokimiyatni 

qaytarib  oldilar.  Xorazm  yerlari  uchun  Hojimxon  (1558-1602  ) 'davrida 

Abdullaxon  II  (1557-1598)  bir  necha  marta  yurish  qildi.  1575-yilda 

boshlangan  o'zaro  urushlar  natijasida  Abdullaxon  II  1593-yildagina 

Xorazmni  o‘ziga  bo‘ysundirdi.  1598-yiIda  Abdullaxon  vafoti  bilan 

shayboniylar davlatida avj olgan o'zaro nizo va tartibsizlikdan foydalanib 

Xorazm o‘z mustaqilligini uzil-kesil tiklab oldi.

XVI  asming  70-yillarida  Xorazm  poytaxti  Urganchdan  Xiva 

shahriga  ko‘chirildi.  Unga  Amudaryo  o‘zanining  o‘zgarib,  Kaspiy 

dengiziga  oqmay  qo'yganligi  sabab  boMdi.  Bu  holat  Xorazm 

iqtisodiyotiga  salbiy  ta’sir  ko'rsatgan.  Shu  davrdan  boshlab  Xorazm 

davlati Xiva xonligi deb atala boshlagan.

XVII  asr  boshlariga  kelib,  Xorazm  taxti  uchun  boMgan  sulolaviy 

kurashlardan  so'ng  taxtga  o‘tirgan  Arab  Muhammadxon  (1602-1621) 

davrida Xiva xonligida davlat  porakandaligi yuqori  cho‘qqiga yetdi.  Rus 

kazaklari,  qozoqlar  va  qalmiqlar  talonchilik  yurishlari  qilib  mamlakat 

aholisining  tinchini  buzishga  sabab  boMgan  bo‘lsa,  mamlakat  ichida 

mavqei  kuchaygan  darvesh  shayxlari  ta’siridagi  Arab  Muhammadning 

o‘gMllari  Habash  va Elbarslaming otasiga qarshi  chiqishi  parokandalikni 

avj  oldirdi.  Ular  otasiga  qarshi  kurashda  muvaffaqqiyat  qozonib,  uning 

ko'ziga mil  tortdilar,  so‘ngra  Xivada qatl  ettirdilar.  Shunday qilib taxtga 

o‘tirgan Elbars va Habash sultonlar (1621-1623) ukaJari  Isfandiyor (1623- 

1643) tomonidan taxtdan tushirildi lar.

Turkmanlar  yordami  bilan  taxtga  chiqqan  Isfandiyor  davrida 

mamlakat  siyosiy  hayotidagi  kesklnlik  saqlanib  qoldi.  Orol  bo‘yidagi 

o ‘zbek  qo‘ngMrotlari  Isfandiyorga  bo'ysunmay  qo‘yishdi.  Turkmanlar 

xonlik siyosiy hayotiga ko‘proq ta’sir eta boshladilar.

257


Xorazm tarixida yirik davlat arbobi  va larixnavis ijodkor sifatida o ‘z 

o‘rniga ega bo‘lgan Abulg'ozixon (1643-1663) akasi  isfandiyor vafotidan 

keyin  taxtni  egalladi.  U  og‘ir hayot yo'lini  bosib o‘tdi.  Akalari  Elbars va 

Habashxonlar isyoni davrida Buxoro xoni  Imomqulixon saroyida yashadi. 

Isfandiyor  taxtni  egallagach,  1623  yilda  Urganch  hokimi  bo'ldi.  Akasi 

bilan  kelisha olmay Turkiston  hokimi  Hshimxon  huzuriga bordi  va uning 

vafotidan  keyin  2  yil  Toshkentda  yashadi.  Buxoro  xonligi  orqali  yana 

Xorazmga  kelgach,  akasi  Isfandiyor  uni  Eron  shohi  huzuriga  garov 

tariqasida  jo ‘natdi.  10  yil  tutqinlikda  bo'lgan  Abulg‘ozi  1639  yilda 

Erondan  yashirincha  chiqib,  Orol  o'zbeklari  oldiga  keldi  va  onasi 

vafotidan  keyin  qo'ng'irot  o ‘zbeklarining  yordami  bilan  hokimiyatni 

q o ig a   kiritdi.  Uning  hukmronligi  davrida  markaziy  hokimiyat  nisbatan 

kuchaydi. Turkman, qalmiqlarga qarshi muvafiaqqiyatli urush olib borgan 

Abulg'ozixon Buxoro xonligi hududlariga ham talonchilik yurishlari qildi. 

Xiva  askarlari  Chotjo'y,  Vardanza,  Qorako'l,  Karmanagacha  boTgan 

yerlami  bir nccha  bor talashdi.  1662  yilda Abdulg'ozi  Buxoro xoni  bilan 

sulh tuzdi.

Lekin  uning o‘g ‘li  Anushaxon (1663-1687) davrida ham  Buxoro va 

Xiva o'rtasidagi urushlar davom etdi. Bu davrda Xiva qo‘shinlari Buxoro, 

Samarqand,  Qarshiga  hujum  qilib  turdilar.  1685-yilda  G'ijduvon 

yaqinidagi  mag'Iubiyatdan  keyin  Buxoroning  Xivadagi  ta’siri  kuchaydi. 

Subhonqulihon  Anushaga  qarshi  fitna  uyushtirib,  uning  o‘g4i  Ernakka 

taxtni egallashga yordam beradi. Otasini ko‘r qilib, taxtni egallagan Emak 

(1687),  hokimiyatni  uzoq  vaqt  saqlab  qola  olmadi.  Subhonqulixon 

Xivadagi  tarafdorlari  yordamida  taxtga  Shohniyozni  (1688-1702) 

o‘tqazib, amalda Xivani vassal davlatga aylantirdi.

Shohniyoz  xonlik  maqomiga  ega  bo‘lgach,  o‘z”  homiysidan  yuz 

o ‘girib,  mustahkam  tayanch  qidirib,  Rossiya  hukmdori  Petr  I  ga  xat 

yoMlab,  Xivani  Rossiya  tarkibiga  qo'shib  olishni  so‘raydi.  Sharqda 

ta’simi  maqsad  qilib  qo'ygan  rus  podshosi  1703-yilda Xivaning  Rossiya 

hududiga  qo'shib  olingani  xaqida  yorliq  jo'natadi.  Lekin  1702-1715 

yillarda xonlik qilgan Arab  Muhammad  bunga ahamiyat bermadi.  Bu  rus 

podshosining  O 'rta  Osiyoga  e ’tiborini  qaratdi,  xolos.  U  Xiva  xonligini 

rasman  tobe  qilish 

maqsadida  Aleksandr  Bekovich-Chcrkasskiy 

rahbarligida Xivaga harbiy ekspeditsiya tayyorladi.

Arab Muhammad va uning vorisi Sherg'ozixon (1715-1728) davrida. 

xonlikdagi  siyosiy  nizolar  mamlakatning  iqtisodini  ham  izdan  chiqardi. 

Sherg'ozixon olti  ming rus  askari bilan  1717-yilda xonlik hududiga kirib 

qolgan  rus  harbiy  ekspeditsiyasini  yaxshi  kutib  oidi.  Uning  masiahati




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling